Mavzu: Xalqaro savdo nazariyasi. Tashqi savdo siyosati


Download 142.25 Kb.
bet2/3
Sana17.06.2023
Hajmi142.25 Kb.
#1531989
1   2   3
Bog'liq
Xalqaro savdo nazariyasi. Tashqi savdo siyosati.

Eksport operatsiyasi

mahsulotlarni chet mamlakatlarga chiqarish.

Import operatsiyasi

mahsulotni xorijiy sherikdan sotib olish va uni mamlakatga olib kelish.

Reeksport operatsiyasi

avval import qilingan va qayta ishlov berilmagan mahsulotni chet elga olib chiqib sotish.

Reimport operatsiyasi

avval eksport qilingan va u yerda qayta ishlov berilmagan mahsulotni chet elda sotib olish va mamlakatga olib kelish.

Xalqaro savdo mahsulotlari, xizmatlar va fan-texnika ma’lumotlarini ayirboshlashning barcha koʻrinishlari tashqi savdo operatsiyalari yordamida amalga oshiriladi. Ular oʻz navbatida eksport, import, reeksport va reimport operatsiyalariga boʻlinadi.
A. Smit qarashlariga muvofiq;
davlat tashqi savdoga aralashishi kerak emas va mamlakat erkin savdo rejimiga rioya qilishi lozim;
mamlakatlar ishlab chiqarishda afzallikka ega boʻlgan tovarlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashishlari kerak va bu tovarlarni boshqa mamlakatlar afzallikka ega boʻlgan tovarlar bilan ayirboshlashi kerak;
tashqi savdo milliy bozorlarni boshqa mamlakatlar hisobiga kengaytirish orqali mehnat unumdorligining oʻsishini ta’minlaydi;
eksport mamlakat iqtisodiyoti uchun ijobiy omil hisoblanadi, chunki u ichki bozorda sotilmagan ortiqcha mahsulotlarni xorijga sotish imkonini beradi;
eksport subsidiyalari ichki soliqlar hisobidan moliyalashtiriladi va ichki narxlarning oshishiga olib keladi. Shuning uchun ularni bekor qilishi kerak.
D. Rikardo A. Smitning “Mutlaq ustunlik” nazariyasini yanada mulohaza qilish natijasida ushbu nazariya umumiy qoidaning bir qismi ekanligini isbotlab berdi. D. Rikardo “Siyosiy iqtisodning boshlanishi va soliqlar” nomli asarida klassik nazariyani boshi berk koʻchadan olib chiqadi. Uning fikricha, mamlakatlar ishlab chiqarish samaradorligini ta’minlashda yoki koʻproq ustunlikka ega boʻlgan yoxud kamroq zaiflikka ega boʻlgan mahsulot ishlab chiqarish va sotishga ixtisoslashsalar maqsadga muvofiq boʻladi. Bunday vaziyatlarda ikki mamlakat oʻrtasidagi savdo koʻproq imkoniyatlar olib keladi. Har bir mamlakat oʻzi ixtisoslashgan mahsulotlarni ishlab chiqaradi va shu orqali yutuqlarga erishadi. Uning mulohazalari “Nisbiy ustunlik nazariyasi”da oʻz yechimiga ega boʻldi.

Download 142.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling