Mavzu: Xalqaro savdo nazariyasi. Tashqi savdo siyosati


Download 142.25 Kb.
bet1/3
Sana17.06.2023
Hajmi142.25 Kb.
#1531989
  1   2   3
Bog'liq
Xalqaro savdo nazariyasi. Tashqi savdo siyosati.

Mavzu:Xalqaro savdo nazariyasi. Tashqi savdo siyosati.


61-21 guruh o’quvchisi
G’aniyev Dostonbek
REJA
Xalqaro savdoning zaruriyati, rivojlanish bosqichlari va asosiy koʻrinishlari
A.Smitning mutlaq ustunlik nazariyasi
Rikardoning nisbiy ustunlik nazariyasi
Tashqi savdo siyosatining mohiyati va
vositalari
Jahon xoʻjaligi rivojlanishining oʻziga xos xususiyatlaridan biri - bu xalqaro iqtisodiy munosabatlarning intensiv rivojlanib borishi hisoblanadi. Bu mamlakatlar, mamlakatlar guruhi, alohida firma va korxonalar oʻrtasida savdo-iqtisodiy aloqalarning kengayishi tobora chuqurlashuvi bilan izohlanadi. Ushbu holatni xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi, xoʻjalik hayotining globallashuvi, milliy iqtisodiyot ochiqligining kuchayishi, mamlakatlarning iqtisodiy integratsiyalashuvi va hududiy xalqaro iqtisodiy aloqalar strategiyasining chuqurlashib borayotganligida koʻrish mumkin.
Xalqaro savdo oʻzining rivojlanish bosqichlariga ega boʻlib, har bir bosqich oʻz tarixiy xususiyatlari bilan ajralib turadi:
tashqi savdo aloqalarining lokal darajada shakllanish bosqichi – (VI–XIII asrlar) Oʻrta yer dengizidan Sharqqa tomon xalqaro savdo yoʻllarining vujudga kelishi;
tashqi savdo aloqalarining mintaqaviy darajada shakllanish bosqichi – (XII–XV asrlar) tashqi savdo aloqalarining Oʻrta yer, Boltiq va Shimoliy dengizlarida konsentratsiyalashuvi;
tashqi savdo aloqalari globallashuvining boshlanish bosqichi – (XV–XVII asrlar) Buyuk geografiya kashfiyotlari tufayli xalqaro savdo yoʻllarining Atlantika, Hind va Tinch okeanlariga koʻchishi;
tashqi savdo aloqalarining intensivlashuv bosqichi – (XVIII–XIX asrlar) sanoat toʻntarishi, Gʻarbiy Yevropa va AQSh iqtisodiyotining industirlashtirish jarayoni bilan bogʻliq;
tashqi savdo aloqalarining militarizatsiyalashuv bosqichi – (XIX oxiri – XX asr boshi) Birinchi va Ikkinchi jahon urushlari bilan bogʻliq;
integratsion bloklar va birlashmalarning tashqi savdo munosabatlariga faol ta’sir etish bosqichi – ( XX asrning oʻrtasi va ikkinchi qismi);
tashqi savdo aloqalari globallashuv jarayonlarining zamonaviy bosqichining shakllanishi va jahon bozorining vujudga kelishi.
ilm-fan va texnika taraqqiyoti ta’sirida mahsulot hamda xizmatlar savdosi hajmining keskin ortishi;
xalqaro savdo rivojlanayotgan mamlakatlar salmogʻining qisqarishi;
ilm-fan va texnika taraqqiyoti ta’sirida jahon eksportining tovar tarkibidagi ilm-fan sigʻimkorligi yuqori boʻlgan mahsulot va xizmatlar ulushining ortishi;
tashqi savdo aylanmasining jon boshiga baholangan qiymatining notekis taqsimlanishi;
yangi tarmoq va ishlab chiqarishning vujudga kelishi;
qator mamlakatlarning ayrim mahsulotlar importiga bogʻliqligining ortishi;
tashqi bozorda ortiqcha mahsulotni sotish kabi sodda shaklining turli mamlakat korxonalari oʻrtasidagi hamkorlik aloqalari asosida avvaldan kelishilgan holda mahsulotni yetkazib berish shakliga oʻtilishi.
Xalqaro savdoning zamonaviy xususiyatlari quyidagilar hisoblanadi:
mahsulotlarni ayirboshlash: yoqilgʻi, xomashyo mahsulotlari, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari, sanoat mahsulotlari;
xizmatlarni ayirboshlash: muhandislik-maslahat xizmatlari;
transport xizmatlari, sayyohlik va boshqa xizmatlar. Hozirgi vaqtda xizmatlarning jahon eksportidagi hissasi 30 foizdan oshib ketdi;
yangi ilmiy-texnik ma’lumotlarni ayirboshlash: litsenziyalar va «nou-xou»lar. Ular hissasiga xalqaro savdo aylanmasining 10 foiziga yaqini toʻgʻri keladi.
Tashqi savdo xalqaro ayirboshlashning an’anaviy shakli sifatida quyidagi koʻrinishlarni oʻz ichiga oladi:


Download 142.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling