Mavzu: maxsus (psixologiya) fanlarini o‘qitish jarayonida qo‘llaniladigan ta’lim shakllari reja


Download 107.62 Kb.
bet6/10
Sana28.01.2023
Hajmi107.62 Kb.
#1137121
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
2-маъруза

Ma’ruzaga tayyorgarlik
I. Ma’ruza yozish quyidagi strukturada bajariladi:

  1. Ma’ruza yozishga tayyorgarlik: ma’ruza mavzusini tanlash

  2. Pedagogik adabiyotlarni, turlari temaga oid o‘qish

  3. O‘z materiallarini tartibga solish

  4. Xulosalarni yozishni o‘ylash, shakllantirish

  5. Ma’ruzaning plan prospektini tuzish

II. Ma’ruzaning (maqola, broshyura) namunaviy tuzilishi.

  1. Kirish qismi

  2. O‘quv tarbiyaviy jarayonning hozirgi ahvoli va uni takomillashtirish masalalari

  3. Muammoning nazariya va amaliyotdagi holati

  4. Mavzuning dolzarbligi

III. Asosiy nazariy va amaliy natijalar xususiyati.

  1. Ta’lim tarbiya sifatini oshirish vositalarini tahlil etish va asoslash

  2. Pedagogik vositalarni nazariy asoslash

  3. Pedagogik tajribalar natijasida olingan natijalarni ko‘rsatish (tablitsa, grafik, kompyuter)

  4. Oldingi holatdan farqi

  5. Izlanishdagi qiyinchiliklar

  6. O‘quv tarbiyaviy jarayonni takomillashtirishga oid yo‘l-yo‘riqlar

IV. Xulosa va takliflar.
Qilingan, olingan ish tajribalarini umumlashtirish, olingan natijalarini tadbiq qilish bo‘yicha tavsiya etish.


3. Interfaol ma’ruzalar o‘qish metodikasi
O‘quv jarayonida ma’ruzaning o‘rni
Ma’ruza – barcha turdagi o‘quv mashg‘ulotlari uchun metodologik va tashkiliy asosdir. Metodologik asos – chunki talabani ilm-fanga yetaklaydi, o‘quv kursiga konseptuallik beradi, tashkiliygi esa – o‘quv mashg‘ulotlarning qolgan barcha turlari ma’ruzaga bog‘lab qo‘yilgan, ko‘pincha mantiqan undan keyin keladi, mazmunan va mavzuiy jihatdan unga tayanadi.
Ba’zi xollarda ma’ruza asosiy axborot manbai vazifasini bajaradi: ko‘pincha yangi kurslar bo‘yicha darslik va o‘quv qo‘llanmalar yo‘q bo‘lgan vaqtda, u yoki bu mavzular bo‘yicha yangi ilmiy axborotlar darsliklarda o‘z aksini topmagan xollarda, kursning ba’zi bo‘lim va mavzulari mustaqil o‘rganish uchun juda murakkab bo‘lganda. Bunday xollarda talabaga murakkab materialni o‘zlashtirishda faqatgina lektor metodik yordam berishi mumkin.
Ma’ruza materiali va darslik asoslari bir xil bo‘lsa ham, so‘zsiz, ma’ruza darslik oldida katta usutunlikka ega: unda darslikda berilmagan ilmiy masalalarning eng so‘nggi yoritmalari beriladi, ilm-fan, texnika va ishlab chiqarish to‘g‘risidagi eng zamonaviy ma’lumotlar keltiriladi. Bundan tashqari, ma’ruza va darslik hajmi bilan ham farq qiladi. Ba’zi xollarda, masalan, butunlay yangi kurslarni yaratishda ma’ruza talabalarga bilim yetkazishning yagona shakli bo‘lishi mumkin, chunki u odatda bir necha yil davom etadigan darslik yaratish jarayonidan ilgarilab ketadi.
Ma’ruza mazmuni o‘qitiladigan fanning o‘quv dasturi asosida aniqlanadi.
Oliy o‘quv yurtidagi ma’ruza – bu darslik yoki boshqa adabiy manbalarni oddiygina gapirib berish emas, balki pedagogning ma’lum bilimlar sohasidagi shaxsiy ilmiy-pedagogik ijodiyotidir. Haqiqiy o‘qituvchi, tom ma’nodagi pedagog ma’ruzaga bir kun yoki bir-ikki soat oldin tayyorlanmaydi, balki doimiy ravishda, o‘zining butun faoliyati, butun hayoti davomida tayyorlanadi.
Ma’ruza darslarida auditoriya pedagogdan jonli, yorqin, mazmundor xabarlarni kutadi. Bu yerda undan bilim va kasbiy tajribaga qo‘shimcha ravishda keng eruditsiya, argumentlash mantig‘i, o‘z bilimlar sohasiga berilib ketish va uni kichik hamkasblari – talabalarga yuqtirish ichki ehtiyoji talab qilinadi. Ya’ni lektor tinglovchilarning nafaqat ongiga, balki go‘zal nutq san’ati bilan ularning hissiyotlariga ham ta’sir etishi zarur.
Barcha ma’ruzalarda bayon qilinayotgan o‘quv materialiga talabalarning munosabatini ulardagi diqqat, qiziqish, yuz ifodalari va h.k. belgilar orqali bilib olish mumkin. Yaxshi ma’ruzalarda o‘quv axborotni yetkazish jarayoni to‘liq boshqariluvchan bo‘lib, teskari aloqa real mavjud bo‘ladi. Kuchsiz ma’ruzalarda esa teskari aloqa boshqacha namoyon bo‘ladi, unda talabalar o‘zlarini eshitib o‘tirganga solishadi, ba’zida boshqa ishlar bilan shug‘ullanib, quloq solishmayotganliklarini yashirishmaydi ham. Bunday ma’ruzalarga qatnashish faqatgina formal xarakterda bo‘ladi. Biroq bunday xolat agar ular yomon tashkillashtirilgan va mazmunsiz bo‘lsa har qanday mashg‘ulotlarda yuz berishi mumkin. Faqatgina ma’ruzada auditoriya va pedagog orasidagi munosabatlar xolati yaqqolroq namoyon bo‘ladi, chunki bu yerda faqat pedagog faoliyat olib boradi, talaba esa ma’ruzani va pedagogni baholab, ma’ruzani qabul qiladi va o‘zlashtiradi. Har bir ma’ruzada pedagog auditoriya oldida imtixon topshiradi. O‘z-o‘zidan ravshanki, ma’ruza materialini sifatli bayon qilish masalasi juda muhim hisoblanadi. Ma’ruzalarda olimdan ilm-fanning yangi ufqlarini ochish shijoati lozim bo‘ladi, shunda teskari aloqa qanday bo‘lishi kerak bo‘lsa, shunday bo‘ladi.
Shuni ham hisobga olish kerakki, ma’ruzada bayon qilingan material qabul qilinsa va ma’lum darajada o‘zlashtirilsa ham, biroq xali mustahkam bilimga aylanmaydi. Buning uchun ma’ruza va qo‘shimcha material ustida amaliy, laboratoriya, seminar mashg‘ulotlari va talabalarning mustaqil ishi mavjud.



Download 107.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling