Mavzu: maxsus (psixologiya) fanlarini o‘qitish jarayonida qo‘llaniladigan ta’lim shakllari reja


Amaliy va Seminar mashg‘ulotining mohiyati, turlari


Download 107.62 Kb.
bet9/10
Sana28.01.2023
Hajmi107.62 Kb.
#1137121
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
2-маъруза

4.Amaliy va Seminar mashg‘ulotining mohiyati, turlari
va ularga qo‘yiladigan talablar
Dars, yuqorida aytib o‘tilganidek, o‘qitishni tashkil etishning o‘zgarmas shakli emas. O‘quv amaliyoti va pedagogik tafakkur doimo uni takomillashtirish yo‘llarini izlaydi. Bu sohada turli xil ko‘rik-tanlovlar, jumhuriyat miqyosida o‘tkazilayotgan pedagogik o‘qishlarda o‘rtaga qo‘yilayotgan ilg‘or o‘qituvchilarning fikr va mulohazalari diqqatga sazovordir.
Turli-tuman fikr va mulohazalarni hisobga olgan holda dars quyidagi umumiy didaktik talablarga javob berishi lozim:
1. Har bir dars ma’lum bir maqsadni amalga oshirishga qaratilgan va puxta rejalashtirilgan bo‘lmog‘i lozim.
2. Har bir dars mustahkam g‘oyaviy-siyosiy yo‘nalishga ega bo‘lmog‘i lozim.
3. Har bir dars turmush bilan, amaliyot bilan bog‘langan bo‘lmog‘i lozim.

  1. Har bir dars xilma-xil usul, uslub va vositalardan unumli foydalangan holda olib borilmog‘i lozim.

  2. Darsga ajratilgan har bir soat va daqiqalarni tejab,
    undan unumli foydalanmoq lozim.

  3. Har bir dars o‘qituvchi va o‘quvchilarning faolligi birligini ta’minlamog‘i lozim.

  4. Darsda o‘quv materiallarining mazmuniga oid ko‘rsatmali qurollar, texnika vositalari va kompyuterlardan foydalanish imkoniyatini yaratmoq lozim.

  5. Dars mashg‘ulotini butun sinf bilan yoppasiga olib borish bilan har qaysi o‘quvchining individual xususiyatlari, ularning mustaqilligini oshirish hisobga olinadi.

  6. Har bir darsda mavzuning xarakteridan kelib chiqib,
    xalqimizning boy pedagogik merosiga murojaat qilish va undan foydalanmoq imkoniyatini izlamoq lozim.

Seminar mashg‘uloti- bu o‘zaro talabalar hamda o‘qituvchi orasidagi mavzu yuzasidan bo‘lib o‘tadigan baxs-munozarasi hisoblanadi.


Seminar mashg‘uloti-bunda o‘quvchi va talabalarning bilimlari o‘quvchilarning mavzu yuzasidan mustaqil fikrga ega ekanliklari ham baholanadi.
G.A.Ball o‘zining «Pedagogika va psixologiya nazariyalari» nomli asarida seminar mashg‘ulotini ikki turga ajratib ko‘rsatgan.
1. Amaliy seminar mashg‘uloti.
2. Bahs–munozara seminar mashg‘uloti.
Amaliy seminar mashg‘uloti bu amaliyotda talabalarning turli ko‘rinishdagi murakkab vaziyatllarni, amaliy vazifalarning yechimlarini muhokama qilib topadilar. Baholash mezonlari o‘qituvchi boshchiligida o‘quv jamoasi ya’ni talabalar bilan birgalikda tanlanadi.
Bahs-munozarali seminar mashg‘uloti disskusiya ko‘rinishidagi turi bo‘lib seminar mashg‘uloti odatda amaliyotda kerak bo‘ladigan psixologik tadqiqotlarni, turli xildagi metodikalarni muhokama qiladilar. Bu tartibdagi seminar mashg‘uloti yordamida talabalarni kelajakda o‘zlari faoliyat olib boradigan shaxslar aniqlashtiriladi va o‘zlari kerakli bo‘lgan psixologik metod va usullarni o‘rganadilar.
Z.M.Panibrasovaning fikriga ko‘ra- seminar mashg‘uloti jarayonida har bir talabada o‘zi bilmagan holda qalbining tubidagi o‘zib ketish, baho olishda yuqori ko‘rsatkichlarni qo‘lga kiritish hissi mavjud bo‘ladi va o‘z-o‘zidan o‘quv faoliyatini kuchaytirishga, o‘qish motivining ustun kelishi kuzatiladi.
Seminar mashg‘ulotini o‘tkazish boshqa dars turlarini o‘tkazilishidan ancha murakkabligi turli xildagi olimlar tomonidan aytib o‘tilgan. Har bir o‘qituvchi o‘zi o‘tadigan dars yuzasidan ma’lum tayyorgarlikka ega bo‘lish lozim. Shu jumladan seminar mashg‘ulotini olib boradigan o‘qituvchi ham ma’lum tayyorgalikka ega bo‘lishi lozim.
Egallangan bilimlarni mustahkamlash quyidagi usullarda amalga oshiriladi:

    1. mashg‘ulotga mustaqil tayyorlanish vaqtida talabalar ma’ruza yoki darslik yordamida egallangan bilimlarni takrorlab boradilar.

    2. Mashg‘ulot davomida ma’lumotlarni og‘zaki bayon qilish uni o‘zlashtirish darajasini oshiradi.

    3. Egallagan bilimlarni muhokama qilish uni yanada mustahkamligini ta’minlaydi.


Download 107.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling