Mavzu: xalqaro savdo, uning turlari va tartibga solish mexanizmini
Download 41.22 Kb.
|
fgfgfg
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xulosa. Foydaanilgan adabiyotlar. Kirish
MAVZU: XALQARO SAVDO, UNING TURLARI VA TARTIBGA SOLISH MEXANIZMINI Reja: Kirish Xalqaro savdoning mazmuni va zaruriyati Xalqaro savdo turlari Xalqaro savdoni tartibga solish shakllari Xalqaro savdoni tartibga solishda Xalqaro tashkilotlarning o'rni Xulosa. Foydaanilgan adabiyotlar. Kirish Xalqaro savdo — bu turli davlat-milliy xoʻjaliklari oʻrtasidagi tovar va xizmatlarning ayirboshlash jarayonidir. Xalqaro savdo qadimdan mavjud boʻlsada, faqat XIX asrga kelib, yaʼni deyarli barcha rivojlangan mamlakatlar xalqaro savdo aloqalarida ishtirok eta boshlashi bilan jahon bozori shakliga kirdi. Xalqaro savdo tashqi savdo aylanmasi, eksport va import, savdo balansi kabi koʻrsatkichlar bilan tavsiflanadi. Xalqaro savdo va hamkorlik ko‘pchilik mamlakatlarga yuqori foyda ko‘rishiga asos bo‘lib kelmoqda, masalan bugungi kunda rivojlanayotgan mamlakatlar rivojlangan mamlakatlarga va o‘tish iqtisodiyoti mamlakatlariga har xil turdagi Tovar va xizmatlar eksport qilmoqda. Bugungi kunda rivojlanayotgan mamlakatlar ichidan Xitoy va Hindiston asosan xalqaro savdoda uushi keskin oshib borayotgan mamlakatlardan hisoblanadi. Xalqaro savdoning yana bir afzallik tomoni shundaki, ko‘plab mamlakatlardagi kambag‘allik muammosini qisqartirishga yuqori axamiyat kasb etayotganidir. Hindistonda 60-70-yillarda kambag‘allik atigi 1%ga ham qisqarmagan, ma‘lum vaqtlardan so‘ng globalizatsiya va integratsiya yordamida ishlab chiqarish xizmat ko‘rsatish talim va boshqa barcha soxalarda o‘sish kuzatiladi. Xalqaro hamkorlikning kuchayishi natijasida yaxshiroq ta‘lim va sog‘lik tizimini yo‘lga qo‘yish imkoni paydo bo‘ladi. Bugungi kunda xalqalaro savdo aloqalar tobora chuqurlashib bormoqda ayniqsa bu borada rivojanayotgan mamlakatlarning ulushi oshib bormoqda. Bizga malumki tashqi savdo o‘sishi bilan jahon iqtisodi ham rivojlanadi. Export jihatdan qaraganda rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar ikkalasi ham faqat kichikroq hajmda ijobiy o‘sishga erishadi (rivojlangan mamlakatlar 1.5% va rivojlanayotgan mamlakatlar3.3 % mos ravishda). 2013-yilda, dollar qiymatidagi tovarlar eksporti 2.8% ga o‘sdi va 18.8 trln dollarni tashkil qildi; Bu davrda savdo xizmatlari eksporti 5.5%ga o‘sdi va bu 4.6 trln dollarni tashkil qildi. Xalqaro savdo trendlari. Bugungi kunda transport va axborot komunikatsiya almashinuvi narxida sezilarli pasayish kuzatildi, xalqaro savdo sistemasida geosiyosat hal qiluvchi axamiyat kasb etadi. So‘nggi 30-yil mobaynida tovarlar va savdo xizmatlari yiliga o‘rtacha 7% ga o‘sdi va mos ravishda o‘zinig eng yuqori nuqtalari 18 trln dollar va 4 trln dollarga yetdi. 1980 va 2011 - yillarda rivojlanayotgan mamlakatlar dunyo export-importi ulushida sezilarli o‘sish kuzatildi; Duynyo exportidagi ulushi 34% dan 47% ga yetdi. Dunyo importidagi ulushi esa 29% dan 42% ga o‘sdi, ushbu o‘sish ko‘rsatkichlarida Osiyo mamlakatlari o‘suvchi rolnin o‘ynamoqda; So‘nggi bir nechta o‘n yillikda jahon savdosi sal kam ikki barobarga o‘sdi. Xalqaro savdo xalqaro iqtisodiy munosabatlarning eng rivojlangan va keng tarqalgan shakli hisoblanadi. U zamonaviy tashqi siyosiy manfaatlar va dunyo mamlakatlarining muammolarida muhim o'rin tutadi. Shuning uchun uning mohiyatini, rivojlanish dinamikasini va zamonaviy tuzilishini o'rganish davlatni rivojlantirish dasturlarining tashqi siyosatini belgilashning muhim elementi bo'lib, uning dolzarbligini tasdiqlaydi. Shundan kelib chiqqan holda, biz ushbu kurs ishining xalqaro savdo haqidagi ma'lumotlarni to'plash, tizimlashtirish va tahlil qilishdan iborat bo'lgan quyidagi maqsadini shakllantirishimiz mumkin. Men deyarli ushbu mavzuni o'rganib chiqdim va bundan keyin ham o'rganaman. Bu tashqi savdo bilan bog'liq bo'lgan alohida tashkilotlarning ishlashi uchun zarur shartdir, shuningdek har bir davlatning tashqi siyosatini amalga oshirish va rivojlanishning o'rta va uzoq muddatli dasturlarini ishlab chiqishdagi faoliyati. Shuning uchun xalqaro savdoning holatini kuzatish, shuningdek prognozlash va rejalashtirish jarayonlari to'xtamaydi.1 1. Xalqaro savdoning mazmuni va zaruriyati Hozirgi zamon iqtisodiyotining ochiqlik darajasi, ya’ni mamlakatlarning ixtisoslashuvi va ular o’rtasida kooperatsiya chuqurlashib bormoqda. Mamlakatlar o’z iqtisodiyotini rivojlantirish, iqtisodiy muammolarni hal qilish borasida tadbirlar ishlab chiqish va ularni amalga oshirishda bu holatlarni etiborga olishi shart. Jahon savdosi tashqi iqtisodiy aloqalarning asosiy shaklidir. Uning kengayishi va chuqurlashuvi natijasida kaiitalni chetga chiqarish imkoniyatlari yuzaga keldi va unga bog’liq ravishda xalqaro moliya-valyuta, kredit munosabatlari rivojlandi.Tashqi savdoning vujudga kelishi ikki muhim ob’ektiv sabab bilan izohlanadi. Birinchidan, bu tabiiy va xom ashyo resurslarining mamlakatlar o’rtasida notekis taqsimlanganligi. Eng katta hududga ega bo’lgan yoki rivojlangan davlatlar ham barcha resurslar bilan o’zini to’liq ta’minlay olmaydi. Ular o’zlarida ortiqcha bo’lgan resurslarni eksport qilishga va mamlakatda taqchil bo’lgan resurslarni import qilishga majburlar. Xalqaro savdo rivojlanishining zarurligini belgilovchi ikkinchi muhim sabab shundaki hamma mamlakatlar ham barcha turdagi mahsulotni bir xil samaradorlik bilan ishlab chiqara olmaydi. Ya’ni bir tovar Yaponiyada arzon ishlab chiqarilsa, ikkinchi tovar O’zbekistonda arzon ishlab chiqarilishi mumkin. Shu sababli resurslardan samarali foydalanish maqsadida mamlakatlar ixtisoslashadilar va o’zaro savdo-sotiqni yo’lga qo’yadilar. 2 Bu ikki ob’ektiv sabab har qanday milliy iqtisodiyotning takror ishlab chiqarishi jarayonida xalqaro savdoning ahamiyatini aniqlaydi. 2012 yilda xalqaro savdo hajmi jahon miqyosida yalpi ichki mahsulotning real hajmiga nisbatan olinganda 50 foizga yaqinni tashkil etdi. Shu davrda O’zbekiston real yalpi ichki mahsulotida tashqi savdo, ya’ni tashqi savdo aylanmasining ulushi 62,4 foiz atrofida bo’ldi. Tashqi savdo xalqaro ayirboshlashning an’anaviy shakli sifatida quyidagi ko’rinishlarni o’z ichiga oladi: mahsulotlarni ayirboshlash: yoqilg’i-xom ashyo mahsulotlari, qishloq xo’jaligi mahsulotlari, sanoat mahsulotlari; xizmatlarni ayirboshlash: muxandislik-maslahat xizmatlari; transport xizmatlari, sayyohlik va boshqa xizmatlar. yangi ilmiy-texnik ma’lumotlarni ayirboshlash: litsenziyalar va «nou-xou»lar. Xalqaro savdo mahsulotlari, xizmatlar va fan-texnika ma’lumotlarini ayirboshlashning barcha ko’rinishlari tashqi savdo operatsiyalari yordamida amalga oshiriladi. Ular o’z navbatida eksport, import, reeksport va reimport operatsiyalariga bo’linadi. Eksport operatsiyasi - mahsulotlarni chet mamlakatlarga chiqarish. Import operatsiyasi - mahsulotni xorijiy sherikdan sotib olish va uni mamlakatga olib kelish. Reeksport operatsiyasi - avval import qilingan va qayta ishlov berilmagan mahsulotni chet elga olib chiqib sotish. Reimport operatsiyasi - avval eksport qilingan va u erda qayta ishlov berilmagan mahsulotni chet elda sotib olish va mamlakatga olib kelish. Shu paytga qadar yuzaga kelgan barcha xalqaro savdo nazariyalari xalqaro savdoni erkinlashtirish barcha mamlakatlar uchun foyda keltiradi degan fikrni ilgari suradi. Erkin tashqi savdoning zarurligi va foydaliligi to’g’risida dastlabki nazariyalardan biri A.Smitning mutlaq afzallik nazariyasidir. Bu nazariyaga ko’ra har bir mamlakat undagi mavjud sharoitlar va resurslar o’ziga xosligiga tayangan holda ma’lum bir tovarni eng kam xarajatlar hisobiga (yoki vaqt birligida bu tovarni eng ko’p) ishlab chiqarish imkoniyatiga ega. 3Shunday ekan mamlakat mutlaq afzallikka ega bo’lgan tovar ishlab chiqarishga ixtisoslashadi va ushbu tovarning o’z iste’molidan ortiqcha qismini sotadi hamda boshqa tovarlarni sotib oladi. Chunki bu tovarlar ularni ishlab chiqarishda mutlaq afzallikka ega bo’lgan davlatlarda ancha arzon ishlab chiqarilgan bo’ladi. Natijada har ikki davlat ham kam resurs sarflab ko’proq mahsulotga ega bo’ladi. Masalan, O’zbekiston asosan paxta mahsulotlarini etishtirishga ixtisoslashganligi uchun boshqa mahsulotlarga nisbatan ko’prots shunga e’tiborni qaratish lozim. Chunki, O’zbekiston qishloq xo’jaligi, ob-havosi va qolavsrsa, butun respublika sharoiti paxta etishtirishga moslashgan va unga kam miqdorda mehnat va moliyaviy resurslarni sarf qilib, yuqori hosil olish texnologiyasiga ega. Shuningdek, boshqa mamlakatlar ham o’zi ixtisoslashgan sohaga ko’proq e’tiborni qaratishsagina dunyo bo’yicha ko’proq mahsulot ishlab chiqariladi va xalqaro savdoda ham katta muvaffaqqiyatlarga erishish mumkin. Demak, shu yo’l bilan dunyo aholisining talablarini maksimum qondirish imkoniyatiga erishiladi. Ammo qaysidir mamlakat hech qaysi mahsulot ishlab chiqarish bo’yicha dunyoda mutlaq afzallikka ega bo’lmasligi mumkin. Bu esa shu mamlakat hamma tovarlarni chetdan keltiradimi degan savolni tug’diradi. Agar shunday bo’lsa importni bu mamlakat qaysi mablag’lar hisobiga moliyalashtiradi. Bu savolga javob berish borasida mutlaq afzallik nazariyasi boshi berk ko’chaga kirib qoladi. D. Rikardo A. Smitning «Mutlaq afzallik» nazariyasini yanada mulohaza qilish natijasida ushbu nazariya umumiy qoidaning bir qismi ekanligini isbotlab berdi. D. Rikardo «Siyosiy iqtisodning boshlanishi va soliqlar» nomli asarida klassik nazariyani boshi berk ko’chadan olib chiqadi. Uning fikricha, mamlakatlar ishlab chiqarish samaradorligini ta’minlashda yoki ko’proq afzallikka ega bo’lgan yohud kamroq zaiflikka ega bo’lgan mahsulot ishlab chiqarish va sotishga ixtisoslashsalar maqsadga muvofiq bo’ladi. Bunday vaziyatlarda ikki mamlakat o’rtasidagi savdo ko’proq imkoniyatlar olib keladi. Har bir mamlakat o’zi ixtisoslashgan mahsulotlarni ishlab chiqaradi va shu orqali yutuqlarga erishadi. Uning mulohazalari “Nisbiy afzallik nazariyasi”da o’z echimiga ega bo’ldi. Masalan, Portugaliyada ishlab chiqarilgan movut va Angliyada ishlab chiqarilgan vino individual xarajatlarga ega bo’lsin. Shuni hisobga olgan holda D. Rikardoning “Nisbiy afzallik nazariyasi”ni qo’llaymiz: Ishlab chiqarish uchun zarur bo’ladigan mehnat birligi miqdori; Download 41.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling