Mavzu: Xalqaro moliya bozorlarining integrasiyalashuvi. Mundarija kirish asosiy qism


Download 43.86 Kb.
bet8/9
Sana26.06.2023
Hajmi43.86 Kb.
#1655696
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Xalqaro moliya bozorlarining integrasiyalashuvi.

XULOSA VA TAKLIFLAR
Xulosa o’rnida shuni aytish joizki, O’zbekiston Respublikasi Mustaqillikka erishganidan keyin rivojlanish yo’lini kuzatar ekanmiz O’zbekiston hukumatining bu borada olib brogan islohotlari o’z samarasini yaqqol ko’rsatdi. Hukumatning olib borgan siyosati, ayniqsa tashqi iqtisodiy faoliyati olib borgan ishlari tahsinga loyiqdir. Rivojlangan va MDH mamlakatlari bilan investitsiyaviy, savdo-iqtisodiy hamkorlik yildan-yilga rivojlanmoqda. Bu albatta, mamlakatimizda yaratilayotgan qulay investitsion muhit, xorijiy korxonalar uchun yaratilayotgan shart-sharoit va imtiyozlarning mahsulidir. O`zbekiston o`z taraqqiyot yo`lidan dadil borar ekan, xorijiy davlatlar bilan, xususan, rivojlangan va MDH mamlakatlari bilan o`zaro teng manfaatli iqtisodiy aloqalarni rivojlantirib boradi. Bu albatta, respublikamiz iqtisodiyotining jadal rivojlanishida, O`zbekistonning rivojlangan mamlakatlar qatoridan joy olishida muhim omil bo`lib xizmat qiladi. O`zbekiston Republikasi tashqi siyosatida rivojlangan va MDH mamlakatlarining o`rni haqida quyidagi fikrlarni bildirishimiz mumkin:
- Mustaqillik yillarida O`zbekiston Respublikasi tashqi siyosatini tartibga soluvchi huquqiy asoslar yaratildi.
- O`zbekiston Respublikasi tashqi siyosatini belgilab beruvchi huquqiy asoslarning yaratilishida xalqaro huquq normalariga rioya qilindi.
- O`zbekiston tashqi siyosat tamoyillariga qat’iy rioya qilgan holda rivojlangan va MDH mamlakatlari bilan keng ko`lamli hamkorlikni yo`lga qo`ydi.
- O`zbekiston va MDH o`rtasidagi aloqalarning muhim jihati – iqtisodiy yo`nalishdagi hamkorlik hisoblanadi;
- O`zbekiston xalq xo`jaligini rivojlantirishda MDH davlatlari bilan hamkorlik bundan keyin ham muhim ahamiyat kasb etadi.
O`zbekiston va MDH mamlakatlari o`rtasidagi iqtisodiy aloqalar tahlil qilinganda quyidagi xulosalarga kelindi:

- O`zbekiston rivojlanga va MDH mamlakatlar bilan neft-gaz sohasidagi hamkorlik istiqbolli yo`nalishlardan hisoblanadi. Bu borada rivojlanga va MDH mamlakatlarining investitsiyalarini jalb qilish borasidagi ishlarni yanada takomillashtirish maqsadga muvofiq.


- O`zbekiston Respublikasining rivojlangan va MDH mamlakatlari bilan iqtisodiy aloqalari tahlili shuni ko`rsatdiki, O’zbekiston-Xitoy Xalq Respublikasi, O’zbekiston-Janubiy Koreya, O`zbekiston-Rossiya o`rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, ayniqsa, mamlakatimiz sanoat korxonalarini texnik jihatda modernizarsiya qilish bo`yicha yangi loyihalarni amalga oshirish lozim; Xullas, boshqa sohalar bilan bir qatorda, O`zbekistonda yuqori xaridorgir mahsulotlar ishlab chiqarish va uning turlarini kengaytirish, birinchi navbatda to`qimachilik sanoati, elektromaishiy texnika, mashinasozlik va aviasozlik sohalarida ishlab chiqarilgan mahsulotlarni eksport qilishda o`zaro manfaatli iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish zarur. Sharqiy Osiyo davlatlari bilan investitsion hamkorlik ham yildan-yilga rivojlanmoqda. O`zbekistonga kiritilayotgan sarmoyaning katta qismi aynan shu davlatlar mablag`lariga to`g`ri kelmoqda. Bu O`zbekiston va Rossiya o`rtasida savdo aylanmasi jadal sur’atlarda rivojlanib borayotganini bildiradi. Bugungi kunda O`zbekistonning rivojlangan vaMDH mamlakatlari bilan iqtisodiy aloqalarini yanada rivojlantirish uchun quyidagi takliflarni ilgari surish mumkin:
-O`zbekiston va rivojlangan mamlakatlar uchun manfaatli bo`lgan yuqori samarali ishlab chiqarish korxonalarining faoliyatini qo`llabquvvatlash va ularni rag`batlantirish;
-Rivojlangan va MDH mamlakatlar investorlarini to`laqonli axborot (investitsiya loyihalari va biznes takliflar bazasi, hududiy matbuot nashrlari, iqtisodiy tahlil, xom-ashyo va mehnat salohiyati to`g`risida ma’lumotlar bilan ta’minlash uchun har bir hudud bo`yicha viloyatlarning investitsiya salohiyati bo`yicha veb-sayt tashkil etish, shuningdek, investitsiyaga oid konferensiyalar, seminarlar va taqdimotlar ko`lamini yanada kengaytirish;
-Aloqalarning rivoji, iqtisodiy hamkorlikning ahamiyati bo`yicha o`quvchi-yoshlarda kengroq tasavvur hosil qilish uchun viloyatlar hududidagi qo`shma korxonalarga (O`zbekiston-Xitoy Xalq Respublikasi, O`zbekiston-Janubiy Koreya, O`zbekiston-Rossiya, O`zbekiston-Qozog’iston,) sayohat va ekskursiyalar tashkil etish; Bu kabi tadbirlar O`zbekiston rivojlangan mamlakatlar o`rtasidagi iqtisodiy aloqalar davomiyligini va barqaror rivojlanishiga xizmat qiladi, deb hisoblayman.



Download 43.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling