Mavzu: Xalqaro moliya Reja


Sarmoyalarning kafolatlari bo‘yicha Xalqaro agentlik


Download 34.54 Kb.
bet3/8
Sana28.03.2023
Hajmi34.54 Kb.
#1304256
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Akbarshoh Muqimov Moliya va Soliqlar

Sarmoyalarning kafolatlari bo‘yicha Xalqaro agentlik 1988-yilda tashkil qilingan bo‘lib, Xalqaro agentlik va rivojlanish bankining qo‘shma tashkilotlaridan bo‘lib hisoblanadi hamda yuridik va moliyaviy mustaqil xususiyatlarga egadir. Ixtisoslashtirilgan muassasa sifatida BMT tizimiga kiradi. Joylashish o‘rni Vashington shahridadir. Unga a’zo bo‘lish Xalqaro tiklanish va rivojlanish bankiga a’zo bo‘lgan davlatlar uchun ochikdir.
Xalqaro valyuta fondi (XVF) 1944-yil-iyulda Bretton-Vuds (AQSh Nyu- Gempshir shtati) da tashkil topgan, qarorgoxi Vashingtonda joylashgan. XVF – Hukumatlararo korparativ valyuta – moliyaviy tashkilot bo‘lib, faoliyati davlatlararo vujudga keladigan,to‘satdan ro‘y beruvchi va oldindan bilish mumkin bo‘lmagan milliy valyutalarning o‘zgaruvchanligi, davlatlarning milliy valyutalarini almashtirish doirasidagi muammolarni bartaraf etishga qaratilgandir. XVF da belgilangan normalarga tayangan holda unda doimo umumiy pul zahirasi mavjuddir, ular ko‘zda tutilmagan qiyin iqtisodiy holatlarda foydalaniladi. XVF uz faoliyati asosini jahon iqtisodiyotining rivojlanishi uchun yetarli shart-sharoit va undagi valyuta tizimini tartibga solish, deb hisoblaydi.
Ushbu holatlardan kelib chiqqan holda o‘z oldiga quyidagi maqsadlarni qo‘yadi:
1. Xalqaro savdoning o‘sishiga yordam ko‘rsatish;
2. milliy valyutalar qadrini bir me’yorda ushlab turishga ko‘maklashish;
3. jamg‘armaga a’zo davlatlarning joriy hisob-kitoblarini amalga oshirish jarayonida ko‘p tomonlama tizimni tashkil etishga ko‘maklashish, xalqaro savdoning rivojlanishiga to‘sqinlik qiluvchi omillar, valyutalar borasidagi to‘siqlar vujudga kelmasligiga yordam berish;
4. savdo va to‘lovlar doirasidagi to‘siqlar vujudga kelmasligi uchun a’zo davlatlarga kredit resurslarini berish;
5. xalqaro valyuta doirasida vujudga keluvchi muammolarni yechish borasida maslahat-forumlar o‘tkazish.
Jamg‘arma a’zo davlatlarning valyuta kurslari doirasida ularni tartibga solish yuzasidan ularning faoliyati samarasi, xalqaro valyuta tizimi ustidan nazorat-kuzatuv ishlarini olib boradi. Bundan kelib chiqqan holda har bir a’zo mamlakat jamg‘armaga nazorat ishlarini olib borish yuzasidan tegishli ma’mumotlarni berib turishi lozim. Jamg‘arma xalqaro savdo, turli xildagi to‘lovlarni amalga oshirish, undagi rezervlarning holati bo‘yicha mas’ul bo‘lganligi sababli bu boradagi ishlarni joriy etilishiga asosiy e’tiborni qaratadi.

Download 34.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling