Mavzu: maxsus (psixologiya) fanlarini o‘qitish jarayonida qo‘llaniladigan ta’lim shakllari reja


Download 107.62 Kb.
bet1/10
Sana28.01.2023
Hajmi107.62 Kb.
#1137121
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
2-маъруза


2-MAVZU: MAXSUS (PSIXOLOGIYA) FANLARINI O‘QITISH JARAYONIDA QO‘LLANILADIGAN TA’LIM SHAKLLARI


Reja:

  1. O‘qitishni tashkil qilish shakllari. O‘qitish shakllari tarixi va klassifikatsiyasi.

  2. Ma’ruza mashg‘ulotning mohiyati, turlari

  3. Interfaol ma’ruzalar o‘qish metodikasi

4. Amaliy va Seminar mashg‘ulotining mohiyati, turlari va ularga qo‘yiladigan talablar


1.O‘qitishni tashkil qilish shakllari. O‘qitish shakllari tarixi va klassifikatsiyasi
O‘qituvchi tomonidan talabalarni samarador o‘qishlarini tashkil qilish faqatgina o‘qitishning shakllarini bilish va ulardan to‘g‘ri foydalanishga bog‘liqdir. Zamonaviy didaktikada ko‘plab shakllar ishlab chiqilgan bo‘lib, ularni har biri o‘qitishni tashkil qilishni u yoki bu tomonini ochib beradi. Shu asosida ma’lum bo‘lgan tizimlashtiriladi, umumlashtiriladi va klassifikatsiyalashda ifodalanadi. Ba’zi bir klassifikatsiyalar asosida o‘quvchilarning miqdoriy tarkibi, boshqalarida esa o‘quv joyi, uchinchisida esa mashg‘ulotning davomiyligi va h.k. Masalan, pedagogik nashrlarda o‘qitish formasi uchta guruhga ajratiladi:

  1. yaxlit o‘qitish shakllari (pedagogik texnologiyalar);

  2. o‘rganuvchilar o‘quv faoliyati formalari (juftlik, guruhli, yakka, jamoaviy);

  3. sinf, guruhni joriy o‘quv ishlarini tashkil qilish formasi (dars va uning turlari)

Shu bilan birga darsdan tashqari ishlar (ekskursiya, uy ishi, fakultativ va h.k.). Boshqa o‘quv qo‘llanmada o‘qitish shakllari klassifikatsiyasida uchta asosiy tizimga e’tibor qaratiladi.
Mavjud pedagogik adabiyotlarda “forma” atamasi ancha keng ma’noda ishlatiladi. Bu o‘quvchilarda ko‘pincha savollar tug‘ilishiga olib keladi. Yakka forma va yakka ish bular aynan bir xil narsami yoki yo‘qmi, ma’ruza ekskursiya – bu o‘qitish shakllarimi yoki usullari?
Yangi bilimlarni o‘zlashtirish darsi – bu dars turimi yoki shakllarimi? Bu savollarga javob berish uchun savolning tarixini o‘rganib chiqish zarur.
“Forma” lotinchadan tarjima qilinganda tashqi qiyofa degan ma’noni bildiradi.
Shu belgilarga asosan tarixan o‘qitishning quyidagi formalari mavjud:

  • yakka (juft bo‘lib, XV asrda);

  • guruhli (frontal);

  • mustaqil.

O‘qitishning birinchi shakli, yakka forma bo‘lib, bunda o‘qituvchining o‘zi o‘qitadi, qoidalarni tushuntiradi, mashqlarning bajarilishini tekshiradi, o‘quvchilar bilan suhbat olib boradi.
Jamiyatning rivojlanib borishi davomida o‘qitishning yakka-guruhli shakli paydo bo‘ladi. Bu o‘qitish formasi turli yosh va tayyorgarlik darajasiga ega bo‘lgan guruhlar uchun mo‘ljallangan. Shuning uchun, mashg‘ulot navbati bilan har bir o‘quvchi bilan yakka tartibda olib boriladi. Unga mos bo‘lgan belgilar: o‘rganuvchilar soni 10-15 ta odam, o‘zaro ta’sir xarakteri juft-parallel, mustaqil darajasi va o‘qituvchi tomonidan rahbarlik yakka formadagi kabi. Uni quyidagi sxema ko‘rinishda tasvirlash mumkin:


O‘quvchi 1


O‘quvchi 2
O‘qituvchi
O‘quvchi 3
...............

XVI asr oxiri XVII asr boshlariga kelib ommaviy o‘qitishga ehtiyoj paydo bo‘ldi, chunki jamiyat ishlab chiqarishi va ma’naviy hayot taraqqiyotida siljishga ega bo‘lgan edi. O‘qitishning ommaviy shakli paydo bo‘ldi. U hozirgi oliy o‘quv yurtlaridagi o‘qitishning ma’ruza shaklidir. Bir xil darajadagi tayyorgarlikka ega bo‘lgan, o‘zgarmas tarkibli katta guruhlar tuzildi. Yil davomida o‘qitish jarayoni qat’iy jadval asosida barcha o‘quvchilar bilan bir vaqtda olib boriladi. O‘rganilayotgan material yildagi mashg‘ulotlar soniga mos ravishda qismlarga bo‘linadi. Bu qismlar dars deb ataladi. Shunday qilib, sinf-dars tizimi paydo bo‘ldi. O‘qituvchining bilimlarni bayon qilishi, predmetlar, ko‘rgazmali vositalarni tabiiy holda namoyish qilish o‘qitishning asosini tashkil qiladi. O‘rganuvchilar mustaqil fikrlash, kuzatish, tajriba o‘tkazishni o‘rgana boshlaydilar. Shunday qilib, o‘qitish faolroq va ongli xarakterga ega bo‘la boshlaydi. O‘qitishning bu shakli quyidagi belgilar bilan xarakterlanadi: o‘quvchilarning soni – 100-300 ta (keyinroq 50 tadan 60 gacha) aloqaning frontal xarakterdaligi, o‘quvchilarning mustaqillik darajasi oshib boradi, o‘qituvchining yetakchi funksiyasi ­ informatsion-nazorat qiluvchi.


O‘qituvchi ↔ o‘rganuvchilar guruhi hammani eng kam harajat sarflab o‘qitishga ehtiyoj tug‘ilganda ommaviy forma o‘zgarib bordi. Uning eng ko‘p ma’lum bo‘lgan formasi – bu o‘zaro o‘qitish formasidir.
Hindistonlik ruhoniy L.Bell va Angliyadagi Dj. Lakaster o‘qituvchilar sifatida o‘quvchilarning o‘zidan foydalangan (1798 yil). Ularning tajribasi bir qator davlatlarga yoyildi (Fransiya, Belgiya, AQSh va boshqalar). Bir – birini o‘qitish maktablari tuzildi. O‘ntadan bo‘lingan o‘quvchilar a’lochi o‘quvchilarda (monitorlarda) o‘qishar edi. Ular esa o‘z navbatida o‘qituvchidan nimani va qanday o‘qitish kerakligi to‘g‘risida ko‘rsatma olar edilar. Darsliklar yo‘q edi, ularning o‘rniga turli didaktik materiallardan foydalanilgan. Shunday qilib, o‘zaro bir-birini o‘qitish formasi katta sondagi o‘rganuvchilarni qamrab olar edi.
O‘zaro aloqa xarakteri: frontal (bevosita va bilvosita) o‘rganuvchilarni mustaqillik darajasi oshib boradi; o‘qituvchining faoliyati instruktiv-informatsion va nazoratdan iborat bo‘ladi

O‘quvchi ↔ 10 ta odamdan iborat guruh


O‘qituvchi O‘quvchi ↔ 10 ta odamdan iborat guruh



O‘quvchi ↔ 10 ta odamdan iborat guruh
.....................

XIX asr oxirida AQShda o‘qitishni tanlov-guruhli shakli paydo bo‘ldi. U batav tizimi sifatida ma’lum. Unda butun ish ikki qismga bo‘linadi:



  • o‘qituvchining butun guruh bilan ishlashi;

  • o‘qituvchining qiyin o‘zlashtiradigan o‘quvchilar bilan ishlashi.

O‘qitishning tanlov-guruhli formasi katta sondagi o‘rganuvchilarni qamrab oladi (30-40 ta odam), o‘zaro ta’sir xarakteri – frontal va juftli; o‘rganuvchilarning mustaqillik darajasi – o‘qituvchi rahbarligi ostida; o‘qituvchi faoliyati – informatsion, nazorat qiluvchi va maslahat beruvchi.
O‘qituvchi ↔ o‘rganuvchilar guruhi
O‘quvchi 1


O‘quvchi 2
O‘qituvchi
O‘quvchi 3
.....................

Yevropada tanlov-guruhli forma bilan bir vaqtda differensiallashgan (mangeym tizimi) paydo bo‘ldi. Uning asosiy maqsadi – o‘rganuvchilarni tanlab o‘qitishni tashkil qilish. Tanlash deyilganda o‘rganuvchilarni ularning qobiliyatlari, rivojlanish va tayyorgarlik darajasiga ko‘ra guruhlarga bo‘lish tushuniladi. Mana shu o‘qitish darajasida birinchi marta “kuchli”, ”o‘rta” va ”kuchsiz” o‘quvchilar guruhlari paydo bo‘ladi. Mazkur forma o‘qitishga zamonaviy differensial yondashuvning asosini tashkil qiladi.


Hozirgi davrda o‘qitishning integrativ (aralash) formasi ko‘proq qo‘llaniladi. Ulardan eng ko‘p tarqalgani darsdir. Zamonaviy darsda ham juft, ham guruhli yoki frontal va yakka forma bo‘lishi mumkin.
Bugungi kunda har qanday o‘quv yurtiga to‘g‘ri keladigan universal dars formalari yo‘q..

Nima sababdan bir ukituvchi bildirgan fikrlarini tezda ilgab olish mumkin, boshkasi bilan aksincha. Ikkinchisi nimanidir notugri kilgandir? Uning sabablarini ma’ruzaga tayyorlanish va uni taxlil kilish asosida kurib chikishga xarakat kilamiz.



Download 107.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling