O’zbekistonning Birlashgan Arab Amirliklari bilan savdo-iqtisodiy aloqalarini chuqurlashtirish yo’llari va uning istiqbollari


Download 0.8 Mb.
Sana23.03.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1288863
Bog'liq
Birlashgan Arab Amirliklarining tashqi iqtisodiy aloqalari


BIRLASHGAN ARAB AMIRLIKLARINING TASHQI IQTISODIY ALOQALARI.


Mundarija:
Kirish…………………………………………………………………………………..3
Asosiy qism……………………………………………………………………………4
1. Birlashgan Arab Amirliklari va uning iqtisodiy rivojlanish tendensiyalari……..…..4
2. Birlashgan Arab Amirliklarining tashqi iqtisodiy aloqalari va uning o’ziga xos xuxusiyatlari………………………………………………………………………….18
3. O’zbekiston va Birlashgan Arab Amirliklari o’rtasidagi savdo- iqtisodiy aloqalarning shakllanishi……………………………………………………………..27
4. O’zbekiston va Birlashgan Arab Amirliklari o’rtasidagi savdo- iqtisodiy aloqalarning rivojlanish yo’nalishlari………………………………………………...31
Xulosa ………….…………………………………………………………………….36
Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………………………………38

Kirish
Mavzuning dolzarbligi. Birlashgan Arab Amirliklari nafaqat Fors ko’rfazida balki, arab olamida hatto, xalqaro miqyosda katta nufuzga ega, tabiiy boyliklarga boy, iqtisodi tez sur’atlarda rivojlanib kelayotgan davlatdir. Ayni chog’da u yirik moliya, savdo, sarmoya va tijorat markazi hamdir. Uzoqni ko’zlab olib borilayotgan iqtisodiy va moliyaviy siyosat, qimmatbaho qog’ozlar bozorini takomillashtirish, ilmiy-intellektual salohiyatni oshirish, savdo-sotiq va turizm sohalariga sarmoyalar jalb etishga bo’lgan katta e’tibor kabi qator omillar bu davlat iqtisodiyotini dunyodagi ko’p mamlakatlar havas qilsa arziydigan darajaga ko’targan. Birlashgan Arab Amirliklari nafaqat erishgan yutuqlari bilan, balki dunyoning barcha burchaklaridan kelgan turli millat, turli e’tiqod vakillariga ahil-inoq yashab, unumli mehnat qilishlari uchun munosib muhit yarata bilganlari uchun ham o’zga davlatlar orasida o’z o’rni va o’z so’ziga ega bo’lish bilan birga, ularning hurmatlarini ham qozonib kelmoqda.


Umuman olganda, BAA bilan hamkorlikdagi loyihalarga e’tibor qaratadigan bo’sak, ular asosan yirik ishlab chiqarilishga va, ayniqsa, infrostrukturani yaxshilashga qaratilganini ko’zga tashlanadi. Buni shu kungacha tashkil etilgan va etilayotgan qo’shma korxonalar va bir qator qo’shma loyihalar misolida ko’rishimiz mumkin. Ayniqsa sormoya sohasini, xususan, xorijiy investitsiyalar jalb etilishida barcha qulayliklarni yaratish maqsadida barpo etilishi kutilayotgan, ustav kapitali 1,25 mlrd AQSH dollari miqdoridabo’lgan “Uz-Emirates Holding” kompaniyasi ikki mamlakat o’rtasidagi o’zaro hamkorlik va hamjihatlik yuqori bir bosqichga ko’tarilayotganidan dalolatdir.
O’zbekiston Respublikasi va Birlashgan Arab Amirliklari o’rtasida 1992 yil 25 oktyabrda diplomatiya munosabatlari o’rnatilgan edi. Shu yili noyabr oyida yurtimizning Dubay shahridagi konsulxonasi ochilib, unga 1994 yilda Bosh konsulxona maqomi berildi.
O’z navbatida, 2006 yilning yanvar oyidan BAAning O’zbekiston Respublikasidagi Bosh konsulxonasi ish boshladi.
2007 yilda ikki davlat o’rtasidagi tovar aylanasi hajmi 93,1 million AQSh dollarini tashkil etdi. Yurtimiz BAAga paxta tolasi, rangli metallar, ipak, matolar, sabzavotlarni eksport qiladi hamda havo transporti bilan yuk va yo’lovchilarni tashiydi. Ushbu mamlakatdan esa rezina va kauchuk, kiyim-kechaklar, maishiy elektr uskunalari, qurilish materiallari, mebel va transport vositalari keltiriladi.
O’zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investisiyalar va savdo vazirligida Birlashgan Arab Amirliklarining 17 kompaniyasi akkreditasiya qilingan. BAAdan yurtimiz iqtisodiyotiga jalb etilgan sarmoyalarning umumiy hajmi 31,5 million dollardan ziyoddir.
O’zbekiston va BAA mamlakatlari o’zaro aloqalar rivojidan barobar manfaatdordirlar.
Shu va kelajak satrlarda keladigan bir qator muhim omillarni inobatga olgan holda ushbu mavzuni o’zimning bitiruv-malakaviy ishim sifatida tanladim va quyida keltiriladigan ma’lumotlar asosida uni atroflicha yoritib berishga harakat qildim.

Asosiy qism



    1. 1. Birlashgan Arab Amirliklarining ijtimoiy-iqtisodiy salohiyati.

Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) federativ davlat bo’lib, 1971 yilning 2- dekabrida Fors ko’rfazi sohillaridagi 6 amirlik - Abu-Dabi, Dubay, Sharja, Ajman, Umm al-Quvayn va al-Fujayraning birlashuvi natijasida tashkil topdi. 1972 yilda ular safiga Ra’s al-Xayma amirligi ham qo’shildi. BAA poytaxti Abu-Dabi shahridir. Boshqa yirik shaharlari - Dubay va Sharja.BAA tarkibiga kiruvchi har bir amirlik sezilarli darajada mustaqillikka ega. Xususan, o’z yer va hududiy suvlari ustidan suverenitetni amalga oshiradi. Mamlakat konstitusiyasiga muvofiq, 7 amirlik hokimlaridan tarkib topgan Federal oliy kengash oliy hokimiyat organi hisoblanadi. Davlatga mazkur vakillik organi a’zolari safidan 5 yil muddatga saylanuvchi prezident rahbarlik qiladi. Ayni paytda prezidentlik lavozimini 2004 yil 3 noyabrda saylangan Abu-Dabi amirligi hokimi shayx Xalifa bin Zoid Ol Nahayon egallab kelmoqda.Dubay amirligi hokimi shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum esa 2006 yil 5 yanvardan buyon BAA vise-prezidenti va bosh vaziridir. Birlashgan Arab Amirliklari davlati Yaqin Sharq mintaqasida Ummon hamda Saudiya Arabistoni davlatlari bilan chegaradosh. BAA umumiy yer maydoni, uning tarkibiga kiruvchi 200ga yaqin kichik orollar bilan birgalikda 83,6 ming kvadrat kilometrni tashkil etadi. Boshqa davlatlar bilan chegarasi 867 km; buning 410 km qismi Ummon bilan bo’lsa, 457 km qismi Saudiya Arabistoni bilandir. Iqlimi, asosan, cho’l havosi, sharqiy to’glik hududlarida esa harorat birmuncha sovuqroq. Mamlakat hududining katta qismi tekislikdagi sahrolardan iborat. Tabiiy boyliklari neft va tabiiy gazdir.
Aholisining umumiy soni – 4, 4 million kishi (2007 yil yanvar holatiga ko’ra). Umumiy nufusda tub aholi ulushi 21 foizni tashkil etadi, qolgan qismi esa xorijiy mamlakatlar fuqarolaridir.
Aholining yosh tarkibi:
- 0-14 yoshlilar: 20,5%
- 15-64 yoshlilar: 78,6%
- 65 va yuqori: 0,9%
Eslatma: 15-64 yoshlilar, ya’ni, mehnatga layoqatli aholining 73,9% qismi immigrantlar hisobiga to’g’ri keladi.
* Aholining o’sish sur’ati: 3,833% (2008);
* Tug’ilish darajasi: 16,06 tug’ilsh / 1000 kishiga (2008);
* Chaqaloqlarning o’lim darajasi: 13,11 o’lim / 1000 ta tirik tug’ilish (2008);
* O’rtacha umr: 75,9 yosh;
* Etnik tarkibi: Mahalliy aholi-19%, boshqa arablar va eronliklar-23%, janubi-sharqiy osiyoliklar-50%, boshqalar-8%;
* Dini: Musulmonlar-96% (shundan 16%i shi’alar), boshqalar-4%;
* Tillari: Arab tili- rasmiy til, bundan tashqari, fors, ingliz, hindu va urdu tillari ham ishlatiladi;
* Savodlilik darajasi: 77,9% (2003);
* Ta’limga YaIM ning 1,3%i sarflanadi (2005).
Keling endi Birlashgan Arab Amirliklarining bir qator iqtisodiy ko’rsatkichlari haqida umumiy to’xtalib o’tamiz. BAA ochiq iqtisodiyotli davlat bo’lib, kishi boshiga to’g’ri keladigan yuqori daromad va kattagina yillik savdo aylanmasiga ega. Iqtisodiyotni diversifikatsiyalashuviga erishish yo’lida katta ishlar qilinayotgan bo’lsada, hali-hanuz mamlakat YaIM sining 40 % ga yaqin qismi neft va gazdan keladigan daromaddan shakllanadi. Bundan 30 yillar ilgari BAAda neft zahiralari topilgan bo’lsa, shu o’tgan davr mobaynida sahroviy qashshoq bir makondan yuqori yashash sharoitlariga ega bo’lgan zamonaviy davlatga aylandi. Hukumat yangi ish o’rinlari yaratish borasida katta ishlarni amalga oshirmoqda, shu bilan bir paytda infrostrukturani kengaytirish borasida ham keng ko’lamli ishlar olib borilmoqda. Maishiy xizmatlar sohasi ham xususiy sektor tasarrufiga o’tkazilmoqda. 2004 yil aprel oyida BAA Vashinton bilan hamkorlikda savdo va investitsiya bo’yicha muhim bitim imzoladi va shu yil noyabr oyida AQSH bilan erkin savdo kelishuvi borasida muzokaralar o’takazishga tayyorligini bildirdi. Chetelliklarga 100 % egalik huquqini beradigan va hech qanday soliq va to’lovlar talab etmaydigan erkin savdo hududi xorijiy investitsiyalarni tobora o’ziga jalb etib bormoqda. Neftdan kelayotgan yuqori daromad, to’lov qobiliyatining yuqoriligi, uy-joy yetishmasligi va 2005-07 yillardagi arzon kreditlar asosiy vositalar (aksiya va ko’chmas mulk) oshishiga olib keldi. Narx-navoning ortib borishi biznesdagi joriy xarajatlarni ortib ketishiga sabab bo’lmoqda, bu esa o’z navbatida hukumat ishchilari va aholining daromadlariga salbiy tasir ko’rsatmoqda. Neftga bog’lanib qolinganlik hamda ko’p sonli xorijlik ishchilar uzoq muddatda hal bo’ladigan asosiy muammolardir. BAAning yaqin yillarga mo’ljallangan strategik rejasiga ko’ra mamlakat iqtisodiyotida diversifikatsiyalashuvga erishish va xalq uchun yanada ko’proq qulayliklar yaratib berish asosiy vazifadir. Bunga erishish uchun ta’lim sohasi takomillshtirilib, xususiy sektorda ish o’rinlari yaratilishi rejalashtirilgan.
* YaIM si (PPP): 164,4 mlrd $ (2007);
* YaIM (rasmiy almashinuv kursi bo’yicha): 192,6 mlrd $ (2007);
* YaIM real o’sish sur’ati: 7,5 % (2007);
* YaIM kishi boshiga (PPP): 37000 $ (2007);
* YaIM ning sektorlar bo’yicha shaklanishi:- qishloq xo’jaligi : 1,8%
- sanoat: 60,6 %
- xizmatlar: 37,6 %
* Ishchi kuchi: 3,065 mln (2007);
* Ishchi kuchining tarmoqlar bo’yicha bandligi: - qishloq xo’jaligi :7 %
- sanoat: 15 %
- xizmatlar: 78 %
* Ishsizlik darajasi: 2,4 % (2001);
* Aholining qashshoqlik darajasi: 19,5 % (2003);
* Davlat byudjeti: - daromadlari: 68,27 mlrd $ (2007);
- xarajatlari: 38,06 mlrd $ (2007);
* Moliyaviy hisob-kitob yili: kalendar yili;
* Davlat qarzlari: YaIM ning 21,2 % i (2007);
* Inflyatsiya darajasi: 14 % (2007);
* Valyuta zahirasi: 49,5 mlrd $ (2007);
* Ichki kredit zahirasi: 155,4 mlrd $ (2007);
* Qishloq xo’jalik mahsulotlari: xurmoning har xil turlari, sabzavotlar, tarvuzlar, tabaki, tuxumlar, sut va sut mahsulotlari, baliq;
* Sanoati: Neft mahsulotlari va neft kimyosi, baliqchilik, alyuminiy, sement, o’g’itlar, tijorat kemasozligigi, qurilish mollari, qayiqsozlig, hunarmandchilik va tekstil;
* Sanoat mahsulotlari o’sish sur’ati: 4,3 %;
* Elektr energiyasi ishlab chiqarish: 62,76 mlrd kvatt/soat (2006);
* Elektr enerfiyasi iste’moli: 57,88 mlrd kvatt/soat (2006);
* Neft qazib chiqarish: 2,948 mln barrel/kuniga (2007);
* Neft iste’moli: 381000 barrel/kuniga (2006);
* Neft eksporti: 2,703 mln barel/kuniga (2005);
* Neft importi: 232000 barrel/kuniga (2005);
* Neft zahirasi: 97,8 mlrd barrel (2008);
* Tabiiy gaz qazib chiqarish: 48,79 mlrd m3 (2006);
* Tabiiy gaz iste’moli: 43,11 mlrd m3 (2005);
* Tabiiy gaz eksporti: 6,848 mlrd m3 (2005);
* Tabiiy gaz importi: 1,343 mlrd m3 (2005);
* Tabiiy gaz zahirasi: 6,071 trillion m3;
* Joriy hisob balansi: 34,53 mlrd $ (2007);
* Eksportlari hajmi: 178,9 mlrd $ (FOB) (2007);
* Eksport mahsulotlari tarkibi: neft xomashyosi-45%, tabiiy gaz, reeksport mahsulotlari, baliq mahsulotlari, xurmo mahsulotlari;
* Eksport hamkorlari: Yaponiya-23,6 %, Janubiy Koreya-9,2 %, Tayland-5 %, Hindiston-4,8 % (2007);
* Import hajmi: 116,6 mlrd $ (2008);
* Import tarkibi: avtomobil va transport mahsulotlari, kimyoviymoddalar, oziq-ovqatlar ;
* Importdagi hamkorlari : Xitoy-12,8 %, Hindiston-10 %, AQSh- 8,7 %, Yaponiya-6,1%, Germaniya-5,9 %, Birlashgan Qirollik (Angliya)-5,3 %, Italiya-4,6 % (2007) ;
* Boshqalarga ko’rsatgan moliyaviy yordamlari : 1971 yilda asos solingan Abu-Dabi Rivojlantirish Fondi hozirgacha jami 56 ta davlatga 5,2 mlrd $ miqdorida xayriya yordamlari ko’rsatgan (2004);
* Olgan moliyaviy yordamlari : 5,36 million $ (2004);
* Tashqi almashinuv hamda oltin zahirasi : 77,24 mlrd $ (2007);
* Tashqi qarzlari : 61,68 mlrd $ (2007);
* Mamlakat ichidagi to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar hajmi:
44,37 mlrd $ (2007);
* Mamlakatdan tashqaridagi to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsilar hajmi: 14,14 mlrd $ (2007);
* Pul birligi: Amirliklar Dirhami => Emirati dirham (AED);
* Dollarga nisbatan kurslar: 1$=3,673AED (2007), 1$=3,673AED (2006);
Bundan 30 yillar muqaddam Birlashgan Arab Amirliklari dunyodagi eng past darajada rivojlangan davlatlardan biri edi. Bugungi kunga kelib, bu mamlakat sanoatlashgan davlatlar kabi yuqori daromadga ega bo’lgan yurtga aylandi. Birlashgan Arab Amirliklari boshqa aksariyat rivijlangan davlatlar kabi gipotezalarga asoslangan rivojlanish bosqichlaridan o’tmadi, balki, uning neftdan keladigan yuqori daromadi bu bosqichlardan o’tishida asosiy omil bo’ldi. Neftdan keladigan katta daromad Birlashgan Arab Amirliklari uchun odatdagi sharoitda qiyin bo’lgan va uzoq muddat capital jamg’arilishini talab etadigan iqtisodiy taraqqiyotga erishish yo’lini qisqartirib berdi. Tabiy boyliklarga ega bo’lgan Birlashgan Arab Amirliklari ushbu tabiiy zahiralarga asoslangan sanoatni bosh strategiya etib tanladi. Bu strategiya tabiiy resurslardan foydalanishga asoslangan bir strategiya edi. Kutilmaganda ega bo’lingan ushbu daromadlar manbai ijtimoiy va iqtisodiy infrostrukturani yuksltirishga yo’naltirildi, bu narsa o’z samarasini berdi va Birlashgan Arab Amirliklari 1973-1982 yillar oralig’ida sezilarli darajada iqtisodiy o’sishga erishdi.
Iqtisodiy va Ma’muriy To’siqlar
Neft zahiralari aniqlanib eksport qilina boshlaganidan oldin bu hududdagi kichik-kichik davlatlar (ular hozir BAAni tashkil qiladi) qishloq xo’jaligi, ko’chmanchi chorvachilik, marvarid izlab topish va uning savdosi, baliqchilik asosida zo’r-bazo’r kun ko’rardilar. Shuning uchun ham bu davrdagi mamlakatning cheklangan resurslari soddagina iqtisodiyotga ega bo’lishga imkon berardi xolos. BAA iqtisodiyotidagi rivojlanish davri 1970 yillarning boshlarida boshlandi, zero mamlakat federatsiyasi 1971 yil 2-dekabrda tashkil topgan edi, shuningdek uning rasmiy iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy institutlari ham o’shanda tashkil topgan edi
Siyosiy va Ijtimoiy Barqarorlik
1971 yilda tashkil topganidan buyon Birlashgan Arab Amirliklari siyosiy barqarorlik vaziyatini saqlab kelmoqda. Amaldagi siyosiy tuzum BAA ning jamiyatiga juda mos keldi, shuningdek, neftdan kelayotgan juda katta daromad iqtisodiy, ijtimoiy infrostruktura, yuqori ish haqlari, sog’liqni saqlash va ta’lim kabi ijtimoiy sohalarda o’zining ijobiy ta’sirini o’tkazmay qolmadi, bu o’z navbatida BAA fuqarolarining yashash sharoitlari yaxshilanishiga va ichki siyosiy va ijtimoiy nizolar yuzaga chiqish ehtimolligi pasayishiga sabab bo’ldi. Shuni unutmaslik kerakki, BAA hukumati fuqarolar huquqi borasida yaxshi siyosat yuritdi. Bu holat o’z navbatida siyosiy va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashga munosib ko’mak bo’ldi. Birlashgan Arab Amirliklari Arab Davlatlari Ligasi, Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Qoshilmaslik Harakati, Fors Ko’rfazi Kengashi hamda Islom Konferensiyasi Tashkiloti kabi mintaqaviy va xalqaro uyushmalarning faol a’zosi sanaladi. Dunyodagi ko’plab davlatlar, xususan, Garbning demokratik davlatlari bilan iliq munosabatlar o’rnatilgan.
Neft va Mineral Resurslari.
BAA ulkan neft zahirasiga ega bo’lgan davlatdir. Neftga yo’ldosh gazlar ham mustaqil gaz zahiralari ham mamlakatda mavjud. 1970 yillarning boshidan beri kuzatilayotgan ajoyib rivojlanish neft zahiralari aniqlanishi va undan foydalanishga nihoyatda bog’liqdir. Neft va gaz sanoatlari yaxshi yo’lga qo’yilgan va ishlab chiqarishdagi samaradorlikni oshirish maqsadida so’nggi texnologik asbob-uskunalar ishlatib kelinmoqda. BAA ning Neft va Mineral Resurslar bo’yicha Vazirligining ma’lumotiga ko’ra, BAA ning kunlik neft qazib chiqarish quvvati 2 mln barrelgacha chiqarilish imkoniga ega. 2000 yilda BAA dagi aniqlangan neft zahiralari 98,8 mlrd barrel edi, ya’ni Saudiya Arabistoni va Iroqdan so’ng dunyodagi uchinchi eng yirik zahiraga ega. 2000 yil iyun oyidagi ma’lumotlarga ko’ra BAA ning aniqlangan neft zahiralari dunyodagi barcha aniqlangan neft zahiralarining 10 % ini tashkil qiladi. Hozirdagi kunlik 2,2 mln barrel neft ishlab chiqarilishi sharoitida bu zahira 122 yilga yetadi. 2000 yilda aniqlangan gaz zahiralari esa 6 trillion m3 bo’ldi. BAA ning gaz zahirasi jahonda eng yirik to’rtinchi zahira hisoblanadi. 1999 yilda kunlik gaz qazib olish hajmi 2940 mln kub fut edi. Gaz zahiralari 60 yildan ko’proqqa yetishi ko’zlanmoqda. Shundog’ ekan BAA uzoq muddatli iqtisodiy o’sishni ta’minlay oladigan ulkan neft va gaz zahirasiga egadir. BAA dagi boshqa mineral resurslar uch kategoriyaga bo’linadi : harsangtosh, qum-tuproq va metallar.
Qishloq Xo’jalik Resurslari
Qishloq xo’jaligi va o’rmonlar uchun ajratilgan yer maydoni BAA ning umumiy yer maydonining 1,5 % dan kamrog’ini tashkil etadi. Qishloq xo’jaligining YaIM dagi ulushi juda oz miqdorni tashkil etadi (1999 yilda bu ko’rsatkich 3,8 % bo’lgan). Shundoq bo’lsada, BAA hukumatining sa’y-harakatlari bilan so’nggi 30 yil davomida qishloq xo’jaliginiu rivojalntirish maqsadida quyidagi chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.
- Qishloq xo’jalik maydonlari BAA ning har bir fuqarosi uchun bepul ta’minlab beriladi.
- Yerni o’lchash va tayyorlab berish bepul amalga oshiriladi.
- Ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan urug’lik, o’g’itlar va zararli hasharotlarga qarshi vositalar yarim narxiga ta’minlab beriladi.
- Quduqlar va buloqlardan suv tekinga chiqarib beriladi.
- Suv nasoslarini o’rnatib berish kabi texhik ko’mak ko’rsatish bepul amalga oshiriladi.
- 1978 yilda qishloq xo’jaligi bo’yicha kredit liniyasi tashkil etilgan bo’lib, unga ko’ra fermerlar suv nasoslari, panjara qo’rg’onlar, baliqchilik qayiqlari uchun motorlar, issiqxonalar, tomchilab sug’orish sistemalari sotib olish uchun qarz mablag’lari bilan ta’minlanishgan. Bu kreditlarga hech qanday ustama foiz qo’yilmagan.
- Mahsulotlar uchun bozor havfsizligi davlat tomonidan ta’minlanadi. Kichik fermerlarning mahsulotlarini yuqori narxlarda sotib olishga qaratilgan siyosat ularni tashqi raqobatdan himoya qiladi.
BAA qishloq xo’jaligi salohiyatining judayam cheklanganligi, uning ustiga noqulay yer, suv taqchilligi va og’ir iqlim sharoiti iqtisodiy o’sish uchun to’siq bo’la olmadi.
Aholisi va Ishchi kuchi
BAA aholisi juda kam mamlakatdir. Biroq, neftning topilishi va so’nggi to’rt dekadada eksport qilinishi natijasida mahalliy aholining va hozirda aholining to’rtdan uch qismdan ko’prog’ini tashkil qiladigan xorijliklar hisobiga BAA aholisi keskin ortib bordi. Shundoq ekan, oz sonli mahalliy aholi, ko’psonli xorijliklar va neftdan keladigan katta boylik BAA ning asosiy ijtimoiy, iqtisodiy xususiyatlari sanaladi.
Aholi siyosati taraqqiyotning fundamental qismi hisoblanadi. Jamiyat erishgan barcha yutuqlar aholi bilan chambarchas bog’liqdir. 2007 yilda BAA ning aholisi 4488 mingga yetgani hisoblangan. 2006 yilga nisbatan o’sish 259 mingni tashkil etgan. Bu o’sishda erkaklarning ulushu 68,7 % ni tashkil etgan bo’lsa, ayollardagi bu ko’rsatkich 31,3 % bo’lgan. Bu ikki raqamning bunday tarzda shakllanishida xorijdan kelgan erkak ishchilarning hissasi katta bo’ldi.
Ma’lumot ko’rsatishicha, 2007 yilda ishchilar soni 3096 mimgga yetgan (2006 yilda 2870 ming bo’lgan edi). Iqtisodiyotning turli sohalari bo’yicha ishchilar taqsimotini o’rganar ekanmiz, 2007 yilda qurilish sohasida jami ishchilarning 21 % qismi band bo’lganini ko’rishimiz mumkin. Tijorat sektori, ulgurji va chakana savdo hamda ta’mirlash xizmatini o’z ichiga olgan holda, 20 % ishchilarni band etdi. Sanoat ishlab chiqarilishi sektori 13 % ko’rsatkich bilan uchinchi o’rinda turibdi. Davlat sektori hali-hanuz tayanch nuqta bo’lib kelmoqda. Ta’lim, sog’liqni saqlash, ijtimoiy himoya va boshqa xizmatlar orqali davlat sektori 11 % ishchilarni band etib kelmoqda. Ushbu sanab o’tilgan to’rt sektor BAA aholisining 65 % ini o’zida jamlagan.
Birlashgan Arab Amirliklari yillik iqtisodiy va ijtimoiy hisoboti (2007)1
“BAA hukumati o’z mamlakati xalqi manfaatlarini ko’zlab ularga yuqori saviyada yashash sharoitlarini yaratib beradigan muvozanatlangan va barqaror rivojlanishga erishish borasida turli strategiyalarni ilgari surib unlari amalgam oshirmoqda. Neft narxlarining xalqaro miqyosda to’xtovsiz ortib borishi so’nggi yillarda mamalakat iqtisodiyotining barcha sektorlaridagi ijobiy o’zgarishlarga sabab bo’lmoqda.
2007 yilda iqtisodiy, ijtimoiy sohada katta yutuqlarga erishilganini ko’rishimiz mumkin. BAA iqtisodiyotida iqtisodiy, ijtimoiy rivojlanishga erishish yo’lida salmoqli qadam tashladi. Neftga bog’liq bo’lmagan sektorlarning YaIM dagi ulushi 64,1 % ni tashkil etdi. BAA barcha sohalarga, xususan, turizm va tijoratga investitsiyalar kiritilishini rag’batlantirib kelmoqda, jumladan, bu borada infrostruktura, sanoat shaharlari, moliyaviy hamda bank xizmatlarida ham katta ishlar amalgam oshirildi.
Hukumat olib borayotgan oqilona iqtisodiy siyosat tufayli mamlakatda qishloq xo’jalik, sanoat, ko’chmas mulk va xizmatlar sohalariga jalb etilayotgan bir qator investitsion loyihalar BAA ning iqtisodiy o’sish sur’atini yanada jadallashtirdi. Tashqi savdo mamlakat iqtisodiyotida katta ahamiyatga ega bo’lib, u YaIM ning kattagina qismini tashkil etadi. Eksport hamda re-eksportdan kelayotgan daromadning oshishi muvaffaqiyatli olib borilayotgan tashqi savdo hamda mamlakat bo’ylab tarqalgan erkin hududlarning samarasidir.
Mamlakatning 2007 yilgi iqtisodiy bayonotida o’sha yilda iqtisodiyotda erishilgan yutuqlar va rivojlanishga ta’sir qilgan omillar hamda hukumatning sa’y-harakatlari ko’rib chiqiladi”2.
Umumiy Iqtisodiy Rivojlanish
Mamlakat iqtisodiyoti quyidagi omillar sababidan barqaror o’sishda davom etdi:
 Barqaror siyosiy tizim.
 Mustahkam infrostruktura.
 Neftdan keladigan yuqori daromad.
 Qulay geografik joylashuv.
 Rivojlangan bank sistemasi.
BAA tomonidan yuritilayotgan oqilona iqtisodiy siyosat xususiy sektor bilan hamkorlikda samarali rivojlantirish liyihalarini olib borishga imkon berdi va natijada bu borada yanada yanada o’sishga erishildi.
Mamlakat yuqori iqtisodiy o’sishga erishdi va keladigan daromadlari yo’nalishlarini diversifikatsiyalashga erisha oldi. Bu esa o’z navbatida jahon neft bozoridagi beqaror vaziyat mamlakat iqtisodiyotiga salbiy ta’sir ko’rsatishini oldini oldi. BAA ning iqtisodiy strategiyasi iqtisodiyotning erkinlashuvi hamda jahon bozoridagi eksport va importga nisbatan ochiq eshiklar siyosati yuritishga asoslanadi.
Jahon neft bozorida narxlarning ortib borishi YaIM ning o’sishiga olib keldi va o’zgarmas narxlarda 5,2 % ga, joriy narxlarda esa 16,8 % ga o’sgan.
Xalqaro miqyosda neft narxining davomiy sur’atda o’sib borishi savdo balansini haddan ziyod ijobiy o’zgarishiga olib keldi. Jami investitsiyalar hajmi 2006 yilgi 121 mlrd AED dan 2007 yilda 148,5 mlrd AED ga yetdi.
Mana shunday iqtisodiy o’sishlar paytida yuzaga kelgan inflyatsiya bu jarayonga to’sqinlik qilmoqda. Inflyatsiya darajasi 2007 yilda 11,1 % ga yetdi, vaholangki bir yil ilgari bu ko’rsatkich 9,3 % edi. Bu narsaga ham tashqi, ham ichki omillar ta’sir ko’rsatmoqda. Boshqa valyutalarga nisbatan dollarning qadrsizlanishi, global importga bog’lanib qolgan milliy iqtisidiyotda import inflyatsiyasi kuzatilishi bilan xarakterlandi. Ichki tarafdan esa, ko’chmas mulk sektori ijara haqlarini oshirish yo’li bilan inflyatsiyaga katta hissa qo’shdi. Boshqa sabablar esa, kerasin va benzin hamda qurilish materiallari narxlaridagi o’sishlardir. Aholi soni o’sib borgani sari ichki talab ham shunga muvofiq ravishda o’sib bordi.
YaIM –Yalpi Ichki Mahsulot
2007 yilda YaIM ning haqiqiy o’sishi 5,2 % bo’ldi. Joriy baholar bo’yicha YaIM o’sish sur’ati esa 16,8 % ga yetdi. Bu o’sishga bir necha omillar ta’sir etgan, jumladan, neft narxlaridagi keskin o’sishlar (2007 yilda 13,1 % ga oshgan); bir barrel neftning o’rtacha bahosi 2007 yilda 69,1 USD ga yetdi. YaIM 729,7 mlrd AED ga yetdi (198,66 mlrd USD). Neftgabog’liq bo’lmagan sektorlar ulushi esa 467,9 mlrd AED (YaIM ning 64,1% i) bo’ldi.

Endi esa, quyidagi jadvaldan neftga bog’liq bo’lmagan sohalardagi 2006-2007 yillardagi o’zgarishlarni ko’rib chiqishimiz mumkin.

Yuqoridagi jadvaldan ko’rishimiz mumkinki, qurilish sohasi yetakchi tarmoqlar ichida eng yuqori o’sish darajasi 25,6 % ga ega bo’lgan. Bunday ko’rsatgichga erishilishiga asosiy sabab sifatida qurilib foydalanishga topshirilgan yo’llar, tonnellar, aeroportlar va qurilish sohasiga taalluqli boshqa loyihalarni ko’rsatish mumkin. Ikkinchi eng yuqori o’sish sur’atiga erishgan soha bu sanoat sektori bo’lib, undagi bu ko’rsatkich 2007 yilda 19,6 % ni tashkil qildi. Hukumat import o’rnini bosa oladigan sanoat sohalarini rivojlantirishga hamda xorijiy investitsiyalarni jalb etishni qo’llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratmoqda. Bundan ko’zlangan maqsad sanoat ishlab chiqarilishida diversifikatsiyalashuvga erishishdan iboratdir. Nihoyat, aytib o’tish kerakki, neft kimyosi sanoati 2007 yilda katta natijhalarga erishdi.
So’nggi bir necha dekada davomida neft xomashyosi sanoatning asosiy tarmog’i hamda YaIM ning shakllanishidagi bosh manba bo’lib keldi. Bu sohaga bo’lgan e’tibor neft va gaz borasida bir qator muvaffaqiyatlarga erishishga olib keldi hamda o’sish sur’ati 16,8 % ga yetdi. Qishloq xo’jalik sohasida esa, tabiiy sharoit borasidagi muammolar tufayli, bir xil o’sish sur’atlari kuzatildi. Shuning uchun ham asosiy oziq-ovqat mahsulotlariga bo’lgan talabni qondirish va ularni ishlab chiqarishni rivojlantirishga investitsiyalar ajratildi. Bu muammoning yangi yechimlarini topishni keng ko’lamda hal etish hozirda dolzarb masala bo’lib turibdi. Qishloq xo’jaligi sohasiga kechiktirilmasdan alohida e’tibor qaratish darkor, sababi hozirda global oziq-ovqat muammosi butun dunyo bo’ylab tarqalib bormoqda.

Xizmat ko’rsatish borasidagi yetakchi sohalar jami 293 mlrd AED qiymatini tashkil qildi (YaIM ning 40,2 % qismi). Statistik ma’lumotlarning ko’rsatishicha ko’chmas mulk sohasida 2007 yilda 18,2 % lik o’sishga erishilgan. Agar mulohaza qilib ko’rilsa, bu ko’rsatkich so’nggi yillarda mamlakatdagi rezidentlar soni ortib borayotganini bildiradi (2005 yilda 597 mingta, 2006 yilda 616 mingta, 2007 yilda esa 637 mingta).
Ichki savdo hajmi 2007 yilda 12,2 % ga o’sgan. Iqtisodiyot rivojlanishida bu samarali soha sifatida baholanishi mumkin. Ba narsa yuqori yashash sharoitlarini talab qiladigan rezidentlarning istaklarini hamda ishlash talablarini qondira oladigan, shuningdek yakuniy tayyor va yarim tayyor mahsulotlarini o’zida joylashtira oladigan bozor shakllanganidan dalolat beradi.
Mamlakat 19,4 % lik o’sish sur’atiga erishganini kuzatishimiz mumkin, zero BAA hukumat xizmatlari sohasiga imtiyozlar yaratib bermoqdaki, bu rezidentlar foydasiga xizmat qiladi. Bundan ko’zlangan maqsad mamlakat iqtisodiyoti gurkirab rivojlangandagina erishish mumkun bo’lgan yuqori yashash sharoitlarini yaratib berishdan iborat.

2. Birlashgan Arab Amirliklarining tashqi iqtisodiy aloqalari va uning o’ziga xos xususiyatlari.


Mamlakat iqtisodyoti neft qazib chiqarish sanoatiga asoslangan. BAAda «qora oltin»ning 97,8 milliard barrel miqdoridagi ulkan zahirasi mavjud. Bu dunyo neft zahirasining 10 foizi demakdir. Ayni paytda kunlik neft ishlab chiqarish hajmi taxminan 2,5 million barrelni tashkil etmoqda.
2007 yilda BAA yalpi ichki mahsuloti (YAIM) hajmi 190 milliard dollardan ziyodroqqa teng bo’ldi, iqtisodiy o’sish esa 7,4 foizni tashkil etdi. O’tgan yili neft va gaz sektoridan tushgan daromad 75,8 milliard AQSh dollari yoki YaIMning qariyb 40 foizi teng bo’ldi.
Aholi jon boshiga nisbatan yalpi ichki mahsulot ko’rsatkichi bo’yicha (2007 yilda 29,7 ming dollarni tashkil etdi) BAA jahondagi eng boy mamlakatlar safida oldingi o’rinlardan birini egalladi.
BAAda neft va gaz sohasidan tashqari, alyuminiy, metallurgiya, to’qimachilik, mebel va sanoatning boshqa tarmoqlari ham rivojlangan.
Davlat rahbariyati mamlakat iqtisodiyotiga xorijiy sarmoyalarni jalb etishga qaratilgan ulkan sa’y-harakatlarni amalga oshirmoqda.
BAAda 15 ta erkin iqtisodiy hudud tashkil etilgan. Ularning aksariyati axborot texnologiyalari, oltin va zargarlik buyumlari, farmasevtika kabi muayyan sohalarga ixtisoslashtirilgan.
BAA tashqi savdo aylanmasi 2007 yilda 228,6 milliard dollarni tashkil etdi. Neft eksporti va xorijga kapital qo’yilmalaridan olinayotgan daromad sog’liqni saqlash, ta’lim, uy-joy qurilishi, shaharsozlik sohalarini rivojlantirishga sezilarli miqdorda mablag’lar ajratishga imkon yaratmoqda.
Tashqi Savdo3

Turizmdan kelayotgan foyda yalpi ichki mahsulotning 22 foizini tashkil etadi. Yaqin Sharq mamlakatlari orasida BAA sayyohlik sohasining milliy taraqqiyotga qo’shayotgan hissasi jihatidan birinchi o’rinni egallaydi.
BAA tashqi siyosati asosiy tamoyillari bu yaxshi qo’shnichilik va jahon mamlakatlari bilan o’zaro hurmat hamda ularning ichki ishlariga aralashmaslikka asoslangan o’z munosabatlarini shakllantirishga intilishdir.
BAA tashqi savdo balansidagi yuksak darajadagi ijobiy holat 2007 yilda 6,3 % ga oshdi(167,2 mlrd AED dan 177,7 mlrd ga yetdi). Bu ko’p jihatdan 2007 yildagi eksport hajmining 534,6 mlrd AED dan 644,3 mlrd AED ga yetgani bilan bog’liq.
Neft va gaz eksporti 22,5 % miqdorida o’sdi, re-eksportdagi o’sish esa 32,4 % ni tashkil qildi.

BAA ning Iqtisodiyot vaziri Sulton bin Said Al Mansuriyning 2008 yilda erishilgan sanoat taraqqiyoti yakunlari bo’yicha bayonoti.
Garchi, import hajmi o’sgan bo’lsada, savdo balansidagi ijobiy holat saqlanib qoldi. 2006 va 2007 yillardagi import miqdorini solishtirsak, bu ko’rsatkich 367,4 mlrd AED dan 486,6 mlrd AED ga yetgan.
Yakuniy, yarim tayyor va iste’mol tovarlari eksporti esa, -talabning ortgani, xalqaro narxlarning o’sgani va AQSh dollarining qadrsizlangani tufayli-, 36 % ga ko’paygan. Erkin hududlardagi operatsiyalarni amalga oshirishdagi keng miqyosdagi taraqqiyot tufayli bu hududlardan qilinayotgan eksportlar 19 % ga o’sgan.
BAA Iqtisodiyot Vazirligining Sanoatni Rivojlantirish Boshqarmasi bergan ma’lumotlarga ko’ra so’nggi 5 yilda BAA ning sanoat sohasidagi kompaniyalar soni va investitsiya hajmi sezilarli darajada ortgan. Energatika, neft kimyosi va metallurgiya sohalarida faoliyat ko’rsatayotgan yangi, zamonaviy korxonalar nafaqat ichki bozorda, balki, xalqaro doirada ham muvaffaqiyatli tarzda raqobatlashib kelmoqda. Agar 2004 yilda BAA dagi sanoat korxonalari soni 3036 ta bo’lgan bo’lsa, 2008 yilga kelib bu ko’rsatkich 4219 ga yetgan (ya’ni, 39 % ga o’sgan). 2007 yilga nisbatan esa bu ko’rsatkich 9,5 % ga o’sgan (2007 yilda bunday korxonalar soni 3852 ta bo’lgan).
Mamlakatdagi Sanoat korxonalari soni va 2004 ylga nisbatan o’sish darajasi4

2004 yil

2005 yil

2006 yil

2007 yil

2008 yil

miqdoria

%hisobi-da ‘sishi

miqdoria

%hisobi-da ‘sishi

miqdoria

%hisobida ‘sishi

Miqdoria

%hisobi-da ‘sishi

miqdoria

%hisobi-da ‘sishi

3036




3294

8,5

3567

17,5

3852

18

4219

39

Mazkur sektorda jalab etilgan investitsiyalar hajmi 2004 yildagi 17 mlrd AQSh dollaridan 2008 yilda 21 mlrd AQSh dollariga yetdi. Bundan ichi manbalar hisobiga shakllangan investitsiyalar miqdori 17,8 mlrd $, ya’ni sanoat sohasiga jalb etilgan jami investitsiyalarning 84,6 % ini tashkil etdi. Arab (Fors) Ko’rfazi Arab Davlatlari investitsiyasi 4 % ni va boshqa davlatlar ulushi esa 11,32 % ni tashkil etdi. Bitta korxonaga kiritilgan investitsiya miqdori o’rtacha 5 mln $ bo’ldi.
Va nihoyat 2008 yilda BAA fuqarolari tasarrufida bo’lgan xususiy korxonalar soni 1520 taga yetdi (36 %), Arab (Fors) Ko’rfazi Arab Davlatlarining ulushi esa 118 ta (2,8 %) bo’ldi.
Sanoat sohasiga kiritilgan investitsiyalar hajmi va 2004 yilga nisbatan o’sish darajasi5

2004 yil

2005 yil

2006 yil

2007 yil

2008 yil

$ млрд.

% hisobi
da o’sish

$ млрд.

% hisobi
da o’sish

$ млрд.

% hisobi
da o’sish

$ млрд.

% hisobi
da o’sish

$ млрд.

% hisobi
da o’sish

17,25




18,69

8,3

19,29

11,8

19,9

15,3

21,1

22,3

Sanoat korxonalarining asosiy qismini (57,4 %) 274 ming $ dank am investitsiyali korxonalar tashkil etmoqda, 30 % esa 274 ming $ dan 2,74 mln $ gacha investitsiyali korxonalar, 9,1 % esa 2,74 mln $ dan 13,697 mln $ li, 3,5 $ esa 13,697 mln $ dan ko’proq investitsiya asosida tashkil etilgan korxonalardir. 10 ming dan kamroq ishchisi bo’lgan korxonalar 10,3 %, 10-49 ming ishchi- xodimi bo’lgan korxonalar esa 57,8 %, 50-100 ming xodimi bo’lgan korxonalar esa 15 %, 100 mingdan ko’proq ishchisi bo’lgan korxonalar esa 16,9 % ni tashkil etadi.
Sanoat tarmog’ida band bo’lgan kishilar soni6





2004 yil

2005 yil

2006 yil

2007 yil

2008 yil

231275

245707

264719

288180

317841

2008 yilda ishlab chiqarish hajmi 34,185 mlrd AQSh dollariga yetdi. Sof daromad 4,356 mlrd $ va qo’shimcha qiymat esa 20,678 mlrd $ bo’ldi
Sanoat sohasining tarkibiy tuzilishi7








Sanoat sohasi

Korxonalar soni

Jami korxonalarga nisbatan % dagi ulushi

Undagi band kishilar soni

Sanoatda band bo’lganlarga nisbatan % dagi ulushi

Oziq-ovqat, ichimlik va tabaki mahsulotlari

359

8,51

30412

9,57

Tekstil, kiyim va teri mahsulotlari

277

6,47

31823

10,01

Mebel

456

12,94

29861

9,39

Qog’oz va nashriyot mahsulotlari

317

7,51

18208

5,73

Kimyoviy moddalar

734

17,4

38395

12,08

Tog’-kon sanoati

557

13,2

65023

20,46

Metal mahsulotlari,
Asbob vs uskunalari

1178

27,92

89159

27,95

Boshqalar

174

4,12

5209

1,64

Mamlakatning sanoat tarmog’ining asosiy sohalari: oziq-ovqat, ichimlik sohasida 359 korxona; tekstilda 277 ta; mebelchilikda 456 ta; matbuot tovarlari ishlab chiqarishda 317 ta; kimyoviy moddalar sohasida 734 ta; tog’-kon sanoatida 557 ta metal mahsulotlarida esa 1178 ta va boshqa sohalarda 174 ta korxonalar faoliyat ko’rsatib kelmoqda.
Amirliklar bo’yicha sanoat korxonalarining taqsimlanganligi8




Amirlik

% dagi ulushi

2008 yildagi investitsiya miqdori (% da)

Abu Dabi

7,7%

51,7%

Dubay

40,7%

24,6%

Sharja

28,7%

5,6%

Ajman

14,6%

2%

Umm al Quyveyn

3,3%

0,6%

Ra’s al Xayma

3,4%

6,4%

Fujeyra

1,6%

9,1%

Ushbu jadvaldan bizga ma’lum bo’lmoqdaki, sanoat korxonalarining asosiy qismi Dubay, Sharja va Ajman amirliklarida joylashgan bo’lib ular hisobiga jami korxonalarning 82 % i to’g’ri keladi. 2008 yil davomida kiritilgan investitsiyalar borasida esa, Abu Dabi va Dubay amirliklari birgalikda 76,3 % lik ulush bilan yetakchilik qilishmoqda.
2007 yil yakunlariga ko’ra BAA ning 10 ta eng yirik savdo sheriklari quyidagi davlatlar bo’ldi9:



Mamlakat

Savdo hajmi (% da)

Miqdori
(mlrd. $)

1

Hindiston

14,4

21,687

2

Xitoy

8,5

12,753

3

AQSh

6,0

9,012

4

Yaponiya

5,4

8,172

5

Germaniya

4,9

7,445

6

Eron

4,9

7,353

7

Saudiya Arabistoni

3,4

5,167

8

Buyuk Britaniya

3,3

4,999

9

Italiya

3,3

4,917

10

Shveytsariya

3,2

4,830

10 ta mamlakat bilan jami savdo
hajmi

57

86,334

Boshqa davlatlar bilan

43

64,336

Umumiy tashqi savdo hajmi

100 %

150,670

Yuqoridagi ma’lumotlarga ko’ra BAA davlatining 2007 yildagi tashqi savdo hajmi 150,67 mlrd AQSh dollarini tashkil qilganini ko’rishimiz mumkin, bunda asosiy hamkorlar o’nligini 14,4 % ulush bilan Hindiston boshqarib turibdi. Keyingi o’rindagi Xitoy esa 8,5 % ko’rsatkichga ega. Boshqa davlatlar ulushi ham shu tariqa kamayib boraveradi. Bundan ko’rishimiz mumkinki, BAA ning asosiy savdo hamkori bu Hindistondir.
2007 yil yakunlariga ko’ra BAA ning eng yirik 10 ta import hamkorlari quyidagi davlatlar bo’ldi10:



Mamlakat

Import (%)

Import
(mlrd. doll.)

1

Xitoy

11,6

12,316

2

Hindiston

11,6

12,255

3

AQSh

7,95

8,417

4

Yaponiya

7,6

8,079

5

Germaniya

6,8

7,193

6

Italiya

4,4

4,704

7

Buyuk Britaniya

4,4

4,631

8

Saudiya Arabistoni

3,3

3,510

9

Fransiya

2,9

3,100

10

Shveytsariya

2,8

3,014

10 mamlakatning jami ulushi

63,5

67,220

Boshqa mamlakatlar ulushi

36

38,599

Jami import miqdori

100 %

105,819

BAA ning asosiy import hamkorlari ro’yxatini ham ushbu ikki davlat: Xitoy va Hidiston 11,6 % dan ulush bilan boshqarib kelishmoqda. Ularning BAA ga qiladigan eksporti miqdori 12 mlrd $ dan ham yuqori ko’rsatkichni qayd etmoqda. AQSH va Yaponiya esa 8 mlrd $ dan ko’proq ulush bilan 3 va 4 o’rinlarda turishibdi. BAAning jami importi hajmi 105,819 mlrd $ ni tashkil etgan.
2007 yil yakunlariga ko’ra BAA ning eng yirik 10 ta eksport hamkorlari quyidagi davlatlar bo’ldi11:



Mamlakat

Eksport (%)

Eksport (mlrd. doll.)

1

Hindiston

33,2

3,282

2

Qatar

7,0

0,688

3

Quvayt

5,4

0,534

4

Saudiya Arabitoni

5,3

0,521

5

Eron

3,9

0,383

6

Pokiston

2,7

0,267

7

Xitoy

2,6

0,254

8

Iroq

1,9

0,189

9

Shveytsariya

1,7

0,173

10

AQSh

1,6

0,162

10 mamlakatning jami ulushi

65

6,455

Boshqa mamlakatlar ulushi

35

3,426

Jami eksport miqdori

100 %

9,881

BAA ning eksportdagi asosiy hamkorlari ro’yxatida 33,2 % lik ulush bilan Hindiston yaqqol peshqadamlik qilmoqda, keyingi o’rindagi Qatar ulushi esa bor-yo’g’i 7 % ni tashkil etmoqda. E’tiborlisi shuki, importdagi asosiy hamkorlardan biri bo’lgan Xitoyning bu boradagi ko’rsatkichi esa atigi 2,6 % ni tashkil qilgan.
2007 yil yakunlariga ko’ra BAA ning eng yirik 10 ta re-eksport hamkorlari quyidagi davlatlar bo’ldi12:



Mamlakat

Re-eksport (%)

Re-eksport
(mlrd.doll.)

1

Eron

17,9

6,252

2

Hindiston

17,6

6,150

3

Iroq

8,0

2,808

4

Shveytsariya

4,7

1,643

5

Saudiya Arabistoni

3,2

1,136

6

Qatar

2,4

0,846

7

Ummon Sultonligi

2,4

0,825

8

Belgiya

2,2

0,764

9

Quvayt

2,1

0,725

10

Gonkong

2,0

0,692

10 mamlakatning jami ulushi

62

21,840

Boshqa mamlakatlar ulushi

38

13,130

Jami re-eksport miqdori

100 %

34,970

Re-eksport borasida ham Hindiston 17,6 % lik ulush bilan ikkinchi asosiy hamkor sanalmoqda. Bundan tashqari Eron ham bu kabi mamlakatlar qatoriga kirgani va Xitoyning bu ro’yxatdan o’rin olmagani ham e’tiborga molikdir.

3. O’zbekiston va Birlashgan Arab Amirliklari o’rtasidaga iqtisodiy-ijtimoiy aloqalarning shakllanishi.13


O’zbekiston Respublikasi va Birlashgan Arab Amirliklari o’rtasida 1992 yil 25 oktyabrda diplomatiya munosabatlari o’rnatilgan edi. Shu yili noyabr oyida yurtimizning Dubay shahridagi konsulxonasi ochilib, unga 1994 yilda Bosh konsulxona maqomi berildi. O’z navbatida, 2006 yilning yanvar oyidan BAAning O’zbekiston Respublikasidagi Bosh konsulxonasi ish boshladi.
Birlashgan Arab Amirliklari davlati O’zbekiston respublikasi mustaqilligini 1991 yil dekabrida birinchilardan bo’lib tan oldi. 1992 yil oktyabrida o’zaro diplomatik aloqalar o’rnatishga kelishildi. O’zaro aloqalar dastlab O’zbekiston bilan Amirliklarning Dubay va Sharja amirliklari o’rtasida yo’lga qo’yildi. 1992 yil noyabr oyida O’zbekiston Dubayda o’z konsulxonasini ochdi. Bu mustaqil O’zbekistonning chet elda ochgan birinchi vakolatxonasi edi. Tez orada uning maqomi Bosh konsulxona darajasiga ko’tarildi. 1992 yil oxirlarida O’zbekiston Dubayda o’tgan “Ekspo - 92” xalqaro ko’rgazmasida ishtirok etdi. 1994 yil dekabr oyida Dubay amirligi hukumat delegatsiyasi rasmiy tashrif bilan O’zbekistonda bo’ldi. Shundan keyin 1997 yil may oyida O’zbekiston ichki ishlar vazirining o’rinbosari boshchiligidagi delegatsiyaning Dubay amirligiga qilgan tashrifi chog’ida O’zbekiston ichki ishlar vazirligi va Dubay politsiyasi Bosh boshqarmasi o’rtasida o’zaro anglashuv memorandumi imzolandi. 1997 yil oktyar oyining oxirlari, noyabr oyining boshlarida Dubay politsiyasining Bosh qo’mondoni O’zbekistonda bo’ldi.
Toshkent va Sharja o’rtasida havo yo’li 1992 yil boshlaridayoq ochilgan edi. Shundan beri “O’zbekiston havo yo’llari” milliy aviakompaniyasiga qarashli samolyotlar Toshkent va Sharja, so’nggi yillardan boshlab Toshkent va Dubay o’rtasida muntazam qatnab keladi.
1997 yil noyabridan boshlab o’zaro aloqalar ko’lami kengayib, Birlashgan Arab Amirliklari federatsiyasini to’la qamraydigan bo’ldi.
Bu orada O’zbekiston vazirlar mahkamasining raisi o’rinbosari boshchiligidagi delegatsiya Amirliklarda bo’ldi. Tashrif doirasida “O’zbekistonda tadbirkorlik” masalalariga bag’ishlangan biznes-seminar o’tkazilib, ikki mamlakatning qator kompaniyalari o’rtasida hamkorlik bitimlari imzolandi. 1997 yil Dubayda BAA tadbirkorlarini O’zbekiston iqtisodiga sarmoya kiritish imkoniyatlari bilan tanishtirish maqsadida yana bir biznes-seminar bo’lib o’tdi. 1998 yil O’zbekiston tashqi ishlar vaziri BAAga tashrif buyurdi. Tashrif davomida ikki tomon o’rtasida “Havo yo’li transporti” hamda “Sarmoyalarni o’zaro himoyalash” bitimlari imzolandi.
Ikki mamlakat o’rtasida yuqori darajadagi delegatsiyalar tashrifi shu tariqa davom etdi. 2005 yil O’zbekiston ichki ishlar vaziri o’rinbosari boshchiligidagi delegatsiya BAAda bo’ldi va mamlakat ichki ishlar vaziri Shayx Sayf bin Zoyid Ol Nahayon bilan uchrashdi.
So’nggi yillarda o’zaro munosabatlar yanada faollashdi. 2006 yil toshkentda Birlashgan Arab Amirliklarining Bosh konsulxonasi ochildi. 2007 yil BAA poytaxti Abu-Dabi shahrida O’zbekiston Respublikasining elchixonasi o’z faoliyatini boshladi.
2007 yil oktyabr oyida Birlashgan Arab Amirliklari vitse-prezidenti, Bosh vaziri, Dubay amirligining hokimi Shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum O’zbekistonga tashrif buyurdi. Tashrif chog’ida O’zbekiston Respublikasi va Birlashgan Arab Amirliklari hukumatlari o’rtasida daromadlarni ikki tomonlama soliqqa tortilishiga yo’l qo’ymaslik hamda daromad va kapital soliqlarini to’lashdan bosh tortishni bartaraf qilish, sarmoyalarni o’zaro rag’batlantirish va himoya qilish to’g’risidagi bitimlar, shuningdek, ikki mamlakat siyosat mahkamalari o’rtasida hamkorlik va maslahatlashuvlar to’g’risida protokol imzolandi.
2007 yilning noyabr oyida Birlashgan Arab Amirliklari ichki ishlar vaziri Shayx Sayf bin Zoyid Ol Nahayon O’zbekistonda bo’ldi. Bu tashrif ikki mamlakatning xavfsizlik sohasidagi aloqalarini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etdi. jamoatchilikni, ayniqsa, yosh avlodni turli yot g’oya va mafkuralardan himoya qilishda, dinni niqob qilib olgan g’araz niyatli kuchlarga qarshi kurashishda hamkorlik ikki mamlakat uchun ham foydalidir.
BAA vitse-prezidenti, Bosh vaziri, Dubay amirligining hokimi Shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum va BAA ichki ishlar vaziri Shayx Sayf bin Zoyid Ol Nahayonni O’zbekiston Prezidenti Islom Karimov tomonidan qabul qilinishi ikki davlat rahbarlari o’zaro aloqalarni yanada mustahkamlash va taraqqiy ettirishga qanchalik e’tibor berayotganiga yorqin dalildir.
isesco tomonidan Toshkentning 2007 yilda Islom madaniyati poytaxti deb e’lon qilinishi BAAda katta mamnuniyat bilan kutib olinganini ta’kidlash o’rinlidir. Shu munosabat bilan O’zbekistonda o’tkazilgan tadbirlarda BAA vakillari faol ishtirok etdilar. BAAda O’zbekiston Prezidenti Islom Karimovning “O’zbekiston ma’naviy yuksalish yo’lida” kitobi arab tilida nashr etildi. Bularning barchasi ikki mamlakat o’rtasidagi siyosiy va ma’naviy yaqinlikdan, o’zaro hurmat va ishonchdan, hamkorlik borasidagi intilishlar mushtarak ekanidan dalolat beradi.
O’zbekiston va BAA o’rtasida Arab muvofiqlashtirish guruhi doirasida ham hamkorlik yo’lga qo’yilgan. Ushbu guruhning 2007 yil iyul oyida Toshkentda bo’lib o’tgan yig’ilishida uning BAA tomonidan a’zosi - Abu-Dabi Taraqqiyot jamg’armasi vakillari qatnashdi. Mazkur anjumanda O’zbekistonning ta’lim, sog’likni saqlash, qishloq va suv xo’jaligi, energetika, kimyo sanoati, kommunal xizmat, qurilish va metallurgiya sohalariga oid 20dan ziyod loyihasi ko’rib chiqildi.
O’zbekiston va BAA katta iqtisodiy salohiyatga ega davlatlardir. O’zbekistonning tabiiy boyliklari, jo’g’rofiy joylashuvi, intellektual salohiyati, qulay sarmoyaviy muhiti, zamonaviy texnologiyalarni izchil o’zlashtirib borayotgani har qanday mamlakatning O’zbekiston bilan hamkorlikka qiziqishini oshirishi tabiiy. Xususan, BAAga nisbatan aytganda, uning sarmoyaviy salohiyati, neft-gaz sanoatida orttirgan tajriba va texnologiyalari bilan O’zbekistonning imkoniyatlari birlashtirilsa, hamkorlik uchun juda keng faoliyat maydoni yuzaga kelishini ko’rish qiyin emas. Ikki mamlakat rahbarlarining xalqaro siyosiy masalalarda ko’p jihatdan hamfikrligi ham bu imkoniyatlarni to’la ishga solishda yaxshi zamin bo’lib xizmat qiladi.
O’zbekiston va Birlashgan Arab Amirliklari davlati o’rtasida tovar ayirboshlash hajmiga kelsak, u 2004 yil 112,5 mln. AQSh dollari miqdorida bo’lgan bo’lsa, 2005 yil u 116,7 mln. AQSh dollariga etgan. 2007 yilning 10 oyi ichida bu ko’rsatkich 93,1 mln. AQSh dollarini tashkil etgan. O’zbekistonning BAAga eksporti, asosan, rangli metallar, ipak, gazlama va xizmatlardan (havo transporti orqali yuk va yo’lovchi tashish) iborat. BAAdan rezina va kauchuk, maishiy elektronika jihozlari, qurilish materiallari, mebel va transport vositalari import qilinadi.
Hozirda O’zbekistonda BAA sarmoyadorlari ishtirokida 68 qo’shma korxona tuzilgan bo’lib, ulardan 30tasi to’la amirliklar sarmoyasi hisobiga ta’sis etilgan. Mazkur kompaniyalar qishloq xo’jaligi mahsulotlari va ularni qayta ishlash, qurilish materiallarini ishlab chiqish, ko’chmas mulk, ipak sanoati, transport xizmatlari, ko’tara va chakana savdo kabi sohalarda faoliyat yuritadi.
O’zbekistonda Amirliklarning 17 yirik kompaniyasining vakolatxonalari ro’yxatdan o’tkazilib, akkreditatsiya qilingan.
Mazkur raqam va ko’rsatkichlar qanchalik ijobiy bo’lmasin, ikki tomonni qoniqtirmaydi. Chunki yanada yuqori natijalarga erishish uchun ikki mamlakatda ham etarli imkoniyatlar mavjud. Shu bois o’zaro hamkorlikni yangi bosqichga ko’tarishga tomonlar birdek e’tibor berib kelmoqda. O’zbekiston Prezidenti Islom Karimovning 2008 yil 17-18 mart kunlari Birlashgan Arab Amirliklariga qilgan rasmiy tashrifi, uning davomida olib borilgan muzokaralar, erishilgan kelishuv hamda imzolangan hujjatlar mana shu ezgu niyatga xizmat qilishi, shubhasiz. Zero, unda Islom Karimov O’zbekiston o’zaro savdo hajmini oshirish, tovarlar va xizmatlar turlarini ko’paytirish maqsadida BAAga yuk va yo’lovchi tashish samolyotlari, kimyo sanoati mahsulotlari, ip va shoyi gazlama, kiyim-kechak, oziq-ovqat mahsulotlari, qayta ishlangan qishloq xo’jalik mahsulotlari, rangli metallar va ulardan yasalgan buyumlar etkazib berishi mumkinligini ta’kidladi.

4. O’zbekiston va Birlashgan Arab Amirliklari o’rtasidagi iqtisodiy va ijtimoiy aloqalarning rivojlanish yo’nalishlari.


Bu tashrif asnosida Iqtisodiy hamkorlik bo’yicha O’zbekiston - Birlashgan Arab Amirliklari hukumatlararo qo’shma komissiyasini tuzish to’g’risida kelishuvga erishilgan edi. 2008 yil 28 may kuni ushbu komissiyaning birinchi majlisi Toshkentda bo’lib o’tdi. Unda ikki mamlakatning iqtisodiyot, savdo, yoqilg’i-energetika, bank-moliya, qishloq va suv xo’jaligi, bojxona, avtomobilsozlik, farmatsevtika, oziq-ovqat, engil sanoat, transport kommunikatsiyalari, qurilish materiallari, sayyohlik, madaniyat, atrof-muhitni muhofaza qilish kabi sohalarda faoliyat yuritayotgan qator vazirlik va idoralari, firma va idoralari vakillari ishtirok etdi.
O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o’rinbosari R. Azimov ikki mamlakat o’rtasidagi hamkorlik barcha sohalarda izchil rivojlanib borayotgani, bunda ikki davlat rahbarlarining uchrashuvlarida erishilgan kelishuvlar muhim huquqiy asos bo’lib xizmat qilayotganini ta’kidladi.
Majlisda BAA tashqi savdo vaziri, komissiya hamraisi Lubna bint Xolid al-Qosimiy xonim ikki mamlakat o’rtasidagi do’stlik, o’zaro hurmat, ishonch va manfaatdorlikka asoslangan hamkorlik siyosiy, savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, ijtimoiy-madaniy sohalarda rivojlanib borayotganini qayd etdi.
- O’zbekistonda xorijiy sarmoyadorlar bilan hamkorlikda ish yuritish uchun yaratilgan qulay sarmoyaviy muhit BAA ishbilarmonlarining qiziqishini tobora kuchaytirmoqda. Bunday omillar kelgusida hamkorligimizning yanada kengayishiga xizmat qiladi. Maqsadimiz mamlakatlarimiz o’rtasida iqtisodiyot, neft-gaz, energetika, qishloq xo’jaligi, to’qimachilik, oziq-ovqat sanoati, bank-moliya tizimi, sayyohlik singari ko’plab sohalarda o’zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish va mustahkamlashdan iborat, - dedi Lubna bint Xolid al-Qosimiy xonim.
Majlisda ikki mamlakat o’rtasida savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy hamkorlikni yanada rivojlantirish imkoniyatlari ko’rib chiqildi, istiqbolli sohalar belgilab olindi. Qo’shma korxonalar soni va o’zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirishga oid masalalarga alohida e’tibor qaratildi.
BAA delegatsiyasining bu tashrifi doirasida ikki mamlakat ishbilarmon doiralari vakillariga ko’plab yangi loyihalar bilan yaqindan tanishish uchun keng imkoniyatlar eshigini ochgan O’zbekiston - BAA biznes-forumi o’tkazildi.
2008 yil 8 iyun kuni BAA Vazirlar mahkamasi ishlari bo’yicha davlat vaziri, “Dubay Xolding” kompaniyasi raisi Muhammad Abdulla al-Qarqoviy ikki mamlakat o’rtasidagi hamkorlik yo’llarini muhokama qilish uchun Toshkentga keldi va u 9 iyun kuni O’zbekiston Prezidenti Islom Karimov tomonidan qabul qilindi.
Suhbat chog’ida O’zbekiston bilan BAA o’rtasidagi hamkorlik aloqalari ko’lamini kengaytirish, iqtisodiy va sarmoyaviy sohada mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanish masalalari bo’yicha fikr almashildi.
Bularning barchasi O’zbekiston Prezidenti Islom Karimovning 2008 yil 17-18 mart kunlari Birlashgan Arab Amirliklariga qilgan rasmiy tashrifi, uning davomida erishilgan kelishuv va imzolangan hujjatlar ijrosining ta’minlash yo’lidagi amaliy qadamlar, ochilayotgan yangidan-yangi imoniyatlar, ikki tomon uchun ham manfaatli munosabatlarda tub burilish boshlanganidan dalolat beradi.
Prezident Islom Karimov qaroriga muvofiq, Abu-Dabi shahrida 2007 yildan boshlab mamlakatimiz elchixonasi faoliyat ko’rsatmoqda.
2007 yilda ikki tomonlama aloqalarda faollashuv jarayoni kuzatildi. O’zbekistonda BAAning bir qator yuqori martabali delegasiyalari mehmon bo’ldi.
O’tgan yili 26 oktyabrda Dubay amirligi hokimi, shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktumning yurtimizga rasmiy tashrifi amalga oshirildi.
Yuksak martabali mehmonni qabul qilar ekan, Prezident Islom Karimov, O’zbekiston Birlashgan Arab Amirliklari bilan munosabatlarni rivojlantirishga katta e’tibor bilan qarashini ta’kidladi. Tomonlarning ko’plab xalqaro siyosiy masalalar yuzasidan qarashlari yaqin bo’lib, iqtisodiy aloqalar ko’lami esa izchillik bilan kengayib bormoqda.
Birlashgan Arab Amirliklari vise-prezidenti, bosh vaziri, Dubay amirligi hokimi shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktumning Toshkentga tashrifi yakunlari bo’yicha tomonlar o’rtasida Investisiyalarni o’zaro rag’batlantirish va himoya qilish, Daromadlarning ikki tomonlama soliqqa tortilishiga yo’l qo’ymaslik hamda daromad va kapital soliqlarini to’lashdan bosh tortishni bartaraf qilish to’g’risidagi bitimlar, shuningdek ikki davlat tashqi ishlar vazirliklari o’rtasida siyosiy maslahatlashuvlarni o’tkazish masalalariga oid anglashuv memorandumi imzolandi.
2007 yil 5 noyabrda Birlashgan Arab Amirliklari ichki ishlar vaziri shayx Sayf bin Zoid Ol Nahayon tashrif bilan O’zbekistonda bo’ldi. Mehmon O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tomonidan qabul qilindi.
O’zbekiston Respublikasi va Birlashgan Arab Amirliklari BMT, Islom Konferensiyasi tashkiloti va boshqa nufuzli tashkilotlar doirasida keng ko’lamdagi xalqaro va mintaqaviy masalalarda hamkorlik qilib kelmoqda.
Birlashgan Arab Amirliklarida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning «O’zbekiston ma’naviy yuksalish yo’lida» nomli kitobi chop etilgan. Bu mamlakatlarimiz o’rtasidagi siyosiy va ma’naviy yaqinlik, o’zaro hurmat va ishonchning yorqin tasdig’idir.
O’zbekiston Respublikasi bilan Birlashgan Arab Amirliklari savdo va iqtisodiy hamkorligi izchillik bilan rivojlanib bormoqda. 2007 yilda ikki davlat o’rtasidagi tovar aylanasi hajmi 93,1 million AQSh dollarini tashkil etdi. Yurtimiz BAAga paxta tolasi, rangli metallar, ipak, matolar, sabzavotlarni eksport qiladi hamda havo transporti bilan yuk va yo’lovchilarni tashiydi. Ushbu mamlakatdan esa rezina va kauchuk, kiyim-kechaklar, maishiy elektr uskunalari, qurilish materiallari, mebel va transport vositalari keltiriladi.
O’zbekistonda Birlashgan Arab Amirliklari investisiyasi ishtirokida ta’sis etilgan 68 korxona faoliyat ko’rsatmoqda. Shulardan 31 tasi mazkur davlatning 100 foizlik sarmoyasi hisobiga tashkil qilingan. O’zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investisiyalar va savdo vazirligida Birlashgan Arab Amirliklarining 17 kompaniyasi akkreditasiya qilingan. BAAdan yurtimiz iqtisodiyotiga jalb etilgan sarmoyalarning umumiy hajmi 31,5 million dollardan ziyoddir.
2007 yil 3-5 iyul kunlari Toshkentda o’tkazilgan Arab milliy va mintaqaviy rivojlanish institutlari muvofiqlashtirish guruhi qo’shma majlisida Abu-Dabi taraqqiyot jamg’armasi vakillari ham ishtirok etdi. Arab muvofiqlashtirish guruhi a’zolari bilan hamkorlik dasturida sog’liqni saqlash, ta’lim, energetika, transport va kommunal soha infratuzilmasini rivojlantirish, yerning meliorativ holatini yaxshilash va boshqa muhim jabhalarda umumiy qiymati qariyb 800 million AQSh dollari miqdorida sarmoya jalb qilinadigan 17 ta ustuvor investisiya loyihasini amalga oshirish ko’zda tutilgan. 1992 yildan buyon mamlakatlarimiz o’rtasida muntazam havo qatnovi yo’lga qo’yilgan va «O’zbekiston havo yo’llari» milliy aviakompaniyasi tomonidan Toshkent-Sharja-Toshkent yo’nalishi bo’ylab parvozlar amalga oshirilmoqda. 2008 yil 7 martda esa «O’zbekiston havo yo’llari»ning poytaxtimizni BAAning sayyohlik markazi bo’lgan Dubay shahri bilan bog’lovchi yo’nalishda birinchi aviareysi amalga oshirildi. O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining Sharqshunoslik instituti 1995 yildan buyon Juma al-Mojidiy nomidagi Dubay madaniy markazi bilan qadimiy qo’lyozma asarlarni o’rganish borasida yaqindan hamkorlik qilib kelmoqda. Ikki mamlakat o’rtasida ta’lim, yuqori texnologiyalar, tibbiyot va boshqa sohlardagi aloqalar faol ravishda kengayib borayapti.
BAAning tashqi ishlar vazirligi, ilmiy doiralar va ommaviy axborot vositalari yuqori martabali vakillaridan iborat delegasiyasi ISESCO tomonidan Toshkent shahrining 2007 yilda Islom madaniyati poytaxti, deb e’lon qilinganiga bag’ishlab shu yili 14-15 avgust kunlari yurtimizda o’tkazilgan «O’zbekistonning islom sivilizasiyasi rivojiga qo’shgan hissasi» mavzuidagi xalqaro konferensiyada ishtirok etdi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning Birlashgan Arab Amirliklariga bo’lajak rasmiy tashrifi ikki tomonlama munosabatlar rivojida alohida ahamiyat kasb etadi hamda O’zbekiston bilan BAA o’rtasidagi siyosiy, savdo- iqtisodiy va gumanitar sohadagi hamkorlikni sifat jihatidan yangi bosqichga ko’tarishga hissa qo’shadi.
Xulosa
Bugunga kelib Birlashgan Arab Amirliklari nafaqat Fors ko’rfazida balki, arab olamida hatto, xalqaro miqyosda katta nufuzga ega, tabiiy boyliklarga boy, iqtisodi tez sur’atlarda rivojlanib kelayotgan davlatdir. Ayni chog’da u yirik moliya, savdo, sarmoya va tijorat markazi hamdir. Uzoqni ko’zlab olib borilayotgan iqtisodiy va moliyaviy siyosat, qimmatbaho qog’ozlar bozorini takomillashtirish, ilmiy-intellektual salohiyatni oshirish, savdo-sotiq va turizm sohalariga sarmoyalar jalb etishga bo’lgan katta e’tibor kabi qator omillar bu davlat iqtisodiyotini dunyodagi ko’p mamlakatlar havas qilsa arziydigan darajaga ko’targan. Birlashgan Arab Amirliklari nafaqat erishgan yutuqlari bilan, balki dunyoning barcha burchaklaridan kelgan turli millat, turli e’tiqod vakillariga ahil-inoq yashab, unumli mehnat qilishlari uchun munosib muhit yarata bilganlari uchun ham o’zga davlatlar orasida o’z o’rni va o’z so’ziga ega bo’lish bilan birga, ularning hurmatlarini ham qozonib kelmoqda.
Umuman olganda, BAA bilan hamkorlikdagi loyihalarga e’tibor qaratadigan bo’sak, ular asosan yirik ishlab chiqarilishga va, ayniqsa, infrostrukturani yaxshilashga qaratilganini ko’zga tashlanadi. Buni shu kungacha tashkil etilgan va etilayotgan qo’shma korxonalar va bir qator qo’shma loyihalar misolida ko’rishimiz mumkin. Ayniqsa sormoya sohasini, xususan, xorijiy investitsiyalar jalb etilishida barcha qulayliklarni yaratish maqsadida barpo etilishi kutilayotgan, ustav kapitali 1,25 mlrd AQSH dollari miqdoridabo’lgan “Uz-Emirates Holding” kompaniyasi ikki mamlakat o’rtasidagi o’zaro hamkorlik va hamjihatlik yuqori bir bosqichga ko’tarilayotganidan dalolatdir.
Darhaqiqat, jonajon diyorimiz-serquyosh O’zbekiston tabiiy jihatdan juda katta qulayliklarga ega. Uning iqlimi lazzati tengsiz mevalar va har turli sabzavotlar yetishtirishga katta imkoniyat beradi, bundan tashqari yer osti boyliklari ham mamlakatimizda juda katta ahamiyatga ega. Shuningdek mamlakatimizda, ayniqsa, so’nggi yillarda sanoatlashuvning yanada chuqurlashib borishi yanada ko’proq zavoda va fabrikalar barpo etishni taqazo etib kelmoqda, bu ishda rivojlangan xorijiy davlatlar sarmoyalari ishtiroki katta ahamiyat kasb etishi hech kimga sir emas.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:



  1. “Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari” Karimov I. A. Toshkent 2009, mart.

  2. “O’zbekiston va Birlashgan Arab Amirliklari (hamfikrlik, hamjihatlik, hamkorlik)”, Toshkent 2008.

  3. “Prezident Islom Karimovning Birlashgan Arab Amirliklariga tashrifi”, // “Xalq So’zi” gazetasi 2008, 57-son, 1-b.

  4. “Государство Объединённые Арабские Эмираты”, Gassan Ahmad Abud // bvv -2007- 1-dekabr.

  5. “Дубай: от нефти до туризма”// Ekonomika: Delovoy Yejednevnik// 2008-№45-8-noyabr-st.13.

  6. “Государство Объединённые Арабские Эмираты”// biznes vestnik vostoka// 2007-№144.

  7. “Мировой рынок нефти”, delovoy partner//2008-№11-14-mart-2-st.

  8. Annual Social and Economic Report United Arab Emirates 2007 (Birlashgan Arab Amirliklari Yillik Ijtimoiy va Iqtisodiy Hisoboti 2007).

  9. Economic Bulletin 2008 Central Bank of the United Arab Emirates (Birlashgan Arab Amirliklari Markaziy Banki Iqtisodiy Bulletini 2008).

  10. “Economic Development in the UAE” (BAAning Iqtisodiy Rivojlanishi) Mohamed Shihab.

Internetda foydalanilgan web-saytlar:

    1. http://www.cia.gov

    2. http://www.centralbank.ae

    3. http://www.uae.gov.ae/mop

    4. http://www.ecssr.ac.ae/01uae.homepage.html

    5. http://www.emirates.org

    6. http://www.uaecb.gov.ae

    7. http://www.wto.org

1 Birlashgan Arab Amirliklari yillik iqtisodiy va ijtimoiy hisoboti (2007)

2 BAA iqtisodiyot vaziri: Sulton bin Said Al-Mansuri. Birlashgan Arab Amirliklari yillik iqtisodiy va ijtimoiy hisoboti (2007) kirish qismi.



3 Birlashgan Arab Amirliklari yillik iqtisodiy va ijtimoiy hisoboti (2007)

4 Birlashgan Arab Amirliklari yillik iqtisodiy va ijtimoiy hisoboti (2007)

5 Birlashgan Arab Amirliklari yillik iqtisodiy va ijtimoiy hisoboti (2007)

6 Birlashgan Arab Amirliklari yillik iqtisodiy va ijtimoiy hisoboti (2007)

7 Birlashgan Arab Amirliklari yillik iqtisodiy va ijtimoiy hisoboti (2007)

8 Birlashgan Arab Amirliklari yillik iqtisodiy va ijtimoiy hisoboti (2007)

9 Birlashgan Arab Amirliklari yillik iqtisodiy va ijtimoiy hisoboti (2007)

10 Birlashgan Arab Amirliklari yillik iqtisodiy va ijtimoiy hisoboti (2007)

11 Birlashgan Arab Amirliklari yillik iqtisodiy va ijtimoiy hisoboti (2007)

12 Birlashgan Arab Amirliklari yillik iqtisodiy va ijtimoiy hisoboti (2007)

13 UzA: 18.03.2008

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling