2.Xalqaro moliya tashkilotlari va ularning xalqaro moliya munosabatlarida tutgan o`rni
Jahon iqtisodiy va moliyaviy muhitining shakllanishiga ta`sir etgan sezilarli o`zgarishlar sifatida quyidagilarni ko`rsatish mumkin:
1957 yili Londonda Britaniya hukumatining funt sterling ustidan nazorat o`rnatishiga javob tariqasida evrodollar bozorining yuzaga kelishi;
1958 yilda dastlab, "Umumiy bozor" deb atalgan Yevropa Iqtisodiy Hamkorligi (EIH) - hozirgi Yevropa Ittifoqining (EI) tashkil topishi;
Amerika korporatsiyalari xorijiy faoliyatlarini kengaytirishga intilishi (1950 yillardan boshlab). Jahon bozorida Yevropa va Yaponiya korporatsiyalari faoliyatining sezilarli o`sishi, shuningdek, xalqaro maydonda Amerika korporatsiyalari bilan ushbu mamlakatlar o`rtasida raqobatning kuchayishi;
XXI asr bo`sag`asida jahon iqtisodiyotida to`rtta asosiy tarkibiy an`ana kuzatildi:
Birinchidan, xom-ashyo eksportiga asoslangan hamda sanoati rivojlangan mamlakatlar o`rtasidagi munosabatlardagi o`zgarishlar. Xom-ashyo yetkazib beruvchi mamlakatlar va sanoati rivojlangan mamlakatlar o`rtasida an`anaviy iqtisodiy aloqalar mavjud bo`lib, ularning o`zaro munosabatlar modeli quyidagicha edi: xom-ashyo yetkazib beruvchi mamlakatlar, xom-ashyoni eksport qilib, olingan valyuta tushumlaridan sanoat mahsulotlari importini moliyalashtirganlar.
O`tgan asrning 70-yillarida "Rim klubi" nomi bilan mashhur G`arbiy Yevropa olimlari "dunyo miqyosida tez orada tabiiy resurslarning global taqchilligi yuzaga keladi", deb bashorat qilgan edilar
Ikkinchidan, sanoati rivojlangan mamlakatlarda qo`l mehnatiga asoslangan ishlab chiqarishdan, bilim va malakaga asoslangan ishlab chiqarishga o`tildi.
Jahon iqtisodiy tuzilmasidagi ushbu o`zgarishlar natijasida bandlik tarkibida yuqori malaka talab qiluvchi mutaxassislarga ehtiyoj ortib, nisbatan past malakali mutaxassislarga talab pasayib bordi. Axborot almashuvining osonligi - tadbirkorlik faoliyatini, kichik biznes va shaxsiy tashabbusni rag`batlantirdi.
Ilmiy-texnika progressi yutuqlaridan foydalanish, bilimni va yuqori malakani talab qildi, shuning uchun ishlab chiqarish samaradorligi va raqobatbardoshlikni oshirish uchun, inson kapitaliga investitsiya qilish muhimligi ortdi
Do'stlaringiz bilan baham: |