Mavzu: Xalqaro portfelli investitsiyalarni boshqarishning zamonaviy yo’llari Reja: Kirish


III.Bob.1. O’zbekiston Respublikasida investitsiyalarni jalb qilishning asosiy yo’nalishlari


Download 77.96 Kb.
bet7/12
Sana16.06.2023
Hajmi77.96 Kb.
#1499585
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Xalqaro portfelli investitsiyalarni boshqarishning zamonaviy yo’llari

III.Bob.1. O’zbekiston Respublikasida investitsiyalarni jalb qilishning asosiy yo’nalishlari
Davlatimiz mustaqillikka erishgan yillardan boshlab, bozor iqtisodiyotiga o`tishning o`ziga xos iqtisodiy rivojlanish yo`lidan bormoqda. Bu yo`lda investitsiya siyosatining ahamiyati juda katta. CHunki investitsiyalar iqtisodiyotda tarkibiy o`zgarishlar, texnik va texnologik yangilanishlar, korxonalarni qayta ta`mirlash ishlarini amalga oshirishni rag`batlantiradi, mamlakat eksport va import salohiyatini oshirishga imkon yaratadi. SHu jihatdan O`zbekiston Davlati o`z tuzilmaviy investitsiya siyosatini olib bormoqda. Tuzilmaviy investitsiya siyosati hududlar, tarmoqlar va korxona investitsiya siyosatlaridan tarkib topib, ular o`zaro bog`liqdir. Hududlar investitsiya siyosati investitsiyani sarflashda aholi, hudud va investor manfaatlarini hisobga olgan holda samarali ishlatishga imkon beruvchi hududda olib boriladigan chora-tadbirlar majmui. Tarmoq investitsiya siyosati esa bu mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishini ta`minlovchi tarmoqlar, sanoat mahsulotlarini eksport qilish, import o`rnini bosuvchi ishlab chiqarishni rivojlantirish, ilmiy-texnika taraqqiyotini investitsiya yo`li bilan qo`llab-quvvatlash hisoblanadi. Davlat tuzilmaviy investitsiya siyosatida yangi tarmoqlarni tashkil etish va rivojlantirish, aholining iste`mol tovarlari, ish joylarga bo`lgan talabini qisqa vaqt ichida yuqori darajada ta`minlashga erishish yo`lida quyidagi vazifalarga amal qilmoqda:
-Eskirgan ishlab chiqarishlarni sekin-asta muomaladan chiqarib tashlash;
-Mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo`llab-quvvatlash;
-To`lov qobiliyatiga ega bo`lgan va talabga mos holda ishlab chiqarish tuzilmalarini yaratish;
-Ishlab chiqarish resurslaridan va ilmiy-texnika salohiyatidan imkon qadar yuqori darajada foydalanishni ta`minlash;
-Mamlakatning ekologik va iqtisodiy xavfsizligini ta`minlash va uni kuchaytirish;
-Samarali, raqobatga asoslangan ishlab chiqarishlar, bozor infratuzilmasi, xizmat ko`rsatish soxasi va intellektual faoliyatlar rivojlanishini uyg`unlashtirish;
-Iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini rivojlantirish va yangi tarmoqlarni barpo etish;
-Aholining ish bilan bandligini va hamda iqtisodiy faolligini oshirish;
-Hududlar ijtimoiy infratuzilmasini to`liq shakllantirish
Tuzilmaviy investitsiya siyosatini olib borishda muhim strategiyalar ishlab chiqarilgan bo`lib, ularning mohiyati kichik iqtisodiy sub`ektlar rivojlanishini qo`llab-quvvatlashdan iborat. Mazkur ishlarni amalga oshirishda xorijiy investitsiyalarni jalb etish muhim ahamiyatga ega. Mamlakatimizda siyosiy barqarorlik, investitsiya muhitini juda qulayligixorijiy investorlar uzoq muddatli investitsiya loyihalarini tuzishda asos bo`lmoqda. Bundan tashqari, jalb etilgan chet el investitsiyalar va kreditlar uchun kafolatlar taqdim etish, soliy va bojxona ta`riflari bo`yicha imtiyozlar, zaem va foiz stavkalarini subsidiyalash kabi shart-sharoitlar yaratilmoqda, o`nlab qonuniy xujjatlar amal qilmoqda. Jumladan, xususiy investitsiyalarni iqtisodiyotning real sektoriga yanada jalb qilish maqsadida 2005 yil 11 aprelda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “To`g`ridan-to`g`ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni rag`batlantirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlari to`g`risida” Farmoni qabul qilindi. Bu farmonga binoan sanoatning alohida sohalaridagi korxonalar asosiy faoliyati bo`yicha daromad solig`i, mulk solig`i ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va hududlarni obodonlashtirish solig`i, ekologiya solig`idan, mikrofirmalar va kichik korxonalarga solinadigan yagona soliqdan, shuningdek, investitsiya miqdoriga qarab 3 yildan 7 yilgacha muddatda respublika yo`l jamg`armasi ajratmalardan ozod qilindi.
Hozirgi kunda mamlakatimiz iqtisodiyotiga chet el investitsiyalarini jalb etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ularni huquqiy himoya qilishning amaliy mexanizmiarini joriy etish va investitsion muhitni yanada yaxshilash iqtisodiy rivojlanish sohasidagi eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi.
Shu o’rinda “Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq va respublikaga to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun yanada qulay shart-sharoitlarni ta’minlash, xorijiy investitsiyalarni ishonchli huquqiy himoya qilishning amaliy mexanizmini barpo etish, mana shu asosda mamlakatdagi investitsiya muhitini yanada yaxshilash maqsadida 2003 yil 2-mayda 205-son “To’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni huquqiy himoya qilishni kuchaytirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” gi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining alohida qarori qabul qilinganligini aytib o’tish joizdir.
О’zbekiston iqtisodiyoti bugun jahon iqtisodiyotining ajralmas qismiga aylandi. Mamlakatimiz eksport salohiyati yildan-yilga oshmoqda, tashqi bozorlarga xomashyo emas, yuqori qo’shimcha qiymatga ega tayyor mahsulotlar yetkazib berilmoqda. O’zbekiston sanoatini rivojlantirish bo’yicha belgilangan ustuvor yo’nalishlar amalga oshirilayotgan investitsiya siyosati bilan bevosita bog’liqdir. O’zbekistonda investorlar uchun qulay investitsiya muhiti, imtiyozlar va preferensiyalar tizimi yaratilgan. Iqtisodiyotimizga jalb etilayotgan xorijiy investitsiyalar oqimining yildan-yilga ko'payib borayotgani ham shundan dalolat beradi.
Mamlakatimizning investitsion jozibadorligi keng ko’lamli sotish bozorlarining mavjudligi, Yevroosiyoning investitsion hamda savdo-iqtisodiy hamkorlik istiqbollarini belgilab beruvchi multimodal kommunikatsiya tizimiga integratsiyalashgan transport infratuzilmasining rivojlangani bilan ham bog’liq. O’zbekistonga investitsiya kiritayotgan xorijiy kompaniyalar beshta yirik va jadal rivojlanib borayotgan bozor- 300 milliondan ortiq kishi savdo-sotiq qiladigan bozorlarga ega MDH mamlakatlari, Markaziy va Sharqiy Yevropa, Janubiy hamda Janubi-sharqiy Osiyo, Yaqin Sharq davlatlariga chiqish imkoniga ega bo’lmoqda. Xalqaro investitsiya huquqining asosiy qoidalari, jumladan, xorijiy investorlar huquqlarini kafolatlash, investorlarga muayyan preferensiyalar taqdim etish to’g’risidagi qoidalar va boshqalarni o’zida mujassam etgan. O’zbekiston Respublikasining investitsiya qonunchiligi MDH mamlakatlari qonunchilik tizimida yetakchi o’rinlardan birini egallaydi. “Xorijiy investitsiyalar to’g’risida”gi, “Investitsiya faoliyati to’g’risida”gi, “Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to‘g‘risida”gi qonunlar, shuningdek, davlatimiz rahbarining va hukumatimiz qarorlari shaklida qabul qilinayotgan qator me’yoriy-huquqiy hujjatlar O’zbekiston Respublikasida xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni huquqiy jihatdan tartibga solishda mustahkam asos bolib xizmat qilmoqda.
Jumladan, yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarni rivojlantirishga to’g’ridan-to’g’ri qo‘yilmalar kiritayotgan xorijiy investorlar uchun maksimal darajada qulay investitsiya muhitini yaratish. ishlab chiqarishlarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash bo’yicha loyihalarni amalga oshirish uchun xorijiy investitsiyalar jalb etilishini rag’batlantirish, shuningdek, xorijiy investorlar bilan ishlashdagi turli byurokratik g’ovlar va to’siqlarni bartaraf etish, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar faoliyatiga davlat va nazorat idoralari tomonidan noqonuniy aralashuvlarga yo’l qo’ymaslik maqsadida 2012-yilning 10-aprelida Prezidentimiz Islom Karimovning “To’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar jalb etilishini rag’batlantirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi farmoni qabul qilindi.Mamlakatimizda samarali qonunchilik bazasi yaratilgani tufayli iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarida xorijiy investitsiyalar ishtirokida 4,2 mingdan ziyod korxona tashkil etilib, muvaffaqiyatli faoliyat ko’rsatmoqda.
Xorijiy investitsiyalar qo`shma korxonalarda o`z hissasi bilan katnashib, xorijiy investorlarga to`liq tegishli bo`lgan korxonalarni yaratish, xususiylashtirishda katnashish, xorijiy sheriklar bilan bank tuzish, qimmatbaho qog`ozlarni sotib olishi, er va boshqa tabiiy resurslardan foydalanish huquqiga ega bo‘lishi, erkin iqtisodiy hududlarda faoliyat olib borishlari mumkin.
1. Iqtisodiy omillar:
- ishlab chiqarishning rivojlanishi va iqtisodiy o‘sish sur`atlarining bir maromda ushlab turilishi;
-jahon va aloxida mamlakatlar iqtisodiyotida chuqur tarkibiy siljishlarning amalga oshirilishi (ayniksa, fan-texnika tarakkiyoti yutuklari va jahon xizmatlar bozori tarakkiyoti ta`siri ostida olib borilishi);
- ishlab chiqarishni xalqaro ixtisoslashuvi va kooperatsiyalashuvining chuqurlashuvi;
- jahon iqtisodiyotini transmilliylashtirilishini o`sib borishi (AKSH Transmilliy korporatsiya (TMK)lari xorijiy filiallarining mahsulot ishlab chiqarish hajmi AQSH tovar eksportidan 4 marotaba ortiqdir);
-ishlab chiqarishning baynalminallashuvi va integratsiya jarayonlarining chuqurlashib borishi;
- xalqaro iqtisodiy munosabatlar (XIM)ning faol rivojlanishi va boshq.

  1. Siyosiy omillar:

-kapital eksporti (importi)ni erkinlashtirish (Erkin iqtisodiy hududlar (EIX), offshor hududlari va boshq.);
-rivojlanayotgan mamlakatlarda industirlashtirish siyosatini olib borish;
-iqtisodiy isloxotlarni olib borish (davlat korxonalarini xususiylashtirish, xususiy sektorni va kichik biznesni qo`llab-quvvatlash);
-bandlik darajasini ushlab turish siyosatini olib borish va boshqalar

Download 77.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling