Mavzu: xalqaro tashkilotlar huquqi. Reja: • xalqaro tashkilotlar tushunchasi va tasnifi. • Xalqaro tashkilotlarning yuridik tabiati
Xalqaro tashkilotlarning huquqlari, vakolatlari va funksiyalari
Download 141.06 Kb. Pdf ko'rish
|
Xalqaro tashkilotlar huquqi.doc .pdf 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xalqaro tashkilot organlari
Xalqaro tashkilotlarning huquqlari, vakolatlari va funksiyalari
Ko‘pchilik xalqaro huquq bo‘yicha yuristlarning fikricha xalqaro tashkilotning vakolatlari uning faoliyat sohasi predmetidan kelib chikadi va uning organlari huquq va vakolatlarida namoyon bo‘ladi. Xalqaro tashkilotning huquqlari doirasi unga bevosita berilgan vakolatlarni ham kamrab oladi. Xalqaro tashkilotning funksiyalari xususida ran ketganda, tartibga soluvchi, nazoratchilik, operativ va boshqa funksiyalar tushuniladi. Bu ma’noda xalqaro tashkilot faqat o‘z vakolatlaridan kelib chiquvchi vazifalarni bajaradi. Xalqaro tashkilotning huquqlari uning huquq subyektligi kabi shartnomaviy asosga ega bo‘ladi va shu shartnoma doirasida chegaralanadi. Xalqaro tashkilot organlari Xalqaro tashkilot organlari uning tarkibiy kismlari va bo‘linmalaridir. Xalqaro tashkilot organlarining xususiyatlari quyidagilarda namoyon bo‘ladi: • birinchidan, xalqaro tashkilotning organi ta’sis etuvchi yoki boshqa akt asosida tashkil etiladi; • ikkinchidan, unga ma’lum huquq va vakolatlar berilgan bo‘ladi; • uchinchidan, ichki to‘zilishga va ma’lum tarkibga ega bo‘ladi; • to‘rtinchidan, qarorlar chikarish tartibiga ega; • beshinchidan, ta’sis etuvchi yoki boshqa aktlarda uning huquqi maqomi belgilab berilgan bo‘ladi. Xalqaro tashkilotlar organlarini turli belgilarga ko‘ra tasniflash (klassifikatsiyalash) mumkin. A’zolik belgisiga kugra tashkilotlar hukumatlararo, parlamentlararo, ma’muriy, jismoniy shaxs sifatida qabul etilgan a’zolardan, turli ijtimoiy guruhlar vakillari a’zoligidan iborat bo‘lishlari mumkin. A’zo davlatlarning vakillari yuboriladigan hukumatlararo organ eng muhim hisoblanadi. Ma’muriy organ har qanday tashkilotning eng muhim tarkibiy tuzilmasidir. U faqat mazkur xalqaro tashkilot oldida javobgar bo‘lib, uning nomidan ish kuruvchi mansabdor shaxslardan tarkib topadi. A’zolarining soniga ko‘ra organlar ikki guruhga: a) umumiy, ya’ni barcha a’zo davlatlar kiruvchi va b) a’zoligi cheklangan organga ajratilishi mumkin. Xalqaro tashkilotlarning siyosatini umumiy a’zolikka asoslangan organ belgilaydi. Quyidagi eng asosiy muammolar: • birinchidan, umuman tashkilotning siyosati va tamoyillari; • ikkinchidan, loyixalar, konvensiyalar va tavsiyanomalar qabul qilish; • uchinchidan, budjet va moliya masalalari; • to‘rtinchidan, Ustav (nizom)ni qayta ko‘rib chiqish va unga o‘zgartirishlar kiritish; • beshinchidan, tashkilotta a’zolar qabul qilish masalasining yechimi uning ixtiyoriga koldiriladi. Shu bilan birga ko‘pgina tashkilotlar faoliyatida (masalan, Xalqaro mexnat tashkiloti, Xalqaro fuqarolik aviatsiyasi tashkiloti) a’zoligi cheklangan organning roli ortib borishi kurinadi. Mazkur organlar ishi bir-ikki a’zo davlatning qiziqishlaridan kelib chiqib emas, balki barcha a’zo davlatlarning manfaatlaridan kelib chiqqan xolda ishlarini tashkil etishlari lozim. Xalqaro tashkilotning a’zolar tarkibi cheklangan organini tashkil etishda: • odil jug‘rofiy taqsimot; • alohida qiziqishlar mavjudligi; • manfaatlari mos tushmayotgan davlatlar guruhlarining teng vakillikka ega bo‘lishlari; • kichik moliyaviy ulush qo‘shish; • siyosiy vakillik tamoyillariga tayaniladi. Download 141.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling