Mavzu: Xalqaro sport xarakatining rivojlanishi va xalqaro olimpia qo'mitasining tashkil etilishi Reja
Download 55.87 Kb.
|
18.12.2022 MAVZU 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Paralimpiya oʻyinlari
- Yozgi Paralimpiya oʻyinlari
Xalqaro paralimpiya qo‘mitasi(inglizcha: International Paralympic Committee yoki IPC) paralimpiya harakatini boshqaradigan xalqaro nodavlat tashkilotdir. Qo‘mita Paralimpiya o‘yinlarini o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qiladi, shuningdek, bir qator Paralimpiya sport turlari bo‘yicha sport federasiyasi hisoblanadi. IPC qaysi sport turlari Paralimpiya o‘yinlarida ishtirok etishini, o‘yinlarni tashkil etishning umumiy xaritasini, qo‘llaniladigan standartlarni va boshqalarni belgilaydi. Ammo Paralimpiya o‘yinlarini yoritishni Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarini o‘tkazishga muvofiq tuzilgan bevosita Olimpiya o‘yinlari tashkiliy qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi.
Xalqaro paralimpiya qo‘mitasi 1989-yilda tashkil etilgan. Uning ta’sischilari nogironlar sporti federasiyalari, shuningdek, turli mamlakatlardagi 42 milliy sport tashkilotlari nogironlar uchun mo‘ljallangan edi. Ta’sischilar orasida Karlar sporti xalqaro qo‘mitasi ham bor edi, ammo u 1994-yilda XPQdan chiqdi. Bugungi kunda 161 ta Milliy paralimpiya qo‘mitasi, 5 ta Mintaqaviy tashkilot (dunyo qismlari bo‘yicha), 10 ta Xalqaro sport federasiyalari (sport bo‘yicha) va 4 ta Xalqaro nogironlar sport tashkiloti (nogironlik turlari bo‘yicha) XPQ a’zolari sanaladi. Nogironlar uchun sport tashkilotlariga Xalqaro nogironlar aravachasi va amputasiyalar sporti federasiyasi, Xalqaro syerebral falaj sporti va dam olish assosiasiyasi, Xalqaro ko‘rlar va aqli zaif shaxslar uchun sport federasiyasi kiradi. XPQning oliy organi Bosh Assambleya va uning a’zolari bo‘lib, u har 2 yilda bir marta yig‘iladi. Paralimpiya oʻyinlari imkoniyati cheklangan (eshitish qobiliyatini yoʻqotganlardan tashqari) insonlar uchun xalqaro sport musobagasidir. Para — avvaliga „paralich“ soʻzidan olingan va umurtqa pogʻonasidagi muammolar tufayli tana aʼzolarining muayyan qismi harakatlana olmasligiga ishora boʻlgan, ammo keyinchalik musobaqa ishtirokchilari safining kengayishi bois „parallel“ soʻzining dastlabki qismiga ishora tarzida talqin qilina boshlagan, yaʼni asosiy olimpiada oʻyinlariga parallel ravishda oʻtkaziluvchi musobaqani anglatishi taʼkidlangan. Yozgi Paralimpiya oʻyinlari 1960-yildan, qishki Paralimpiya oʻyinlari esa 1976-yildan muntazam ravishda oʻtkazib kelinmoqda. 1988-yildan ushbu musobaqalarning Olimpiada oʻyinlari boʻlib oʻtgan sport arenalarida oʻtkazilayotgani eʼtiborga molik. Dastlabki paralimpiadada 23 davlatdan kelgan 400 nafar aravachali sportchi bahslashgani tarixda qolgan. Oʻzbekiston Milliy paralimpiya assotsiatsiyasi 2007-yildan buyon faoliyat olib boradi. Oʻzbekiston vakillari ilk bora Pekinda 2008-yili oʻtkazilgan paralimpiya oʻyinlarida ishtirok etishgan. 2012-yili Londondagi musobaqalarda oʻzbekistonlik 10 sportchi qatnashgan. Sharif Xalilov dzyudo boʻyicha 76 kilogrammgacha vazn toifasida finalgacha yetib borgan va kumush medalni qoʻlga kiritgan. Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida 2016-yili oʻtkazilgan XV Paralimpiya oʻyinlari Oʻzbekiston delegatsiyasining muvaffaqiyati yodda qolgan. Oʻzbekiston sharafini himoya qilgan 32 sportchi jami 31 medal sohibiga aylangan Zamonaviy Paralimpiya o‘yinlarining prototipiga aylangan ilk musobaqa 1948 yilda “Stok Mandevil nogironlar aravachasi o‘yinlari” deb nomlangan va u Londonda o‘tkazilgan XIV yozgi Olimpiada o‘yinlari bilan bir vaqtiga to‘g‘ri kelib qolgan. Shundan so‘ng Guttman o‘z oldiga imkoniyati cheklangan sportchilar uchun ham Olimpiada o‘yinlari tashkil etish masalasini asosiy maqsad qilib qo‘ydi. Ta’kidlash kerakki, “Stok Mandevil nogironlar aravachasi o‘yinlari” 1948 yildan boshlab har yili o‘tkazilib kelindi. 1952 yilga kelib esa ushbu musobaqada Gollandiyadan ham sportchilar ishtirok etishdi va u shundan so‘ng xalqaro musobaqa nomini oldi. Shu yili turnirda 130 nafar sportchi qatnashdi. 1960 yil Rimda o‘tkazilgan IX “Stok Mandevil nogironlar aravachasi o‘yinlari”dan boshlab esa urush fahriylaridan tashqari boshqa nogiron sportchilar ham ishtirok eta boshladi. Shu bois aynan Italiya poytaxtidagi musobaqa tarixdagi ilk Paralimpiya o‘yinlari sifatida qayd etilgan. Rimdagi yozgi Paralimpiya o‘yinlarida jami 23 ta davlatdan 400 ga yaqin sportchi ishtirok etgan. Shu vaqtdan boshlab dunyoda Paralimpiya harakati rivojlana boshlagan. 1976 yil Shvetsiyaning Ernshyoldsvik shahrida ilk qishki Paralimpiya o‘yinlari o‘tkazildi. Unda nafaqat aravachadagi, balki, boshqa toifadagi nogiron sportchilar ham qatnashishdi. Shu yilning o‘zida Torontoda bo‘lib o‘tgan yozgi Paralimpiya o‘yinlarida rekord darajada sportchilar ishtirok etdi. 40 ta mamlakatdan 1600 nafarga yaqin sportchi qatnashgan ushbu Paralimpiya o‘yinlarida ko‘r va ko‘rish qobiliyati past bo‘lgan, paraplegiya, umurtqa pog‘onasida jiddiy nogironligi bor hamda boshqa jismoniy kasalliklarga uchragan sportchilar o‘zaro bahs olib borishgan. Shunday qilib, dastlab nogironlarni davolash va reabilitatsiya qilishga qaratilgan musobaqa yuqori darajadagi sport tadbiriga aylandi. 1989 yilga kelib esa Xalqaro Paralimpiya qo‘mitasi (IPC) tashkil etildi. Paralimpiya o‘yinlaridagi yana bir tarixiy burilish 1988 yilda Seul Olimpiadasida sodir bo‘ldi. Aniqrog‘i, shu yildan boshlab Paralimpiya o‘yinlari sog‘lom sportchilar o‘rtasida o‘tkaziladigan Olimpiada o‘yinlarida foydalanilgan sport inshootlarida o‘tkazilishi belgilab qo‘yildi. Bu 1992 yildan boshlab qishki Olimpiada o‘yinlarida ham qo‘llanila boshlandi. 2001 yilga kelib esa Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi va Xalqaro Paralimpiya qo‘mitasi o‘rtasida bitm imzolandi. Unga ko‘ra 2008 yildan boshlab Paralimpiya o‘yinlari ham xuddi Olimpiada bo‘ladigan yilda o‘tkazilishi va unda ham xuddi Olimpiada o‘yinlari kabi birdek imkoniyatlardan foydalanilishi belgilab qo‘yildi. Shu bilan birga Paralimpiya o‘yinlari ham Olimpiya o‘yinlari bilan bitta tashkiliy qo‘mita tomonidan tashkil etiladi va bir hil manbaalardan moliyalashtiriladi. Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Paralimpiya assotsiatsiyasi 2007 yilda tashkil etilgan. Oʻzbekiston 2004-yilda Afinada boʻlib oʻtgan Paralimpiya oʻyinlarida pauerlifting boʻyicha yagona vakili (Yusup Qodirov) bilan debyut qilgan. Erkaklar oʻrtasida 75 kg boʻlgan vazn toifasida Qodirov shtangani koʻtara olmadi. Oʻzbekiston 2008-yilgi Yozgi Paralimpiya oʻyinlariga pauerlifting va suzish boʻyicha ikkita sportchini yuborgan, biroq ular ham birorta ham medalni qoʻlga kirita olishmagan. 2012-yilda Londonda boʻlib oʻtgan yozgi Paralimpiya oʻyinlarida erkaklar oʻrtasida para-dzyudo boʻyicha 73 kg vazn toifasida Sharif Xalilov Oʻzbekiston hisobidagi ilk medalni (kumush) qoʻlga kiritdi. Oʻzbekiston uchun Paralimpiya oʻyinlarining eng muvaffaqiyatli natijasi 2016-yili Rio-de-Janeyroda boʻlib oʻtgan boʻlib, ular jami 31 ta medalni qoʻlga kiritib, medallar jadvalida kuchli yigirmatalikka kirgan edi. Oʻzbekiston paralimpiyachilari 2014-yilgi va 2018-yilgi Qishki Paralimpiya oʻyinlarida qatnashgan, biroq medal olisholmagan Hujjat yurtimizda jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi boʻlgan shaхslarga sport bilan shugʻullanish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, ularning хalqaro sport maydonlarida munosib ishtirok etishini ta’minlash va davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashga yoʻnaltirilgan. Hujjatga asosan, Oʻzbekiston milliy paralimpiya assotsiatsiyasi negizida Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda –Paralimpiya qoʻmitasi) tashkil etiladi. Quyidagilar uning asosiy vazifalari hisoblanadi: paralimpiya sport turlarini ommalashtirish, iqtidorli sportchilarni aniqlash, tanlash va saralash (seleksiya) hamda ularni professional sportchilar sifatida tayyorlashning yangi tizimini yoʻlga qoʻyish; yozgi va qishki paralimpiya sport turlarini rivojlantirishga koʻmaklashish, sport ob’yektlari va inshootlarining konsepsiyalari, teхnik topshiriqlari, teхnik-iqtisodiy asoslari/parametrlari va boshqa loyiha hujjatlarini ishlab chiqishda ishtirok etish; paralimpiya sport turlari boʻyicha musobaqalar va chempionatlar, forumlar, konferensiyalar, seminarlar va yuklatilgan vazifalardan kelib chiqib boshqa tadbirlarni oʻtkazish, shuningdek, ular orqali tinchlik, doʻstlik va oʻzaro tushunish gʻoyalarini targʻib-tashviq qilish; paralimpiya sport turlari bilan shugʻullanadigan trenerlar, uslubchi-yoʻriqchilar hamda boshqa mutaхassislarni qayta tayyorlash, malakasini oshirish va kasbiy rivojlantirishning zamonaviy va samarali tizimini joriy etish; respublikada yoki boshqa хalqaro sport federatsiyalari (assotsiatsiyalari) va boshqa tashkilotlarda oʻz a’zolarining huquq va qonuniy manfaatlarini ifodalash hamda himoya qilish, oʻz a’zolarini aхborot, ilmiy-uslubiy va moddiy-teхnik jihatdan ta’minlash; paralimpiya sport turlarini rivojlantirish boʻyicha klublar faoliyatini tashkillashtirish va samarali boshqarish, milliy va хalqaro sport tashkilotlari bilan yaqindan hamkorlik qilish va tajriba almashish. Shuningdek quyidagilar tashkil etiladi: joylarda paralimpiya sport turlarini rivojlantirish va muvofiqlashtirish, uslubiy qoʻllab-quvvatlash va monitoring qilish maqsadida Paralimpiya qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari; paralimpiya sport turlari bilan shugʻullanadigan trenerlar va uslubchi-yoʻriqchilar, imkoniyati cheklangan odamlar bilan ishlovchi mutaхassislarni tayyorlaydigan Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Paralimpiya fakulteti; Paralimpiya qoʻmitasi huzurida Paralimpiya sport turlari boʻyicha mutaхassislarni tayyorlash instituti; Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Qashqadaryo, Samarqand va Fargʻona viloyatlari hamda Toshkent shahrida joylashgan bolalar-oʻsmirlar sport maktablarining bazasida Paralimpiya qoʻmitasi huzurida Paralimpiya sport markazlari; Paralimpiya sport turlarini yanada rivojlantirish boʻyicha respublika kengashi. 2021 yil yakuniga qadar Paralimpiya qoʻmitasi huzurida paralimpiya sport turlari boʻyicha klublar tashkil etiladi. Joriy yil 1 sentyabrdan boshlab “Sport hamma uchun” loyihasi amalga oshiriladi, uning doirasida: bir yilda bir marta parasport хalqaro festivali oʻtkaziladi; har yili 3 dekabr kuni – Xalqaro nogironlar kuniga bagʻishlab koʻzi ojizlar, zaif eshituvchilar va amputantlar oʻrtasida parasport turlari turkumiga kiritilgan parastol tennisi, 5х5 futbol, golbol, parayengil atletika, parapauerlifting, parabadminton, shaхmat va boshqa sport turlari boʻyicha Toshkent shahrida respublika parasport festivali, shuningdek, boshqa hududlarda -parasport festivallari oʻtkaziladi; XTV tasarrufidagi imkoniyati cheklangan bolalar uchun iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari (maktablar, maktab-internatlar) oʻquvchilari oʻrtasida paralimpiya sport turlari boʻyicha musobaqalar tashkil etiladi, taniqli sportchilar tomonidan master-klasslar, shuningdek, seminar, konferensiya va davra suhbatlari oʻtkaziladi. 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda uning Nukus va Fargʻona filiallarida, shuningdek, boshqa tegishli oliy ta’lim muassasalarida: “Paralimpiya” kafedrasi; “Adaptiv sogʻlomlashtirish, jismoniy tarbiya va sport” magistratura mutaхassisligi ochiladi. 2022 yil 1 yanvardan boshlab: Paralimpiya qoʻmitasi tavsiyasiga asosan olimpiya zaхiralari kollejlarining paralimpiya sport turlari boʻlimlariga yuborilayotgan jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi boʻlgan sportchilar uchun 5%gacha qoʻshimcha kvotalar ajratiladi; S p o rt —muayyan vazifalar va m a q sa d la r yo'lida jismoniy mashqlarni bajarish, mahorat orttirish, organiziiining funktsional imkoniyatlarini ishga solgan holda yuqori natijalarga erishish demakdir. Bu soha ham maxsus tashkiliy va boshqaruvchilik jarayonlarini talab etuvchi muayyan va zarur faoliyatdir. Ijtimoiy sharoitda fan yutuqlari, yangi texnika bilan bog'lanmagan soha yo'q, jismoniy tarbiya va sport sohasida ham barcha ishlarni ilmiy asosda va yangi texnik vositalar yordamida boshqarish talab etiladi. Sport musobaqalarida tablolarning ishlatilishi, elektron mashinalarning hakamlik qilislii, vaqti, shuningdek ilmiy tadqiqot ishlarining amalda qo'llanilishi, rahbarlik ishlarida e'tiborga olib borilishi buning guvohidir. O'zbekistonda boshqarishiiing maxsus tizimlari (davlat, kasaba uyushmalari, shirkat va boshqa tashkilotlar) ishlab chiqilgan va amalda sinovdan o'tgan. Ishchilar, mehnatkashlar, ziyolilar va boshqa ijtimoiy guruharning bo'sli vaqtlari ko'payganligi, turmush sliaroitilling tobora yaxshilanib borishi, sport bazalarining kengayishi, juda ko'p kishilarning o'z sog'lig'i uchun tushungan holda shug'ullanishga qiziqishning ortishi natijasida jismoniy madaniyat h a ra k a tid a yangi oqim vujudga keladi. Ya’ni turar joylarda, sliahar atrofida, davlat va jamoa xo'jaliklari va boshqa tashkilotlarda juda ko'p sport komplekslari, sog'lomlashtirish markazlari qurilib, unda ixtiyoriy ravishda kishilar shug'ullanmoqda. Bu jarayonni o'z holicha qo'yib bo'lmaydi. Uni tashkil qilish, boshqarish, tegishli mutaxassis kadrlar bilan ta'minlash zarur. Keyingi yillarda faqat viloyatlar, tumanlar miqyosida emas, balki quyi jismoniy tarbiya jamoalarida ham sport musobaqalarining turlari ko'payib bormoqda. Ularni o'tkazisli tartiblarini ishlab chiqish, boshqarish zaruriyati tug'ilmoqda. Shu sababdan musobaqalar o'tkazishni bir tartibga solish zarur. Qiziq tomoni, aytishlaricha, Olimpiya o‘yinlari davomida chipta topish unchalik qiyin masala bo‘lmagan. Ammo Paralimpiada o‘yinlariga chipta topishimiz juda qiyin bo‘ldi. Ayniqsa, o‘zbek sportchilari qatnashadigan biror turga yoki o‘zim shug‘ullanadigan o‘tirib o‘ynaladigan voleybolga kirishni juda istagan edim. Biroq hozircha ushbu musobaqalarga kirish imkoni bo‘lganicha yo‘q. Olimpiya o‘yinlari vaqtida har xil g‘avg‘olardan olisroq bo‘laylik deb shaharni tashlab ketgan londonliklar Paralimpiya o‘yinlariga qaytib kelgan va chiptalarni topish o‘ta mushkul ishga aylangan. Paralimpiya o‘yinlarida dunyoning 165 davlatidan 4 mingdan ortiq sportchi kelgan. Quvonarlisi O‘zbekiston sportchilari ham ushbu o‘yinlarda ishtirokini oshirib bormoqda. Bundan sakkiz yil muqaddam Afinada bo‘lgan o‘yinlarda atigi bir kishi O‘zbekiston sharafini himoya qilgan. Pekinga esa ikki sportchi borgan. Biroq ularning birortasi ham sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritmagan. XULOSA Adliya vazirligining Jamoat, nodavlat notijorat va diniy tashkilotlar boshqarmasi ham yurtimizda faoliyat koʻrsatib kelayotgan fuqarolik jamiyati institutlari, hususan nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini tartibga solish boʻyicha bir qancha ishlarni amalga oshirib kelmoqda Aholini, ayniqsa o'quvchi yoshlarni ma'naviy va jismoniy chiniqtirish, sog'lom avlodni voyaga etkazish, mamlakat sporti shuxratini olamga tanishtirish hozirgi kunda dolzarb vazifadir. Bu jarayonlarni tashkil qilish 17 barcha davlat va jamoat tashkilotlarining zimmasiga yuklatilgan. Ma'lumki, jismoniy madaniyat harakatini tashkil qilish va uni takomillashtirish masalalari respublikada sport tashkilotlari va barcha davlat hamda jamoat tashkilotlarining muhim faoliyati hisoblanadi. Aholining turmush madaniyati va yoshlarning ma'naviy hamda jismoniy kamolotini o'stirish ishlari ijtimoiy-iqtisodiy va umummadaniyat rivojining negizida turadi. Shu sababdan Respulika Prezidenti I. A. Karimov Oliy Majlisining sessiyalari va tu rli aujumanlarda qilgan ma'ruzalarida jismoniy tarbiya, sport, xalq milliy o'yinlari va sayohatlarning tashkiliy mohivatlari haqida doimo mulohazalar, qimmatli yo'lyo'riqlar belgilab bermoqda. Prezident asarlarida ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayotimizdagi muammolarning echimini begilab berilmoqda, xususan, jismoniy tarbiya va sportni yaxslii yo'lga qo'yish, yoshlarning m a’naviy hamda jismoniy kamolotini doimiy ravishda oshirib borishning ustivor ahamiyati alohida ta'kidlab o'taman. Download 55.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling