Mavzu: Xalqaro portfelli investitsiyalarni boshqarishning zamonaviy yo’llari Reja: Kirish
Xalqaro portfelli investitsiyalar va ularni milliy iqtisodiyotga jalb qilishning zamonaviy shakllari
Download 77.96 Kb.
|
Xalqaro portfelli investitsiyalarni boshqarishning zamonaviy yo’llari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni tashkil etishni va ularning faoliyatini ragbatlantirishga oid qoshimcha chora-tadbirlar togrisida”
2. Xalqaro portfelli investitsiyalar va ularni milliy iqtisodiyotga jalb qilishning zamonaviy shakllari
Xorijiy investitsiyalarning shakllari Bugungi kunda xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning bir qancha shakllari mavjud: ulush qoʻshib qatnashishi orqali qoʻshma korxonalarni tashkil etish; 100 % mol-mulk xorijiy investorga tegishli boʻlgan xorijiy korxonalarni tashkil etish; yirik xorijiy kompaniya va firmalarning shoʻʼba korxonalari va filiallarini tashkil etish; konsessiya va lizing sharnomalari tuzish; tenderlar eʼlon qilish; erkin iqtisodiy hududlar tashkil etish; moliyaviy aktivlarni sotish va sotib olish. Iqtisodiy kategoriya sifatida investitsiya quyidagicha tasniflanadi: Birlamchi (avaylangan) jamg`arilgan kapitalni ko`paytirish maqsadida kapitalni tadbirkorlik ob`ektlariga joylashtirish; Investitsion loyihalarni amalga oshirish jarayonida investitsiya faoliyati ishtirokchilari o`rtasida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlardir. Xorijiy mamlakatlarning tajribasi va investitsiya to`g`risida o`zimizda qabul qilingan qonunlarning tahlilidan kelib chiqib, investitsiyaning shartli ravishda uchta turini ajratish mumkin: moliyaviy investitsiyalar; moddiy investitsiyalar; aqliy (intellektual) investitsiyalar. Bozor iqtisodiyoti sharoitida shar bir investitsiya turining o`ziga xos o`rni bo`ladi. Moliyaviy investitsiyalar tarkibiga mashalliy va xorijiy mamlakatlarning pul birliklari, banklardagi omonatlar, depozit sertifikatlar, aktsiyalar, obligatsiyalar, veksel’’lar va boshqa qimmatli qog`ozlar shamda tenglashtirilgan boyliklar kiradi. Moddiy investitsiyalar tarkibiga asosiy fondlar, ya`ni binolar, asbob-uskunalar, inshootlar, kommunikatsiyalar va boshqa turdagi asosiy ishlab chiqarish fondlarining aktiv va passiv qismlari kiradi. Aqliy (intellektual) investitsiyalar miqdori juda rang-barangdir, ya`ni ular mulkiy shuquqlar shaklidagi investitsiyalar aqliy meshnatga oid shakldagi investitsiyalar va tabiiy resurslardan foydalanish shaklidagi investitsiyalardan iborat. Mulkiy huquqlar guruhiga kiradigan investitsiyalarning xillari bozor munosabatlarining nechog`lik rivojlanganligiga, milliy bozorlarning o`ziga xos tomonlariga qarab har xil bo`ladi. Aqliy mehnatga oid haq-huquqlar shaklidagi investitsiyalar tarkibiga mualliflik huquqlari, “nou-xau”, kashfiyotlar, tovar belgilariga beriladigan litsenziyalar va boshqa xil egalik huquqlari kiradi. Bir davlatdan boshqa davlatga daromad olish uchun yunaltirilgan har qanday shakldagi mulkni to`la qonli xorijiy investitsiya deyishimiz mumkin. Ammo shunday mulk shakllari borki, biz ularni xorijiy investitsiya deya olmaymiz. Masalan, elchixona chet davlat mulki xisoblanadi, yoki xorijiy fuqaro shaxsiy uy sotib olsa bu xorijiy shaxs mulki xisoblanadi, lekin xorijiy investitsiya bo`la olmaydi. Xorijiy investitsiyalarga asosan 2 guruh omillar ta`sir ko`rsatadi: 1) iqtisodiy omillar: -ishlab chiqarishning rivojlanishi va iqtisodiy usish sur`atlarining bir maromda ushlab turilishi; -jahon va aloxida mamlakatlar iqtisodiyotida chukur tarkibiy siljishlarning amalga oshirilishi (ayniksa, fan-texnika tarakkiyoti yutuklari va jahon xizmatlar bozori tarakkiyoti ta`siri ostida olib borilishi); -ishlab chiqarishni xalqaro ixtisoslashuvi va kooperatsiyalashuvining chukurlashuvi; -jahon iqtisodiyotini transmilliylashtirilishini o`sib borishi (AKSH Transmilliy korporatsiya (TMK)lari xorijiy filiallarining maxsulot ishlab chiqarish xajmi AQSH tovar eksportidan 4 marotaba ortikdir); -ishlab chiqarishning baynalminallashuvi va integratsiya jarayonlarining chukurlashib borishi; -xalqaro iqtisodiy munosabatlar (XIM)ning faol rivojlanishi va boshk. 2) siyosiy omillar: -kapital eksporti (importi)ni erkinlashtirish (Erkin iqtisodiy hududlar (EIX), offshor hududlari va boshq.); -rivojlanayotgan mamlakatlarda industirlashtirish siyosatini olib borish; -iqtisodiy isloxotlarni olib borish (davlat korxonalarini xususiylashtirish, xususiy sektorni va kichik biznesni qo`llab-quvvatlash); -bandlik darajasini ushlab turish siyosatini olib borish va boshqalar. “Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni tashkil etishni va ularning faoliyatini rag'batlantirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida” gi qonunda quyidagilar keltirilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996 y., 5-6-son, 84-modda; 2003 y., 6-7-son, 93-modda) O‘zbekiston Respublikasi hududida xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi ishlab chiqarish korxonalarining tashkil etilishi va ularning faoliyat ko‘rsatishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ularning respublikaning iqtisodiy salohiyatini mustahkamlashga hamda jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashishga qo‘shadigan hissasini oshirish maqsadida: 1. Belgilansinki, eksportga mo‘ljallangan va importning o‘rnini bosuvchi mahsulot ishlab chiqaruvchi xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni tashkil etishni va ularning samarali faoliyat ko‘rsatishini rag‘batlantirish O‘zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy va investitsiya siyosatidagi muhim ustuvorlik hisoblanadi. 2. O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligida xorijiy investorlarning mulkka va olingan daromadni olib ketishga bo‘lgan huquqi himoya qilinishini ta’minlovchi, ular uchun qulay investitsiya muhitini yaratuvchi kafolatlar va imtiyozlarning keng tizimi belgilanganligi ilovaga muvofiq ma’lumot uchun qabul qilinsin. - Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni tashkil etish, ro‘yxatdan o‘tkazish va ularning faoliyat ko‘rsatishi tartibini murakkablashtiruvchi idoraviy hujjatlar chiqarish, hukumat qarorlarida nazarda tutilmagan qo‘shimcha ma’lumotlar va hujjatlarni so‘rash taqiqlansin. - Tegishli idoralar va tuzilmalarning rahbarlari ularning faoliyatiga eng avvalo xorijiy investitsiyalar jalb qilinishiga va qo‘shma ishlab chiqarishlar soni ko‘payishiga ko‘maklashishlariga va rag‘batlantirishlariga qarab baho berilishi haqida ogohlantirib qo‘yilsin. 3. «O‘zistiqbolstat» davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Adliya vazirligi ikki hafta muddatda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni eksportga mo‘ljallangan va importning o‘rnini bosuvchi mahsulot ishlab chiqaruvchi ishlab chiqarish korxonalariga mansub deb hisoblash tartibi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqsinlar va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar. 4. Eksportga mo‘ljallangan va importning o‘rnini bosuvchi mahsulot ishlab chiqaruvchi xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar uchun 1996 yil 1 iyundan boshlab quyidagi qo‘shimcha imtiyozlar joriy qilinsin: ularga ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun soliq krediti olish huquqi berilsin, ya’ni byudjetga to‘lanadigan foydadan olinadigan soliq, qo‘shilgan qiymat solig‘i va er solig‘i yuzasidan to‘lovlar ikki yilgacha muddatga kechiktirilsin; ustav fondida xorijiy sarmoya ulushi kamida 500 ming AQSh dollarini tashkil etgan korxonalar mulk solig‘i to‘lashdan ozod qilinsin. (5-band O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 2003 yil 16 iyuldagi PF-3276-sonli Farmoniga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003 y., 6-7-son, 93-modda) 6. O‘zistiqbolstat» davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari manfaatdor vazirliklar, idoralar, uyushmalar, konsernlar va korporatsiyalar ishtirokida 3-bandga muvofiq tarmoqlar, ishlab chiqarish faoliyati sohalari, respublika hududlari bo‘yicha xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar tashkil etish bo‘yicha investitsiya takliflarini bir oy muddatda aniqlashtirsinlar va ularni amalga oshirish chora-tadbirlarini ko‘rsinlar. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Xorijiy sarmoyalar bo‘yicha agentlik, «O‘zbekinvest» milliy sug‘urta kompaniyasi ko‘rsatib o‘tilgan ustuvor investitsiya takliflari ro‘yxatini chet el elchixonalari va vakolatxonalariga, manfaatdor xorijiy banklarga, firmalar va kompaniyalarga etkazsinlar. 7. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, «O‘zistiqbolstat» davlat qo‘mitasi, Davlat mulki qo‘mitasi hamda Fan va texnika davlat qo‘mitasi Xorijiy sarmoyalar bo‘yicha agentlik bilan birga xorijiy investitsiyalarni axborot bilan ta’minlashning yagona tizimini 1996 yil oxirigacha ishlab chiqsinlar va joriy etsinlar, bunda quyidagilarni nazarda tutsinlar: respublikada amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning yo‘nalishi va borishi, iqtisodiyotga investitsiya qo‘yishning shartlari va ustuvor yo‘nalishlari, imtiyozlar va kafolatlarning, investorlar huquqlari va manfaatlarini himoya qilishning amaldagi tizimi bilan xorijiy investorlarning keng doirasini tanishtirish; xorijiy investorlarni zarur qonunchilik va normativ hujjatlar, yo‘riqnoma va axborot-ma’lumot materiallari bilan ta’minlash; axborot tarmog‘ini hamda ustuvor investitsiya takliflarini va mamlakatimizdagi va chet eldagi potensial sheriklar to‘g‘risida yagona ma’lumotlar bazasini yaratish. 8. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Tashqi iqtisodiy milliy banki hisob-kitoblar tartibini soddalashtirish va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarga ko‘rsatiladigan bank xizmatlari tizimini takomillashtirish yuzasidan bir oy muddatda takliflar kiritsinlar. 9. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi soddalashtirilgan viza rejimini, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar takliflariga binoan va ish yuzasidan sherikchilik aloqalari o‘rnatish uchun keluvchi chet el fuqarolari va mutaxassislarining kelishlari va ketishlari, yashashlari hamda respublika hududi bo‘ylab yurishlari tartibini ikki hafta muddatda ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar. 10. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Markaziy bank amaldagi qonun hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritishga oid takliflarni bir oy muddatda tayyorlasinlar. Jahon iqtisodiyoti globallashib, savdo yo`lidagi to`siqlar kamayib, soliq qonunlari va tartibga soluvchi rejimlar erkinlashib borayotgan hozirgi sharoitda chetdan kiritiladigan investitsiya oqimlari tez sur`atlar bilan o`smoqda. Bevosita chet el investitsiyalarining dunyo bo`yicha umumiy hajmi 1980 yildagiga qaraganda 14 baravardan ziyod o`sib, 2007 yil holatiga, jami 11 trln AQSH dollariga etdi. Hozirgi vaqtda butun dunyoda 64 mingga yaqin mamlakatlararo kompaniyalar mavjud bo`lib, ular 870 mingta xorijiy shu`ba korxonalari faoliyatini nazorat qilib turadi. Ushbu korxonalar sotilayotgan mahsulotlar hajmi taxminan 18 trln AQSH dollarini tashkil etdi. Bu esa o`z navbatida, butun jahon eksporti hajmidan 2 baravaridan ziyoddir. Rivojlangan mamlakatlar tajribasi ularning iqtisodiy yuksalishida faol investitsiya siyosati markaziy o`rinni egallashini tasdiqlaydi. SHu bois O`zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish maqsadlari uning investitsiya siyosatida to`liq aks ettirilishini taqozo etadi. O`zbekistonda xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va tartibga solishda O`zbekiston Respublikasining "CHet el investitsiyalari to`g`risida", "CHet ellik investorlar xuquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to`grisida", "Investitsiya faoliyati to`grisida"gi Qonunlar va boshqa qonun hujjatlari uning huquqiy asosi bo`lib xizmat qiladi. Mulkchilikning turli shakllari tarkib topishi investitsiyalarning rivojlanishiga katta turtki bo`ldi. Mulkchilikning turli shakllarining vujudga kelishi munosabati bilan kapitalning sohalardagi o`zgaruvchanligi, uning oqimi, hududlarga taqsimlanishi tezlashdi. CHet el investorlari, asosan, daromad (foyda) olish maqsadida tadbirkorlik faoliyati va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa turdagi faoliyat ob`ektlariga qo`shadigan barcha turdagi moddiy va nomoddiy boyliklar va ularga doir xuquqlar, shu jumladan, intellektual mulkka doir huquqlar, chet el investitsiyalaridan olingan har qanday daromad O`zbekiston Respublikasi hududida chet el investitsiyalari deb e`tirof etiladi. "CHet el investitsiyalari to`g`risida"gi Qonunga ko`ra O`zbekiston Respublikasida chet ellik investorlar quyidagilar bo`lishi mumkin: chet el davlatlari, chet el davlatlarining ma`muriy yoki hududiy organlari; davlatlararo bitimlar yoki boshqa shartnomalarga muvofiq tashkil topgan yoki xalqaro ommaviy huquq sub`ektlari bo`lgan halqaro tashkilotlar; chet el davlatlarining qonun hujjatlariga muvofiq tashkil topgan va faoliyat ko`rsatib kelayotgan yuridik shaxslar, boshqa har qanday shirkatlar, tashkilotlar yoki uyushmalar; chet el davlati fuqarolari bo`lmish jismoniy shaxslar, fuqaroligi bo`lmagan shaxslar va chet ellarda doimiy yashaydigan O`zbekiston Respublikasi fuqarolari. Bozor iqtisodiyoti islohotlarini chuqurlashtirish, iqtisodiyotni erkinlashtirish va mulk huquqini himoya qilishni mustahkamlashga qaratilgan chora - tadbirlarning amalga oshirilishi mamlakatimizda investitsiya muhitini yaxshilash hamda hajmi tobora ortib borayotgan xorijiy investitsiyalarni jalb qilishda ijobiy ta`sir ko`rsatadi. 2007 yilda davlatimiz rahbari ta`kidlab o`tganidek, 2007 yilgi investitsiya dasturi doirasida 1 millard AQSH dollaridan ko`proq miqdorda xorijiy investitsiyalar jalb etilishi mo`ljallanmoqda. Bu mablag`ning salkam 700 million dollari yoki qariyb 68 foizini to`g`ridan - to`g`ri xorijiy investitsiyalar tashkil etadi. Bunda to`g`ridan - to`g`ri chet el investitsiyalari va kreditlar hajmining oshganligi ijobiy holdir. Xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish maqsadida 2007 yil 20 iyulda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining "2007 -2010 yillarda xususiylashtirish jarayonlarini yanada chuqurlashtirish va xorijiy investitsiyalarni faol jalb qilish chora - tadbirlari to`g`risida" gi qarori e`lon qilindi. Bu qarorga asosan, investorlar tomonidan investitsiya majburiyatlari sifatida kiritiladigan mablag` va mulk daromad (foyda), ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va hududlarni obodonlashtirish hamda qo`shilgan qiymat soliqlariga tortilmaydi, xorijiy valyutadagi qo`yilmalar esa majburiy tarzda sotilmaydi, shuningdek, investitsiya davri mobaynida tuziladigan oldi - sotdi shartnomasiga muvofiq korxonaning oldingi qarzini qoplash hisob - raqamiga majburiy tarzda undirib olinmaydi. Bundan tashqari davlat ulushi potentsial investorlarga sotilayotgan korxonaning byudjetga va davlat maqsadli jamg`armalariga to`lovlar bo`yicha qarzlari restrukturizatsiya qilinishi mumkin. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining bu Qarori O`zbekistonning iqtisodiy jihatdan yuksalishi va halqaro jahon xo`jalik munosabatlariga integratsiyalashuvining g`oyat muhim va texnik qayta jihozlashga xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish yo`lidagi strategik yo`nalishini ham belgilab beradi. Milliy iqtisodiyotni rivojlantirishda xorijiy investitsiyalarning ahamiyati benihoyat katta bo`lib, u quyidagilar bilan izohlanadi: - birinchidan, xorijiy investitsiyalar ishlab chiqarishga zamonaviy texnika va texnologiyalarni joriy etib, eksportga mo`ljallangan mahsulotlarni ishlab chiqarishni rivojlantiradi; - ikkinchidan, import o`rnini bosuvchi tovar ishlab chiqarishni yo`lga qo`yish va buning uchun xorijiy investitsiyalarni iqtisodiyotning ustuvor sohalariga yo`naltirish va pirovardida aholining me`yordagi turmush darajasini ta`minlash imkonini yaratadi; - uchinchidan, kichik biznesni rivojlantirish va qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishini jadallashtirish orqali o`sib borayotgan aholini ish joylari bilan ta`minlaydi; - to`rtinchidan, korxonalarning eskirgan ishlab chiqarish quvvatlarini, moddiy-texnik bazasini yangilaydi va texnik qayta qurollantiradi; Investitsiya loyihalari, avvalo, ustuvor tarmoqlarga, ya`ni neft’ va ximiya sanoati, transport, energetika, er osti qazilma boyliklarini ishlab chiqarishga, qurilish, telekommunikatsiya tarmoqlariga, qishloq xo`jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishga va ularni keng qayta ishlashga, turizm sohasini rivojlantirishga qaratilishi lozim. Bugungi kunda xorijiy investitsiyalarni yanada kengroq miqiyosda jalb qilish, xorijiy investorlarni o`z mablag`larini mamlakat iqtisodiyoti uchun sarflashga qiziqtirish maqsadida qonun asosida ular uchun imtiyozli moliyaviy sharoitlar yaratilgan, jumladan: xorijiy investorlar kapitalini saqlanishi uchun kafolatlar; ko`rilgan zararlarni qoplanishi uchun kafolatlar; soliqqa tortish tizimida ularga oid belgilangan imtiyozlar; foyda va daromadlarni xorijga olib chiqib ketishning erkinligi; milliy so`mda va chet el valyutasida olingan foydalarni o`tkazish va olib chiqib ketish imkoniyati; bojxona imtiyozlarining mavjudligi; xorijiy investorlarning mulklari va ularning o`zlarini xavf-xatarlardan sug`urtaviy muhofaza qilish tizimini yaratilganligi. Download 77.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling