Mavzu: maxsus (psixologiya) fanlarini o‘qitish jarayonida qo‘llaniladigan ta’lim shakllari reja


Talabalarni seminar mashg‘ulotiga tayyorlanishi


Download 107.62 Kb.
bet10/10
Sana28.01.2023
Hajmi107.62 Kb.
#1137121
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
2-маъруза

Talabalarni seminar mashg‘ulotiga tayyorlanishi:
A) bilimlarini kengaytiradi va chuqurlashtiradi;
B) mustaqil ishlash malakasi rivojlanadi.
Seminar mashg‘ulotining quyidagi turlari mavjud:

  1. Reproduktiv tip asoosida olib borish bunda avvalo yashirin qobiliyatlarni faollashtirishga qaratilgan bo‘ladi.

  2. Produktiv tipda tashkil etiladigan mashg‘ulotlarda asosiy e’tibor talabalarning fikriy qobiliyatlarini faolligiga qaratiladi.

Seminar mashg‘uloti mavzulari quyidagi mezonlar asosida qayta ishlanadi:

  1. Seminar mavzulari, ma’ruza mavzularini qaytarishi mumkin;

  2. Seminarda ma’ruzada o‘tilmagan mavzular ko‘rib chiqilishi mumkin;

  3. Seminar mashg‘uloti aniq bir jihatga qaratilgan bo‘ladi.

Seminar mashg‘ulotining mavzusini konspektlashtirish quyidagi tartibdan bo‘ladi:

    1. Mavzu

    2. Savol, muammo

    3. Adabiyotlar

    4. Talabalarning mashg‘ulotga tayyorgarlik darajasini tekshirish shakli

    5. Muammoni hal qilishda talabalar faoliyatini tashkil qilish shakllari

    6. Mashg‘ulot yakunida erishiladigan natijalar

Talabalarni seminar mavzularini konspektlashtirishda quyidagilarga e’tibor berishi zarur:

  1. Ma’lumotlarni tanlash va uni ikkinchi darajasidadan ajratish

  2. Matnni leksik va sintaktik jihatdan qayta ishlash

  3. O‘qilgan ma’lumotlarni tizimlashtirish

  4. O‘qilgan ma’lumotlar yuzasidan xulosalar chiqarish

O‘qituvchi muhokama jarayonini boshqarishda quyidagilarga e’tibor berishi lozim:

  1. Vaqtinchalik reglamentni saqlay olish malakasi

  2. O‘z fikrini bayon qilishda uyalmaslik malakasi

  3. Darsda ko‘pgina talabalarni faollashtira olish malakasi

  4. Talabalar javob berishga qiynalganlarida savollarni yanada aniqlashtirish malakasi

  5. Talabalarning erkin nutqini stimullashtirish malakasi

  6. Yakuniy xulosalar chiqara olish malakasi

O‘qituvchining seminar mashg‘ulotiga tayyorgarligi hamda darsini olib borishi haqida V.A.Badmaevning «Psixologiya fanlarini o‘qitish metodikasi» kitobida batafsil berilgan ular quyidagilardan iborat:

  1. Berilgan mavzuning maqsad va vazifalarni rejalashtirish;

  2. Seminar mavzusining rejalari bo‘yicha rejalashtirilgan savollarga o‘qituvchining o‘zi tayyor bo‘lishi va kerak bo‘lganda o‘zi ham javob bera oladigan bo‘lishi;

  3. Seminarning asosiy savollarini ajratish;

  4. Seminarning qo‘shimcha savollarini ajratish hamda bahs-munozara uchun beriladigan savollarni belgilash;

  5. Seminar mashg‘uloti bo‘yicha qo‘shimcha amaliy savollarni ajratish;

  6. Seminar mavzusidagi asosiy savollarni butun guruh oldiga muhokama uchun qo‘yish;

  7. Talabalarning javoblarini tinglash, fikr va mulohazalarini eshitiladi, javobda xatoliklar bo‘lsa to‘ldiriladi;

  8. Talaba o‘qituvchi tomonidan qo‘yilgan savolga noto‘g‘ri javob bersa, o‘qituvchi o‘zining javoblari bilan uni to‘ldirishi mumkin bo‘ladi;

  9. O‘qituvchi seminar mashg‘uloti bo‘yicha qo‘yilgan barcha savollarga javob olganidan keyin unga yakun yasaydi va xulosa chiqaradi.

  10. Dars so‘ngida albatta o‘qituvchi barcha qatnashganlarga baho qo‘yishi kerak, bunda baho seminarning qay darajada o‘tganligi hamda qay darajada maqsadga erishilganlik bilan belgilanadi.

  11. Kelgusidagi mavzu yuzasidan savollar va masalalar mashqlar beriladi.

Har bir seminar mashg‘uloti shu tarzda o‘qituvchi tomonidan tashkil etiladi va davom ettiriladi.
Seminar mashg‘ulotini o‘tkazishda o‘qituvchi tomonidan ham ma’lum bir ma’nodagi tayyorgarlik talab etiladi. O‘qituvchi birinchi navbatda o‘sha seminar mavzu yuzasidan kerakli bilimlarga ega bo‘lishi kerak. Seminar mashg‘ulotidagi bahs-munozarani o‘qituvchi oqilona boshqarishi va dars oxirida oqilona baholashi kerak bo‘ladi. Talabalarning bahs-munozaralarini mavzu yuzasidan ekanligini ta’minlash va mavzudan chetga chiqmaslikka harakat qilishi kerak.
O‘qituvchining seminar mashg‘ulotini tashkil etishdagi qo‘llaydigan usullari, foydalanadigan metodlari, mantiqiy faoliyat tuzilishi sifatida sxema ko‘rinishida ifodalanadi. Bunday sxemalardan seminar mashg‘ulotining o‘zida foydalanish talab etiladi. Sxemani to‘liqligicha yodlab olgan holda foydalanish mumkin emas. Uni faqatgina qo‘shimcha g‘oyalar bilan boyitgan holda foydalansa maqsadga muvofiq bo‘ladi:

  1. O‘qituvchining kirish so‘zi va seminarning boshlanishi;

  2. Talabalardan biriga so‘z berish va o‘tilayotgan mavzuning ular uchun ahamiyatli jihatlari, qanday qilib seminar mashg‘ulotida o‘tilganlarni ijimoiy hayotda qo‘llash, qaysi savollarga chuqurroq yondashish kerakligi yuzasidan fikr mulohazalar aytib o‘tiladi;

  3. So‘zga chiqqan talabalarning har bir so‘zini tinglab borish kerak;

  4. Agar talabaning gaplari mavzu doirasida hamda aniq, ravon bo‘lsa unga gapirish uchun 3-5 daqiqa berish lozim;

  5. Agar talaba mavzu yuzasidan daftarga qarab yoki kitobga qarab gapirayotgan bo‘lsa, uni darhol savol berish yo‘li bilan to‘xtatish lozim;

  6. Agar talaba mavzu haqida tez va qisqa gapirsa, unga gapirishi uchun savol bergan holda 3-5 daqiqa vaqt berishi kerak;

  7. Agar berilgan savolga talaba mustaqil javob bera olsa, u holda uni to‘xtatib savolni butun guruhga berish lozim;

  8. Agar guruh uchun berilgan savolga darhol bir yoki bir nechta talaba to‘g‘ri javob bergan bo‘lsa, u holda seminar rejasidagi boshqa savolga o‘tish va uni so‘rash lozim;

  9. Agar berilgan savolga butun guruh qiynalsa, u holda savolni aniqlashtirgan holda berish kerak;

  10. Javob berish uchun turgan talaba so‘zlarini gapirib tugatganidan so‘ng guruhda qo‘shimcha savollarining bor yoki yo‘qligi haqida yoki berilgan javobga aniqliklar kiritmoqchi bo‘lganlar yoki berilgan javobdan qoniqmaganlar ya’ni norozilar borligi haqida so‘raladi.

  11. Agar butun guruhda seminar mashg‘uloti yuzasidan savollar bo‘lmasa, u holda o‘qituvchining o‘zi qo‘shimcha, bahs munozaralari yoki aniqlik kirituvchi savolni butun guruhga berishi kerak bo‘ladi;

  12. Agar talabalarda savollar bo‘lsa, unda berishlarini so‘raydi.

  13. Hohlovchilar bo‘lsa, ularga so‘z navbatini berish kerak;

  14. Agar butun guruh berilgan savolga javob bera olmasa, u holda o‘qituvchining o‘zi javob berishi va mavzu yuzasidan xulosa chiqarishi kerak bo‘ladi.

  15. Agar talaba javobni mavzu yuzasidan bermasa, uni to‘xtatishi kerak;

  16. Seminar mavzusining rejasidagi barcha savollar yuzasidan talabalarni baholab bo‘lgan o‘qituvchi quyidagi ishlarni amalga oshirishi kerak bo‘ladi:

  • talabalarning bergan javoblarining sifatliligiga qarab baholash;

  • mavzuga chuqur kirib borganligiga qarab;

  • qanday va qancha adabiyotlardan foydalanganligiga qarab baholashi kerak bo‘ladi.

Darsning oxirgi qismida esa o‘qituvchi talabalarga kelgusi seminar mashg‘uloti uchun mavzu, rejadagi savollarni berishi va o‘tilgan mavzuidagi aniqlik kiritilmagan, to‘liq gapirilmagan savollarni o‘qib o‘rganish uchun uyga vazifa sifatida berish lozim.
Yuqorida aytib o‘tganimizdek, o‘quv faoliyatidagi seminar mashg‘ulotining amaliy qismi emas, bahs-munozarali seminar mashg‘uloti o‘qitishning faol turi hisoblanadi.
Bahs-munozarali turdagi seminar mashg‘uloti- talabalarni mantiqiy fikrlashga, nutq boyligini ko‘paytirish hamda o‘stirishga, jamoaga moslashishga, bahs-munozarada o‘z fikrini qat’iy himoya qila olishga, boshqalarni tinglashga, boshqalarni fikrini hurmat qilishga o‘rgatadigan dars turi hisoblanadi.
Bahs uchun guruhdagi biror bir talabaning kitobdan yoki biror- bir boshqa manbadan o‘qigan va tahlil qilgan fikrlari aytiladi va unga guruhdagi boshqalarning fikrlari, qarshiliklari bu fikrga qo‘shilmasliklari natijasida bahs munozara o‘z fikrini mustahkam himoya qila olish kabilar asosida bahs-munozara turidagi dars o‘tiladi. Bunda talabalar uchun yangidan-yangi fikrlarga, qarashlarga ega bo‘ladilar.
Psixologiya fanini o‘rganayotgan har bir talaba mantiqiy fikrlashga, tajribalar o‘tkazishga o‘rganishi lozim.
Seminar mashg‘ulotini o‘tishda har bir o‘qituvchi o‘z fanini chuqur va har tomonlama bilishi, o‘z fani doirasidagi tadqiqotlarni bilishi, har bir talabaning savollariga javob bera oladigan bo‘lishi o‘z fanini sevishi kerak bo‘la oladi.
Agar talabalarning beradigan savollariga javob bera olmasa, u talabalarga o‘rnak namuna bo‘la olmaydi.


Nazorat savollari:



  1. Ma’ruza mashg‘ulotning mohiyati, turlari.

  2. Ta’lim jarayonida ma’ruza mashg‘ulotlaridan foydalanish.

  3. Seminar mashg‘ulotining turlari va unga qo‘yiladigan talabalar.


Download 107.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling