Mavzu: xalqaro tashkilotlar huquqi. Reja: • xalqaro tashkilotlar tushunchasi va tasnifi. • Xalqaro tashkilotlarning yuridik tabiati


Xalqaro tashkilotlarning yuridik tabiati


Download 141.06 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana22.02.2023
Hajmi141.06 Kb.
#1219877
1   2   3   4   5
Bog'liq
Xalqaro tashkilotlar huquqi.doc .pdf 1

Xalqaro tashkilotlarning yuridik tabiati 
Xalqaro tashkilotlar yuridik tabiatining asosini umumiy maqsadlar
qiziqishlar tashkil etadi. 
Xalqaro tashkilotlarning tashkil etilishida davlatlar suveren tengligi tamoyili 
yetakchi hisoblanadi. Bu: 
• 
birinchidan, xalqaro tashkilotning shartnoma asosida tashkil 
etilganligi va a’zo bo‘lishning ixtiyoriyligi; 
• 
ikkinchidan, xalqaro tashkilot qarorlarining asosan tavsiyaviy 
xarakterga egaligi; 
• 
uchinchidan, 
xalqaro 
tashkilotning 
davlatlararolik 
xususiyati, 
davlatlarning o‘zaro tengligi va suverenitetining saklanishida kurinadi. 
Xalqaro tashkilotning yuridik tabiati uchun asosiy narsa shundaki, uning 
maqsadlari, faoliyati tamoyillari, vakolatlari, to‘zilishi va boshqalar kelishilgan 
shartnomaga asoslangan bo‘ladi. 
Albatta xalqaro tashkilotlarning muayyan vakolatlar va majburiyatlarga ega 
bo‘lishlari ularning xalqaro huquqning asosiy subyektlari hisoblanuvchi, davlatlar 
bilan tenglashtirilishi degan ma’noni anglatmaydi. 
O‘z vazifalarini bajarishlari uchun xalqaro tashkilotlar kerakli yuridik 


vositalarga ega bo‘lishlari kerak. Shu urinda BMT Ustavining 104-moddasida: 
«Birlashgan Millatlar Tashkiloti har bir a’zo davlat hududida o‘z vazifalarini 
amalga oshirish va maqsadlariga erishish uchun kerak bo‘ladigan vakolatlardan 
foydalanadi», — deyiladi. 
Xalqaro tashkilotlarga shartnomalar to‘zish huquqi beriladi, ya’ni ular o‘z 
vakolatlari chegarasida turli bitimlar to‘zadilar. 
Shartnomalar to‘zish huquqi ikki xil yo‘l bilan: tashkilot vazifa va 
maqsadlaridan kelib chiqqan xolda istalgan shartnomalarni to‘zish huquqini 
beruvchi umumiy nizomda yoki alohida vakolat orqali mustahkamlanadi. 
1993 yilda O‘zbekiston Respublikasi hukumati va BMT o‘rtasida iqtisodiy 
usishning muhim muammolarini xal etishga kumaklashish, ijtimoiy sohaning 
ildamlashiga kumaklashish, aholi turmush tarzini yaxshilash maqsadlarini ko‘zlab 
BMTning organlari, fondlari va dasturlarini birlashtiruvchi qo‘shma vakolatxona 
to‘zish haqida bitim imzolangan edi. 
Xalqaro tashkilotlar va ularning xodimlari immunitet va huquqlardan 
foydalanadilar. 
Xalqaro huquqning subyekti sifatida xalqaro tashkilotlar o‘z faoliyatlari 
natijasida kelib chiquvchi zarar uchun javobgardirlar va da’vo bilan murojaat 
qilishlari ham mumkin. 

Download 141.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling