Mavzu: Xalqaro yuk va yo’lovchi tashishning asosiy masalalari reja


Download 26.49 Kb.
bet2/2
Sana02.06.2024
Hajmi26.49 Kb.
#1833332
1   2
Ichki normativ-huquqiy hujjatlar

  1. Havo kodeksi;

  2. Fuqarolik kodeksi;

  3. “Avtomobil transporti to‘g‘risida”;

  4. “Temir yo‘l transporti to‘g‘risida”;

  5. “Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida”;

  6. “Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida”;

  7. “Maxsus yuklar va harbiy tarkiblarning tranziti to‘g‘risida” va boshqa qonunlar



Xalqaro ko‘lamda yo‘lovchi va yuk tashishni himoya qiluvchi shartnomalarga alohida e’tibor qaratish lozim. Xalqaro transport oborotida tovar taqsimlash hujjatlari. Tashish munosabatlarini tartibga soluvchi O‘zbekiston Respublikasi ishtirokidagi xalqaro shartnomalari. 1956 yilgi Yuklarni avtomobilda xalqaro tashish shartnomasi to‘g‘risidagi Konvensiya, 1971 yilgi Yo‘l harakati to‘g‘risidagi Konvensiya, 1975 yilgi MDP daftarchasidan foydalanib, yuklarni xalqaro tashish to‘g‘risidagi bojga oid Konvensiya, 1957 yilgi Xavfli yuklarni avtomobilda xalqaro tashish to‘g‘risidagi Yevropa bitimi, 1997 yilgi Avtomobilda yo‘lovchi va bagajni xalqaro tashish to‘g‘risidagi Bishkek konvensiyasi, 1970 yilgiTez buziladigan oziq-ovqat mahsulotlarini xalqaro tashish to‘g‘risida va bunday tashuvlar uchun mo‘ljallangan maxsus transport vositalari to‘g‘risidagi Bitim, 1975 yilgi Xalqaro avtomagistrallar to‘g‘risidagi Yevropa bitimi (SMA).


2. Amaliyotda xalqaro qatnovlarning har xil turlari ma’lum, ularning har biri o'ziga xos xususiyatlarga ega. Transpoitning qaysi bir turidan foydalanishga qarab xalqaro qatnov temiryo'l, avtomobil, havo, dengiz transportida tashishlarga ajratiladi. Shu bilan birga, xalqaro yo'nalishlarda turli transport vositalari bilan tashishlar (masalan, temiryo'l - suv transports bilan), O'zbekiston hududi orqali tranzit hamda konleynerli tashishlar ma’lum o'ziga xos xususiyatlar bilan ajralib turadi. Amaldagi xalqaro bitimlaming qoidalaridan kelib chiqqan holda xalqaro qatnovning quyidagi asosiy turlarini farqlash zarur: - ishtirok etuvchi transport tashkilotlarining xususiyatlariga ko'ra - transportning ayrim turlarida tashish va turli transport vositalari qatnovida tashish; - tashish predmetiga ko'ra - yuklami, yo'lovchilarni tashish, temiryo'l transportida esa yuk bagajini (tovar bagajini) tashish; - transport operatsiyalarining davriyligiga qarab - mimtazam (liniyali) va nomuntazam tashishlar, - yuklar va yo'lovchilar chegai'a punktlaridan (o'tib borilayotgan portlardan) o'tishi tartibini hisobga olgan holda qayta ortishlarsiz (boshqasiga o'tirilmay) va qayta ortiladigan (boshqasiga o'tiriladigan) tashishlar; - tashish qo'shni davlat hududida tugallanishi yoki tugallanmasligiga ko'ra - qo'shnilararo, tranzit va to'g'ridan to'g'ri o'tadigan (aylanma, halqa shaklidagi) tashishlar; J82 - qatnov bir yoki bir nechta tashish shartnomasi asosida amalga oshirilishiga qarab lo‘g ‘ri bog‘lanadigan, to‘g ‘ri bog‘lanmaydigan (bo‘linishli) tashishlar, birin-ketin tashuvchilar tomonidan tashishlar va yangi joyga jo ‘natish bilan bog‘liq tashishlar; - transporting ayrim tarmoqlarida xalqaro qatnovlaming alohida turlari - chegara yonidagi (temiryo‘1 transporti) tashishlar. Hozirgi vaqlda ichki suv transportidan tashqari transportning barcha turlarida ichki qonun hujjatlari emas, balki xalqaro shartnomalar xalqaro qatnovlami huquqiy tartibga solishning asosiy manbayi hisoblanadi.
Bunday xalqaro shartnomalar (“transport konvensiyalari”) davlatlar o ‘rtasida transport aloqalarini o ‘matishda yuzaga keladigan keng doiradagi munosabatlarni tartibga soladi. Transport konvensiyalari, ular ko‘p sonli bo‘lishiga qaramay, mamlakatlar o'rtasida yuklar va yo‘lovchilami tashishni tashkil etish va amalga oshirish jarayonida yuzaga keluvchi ko‘pgina masalalar yuzasidan yo‘l-yo‘riqlami o ‘z ichiga olmaydi. Bunday hollarda, boshqa huquqiy manba yo‘qligi sababli xalqaro qatnov tartibotini belgilash doimo ichki qonun hujjatlarining normalari yordamida amalga oshiriladi. 0 ‘zbekiston Respublikasi ko‘plab transport konvensiyalariga qo‘shilgan bo‘lib, tashqi yuklami jo ‘natish va qabul qilishda korxonalar va fuqarolar ushbu konvensiyalarning qoidalariga amal qiladilar. Transport konvensiyalarining normalari tovarlarning xalqaro oldi-sotdisi to‘g‘risidagi konvensiyalarning normalariga nisbatan imperativ (majburiy) tusga ega. Davlatning o ‘z hududida transport faoliyatini tartibga solish huquqi.
Davlatning hududiy ustuvorligi tamoyili shuni bildiradiki, har bir davlat o‘z hududida transport faoliyatini tartibga solishda mutlaq huquqqa ega. Shu sababli mamlakatlar o‘rtasida transport aloqalarini tashkil etish hududida transport operatsiyalari amalga oshiriladigan davlatlarning roziligi (ruxsatnomasi) bo‘lishini nazarda tutadi. Bunday rozilik (ruxsatnoma) aniq bir transport operatsiyasiga nisbatan ham. umumiy shaklda muayyan transport operatsiyalariga yoki hatto ayrim transport turlariga tatbiqan ham berilishi mumkin.
Bunda davlat tomonidan transport faoliyatining maTum shartlari (yo‘nalishlami cheklash, muayyan xavfsizlik choralarini ko‘rish, soliqlar, yig‘imlami to‘lash va hokazo) belgilanishi mumkin. Davlatlarning xalqaro transport faoliyatiga taalluqli siyosiy majburiyatlari do‘stlik munosabatlari va hamkorlik to‘g‘risidagi, savdo-iqtisodiy munosabatlar to‘g ‘risidagi shartnomalar va bitimlarda odatda umumiy shaklda (masalan, ahdlashuvchi tomonlar transport kommunikatsiyalari sohasida hamkorlikni kengaytiradilar va o ‘z hududida yo‘lovchi va yuklami avtomobil, havo, temiryo‘l va boshqa turdagi transport bilan, jumladan, tranzit bilan tashish uchun qulay sharoitlar ta’minlaydilar) belgilab qo‘yiladi.
Savdo shartnomalari asosiy e ’tibomi qoida tariqasida davlatlar o ‘rtasidagi tashishlaming eng ko‘p 183 hajmini amalga oshiradigan dengiz kemachiligi masalalariga qaratadi. Bundan tashqari, savdo-iqtisodiy shartnomalari temiryo‘l va avtomobil yo‘llari orqali tashishlar haqidagi, shuningdek tranzit haqidagi umumiy tusdagi qarorlami o ‘z ichiga oladi. Ba’zi savdo shartnomalari xalqaro transporting boshqa masalalari bo‘yicha ham ko‘rsatmalami o'z ichiga olishi mumkin. 0 ‘zbekiston Respublikasi ishtirokidagi tashqi iqtisodiy bitimlar tizimida temiryo‘l, avtomobil, havo transportiga taalluqli bitimlarining salmog‘i oshib bormoqda. Ularda odatda tovarlar, yo‘lovchilar va bagajni havo, temiryo‘l, avtomobil yo‘llari orqali tashishda yuklami tashishga qabul qilish. tashish usullari va qiymati, shuningdek u bilan bog‘liq yig‘imlarga taalluqli hamma masalalarda o‘zaro mumkin qadar qulaylik berilishi aytib o‘tiladi.
Ayrim savdo shartnomalarida tomonlaming zikr etilgan transport turlarida yuklar va yolovchilar tashish to‘g ‘risida bitimlar tuzish niyatida ekanligi ko‘rsatib o‘tilgan bo‘lib, bu keyinchalik asosan amalda ro‘yobga chiqarilgan. Savdo shartnomalarida havo transporti masalalariga to‘xlalib o ‘tilmaydi, o ‘ziga xosligi tufayli ular maxsus bitimlaming mavzui bo‘ladi.
3. Xalqaro tashishlar uchun kollizion normalar davlatlararo bitimlar (transport konvensiyalari) bilan, bular bo'lmasa yoki ularda kollizion masalalar tartibga solinmagan bo‘lsa, ichki huquq bilan belgilanadi (masalan, Fuqarolik kodeksining bo‘limi). Xalqaro transport sohasidagi kollizion normalaming boshqa umumiy o‘ziga xosligi asosiy institut - tashish shartnomasining bir qancha kollizion bog’lanishlar ta’siriga bo‘ysundirilishidan (bog‘lanishlaming ko‘pligi va sochilib ketganligidan) iboratdir. Xalqaro qatnov to‘g ‘risidagi bitimlar va ichki qonun hujjatlari yuklar va yo‘lovchilar tashish bo’yicha munosabatlar uchun quyidagi kollizion bog’lanishlarni nazarda tutadi: - jo ’natish mamlakat qonuni; - o ‘tib borilayotgan mamlakat qonuni; - yuk to’xtatib qolingan (turilgan) mamlakat qonuni; - tashish shartnomasi o ’zgartiriladigan mamlakat qonuni; - hodisa sodir bo’lgan joy mamlakat qonuni; - yuk tayinlangan mamlakat qonuni; - da’vo (talab) bildirilgan mamlakat qonuni; - sudida da’vo (sud qonuni) ko‘rib chiqiladigan mamlakat qonuni.
Xalqaro tashish shartnomasi yuklar va yo‘lovchilarni xalqaro tashish shartnomalarining mohiyati shundan iboratki, tomonlaming bitimlari asosida transport tashkiloti yukni (yo‘lovchini) tayinlangan punktga eltib qo‘yish majburiyatini o ‘z zimmasiga oladi, buning uchun yuk egasi (yo‘lovchi) tashish haqini toiash majburiyatini oladi. Taraflaming boshqa majburiyatlari tashish shartnomasining ana shu asosiy mazmunini aniqlashtiradi va to‘ldiradi xolos. Xalqaro transportda tashish shartnomasining huquqiy ahamiyati quyidagilardan iborat. Birinchidan, shartnoma, bir tomondan, yuk egalari va yo’lovchilar, ikkinchi tomondan, transport tashkilotlari o ‘rtasida paydo bo‘luvchi tashish bo’yicha majburiyatlar yuzaga kelishining huquqiy asosi hisoblanadi. Xalqaro qatnovga tatbiqan, shuningdek mamlakat ichida aynan shartnoma tashish bo’yicha majburiyatlar yuzaga kelishiga asos bo’lishi kerak. Ikkinchidan, transport jarayonini amalga oshirish uchun yuk egalari, yo’lovchilar va transport tashkilotlarining ehtiyojlari hamda imkoniyatlarini hisobga olib, xalqaro bitimlar va milliy qonun hujjatlarida belgilab qo’yilgan tashish shartlarini aniqlashtirish zarur bo’ladi, shuningdek ularning munosabatlarini shartnoma bilan rasmiylashtirish talab qilinadi.
Dengiz transportida keng miqyosli davlatlararo bitimlar yo’qligi bois shuningdek yo’lovchilaming individual lalab-ehtiyojlari bilan hisoblashish lozim bo’lgan yo’lovchilar tashishni amalga oshirish maqsadida shartnomaning tashish shartlarini belgilash, aniqlashtirish eng ko’p qo’llaniladi. Nihoyat, uchinchidan, xalqaro tashish shartnom asi taraflar tom onidan tashish b o ‘yicha m ajburiyatlar bajarilm agan taqdirda ularning m ulkiy javobgarligiga asos b o ‘ladi. Xalqaro tashish shartnomasi belgilangan maqsadi va asosiy huquqiy belgilariga kokra ichki qatnovdagi tashish shartnomasi bilan bir xildir. Bunday o‘xshashlik, bir tomondan ikkala shartnoma mavzusining bir xilligi (bir joydan boshqa joyga olib borish faoliyati), ikkinchi tomondan xalqaro qatnovlar to‘g‘risidagi bitimlarni ishlab chiqishda milliy transport huquqi normalaridan keng foydalanilishi bilan bog‘liq. Xalqaro tashishlami amalga oshirish uchun tegishli xalqaro bitim yoki ichki qonun hujjatlarming talablariga javob beradigan transport hujjatlari tuzilishi zarur.
Bunday hujjatlaming mavjud bo’lishi taraflar o’rtasida tashish shartnomasi tuzilganligini bildiradi, uning shartlarini belgilaydi va transport tashkilotiga tashishni amalga oshirish majburiyatini yuklaydi. Transportning ayrim turlarida yuklarni tashishga tatbiqan olganda tarixan hujjatlaming ikkita tizimi tarkib topdi va qo‘llanilmoqda, bular: yuk xati (temiryo‘l, avtomobil, havo yo‘llarida tashishlar) hamda konosament (dengizda, ichki suv yo‘llarida tashishlar). Konosament shakli odatda yuklarni aralash tashishlar uchun qo‘llaniladi. Boshlang‘ich asoslari umumiy bo‘lgani holda ular o‘rtasida katta amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan farqlar bor.
Xalqaro yo‘lovchi tashishda shakli odatda transport tashkilotlarining o ‘zi tomonidan belgilanadigan chipta transport hujjati hisoblanadi. Xalqaro qatnovda bagajni tashish bagaj pattasi bilan rasmiylashtiriladi. U transportning havo va boshqa ba’zi turlarida amaliy qulay bo‘lishi mulohazalaridan kelib chiqib yo'lovchi chiptasi bilan birlashtirilgan. Ayrim xalqaro bitimlar odatda turistlar guruhini tashishda qolaniladigan birgalikdagi (jamoa tarzida) yo‘lovchi chiptasi berish mumkinligini nazarda tutadi.
Download 26.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling