Mavzu: xalqaro tashkilotlar huquqi. Reja: • xalqaro tashkilotlar tushunchasi va tasnifi. • Xalqaro tashkilotlarning yuridik tabiati


Xalqaro tashkilotlar tomonidan qarorlar qabul qilinishi


Download 141.06 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana22.02.2023
Hajmi141.06 Kb.
#1219877
1   2   3   4   5
Bog'liq
Xalqaro tashkilotlar huquqi.doc .pdf 1

Xalqaro tashkilotlar tomonidan qarorlar qabul qilinishi 
 
Xalqaro tashkilot tomonidan qabul qilingan qarorni mazkur tashkilot 
ustaviga va boshqa qoidalarga muvofiq ravishda ayni vakolatga ega organ 
tomonidan a’zo davlatlarning o‘z irodalarini bildirishlari, deyishimiz mumkin. 
Qarorlarning shakllantirilishi jarayoni: 
• 
birinchidan, ta’sis etuvchi hujjat vakolatlariga; 
• 
ikkinchidan, ish yuritish qoidalariga; 
• 
uchinchidan, organ tarkibiga bog‘liq bo‘lishi mumkin. 
Qaror qabul qilinishi jarayoni tashabbusning tugilishi bilan boshlanadi. 
Bunday tashabbus davlat, davlatlar guruhi, organ yoki xalqaro tashkilot mansabdor 
shaxslari tomonidan ko‘rsatilishi mumkin. Odatda tashabbuskor ma’lum 


muammoni ko‘rib chiqishni taklif etadi. Ko‘p xollarda u bulajak qarorning 
loyixasini ham taklif etishi mumkin. 
Xalqaro tashkilotlar tajribasida hammualliflik ham keng qo‘llaniladi. 
Bunday xollarda hammualliflar sonining ortib ketishi loyixaning ayrim bandlari 
bo‘yicha bir tuxtamga kelishda qiyinchiliklar tug‘dirishi mumkinligini ham 
hisobga olish kerak. 
Qarorning shakllanishidagi keyingi boskich muammoning kun tartibiga 
kiritilishidir. Ko‘pgina xalqaro tashkilotlarda muammoning yalpi majlis kun 
tartibiga qo‘yilishidan oldin mazkur masala tashkilotning ishchi guruhlari 
tomonidan ko‘rib chiqiladi va ayni shu jarayonda qaror loyixasi ishlab chiqilib, 
uning tarafdorlari va qarshilik ko‘rsatuvchilar ma’lum bo‘ladi. 
Qarorning muxokama etilishi xalqaro tashkilotning qaror qabul qilish 
jarayonining muhim bosqichi hisoblanadi. Ushbu muxokama bevosita siyosiy 
ahamiyat va yuridik natijaga egadir. Qaror qabul qilinishi jarayonining xal etuvchi 
bosqichi ovoz berilishidir. Xalqaro tashkilotlarning aksariyat organlarida har bir 
delegatsiya bir ovozga ega bo‘ladi. Faqat ayrim qaror qabul qilishning farqli 
tizimiga ega organlarda mavjud me’yorlardan kelib chiqqan xolda davlatlarning 
ovoz berishlari o‘zgarishi mumkin. 
Masalan, BMT tizimidagi moliyaviy organlarda har bir davlat o‘z a’zolik 
badalining mikdoridan kelib chiquvchi ovoz soniga ega. 
Har bir organning tartib qoidalarida qaror qabul qilinishi uchun lozim ovoz 
mikdori belgilanadi. 
Qarorlar bir ovozdan, ko‘pchilik tomonidan yoki sifatiy mikdor farqi bilan 
qabul qilinishi mumkin. 
Ko‘pchilik ovoz va sifatiy mikdor farqi mutlak yoki nisbiy bo‘lishi mumkin. 
Mutlak ko‘pchilik barcha a’zolarning hisobga olinishlarini anglatsa, nisbiy 
ko‘pchilik faqat ovoz berish jarayonida hozir bo‘lgan a’zolarni hisobga oladi. Ba’zi 
xollarda xalqaro tashkilot organida qaror ovozga qo‘yilmay, ya’ni akklamatsiya 
yo‘li bilan (ma’qo‘llash yoki ma’kullamaslik asosida) yoki e’tirozlarsiz qabul 
qilinishi mumkin. Xalqaro tashkilotlar faoliyati amaliyotida so‘nggi vaqtlarda 


konsensus asosida qaror qabul qilish xollari ko‘p uchramokda. Bunday qaror qabul 
qilish barcha davlatlarning manfaatlarini hisobga olgan rozilikka asoslanganligi 
bilan o‘ziga hosdir. 

Download 141.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling