Mavzu: Xalqaro moliya Reja


Xalqaro moliya munosabatlarining subyektlari


Download 34.54 Kb.
bet2/8
Sana28.03.2023
Hajmi34.54 Kb.
#1304256
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Akbarshoh Muqimov Moliya va Soliqlar

Xalqaro moliya munosabatlarining subyektlari:
Davlatlar, Yuridik korxonalar, fuqarolar, xalqaro tashkilotlar va moliya institutlaridir.
Xalqaro moliya munosabatlar quyidagilar o‘rtasida yuzaga kelishi mumkin:

  • turli mamlakatlarning xo‘jalik yurituvchi subyektlari o‘rtasida;

  • davlat va boshqa mamlakatlarning hukumatlari va xalqaro tashkilotlar o‘rtasida;

  • davlat va kotxonalar o‘rtasida, xalqaro moliyaviy institutlar bilan.

Xalqaro hisob-kitoblar va valyutali tartibga solish xalqaro moliyani amal qilish mexanizmi tarkibiga kiradi.
Hisob-kitoblar tartibi xalqaro hujjatlar va bitimlar bilan me’yorlashtiriladi. Hujjatli rasmiylashtirishni standartlash eksportchilar va importchilarga tovarlarni yetkazib berish va ularning to‘lovi kafolatini ta’minlash uchun muhimdir. Uning o‘zi tomonlarning huquqlari, majburiyatlari va mas’uliyatlarining bir xil tushunilishini o‘rnatib beradi.
Xalqaro hisob-kitoblarning shakllari inkasso va akkreditiv hisoblanadi. Bank o‘tkazmalari va hisob raqamlarini ochishdan foydalaniladi.
Xalqaro tashkilotlar moliyasi
Xalqaro iqtisodiy tashkilotlar (XIT) xalqaro bitim asosida ma’lum iqtisodiy aloqalarni (valyuta, kredit, soliq, transport, tovar almashuvi va h.k.) olib borish maqsadida tuzilgan tashkilotdir.
XIT – tuzilishining asosiy maqsadi jahon hamjamiyatida yoki ma’lum mintaqada iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishdir. XITlar faoliyat ko‘lami nuqtai nazaridan jahon miqyosidagi tashkilot yoki mintaqaviy tashkilot bo‘lishi mumkin.
Jahon miqyosidagi (umumjahon) XITlar: Xalqaro valyuta jamg‘armasi, Jahon banki, Umumjahon savdo tashkiloti, Xalqaro mehnat tashkiloti, BMT ning Iqtisodiy-ijtimoiy kengashi, unga tegishli maxsus muassasalar, Jahon Islom konferensiyasi tashkiloti va h.k.
Mintaqaviy XITlar: Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (EKO), BMT ning mintaqaviy tashkilotlari – ESKATO, YeEK va h.k. XIT shu tashkilotning umumiy tamoyillari va yo‘nalishini belgilovchi yuridik hujjat asosida o‘z faoliyatini olib boradi. Bu hujjat har bir a’zo tomonidan imzolanib, nizom (ustav), deklaratsiya yoki bitim tarzida bo‘ladi. Nima uchun bu tashkilotlar xaqida chuqurrok bilishimiz kerak? Chunki, dunyo hamjihatligiga, iqtisodiy hamkorlik rivojini ta’minlashga, integratsion jarayonlarga bir tomondan davlatlararo munosabatlar bilan chiqilsa, ikkinchi tomondan, aynan shu tashkilotlar faoliyatida qatnashish orqali erishiladi. Jahon hamjihatligida bo‘lish, unda muhim o‘rin egallash davlat mavqeini mustahkamlab, halk faravonligini ta’minlovchi katta omil bo‘lib kelgan. Xalqaro tashkilotlarning hukumatlararo, shuningdek hukumat tashkilotlari bo‘lmaganlari ham, xalqaro moliyaviy bozorlarning rivojlanishiga ma’lum ta’sir ko‘rsatadi
Davlatning xohish-irodasini ifodalash bilan, davlatlararo tashkilotlar o‘zlarining vakolatlari doirasida ta’sis hujjatlarida mustahkamlangan bo‘lib, davlatlar bilan bir qatorda jahon moliya bozorlari subyektlarining nufuzlarini tartibga solib boradi va davlatlararo valyuta kredit munosabatlarini boshqarib turadi.
BMT (asosiy organlar: Bosh Assambleya, Havfsizlik kengashi, Iqtisodiy va ijtimoiy Kengash (EKOSOS), Xalqaro sud va kotibiyat) quyidagi asosiy maqsadlarni ko‘zlaydi:
• xalqaro tinchlik va xavfsizlikni qo‘llab-quvvatlash va ushbu maqsadlarda samarali jamoatchilik tomonidan tinchlikga xavf soluvchi tajovuzlarni bartaraf etish xamda tajovuzkorlik hollarini tinchitish uchun samarali choralarni ko‘rish, adolat va xalqaro huquq tamoyili asosida xalqaro kelishmovchiliklar va vaziyatlarni bartaraf etish, tinchitish, ularning tinchlikka xavf solishini oldini olish;
• teng huquqli va xalqlarning o‘z taqdirlarini o‘zlari hal etish tamoyillarini hurmat qilgan holda millatlar o‘rtasida do‘stona munosabatlarni rivojlantirish;
• ushbu umumiy maqsadlarga erishish yuzasidan xarakatlarning kelishilgan markaziga aylanishlik.
BMTning ixtisoslashgan muassasalari – ular mustaqil ravishdagi xalqaro tashkilotlardir. Xalqaro valyuta-kredit munosabatlariga bevosita va bilvosita quyidagilar kiradilar: Xalqaro valyuta fondi, Xalqaro tiklanish va rivojlanish banki, Xalqaro moliyaviy uyushma (XMU) va Xalqaro rivojlanish uyushmasi. Xalqaro moliyaviy birlashma (XMB) 1959-yilda AQSh tashabbusi bilan rivojlanayotgan mamlakatlarning sanoatiga xususiy sarmoyalarni kiritishni rag‘batlantirish uchun barpo etilgan.
Xalqaro moliyaviy birlashma Jahon bankining guruhiga a’zo bo‘lgani holda, yuridik va moliyaviy jihatdan mustaqil tashkilot hisoblanadi, ixtisoslashgan muassasa sifatida BMT tizimiga kiradi. Xalqaro moliyaviy birlashmaning joylashish o‘rni Vashington shahrida bo‘lib, Byurosi esa Franfurt-Mayida, London, Parij, Tokio shaharlarida birlashmaning vakolatxonalari Afrika, Osiyo, Lotin Amerikasi va Yevropada ish olib boradi.
Xalqaro moliyaviy birlashmaning asosiy maqsadi:
Xalqaro moliyaviy birlashmaning asosiy maqsadlaridan bo‘lib, rivojlanayotgan mamlakatlarning iqtisodiy o‘sishiga ishlab chiqarish sohasida xususiy korxonalarni rivojlantirish yo‘li bilan rag‘batlantirib ko‘maklashishdir.
Xalqaro moliyaviy birlashmaning tarkibi: Xalqaro moliyaviy birlashmaning Oliy organlaridan bo‘lib, Boshqaruvchilar va ularning o‘rinbosarlaridan tashkil topgan Kengash hisoblanadi. Jahon bankining xar bir boshqaruvchisi avtomatik ravishda Xalqaro moliyaviy birlashmaning boshqaruvchisi hisoblanadi. Direktorat Xalqaro moliyaviy birlashmaning joriy faoliyatini yo‘naltirib boradi. Xalqaro institutlarning yetakchi sakkizta vakllaridan iborat bo‘lgan bank maslahati komissiyasi o‘zliksiz ravishda Xalqaro moliyaviy birlashma rahbariyati bilan uchrashib, xizmatga oid va siyosiy muammolarni birgalikda hal qilib boradi. Moliyaviy manbalari. Xalqaro moliyaviy birlashmaning manbalariga a’zolarning nizom sarmoyalariga bo‘lgan ballari, Xalqaro tiklanish va rivojlanish bankining kreditlari, foydadan ajratmalar, kreditlarni qaytarishdan kelgan mablag‘lar hamda xalqaro moliyaviy bozorlarda jalb qilinadigan mablag‘lar hisoblanadi.
Xalqaro moliyaviy birlashmaning faoliyati. Xalqaro moliyaviy birlashma kreditlarni 5 yildan 15 yilgacha yuqori samarali xususiy korxonalarga berish bilan Xalqaro tiklanish va rivojlanish bankidan farqli ravishda hukumatning kafolatisiz ish tutadi. Shunday qilib, Xalqaro moliyaviy birlashma xususiy sektor tomonidan barpo etilgan loyihalarni qo‘shimcha ravishda moliyalashga ko‘maklashadi. Keyingi yillarda Xalqaro moliyaviy birlashma o‘zini ko‘rsatishda kuchaydi. Kreditlar va sarmoyalarni umumiy xajmi 7 mlrd. AQSh dollarni tashkil etadi. 1986-yil Xalqaro moliyaviy birlashma uzoq muddatli rivojlanish dasturi doirasida horijiy sarmoyalardan eng yuqori sarmoyalar bilan foydalanish uchun rivojlanayotgan mamlakatlarning hukumatlariga yordam ko‘rsatish maqsadida Maslahatlar berish xizmatini barpo qildi hamda bu xizmat dunyoning ko‘p joylarida amaliy ishlar olib bormoqda.

Download 34.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling