Mavzu: Xalqaro moliya bozorlarining integrasiyalashuvi. Mundarija kirish asosiy qism


Download 43.86 Kb.
bet1/9
Sana26.06.2023
Hajmi43.86 Kb.
#1655696
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Xalqaro moliya bozorlarining integrasiyalashuvi.


MAVZU: Xalqaro moliya bozorlarining integrasiyalashuvi.
MUNDARIJA
Kirish ………………………………………………………………………………3
Asosiy qism
1. Xalqaro moliyaviy intеgratsiya mohiyati va unga ta’sir etuvchi omillar.
2. Xalqaro moliyaviy intеgratsiya shakllanishi shart – sharoitlari va uning bosqichlari.
3. Xalqaro moliyaviy integratsiyaning milliy davlatlar iqtisodiyotiga ta’siri.
4. G’arbiy Yevropada xalqaro moliya bozorlarining intеgratsiya jarayonlarining rivojlanishi.
Xulosa va takliflar.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.

Kirish
Kurs ishining dolzarbligi. O‘zbekiston o‘z mustaqilligiga erishgach, qisqa vaqt ichida davlatchiligini, mustaqil moliya, kredit, sug‘urta va boshqa sohalarni shakllantirish, ular vositasida murakkab xo‘jalik va ijtimoiy jarayonlarni mohirlik bilan boshqarishni ham yo‘lga qo‘ya oldi. Iqtisodiy islohotlarning hozirgi bosqichida moliya tizimining ahamiyati tobora ortib borishi moliya organlarining faoliyatiga talabni kuchaytirib yubormoqda. Moliya tizimining o‘ziga xos tomonlari shundaki, turlicha mulk subyektlarining xo‘jalik yuritishdagi teng huquqli munosabatlarini o‘zida ifoda etadi. Respublikamiz moliya tizimini rivojlantirishda bevosita iqtisodchi mutaxassislarning roli kattadir. Moliya va moliyaviy munosabatlarning vujudga kelish tarixi insoniyat tarixining tarkibiy qismi bo‘lib, ming-yillar avval paydo bo‘lgan. Qadimgi Bobil davlatida amal qilgan Xamurabi qonunlari yoki Qadimgi Hindistonning Manu qonunlarimi, Xitoy, Yunoniston yoki Turon, Rim imperiyasi qonunlarimi, baribir ularning barchasida soliqlar to‘plash, davlat xazinasi hisob-kitobi kabi masalalar o‘z aksini topgan. Ularda jamiyat hayotida mustahkam o‘rin tutgan pul hisob-kitobi bilan bog‘liq moliyaviy munosabatlarga katta ahamiyat berilgan. Chunki moliya sohasida, soliq-boj sohasida to‘g‘ri siyosat yuritilishi jamiyat taraqqiyotining muhim sharti bo‘lgan. Sohibqiron Amir Temur o‘z Tuzuklarida: «Amr etdimki, raiyatdan mol-xiroj yig‘ishda ularni og‘ir ahvolga solishdan yoki mamlakatni qashshoqlikka tushirib qo‘yishdan saqlanish kerak. Negaki, raiyatni xonavayron qilish davlat xazinasining kambag‘allashishiga olib keladi» deya soliqlarning, moliyaning davlat va jamiyat hayotida muhim ahamiyatga egaligini ta’kidlab o‘tgan. “Moliya” iborasi XIII - XV asrlarda Italiyaning savdo shaharlarida paydo bo‘lib, avvaliga har qanday pul to‘lovini bildirgan. Keyinchalik bu ibora qandaydir jarayonni, subyektlar o‘rtasidagi munosabatlarni, aniqrog‘i, pul munosabatlarini bildirgan va xalqaro ko‘lamga yoyilgan, lekin uni ishlatish sohasi umumdavlat pul fondlariga pul to‘lovlari bilangina chegaralangan. XVII-XVIII asrlarda Yevropada sanoatning rivojlanishi, fan-texnika sohasidagi inqiloblar, buyuk jug‘rofiy kashfiyotlar, mamlakatlar va xalqlar o‘rtasidagi turli aloqalarning kengayishi o‘rta asrlardagi yirik yer egalari, qirollar, sultonlar va ularga qaram bo‘lgan dehqonlar o‘rniga jamiyat sahnasiga savdogarlar, fabrikantlar, bankirlarning kelishiga, davlat hayotida hisob-kitob va moliyaviy ishlar ahamiyatining keskin oshib ketishiga sabab bo‘ldi. Iqtisodiy va moliyaviy munosabatlarning avj olishi kapitalistik davlatlarga moliyaviy munosabatlardan siyosiy maqsadlarda foydalanish, soliq, boj, kredit kabi vositalar yordamida ichki va tashqi siyosatda muayyan muvaffaqiyatlarga erishish imkonini yaratdi.

Download 43.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling