Mavzu; xalqaro baholash meyorlari


Download 7.74 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi7.74 Kb.
#1570644
Bog'liq
baholash

Mavzu; xalqaro baholash meyorlari

.

Reja;

OTMlarga xalqaro ta’lim standartlari va baholash me’yorlari

  • O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlarining reytingi oshiriladi, ularni dunyodagi eng yaxshi 1000 ta universitetlar ro‘yxatiga kiritiladi. Bu haqda Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "O‘zbekistonning xalqaro maydondagi ijobiy imijini mustahkamlash konsepsiyasi to‘g‘risida"gi qarori loyihasida keltirib o‘tilgan.
  • Hujjatga muvofiq:
  • • bilimlar, innovatsiyalar va texnologiyalarning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha milliy elektron ta’lim resurslari tizimi takomillashtiriladi, shuningdek, ichki va jahon ta’lim resurslaridan oson foydalanish imkoniyatlari ta’minlanadi;
  • • raqobatbardosh, sifatli ta’lim tizimi shakllantiriladi va aholining uzluksiz ta’lim olishi uchun imkoniyatlar yaratiladi, chet el fuqarolarini O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlariga va kasb-hunar ta’limi muassasalariga o‘qishga jalb etiladi;
  • • xalqaro ta’lim standartlarini va o‘qitish sifatini baholash me’yorlarini joriy etish orqali oliy va kasb-hunar ta’limi muassasalarining samaradorligi oshiriladi;

.

  • • oliy o‘quv yurtlarining xalqaro ilmiy-ma’rifiy faoliyati kuchaytiriladi, O‘zbekiston ilmiy va ekspert hamjamiyatining xalqaro axborot-kommunikatsiya makoniga tizimli integratsiyalashuvi ta’minlanadi;
  • • respublikaning akademik salohiyati mustahkamlanadi, shu jumladan ilmiy ishlarning darajasi va sifati oshiriladi, ularning xalqaro miqyosda tan olinishiga erishiladi;
  • • Oliy o‘quv yurtlarida zamonaviy bilim va malakaga ega hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini va chet tillarini puxta o‘zlashtirgan kadrlarni tayyorlash sifati oshiriladi;
  • • O‘zbekistonda xalqaro miqyosda tan olingan ilmiy maktablar (taniqli olimlar uchun), milliy ekspertlar hamjamiyatlarining shakllanishiga ko‘maklashiladi;
  • • ilmiy tadqiqotlar olib borish va innovatsion faoliyat rag‘batlantiriladi, ishlab chiqarish jarayoniga ilmiy va innovatsion ishlanmalar va texnologiyalarning kiritilishini ta’minlash bo‘yicha samarali mexanizmlar yaratiladi;
  • • ilmiy ishlanmalar tijoratlashtiriladi, ta’lim, fan va ishlab chiqarishning o‘zaro yaqin integratsiyasi ta’minlanadi, ilmiy-tadqiqot ishlariga iqtidorli yoshlar jalb qilinadi va ular har tomonlama qo‘llab-quvvatlanadi.

Pirls Xalqaro baholash dasturi

  • PIRLS (ing.Progress in International Reading Literacy Study) — bu turli mamlakatlarda boshlangʻich sinfda tahsil oluvchi oʻquvchi yoshlarning matnni oʻqish va tushunish darajalari sifatini baholab beruvchi xalqaro baholash tizimidir.
  • Tadqiqot davriy ravishda - har besh yilda bir marta o'tkaziladi va hozirgacha besh marta: 2001, 2006, 2011, 2016 va 2021-yillarda o'tkazilgan.
  • PIRLS 2016
  • PIRLS o'qish ta'limini takomillashtirish uchun dalillarga asoslangan qarorlar qabul qilish imkoniyatini beradi. Davlatlar PIRLS dan quyidagi maqsadlarda foydalanadilar:

.

  • global miqyosida ta'lim tizimi darajasidagi yutuqlarning tendensiyalarini kuzatib borish;
  • yangi yoki qayta ko'rib chiqilgan ta'lim siyosatining ta'sirini kuzatib borish;
  • ta'limning zaif nuqtalarini belgilash va o'quv islohotini amalga oshirish;
  • PIRLS ma'lumotlarini tadqiq va tahlil qilish orqali o'qitish va o'qishni takomillashtirish;
  • adolatlilikni kuzatish yoki qo'shimcha sinflarda o'quvchilarni baholash kabi tegishli ishlarni olib borish;
  • o'qishni va o'qitishni o'rganish.
  • Tarixi

.

  • PIRLS xalqaro tadqiqoti boshlang'ich sinf o'quvchilarining o'qib tushunish ko'nikmalarini qay darajada rivojlanganligi haqidagi ma'lumotlarni xalqaro miqyosda taqqoslash imkonini beradigan, o'qish va o'qitishni yaxshilashda ta'lim sohasidagi davlat siyosatiga xizmat qilishi mumkin bo'lgan tahlillarni taqdim etadi. Hozirgi vaqtda PIRLS ta'rifiga ko'ra, o'qish savodxonligi jamiyat tomonidan talab qilinadigan va inson tomonidan qadrlanadigan yozma til shakllarini tushunish va ulardan foydalanish, shuningdek, matnlardan turli shakllarda ma'no hosil qila olish qobiliyati hamdir[1].

Baholash tizimi

  • Baholashdan maqsad Kasbiy ko‘nikma va malakalarni baholash qator masalalarni xal etishni o‘z oldiga maqsad qiladi. Ularni shartli ravishda uch guruhga ajratish mumkin: Birinchi: O‘zlashtirilganlikning qay darajada amalga oshirilganligini aniqlash; davlat ta’lim standartlari talablarining qay darajada bajarilganligini aniqlash. Ikkinchi: O‘qituvchi va o‘quvchining ta’lim jarayonidagi xato va kamchiliklarini aniqlash; ta’lim mazmuni va metodikasini rejalashtirish

.

  • Ta’lim berish: So‘rash va bajartirib ko‘rish jarayonida o‘quvchining xato hamda kamchiliklarini tuzatish; So‘rash va bajartirib ko‘rish jarayonida boshqalarga takrorlanish va saboq bo‘lishini ko‘zda tutish. Baholashning ahamiyati O‘zlashtirilganlik to‘g‘risida ma’lumot olinadi; Savol-javob jarayonida boshqa o‘quvchilarga takrorlanish bo‘ladi; Bilim, ko‘nikma va malakalar egallanadi hamda mustahkamlanadi; Mashg‘ulotning qaysi bo‘lagiga yaxshiroq e’tibor berish kerakligi ma’lum bo‘ladi; O‘qituvchi o‘z kamchiliklarini anglaydi; O‘quvchi o‘zining nimalarga qodir ekanligini biladi; Davlat ta’lim standartlarining bajarilish darajasi aniqlanadi; Ta’lim oluvchining o‘rtoqlari, ota-onasi uning faoliyati xaqida ma’lumotga ega bo‘ladi

E’tborngiz uchun raxmat
Download 7.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling