Mavzu: Xalqaro moliya Reja


Xalqaro moliyaviy institutlar


Download 34.54 Kb.
bet6/8
Sana28.03.2023
Hajmi34.54 Kb.
#1304256
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Akbarshoh Muqimov Moliya va Soliqlar

Xalqaro moliyaviy institutlar
O‘zbekiston jahon bankiga 1992-yil 21-sentabrda a’zo bo‘ldi, uning oldidagi majburiyatlarini bajarish uchun 12,1 mln AQSh dollari miqdorida badal to‘ladi. O‘zbekistonga MBRR tomonidan 2493 aksiya (jami aksiyalar mikdorining 0,17 foizi) chiqarildi, ovozlar esa – 2743 (0,81 foiz) ni tashkil etadi. Jahon banki 1993-yili Toshkentda o‘z vakolatxonasini ochdi va uning O‘zbekistondagi asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat: - bozor strukturasining shakllanishda texnik yordam ko‘rsatish; - ishlab chiqarish va ijtimoiy sohalarni rivojlantirish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirishga moliyaviy jihatdan ko‘mak berish; - mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash. Bozor tizimlarini shakllantirishga texnik jihatdan yordam berish borasida respublikada makroiqtisodiy sohada monitoring o‘tkazish, ularni tahlil etish, bank tizimi, buxgalteriya xisob-kitoblarini, kommunikatsiyalarini rivojlantirish kabi tadbirlar kiradi. Jumladan, bu borada Jahon bank tizimining vakllari bilan birgalikda respublikada bank tizimining rivojlanish darajasi yo‘nalishida tadqiqot ishlari olib borildi, undan kelib chiqqan holda bozor mexanizmining infratuzilmasini mujassamlash, ilmiy-texnikaviy saloxiyat darajasini aniqlash borasida ham ancha ishlar olib borildi. Jahon banki energetika sohasini rivojlantirish va islohatlarni chuqurlashtirishga mo‘ljallangan loyihalar uchun ham kredit ajratib, Orol muammolarini yechimiga, ishlab chiqarish sektorlari rivojiga, paxtani qayta ishlab chiqarish sohasiga ham e’tiborini qaratmoqda. 12-oktabr 1993-yil – birinchi kredit. Institutsional rivojlanish bo‘yicha texnik yordam loyihasi. Jahon banki tomonidan 21 mln AQSh dollari miqdoridagi zayom 20-yil muddatga, shundan 5 yil imtiyozli muddatdir. Loyihaning umumiy qiymati 25 mln AQSh dollari. Moliyalashtirishning boshqa manbalari: O‘zbekiston hukumati – 400 mln AQSh dollari, YeI – 2,6 mln AQSh dollari, Yaponiya – 1 mln AQSh dollari (keyinchalik qator kreditlar bo‘ldi).
MBRR tomonidan moliyaviy sektorini islox etish borasidagi loyihani moliyalashtirish bo‘yicha zayom ajratish ko‘zda tutilgan. Ushbu loyiha bo‘yicha hozirda ozroq miqdorda avans ajratilgan, moliyaviy sektorni islox etish bo‘yicha tayyorgarlik ko‘rish, uni amalga oshirish uchun komissiya tarkibi tuzilgan. 1960-yil-noyabrda o‘z faoliyatini boshlagan Xalqaro rivojlanish assotsiatsiyasi (XRA) Jahon banki tarkibiga kirib, uning faoliyati kam rivojlangan mamlakatlarga moliyaviy yordam ko‘rsatishdan iborat. Xalqaro rivojlanish assotsiatsiyasiga 170 ga yaqin davlat a’zodir. Xalqaro rivojlanish assotsiatsiyasining kredit siyosatiga binoan, kreditlar MBRR foizlarini to‘lashga imkoniyati bo‘lmagan davlatlargagina berilishi mumkin. Xalqaro rivojlanish assotsiatsiyasi kreditlarini (bulardan foiz olmaydi) olish imkoniga yalpi ichki maxsulot aholi jon boshiga yiliga 800 dollardan oshmagan davlatlar ega bo‘lishi mumkin, ammo xalqaro rivojlanish assotsiatsiyasi amaliyotida ko‘pgina davlatlarga ushbu ko‘rsatgich 700 dollardan oshmagan taqdirda kredit beradi. Ushbu bank kreditlari 35-40-yil muddatga berilib, kredit olingan birinchi 10-yil davomida hech qanday qaytaruv to‘lovlari to‘lanmaydi.
Xalqaro rivojlanish assotsiatsiyasi MBRR ga o‘xshab kapital bozorida qo‘shimcha mablag‘lar jalb etish imkoniyatiga ega emas. Har 3 yilda uning jamg‘armasini donor mamlakatlar mablag‘ bilan to‘ldirib turadi. A’zolik badallari ularning MBRR ga bo‘lgan badallari bilan taqqoslanib, Xalqaro rivojlanish assotsiatsiyasi a’zolarining kelishuviga nisbatan 2 guruhga: rivojlangan mamlakatlar va sust rivojlangan mamlakatlarga bo‘linadi. Birinchi guruhga kiruvchi davlatlar erkin konvertatsiyalanadigan valyutada to‘lab, ular asosan moliyalashtirish uchun ishlatiladi. Ikkinchi guruhga kiruvchi davlatlar badalining o‘ndan bir qismini erkin konvertatsiyalanadigan valyutada to‘lab, qolgan qismini miliy valyutada to‘lashi mumkin. Jahon banki tashkilotlari Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki (XTTB) va Xalqaro rivojlanish uyushmasi (XRU) bilan hamkorlik katta axamiyatga ega. Ularni bitta markaziy masala: rivojlanayotgan mamlakatlarda mexnat unumdorligini oshirish va xalqaro turmush sharoitini yaxshilash yo‘li bilan ularda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga yordam berish vazifasini birlashtirdi. Butun dunyodagi xususiy investorlar bilan yaqindan hamkorlik qiluvchi va rivojlanayotgan mamlakatlarning tijorat korxonalariga mablag‘ ajratuvchi Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK), shuningdek notijorat tavakkalchilikka qarshi kapital mablag‘ni sug‘urta qilish yo‘li bilan rivojlanayotgan mamlakatlarga bevosita chet el investitsiyalarini jalb qilish maqsadida tuzilgan Investitsiyalarini kafolatlash xalqaro agentligi (IKXA) ham ana shu maqsadni ko‘zlaydi. Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki (XTTB), Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK), Investitsiyalarini kafolatlash xalqaro agentligi (IKXA) va Xalqaro rivojlanish uyushmasi (XRU) birgalashib Jahon banki guruhini tashkil qiladi. Ana shu 4 tashkilotdan eng kattasi va eskisi 1945-yilda tuzilgan Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki (XTTB) dir. XTTB resurslarining katta qismini Yevropa, Yaponiya va AQSh sarmoya bozorlaridan o‘rtacha va uzoq muddatli qarz olish hisobidan jalb qiladi. XTTB yo‘li bilan O‘zbekistonga, hususan, seleksiya tadbirlari vositasida paxta yetishtirish usullarini zamonaviylashtirib, uning jahon bozoriga chiqishiga ko‘maklashishi va unumdorlikni oshirish uchun baza yaratish maqsadida 66 mln. dollar berilyapti. Bundan tashqari muassasalarni isloh qilishni davom ettirish uchun 120 mln. dollar ajratish mo‘ljallangan. Xalqaro moliya korporatsiyasining loyixalari O‘zbekistonda XMKning loyixalari amalga oshirishdagi roli asosan loyihadan oldingi tadqiqotlarni o‘tkazishdan, texnik-iqtisodiy asoslarni tayyorlashda qatnashishidan va chet ellik sheriklarini jalb qilishdan iborat. Investitsiyalarini kafolatlash xalqaro agentligi (IKXA) - Jahon banki xuzurida 1988-yildagina tuzilgan eng Yangi tuzilmadir. Uning asosiy vazifasi notijorat tavakkalchilikdan kelib chiqish mumkin bo‘lgan zararlarda investorlarga beriladigan kafolat hisobiga, shuningdek, sarmoya oqimini yo‘naltiruvchi va rag‘batlantiruvchi qulay investitsiya muhitini va axborot bazasini yaratishda ko‘maklashuvchi a’zo mamlakatlarga maslahat xizmati ko‘rsatish yo‘li Bilan rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotini mustahkamlash maqsadida investitsiyalar oqimiga yordam berishdir.

Download 34.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling