Mavzu: Xalqaro portfelli investitsiyalarni boshqarishning zamonaviy yo’llari Reja: Kirish


Download 77.96 Kb.
bet2/12
Sana16.06.2023
Hajmi77.96 Kb.
#1499585
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Xalqaro portfelli investitsiyalarni boshqarishning zamonaviy yo’llari

Kurs ishining maqsadi: Mamlakatimizning investitsion faoliyati va iqtisodiyotimizni rivojlantirishda xorijiy investitsiyalarning tutgan o‘rni, xalqaro portfelli investitiyalarni boshqarishning zamonaviy yo’llarini o’rganish.
Kurs ishining vazifasi: Qo‘yilgan maqsadga erishish quyidagi vazifalarning yechimi bilan bog‘liq:
- Milliy iqtisodiyotda chet el kapitalining ahamiyati va uni jalb qilish sabablarini o‘rganish;
- Mamlakatimizda yaratilgan investitsion muhit bilan tanishish;
- Respublikamiz makroiqtisodiy investitsion faoliyati statistik ko‘rsatkichlari bilan tanishish va ularni tahlil qilish;
- Mamlakatimizning xalqaro moliya institutlari va rivojlanish tashkilotlari bilan hamkorligi va istiqboldagi rejalarini o‘rganib chiqib, tahlil qilish;
- Xalqaro portfelli investitsiyalarni zamonaviy boshqarish yo’llarini o’rganish.
Kurs ishining ob’ekti: Bitiruv malakaviy ishining ob`ekti etib "Xalqaro portfelli investitsiyalarni boshqarishning zamonaviy yo’llari hisoblanadi.
Kurs ishining predmeti: Investitsion faoliyatga kirishish va uni amalga oshirish jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy va siyosiy munosabatlar.
Kurs ishining nazariy va uslubiy asoslari: O`zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident Farmonlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, I.A.Karimov asarlari, vatanimiz va xorijiy olimlarning ilmiy ishlari va maqolalari.Mazkur ilmiy tadqiqotlar ushbu muammolar bo`yicha Davlat Statistika Qo`mitasining statistika ma`lumotlaridan foydalanildi.

Kurs ishi kirish, uchta bob, xulosa, foydanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan va ilovalardan iborat.




I.Bob. Xorijiy investitsiyalarni iqtisodiy mohiyati va iqtisodiyotga jalb qilishning obektiv zarurligi
1. Xorijiy investitsiyalarning mazmuni va mohiyati
Investitsiyalar – bu hali buyumlashmagan, lekin ishlab chiqarish vositalariga qo`yilgan kapital. O`zining moliyaviy shakliga ko`ra, ular foyda olish maqsadida xo`jalik faoliyatiga qo`yilgan aktivlar hisoblansa, iqtisodiy xususiyatiga ko`ra, u yangi korxonalar qurishga, uzoq muddatli xizmat ko`rsatuvchi mashina va asbob uskunalarga hamda shu bilan bog`liq bo`lgan aylanma kapitalning o`zgarishiga ketgan harajatlardir. Investitsiyalar xususiy sektor va davlat tomonidan mamlakat ichkarisida va uning tashqarisida turli ishlab chiqarishlarga va qimmatbaho qog`ozlarga (aktsiyalar, obligatsiyalar) qo`yilishi mumkin.
Xorijiy investitsiyalar - bu chet el investorlari tomonidan yuqori darajada daromad olish, samaraga erishish maqsadida mutloq boshqa davlat iqtisodiyotining, tadbirkorlik va boshqa faoliyatlariga safarbar etadigan barcha mulkiy, moliyaviy, intellektual boyliklaridir. Xorijiy investitsiyalari ichki investitsiyalardan farqli holda tashqi moliyalashtirish manbaiga kiradi. Xorijiy investitsiyalarning ichki investitsiyalardan farqi shundaki, ularda investor boshqa mamlakat fuqarosi buladi. Iqtisodiy mazmuniga ko`ra xorijiy investitsiyalar ssuda kapitali (ya`ni qarz va kredit), xamda bevosita va portfel’ investitsiyalarga bulinadi. Investitsiyalar nimaga yunaltirilganligi ular kaysi xorijiy investitsiya turiga kirishini belgilaydi.
Xorijiy investitsiyalar qo`shma korxonalarda o`z xissasi bilan katnashib, xorijiy investorlarga to`liq tegishli bo`lgan korxonalarni yaratish, xususiylashtirishda katnashish, xorijiy sheriklar bilan bank tuzish, qimmatbaxo qog`ozlarni sotib olishi, er va boshka tabiiy resurslardan foydalanish xuquqiga ega bulishi, erkin iqtisodiy hududlarda faoliyat olib borishlari mumkin.
Chet el investitsiyalari ichki investitsiyalardan farqli holda tashqi moliyalashtirish manbaiga kiradi. Ular milliy iqtisodiyotga chetdan, ularning kelishini ragʻbatlantirgan holda jalb qilinadi. Lekin chet el kapitalini jalb qilishning hamma shakllari ha moliyalashtirishning tashqi manbai bulmasligi mumkin. Bu birinchi navbatda foiz to'lovlari bilan qaytarishni talab etadigan kreditlar va qarzlarga taaluqli. Chunki, chet el kreditlari va xalqaro moliya institutlari qarzlari maʼlum vaqt o'tgach asosiy qarz bilan birga belgilangan foizlarining qaytarilishini talalb etadi. Chetdan jalb etiladigan xorijiy investitsiyalar bilan chet eldan kiritiladigan kreditlarninig o'ziga xos farqlari mavjuddir. Bu borada xorijiy investitsiyalar risklar doirasi bilan chet el kreditlari risklari kengligi farqlanadi.
O'zbekiston qonunchiligida „Chet el investitsiyalari toʻgʻrisida“ gi Qonunga koʻra Oʻzbekiston Respublikasida chet ellik investorlar quyidagilar boʻlishi mumkin: 

  • chet el davlatlari, chet el davlatlarining maʼmuriy yoki hududiy organlari; 

  • davlatlararo bitimlar yoki boshqa shartnomalarga muvofiq tashkil topgan yoki xalqaro ommaviy huquq subʼektlari boʻlgan xalqaro tashkilotlar; 

  • chet el davlatlarining qonun hujjatlariga muvofiq tashkil topgan va faoliyat koʻrsatib kelayotgan yuridik shaxslar boshqa har qanday shirkatlarlar, tashkilotlar yoki uyushmalar; 

  • chet el davlati fuqarolari boʻlmish jismoniy shaxslar, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar va chet ellarda doimiy yashaydigan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari. 

O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida xorijiy investistiyalarni jalb qilish bo‘yicha davlat siyosati respublika iqtisodiyotining ustuvor tarmoqlarida tuzilmaviy o‘zgarishlarning kuchli quroli bo‘lib hisoblanadi.
O‘zbekiston respublikasi Prezidenti I.A.Karimov,-―Iqtisodiyotimizda tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish va uni modernizastiya qilish, eksport rivoji, import o‘rnini bosadigan mahsulotlar ishlab chiqarishni ta‘minlashning muhim sharti bo‘lgan xorijiy investistiyalar, avvalobor, xususiy sarmoyalarni jalb etish, buning uchun tegishli investistion muhit va investorlar uchun kafolatlar yaratish bu borada, ayniqsa, katta ahamiyatga ega‖ - degan edi.
So‘nggi yillarda O‘zbekiston iqtisodiyotida chet el investistiyalarining hissasi oshib bormoqda. Agar 1993 yilda chet el investistiyalar umumiy kapital qo‘yilmalar hajmining faqat 0,8 %ini tashkil etgan bo‘lsa, 2013 yilda bu ko‘rsatkich 20,3 %ni tashkil etgan edi. O‘zbekiston Respublikasida mustaqillik yillarida qulay investistion muhit yaratilib, xorijiy investorlar uchun keng huquqiy kafolatlar va imtiyozlar tizimi ishlab chiqilgan. Bundan tashqari chet el investistiyalar ishtirokidagi korxonalar faoliyatini rag‘batlantirish bo‘yicha yaxlit chora-tadbirlar tizimi ishlab chiqilgan bo‘lib, u o‘z ichiga quyidagilarni oladi:
- umumiy choralar, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Davlat investistion dasturiga kiritilgan loyihalar uchun imtiyozlar;
- xususiylashtirish jarayonida xorijiy investorlar ishtirokini rag‘batlantirish;
- texnik – texnologik qayta jihozlash, xalq iste‘moli mollarini ishlab chiqarilishini rag‘batlantirish.
O‘zbekiston Respublikasining qulay investistion muhiti qabul qilingan bir qator huquqiy hujjatlarga - “Xorijiy investorlarning huquqlarini himoyalash kafolatlari va choralari to‘g‘risida”, “Chet el investistiyalari to‘g‘risida”‖, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Chet el investistiyalari ishtirokidagi korxonalarga beriladigan qo‘shimcha rag‘batlantirishlar va imtiyozlar to‘g‘risida”‖, “Chet el investistiyalari ishtirokidagi korxonalar mahsuloti eksportini rag‘batlantirish bo‘yicha qo‘shimcha choralar to‘g‘risida”gi Farmonlari va qonunlariga asoslanadi. Shuni ta‘kidlab o‘tish zarurki, “Xorijiy investorlarga kafolatlar to‘g‘risida”‖gi qonunda shuningdek chet el investistiyalarini ular kiritilgan vaqtdan boshlab 10 yil mobaynida qonunchilikda investistiyalash sharoitlarini yomonlashtiruvchi o‘zgartirishlardan himoyalash ishlari nazarda tutilgan.Respublikada ko‘p ukladli xo‘jalik iqtisodiyotni shakllantirish sharoitida investistion faoliyatni davlat tomonidan tartibga solishning asosiy vazifalar quyidagilardan iborat:
-ijtimoiy va hususiy manfaatlarni;
-ayrim mamlakatlarni, korporastiyalarni, xalqaro moliya institutlarini,
-investorlar manfaatlarini to‘g‘ri aniqlash;
-ularning o‘zaro maqbul nisbatlarini to‘g‘ri aniqlash;
-ularning huquqiy sharoitlari va kafolatlarini belgilashva boshqalar.
Ma‘lumki, chet ellik investorlar o‘z investistiyalarini kiritish to‘g‘risida qaror qabul qilar ekan, birinchi navbatda o‘zlarining manfaatlari va maqsadlarini hisobga oladi. O‘zbekistonda chet el investistiyalari davlat tomonidan qonun yo‘li bilan himoya qilinadi. Investistiyalashning huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy asoslari ishlab chiqilgan halqaro shartnomalarning tamoyillariga muvofiq belgilangan O‘zbekiston Respublikasi hukumati iqtisodiyotda, ayniqsa uning ustuvor tarmoqlarida sanoatlashtirish va zamonaviylashtirish borasidagi siyosatni amalga oshirishda bevosita xorijiy investistiyalarni rag‘batlantirish siyosatini yoqlaydi. Qulay investistion iqlim mamlakat tarmoqlarida tuzilmaviy o‘zgarishlarni tez amalga oshishiga, xorijiy investistiyalar hajmi oshishiga yordam bermoqda.
O‘zbekistonda investistion siyosatning rivojlantirishni asosiy omillaridan biri – Davlatning investiston dasturidir. Ushbu dasturning asosiy maqsadi investirlarni manfaatlari va intilishlarini muvofiqlashtirish va shuningdek ular uchun imtiyozli rejimlar joriy etilgan sohalarni aniqlashga qaratilgan. Mamlakatimizdagi investistiya jarayonlarining takomillashib borayotganligi namoyon etuvchi yana bir jihat–davlat byudjetidan moliyalashtirish tarkibidagi nisbatlarning sezilarli darajada o‘zgarib borayotganligi hisoblanadi.
Investistiya jarayonlariga davlat byudjetidan moliyalashtirilgan mablag‘‘lar dinamikasi shuni 23 ko‘rsatadiki, agar 2005 yilda davlat byudjetdan moliyalashtirilgan mablag‘‘larning 36,2% respublika byudjeti, 63,8% mahalliy byudjet hisobiga ta‘minlangan bo‘lsa, 2009 yilda bu nisbat tegishli ravishda 35,5% va 64,5% ni tashkil etishi ko‘zda tutilmoqda. Bu esa investistiya jarayonlarini moliyalashtirishda mahalliy byudjetlarning ishtiroki va roli kengayib borayotganligini ko‘rsatadi.
Milliy iqtisodiyotni rivojlantirishda xorijiyinvestistiyalarning ahamiyati benihoyat katta bo‘lib, u quyidagilar bilan izohlanadi:
- birinchidan, xorijiy investistiyalar ishlab chiqarishga zamonaviytexnika va texnologiyalarni joriy etib,eksportga mo‘ljallangan mahsulotlarni ishlab chiqarishni rivrjlantiradi;
- ikkinchidan, import o‘rnini bosuvchi tovar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish va buning uchun xorijiy investistiyalarni iqtisodiyotning ustuvor sohalariga yo‘naltirish va pirovardida aholining me‘yordagi turmush darajasini ta‘minlash imkonini yaratadi;
- uchinchidan, kichik biznesni rivojlantirish va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini jadallashtirish orqali o‘sib borayotgan aholini ish joylari bilan ta‘minlaydi;
- to‘rtinchidan, korxonalarning eskirgan ishlab chiqarish quvvatlarini, moddiy-texnik bazasini yangilaydi va texnik qayta qurollantiradi.

Download 77.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling