Mavzu: Xalqaro portfelli investitsiyalarni boshqarishning zamonaviy yo’llari Reja: Kirish
Xorijiy investitsiyalarni jalb qilish shakllari
Download 77.96 Kb.
|
Xalqaro portfelli investitsiyalarni boshqarishning zamonaviy yo’llari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kontsessiya shartnomalari
Xorijiy investitsiyalarni jalb qilish shakllari
-Yirik xorijiy kompaniya va firmalarning shu’ba korxonalari va filiallarini tashkil etish -Konsepsiya va lizing shartnomalarini tuzish -Tenderlar e’lon qilish -Erkin iqtisodiy hududlar tashkil etish -100% mol mulk xorijiy kompaniyalarga tegishli bo’lgan korxonalarni tashkil etish -Ulushi qo’shilib qatnashishi orqali qo’shma korxonalarni tashkil etish -Moliyaviy aktivlarni sotish yoki sotib olish imkoniyatini berish Chizmada aks ettirilgan xorijiy investitsiyalarni jalb qilish shakllarini quyida alohida ko’rib chiqish maqsadga muvofiqdir. Qo’shma korxonalar tashkil etish orqali xorijiy investitsiyalarni jalb qilish keng tarqalgan shakllaridan biri hamkorlikda qo’shma korxonalarni tashkil etishdir. O’zbekiston Respublikasida qo’shma korxona deganda, nizom kapitalining kamida 30 % xorijiy investorlarga tegishli bo’lgan va xorijiy investor faqat yuridik shaxs bo’lgan, nizom kapitalining eng kam mikdori 150 ming AQSh dollariga teng bo’lgan ekvivalent summani tashkil etgan korxonalarga aytiladi. Xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxona nizom jamg’armasining 150 ming AQSh dollaridan kam bo’lmasligi sifatsiz mahsulotlarining oldi-sotdisi va ularni respublikaga import qilish ishlari bilan shug’ullanishga ixtisoslashgan kichik qo’shma korxonalarning keragidan ortiqcha kirib kelishining oldini olish maqsadida belgilangan. Xorijiy korxonalarni tashkil etish orqali chet el investitsiyalarini jalb qilish bugungi kunda kengayib bormoqda. O’zbekistonda xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar iqtisodiyotning turli sohalarida tashkil etilishi mumkin. Yirik xorijiy kompaniya va korxonalar o’z mol-mulklari bir qismini ajratib, shu’ba korxonalar ochishi mumkin. Bunday shu’ba korxonalarga ham qo’shma korxonalarga qo’yilgan talablar belgilangan. Ikki yoki uchdan ortiq davlat yoki korxonalar o’z kapitallarini jamlagan holda xalqaro tashkilotlar tashkil etishi mumkin. Kontsessiya shartnomalari - bu tabiiy boyliklarni, ayrim foydali qazilmalarni qazib olish va o’zlashtirish uchun tuzilgan shartnomalardir. Lizing shartnomasi chet el investitsiyalari ishtirokida asbob - uskunalarni, texnika - texnologiyalarni uzoq muddatga ijaraga olishdir. Tenderlar – bu tanlov asosida investorlarning investitsiya loyihalarini moliyalashtirishga jalb etilishidir. Bugungi kunda milliy iqtisodiyotni modernizatsiyalash yo'liga qadam qo'ygan O'zbekiston Respublikasiga xorijiy investitsiyadarni jalb etish jarayonlarini yanada jadallashtirish va investitsion siyosatni faollashtirish davlatimiz rahbariyati tomonidan ustivor vazifalardan biri deb belgilab qo'yildi va bu siyosatni o'ziga xos 2 yo'nalishiga tayanadi: - soliq yukini yengillashtirish,mablag`larni ishlab chi?arishni rivojlantirishga qaratish; - mablag`larni davlat byudjeti orqali to'plash va investitsiya dasturlarini amalga oshirish. Shunday qilib, iqtisodiy o'sishda oqilona investitsiya siyosatini ishlab chiqish yetakchi o'rin tutadi. Investitsiya siyosatini samarali amalga oshirish uchun qulay investitsiya muhitini yaratishga xizmat qiladigan qator institutlarni tashkil etish lozim. Jahon iqtisodiyotida samarali amal qiluvchi model bozor tizimiga tayanadi va milliy iqtisodiyotning afzalliklaridan to'liq foydalanadi. Qulay investitsion muhit yaratishning eng muhim shartlaridan biri siyosiy barqarorlik bo`lib, siyosiy jihatdan barqaror bo`lgan davlatgagina investitsiyalar kirib keladi. Download 77.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling