Mavzu: Xalqaro Moliya Institutlari va ularning jahon iqtisodiyotidagi roli
Download 1.07 Mb.
|
Kurs ishi
Mavzu: Xalqaro Moliya Institutlari va ularning jahon iqtisodiyotidagi roliBajardi: BI-52 guruh talabasiMuhiddinov UmarReja:
Xalqaro moliya – o‘zida obyektiv asosga ega bo‘lgan maxsus moliyaviy munosabatlarni aks ettiradi. Xalqaro moliyaning moddiy asosini mamlakatlararo quyidagi ko‘rinishdagi xalqaro moliyaviy oqimlar tashkil qiladi: a) tovar va xizmatlar eksportidan valyuta daromadlari tushumlari va import qilinayotgan tovar xizmatlarga to‘lovlar bo‘yicha pul oqimlari; bu oqimlar xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliyasini aks ettirishi mumkin, lekin ular turli mamlakatlarga tegishli ekan, demak ular mamlakatlararo pul oqimlarini aks ettiradi; b) kredit mablag‘larining oqimi, qaysiki ular ikki tomonlama ham hisoblanadi: bir tomondan, ssudalar taqdim etiladi, boshqa tomondan esa – uning so‘ndiriladi va foizlar to‘lanadi. 1.Xalqaro moliya tashkilotlari va institutlarining tasniflanishi va umumiy tavsifi Xalqaro moliya munosabatlarining subyektlari: davlat, korxonalar, fuqarolar, shuningdek xalqaro tashkilotlar va moliya institutlari. Xalqaro moliya munosabatlar quyidagilar o‘rtasida yuzaga kelishi mumkin:
Xalqaro iqtisodiy tashkilotlar (XIT) xalqaro bitim asosida ma’lum iqtisodiy aloqalarni (valyuta, kredit, soliq, transport, tovar almashuvi va h.k.) olib borish maqsadida tuzilgan tashkilotdir. XIT – tuzilishining asosiy maqsadi jahon hamjamiyatida yoki ma’lum mintaqada iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishdir. XITlar faoliyat ko‘lami nuqtai nazaridan jahon miqyosidagi yoki mintaqaviy tashkilot bo‘lishi mumkin. Jahon miqyosidagi (umumjahon) XITlar: Xalqaro valyuta jamg‘armasi, Jahon banki, Umumjahon savdo tashkiloti, Xalqaro mehnat tashkiloti, BMT ning Iqtisodiy-ijtimoiy kengashi, unga tegishli maxsus muassasalar, Jahon Islom konferensiyasi tashkiloti va h.k. Mintaqaviy XITlar: Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (EKO), BMT ning mintaqaviy tashkilotlari – ESKATO, YeEK va h.k. BMT (asosiy organlar: Bosh Assambleya, Havfsizlik kengashi, Iqtisodiy va ijtimoiy Kengash (EKOSOS), Xalqaro sud va kotibiyat) quyidagi asosiy maqsadlarni ko‘zlaydi:
ushbu umumiy maqsadlarga erishish yuzasidan xarakatlarning kelishilgan markaziga aylanishlik. BMTning ixtisoslashgan muassasalari – ular mustaqil ravishdagi xalqaro tashkilotlardir. Xalqaro valyuta-kredit munosabatlariga bevosita va bilvosita quyidagilar kiradilar: Xalqaro valyuta fondi, Xalqaro tiklanish va rivojlanish banki, Xalqaro moliyaviy uyushma (XMU) va Xalqaro rivojlanish uyushmasi. Xalqaro moliyaviy birlashma (XMB) 1959-yilda AQSh tashabbusi bilan rivojlanayotgan mamlakatlarning sanoatiga xususiy sarmoyalarni kiritishni rag‘batlantirish uchun barpo etilgan. Xalqaro moliyaviy birlashma Jahon bankining guruhiga a’zo bo‘lgani holda, yuridik va moliyaviy jihatdan mustaqil tashkilot hisoblanadi, ixtisoslashgan muassasa sifatida BMT tizimiga kiradi. Xalqaro moliyaviy birlashmaning joylashish o‘rni Vashington shahrida bo‘lib, Byurosi esa Franfurt-Mayida, London, Parij, Tokio shaharlarida birlashmaning vakolatxonalari Afrika, Osiyo, Lotin Amerikasi va Yevropada ish olib boradi. Xalqaro moliyaviy birlashmaning asosiy maqsadi: Xalqaro moliyaviy birlashmaning asosiy maqsadlaridan bo‘lib, rivojlanayotgan mamlakatlarning iqtisodiy o‘sishiga ishlab chiqarish sohasida xususiy korxonalarni rivojlantirish yo‘li bilan rag‘batlantirib ko‘maklashishdir. Download 1.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling