Xorijiy investitsiyalar va loyihalarni amalga oshirish monitoringi boshqarmasi(xisobga olish va nazorat qilish)
Boshqarmaning asosiy vazifalari qo'yidagilardan iborat:
-O'zbekiston Respublikasi Davlat investitsiya dasturining Aniq manzilli ro'yxatida ko'zda tutilgan xorijiy investitsiya va kreditlar ishtirokidagi yirik va strategik muhim investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo'yicha Davlat monitoringini olib borish.
-Iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiyalash va rivojlantirishga yo'nalitirilgan Davlat dasturlari doirasida xorijiy investitsiya va kreditlar ishtirokida amalga oshirilayotgan hamda moliyalashtirish manbalari va tasdiqlangan loyiha xujjatlari mavjud bo'lgan investitsiya loyihalari monitoringini olib borish.
-O'zbekiston Respublikasi Xukumati nomidan TIAISV va xorijiy investorlar o'rtasida imzolangan investitsiya bitimlari asosida amalga oshirilayotgan loyihalar doirasida xorijiy hamkorlar tomonidan qabul qilgan majburiyatlarini bajarilishi yuzasidan monitoring olib borish.
-Investitsiya dasturining Aniq manzilli ro'yxati loyihasini, hamda iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiyalash va rivojlantirishga yo'nalitirilgan Davlat dasturlarini shakllantirish.
-Investitsiya dasturining Aniq manzilli ro'yxati doirasida amalga oshirilayotgan yirik loyihalarning mamlakatlar, tarmoqlar, respublika hududlari, mahsulot turlari va boshqa kesimlarda, hamda investitsiya va moliyalashtirish yo'nalishlari bo'yicha doimiy ma'lumotlar bazasini tashkil etish va yuritish. Jalb qilingan xorijiy investitsiyalarning barcha moliyalashtirish manbalari bo'yicha tahliliy ma'lumotlarni tizimli ravishda tayyorlash.
-Yirik va strategik muhim investitsiya loyihalarini amalga oshirish Davlat monitoringi instituti faoliyatini yanada yaxshilash, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, investitsiya loyihalarini amalga oshirish jarayonlari, vazirlik va idoralar hamda loyihalarni amalga oshirish guruhlari faoliyatiga, shuningdek umumiy investitsiya faoliyati samaradorligini oshirishga oid Normativ-xuquqiy bazani takomillashtirish bo'yicha takliflar ishlab chiqish.
-Hukumat va boshqa ishchi guruhlar tarkibida investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo'yicha vazirlik va idoralar faoliyatini reja asosida tahlil qilish va o'rganish, shu bilan birga, loyihalarni amaliy holatini joylarga chiqib o'rganishni tashkil qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |