Birlashgan Millatlar Tashkiloti organlarishshg roli va tizimi
BMT — tinchlikni va xalqaro xavfsizlikni qo‘llab-kuvvatlash,
davlatlararo
hamkorlikni rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan universal tashkilotdir. BMT
Ustavi San-Fransiskoda utkazilgan konferensiyada imzolangan bo‘lib, 1945 yildan
kuchga kirgan. BMT Ustavi barcha davlatlar rioya etishlari shart bo‘lgan yagona
xalqaro hujjatdir. BMT Ustavining ahamiyati nafaqat uning tinchlikni ta’minlovchi
tashkilotning faoliyatini tartibga soluvchi hujjatligida, balki barcha davlatlar uchun
teng bo‘lgan jamoa ximoya tizimining yaratilishida asos bo‘lib
xizmat qilishi va
davlatlar tomonidan
olib boriladigan harbiy, siyosiy,
iqtisodiy,
ekologik,
insonparvarlik sohalaridagi faoliyatlarini belgilovchi o‘ziga hos kodeks ekanligida
hamdir. BMT Ustavi doirasida ko‘p tomonlama kelishuv va shartnomalarning ko‘p
tarmoqli tizimi vujudga kelgan. BMT to‘zilishining
asosiy sabab va maqsadlari
uning Ustavi «Mukaddima»sida quyidagicha ifodalangan.
BMT Ustavida uning 6 ta asosiy organlari ko‘rsatilgan. Ular quyidagilardir:
•
Bosh Assambleya;
•
Xavfsizlik Kengashi;
•
Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengash (EKOSOS);
•
Vasiylik bo‘yicha Kengash;
•
Kotibiyat;
•
Xalqaro Sud.