Mavzu: Xarajatlarni baholash va xarajatlar dinamikasi


Download 42.69 Kb.
Sana11.05.2023
Hajmi42.69 Kb.
#1452398
Bog'liq
Xarajatlarni baholash va xarajatlar dinamikasi


Mavzu:Xarajatlarni baholash va xarajatlar dinamikasi
Reja

  1. xarajatlarni baxolash

  2. xarajatlar dinamikiasi

  3. regressiya tenglamasi

Xarajatlami baholash uchun qoMlaniladigan turli usullami ko‘rib chiqishdan oldin bu bobda biz foydalanadigan ba’zi atamalarni bilib olishimiz lozim.
Regressiya tenglamasi tobe o‘zgaruvchan miqdor (bu o‘rinda siiiaiat) va erkin o‘zgaruvchan xarajatning (ya’ni faollik ko‘rsatkichi voki chiqimlar omilining), bitta yoki ko‘p soni o‘rtasidagi kutilayotgan inbclikni ko‘rsatadiki, ular oldingi kuzatuvlarga asoslanadi. Tenglama laqat bitta erkin o‘zgaruvchi xarajatni o‘z ichiga olsa oddiy regressiya dryiladi va bunday holatda regressiya tenglamasini to‘g‘ri chiziqli grafik lar/.ida ko‘rsatish murnkin. Agar tenglama va undan ko‘proq erkin o'zgaruvchi xarajatlami o‘z ichiga olsa, gap ko‘plik regressiyasi lo‘ risida boradi. Agar bitta erkin o‘zgaruvchi va tobelik to‘g‘ri chiziqli ho1 Isa, regressiya chizig‘ini to‘g‘ri chiziqli tenglama shaklida ifodalash murnkin:
у = a + bx.
Agar biz tobe o'zgaruvchi (xarajatlar) va erkin о 'zgaruvchi (fuoliyat turi), o‘rtasidagi aloqani ifodalamoqchi bo‘lsak u holda:
у — x faollik darajasida hisobot davridagi umumiy xarajatlar;
a — hisobot davridagi umumiy doimiy chiqimlar;
b — mahsulot turi birligiga o‘zgaruvchi o‘rtacha chiqimlar;
x — faoliyat turi hajmi yoki hisobot davrida chiqimlar omillari.
Agar misol uchun olganda, aniq bir davrda doimiy chiqimlar 5000 yevroga teng bo‘lsa, o‘zgaruvchi o‘rtacha chiqimlar mahsulot birligida 1 yevroni tashkil qilsa, asosiy xodimlarning mehnat soati esa chiqimlar omili bo‘lsa, u holda Umumiy xarajatlar = 5000 + 1 x asosiy xodimlar mehnat soati (x), yoki
у = a +bx, shu sababli y = 5000 + 1х.
Tobe o‘zgaruvchi yoki bir necha erkin o‘zgaruvchi o‘rtasidagi bog‘liqlikni ifodalovchi regressiya tenglamasiga nisbatan maqsadli vazifa atamasi ham qo‘llaniladi. Xarajatlarni baholash umumiy xarajatlar bilan bu xarajatlarni talab qiluvchi potensial omillar o‘rtasidagi oldingi tobelikni o‘lchashdan boshlanadi. Bunday holatda maqsad bo‘lajak sarf-xarajatlarni taxmin qilish uchun yordamchi vosita sifatida oldingi xarajatlarning o‘zgarish turidan foydalanishdir.
Lekin kelgusida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan vaziyatning har qanday o‘zgarishi oldingi ma’lumotlarga mumkin bo‘lgan shu o‘zgarishlarni hisobga olib, tuzatish kiritishini talab qiladi. Ayni paytda o‘tgan davr ma’lumotlari asosida chiqarilgan xarajatlar vazifalari to‘satdan to‘xtab qolishi mumkin bo‘lgan soxta korrelyatsiya asosida aniqlanishi xavfi mavjud. O‘zgaruvchi birliklar iqtisodiy jihatdan asoslangan bo‘lsa, kuchli korrelyatsiya (o‘zaro bog‘liqlik) bo‘lishi mumkin. Shu sababli xarajatlar vazifasini faqat ilgari kuzatilgan statistik tobelik asosida aniqlamaslik kerak. Har qanday holatda ham kuzatiladigan statistik tobelikning tabiati oqilona va iqtisodiy jihatdan asoslangan bo‘lishi kerak. Agar bunday sharoit bo‘lmasa, turlicha ma’lumotlar asosida natijalarni prognozlash uchun xarajatlar vazifasidan foydalanilganda baholanayotgan qaramlik (tobelik) takrorlanishiga ishonib bo‘lmaydi.
Xarajatlarni baholash usullari:
1) muhandislik usullari;
2) buxgalteriya usullarini tekshirish;
3) grafik usul yoki tarqalish diagrammasi;
4) eng ko‘p va eng kam miqdor usuli.
Bu yondashuvlar xarajatlar vazifalarini aniqlashning aniqlik darajasi bo‘yicha va ularni amalga oshirish xarajatlari bo‘yicha farq qiladi. Bu usullar bir-birini istesno qilmaydi, xarajatlarning turli toifalari uchun turli usullar qo‘llanilishi mumkin.
Afsuski, faollikning eng yuqori darajasida xarajatlarni kuzatish hamisha ham me’yoriy operatsiya sharoitini aks ettirmaydi va shu sababli tipik vaziyatlarni emas, kam bo‘ladigan vaziyatlarni ko‘rsatishi mumkin.

Xo‘jalik yurituvchi subyektda va uning ayrim olingan bo‘limlarida ishlab chiqarish faoliyatining samaradorligini aks ettiradigan koTsatkichlarning umumiy tizimida tannarx ko‘rsatkichi asosiy o‘rin tutadi. Chunki tannarxning tarkibi uni tashkil qiladigan tegishli xarajatlaming yig‘indisidan iborat. Korxonalarda xarajatlami boshqarish eng qiyin jarayonlardan biri hisoblanadi. Chunki u ahamiyati bo‘yicha xo‘jalik yurituvchi subyektning faoliyatini boshqarish majmuasi deb tushuniladi. Mahsulot ishlab chiqarish uni tayyorlash jarayonida sarflangan xomashyo, materiallar, ishlab chiqarish vositalari, ishchilarga to‘langan ish haqi, shuningdek mahsulotni ishlab chiqarish va sotish bilan bog‘liq bo‘lgan xizmatlar uchun toMov va xarajatlaming pul orqali ifodalanishidir. Tannarx korxona iqtisodiy-xo‘jalik faoliyatining muhim ko‘rsatkichi hisoblanadi, chunki u mahsulot yoki ko‘rsatilgan xizmat tannarxi qancha past bo‘lsa, ya’ni buning uchun qancha k&m xarajat qilingan bo‘lsa, mahsulot yoki xizmatning qiymati va binobarin uning bahosi shuncha past bo‘ladi. Baho qancha past boisa, shu tovar yoki xizmatga boTgan talab shuncha yuqori boMishi tabiiy. Mahsulotning tannarxi uning bahosini aniqlashda asos bo‘lib xizmat qiladi. Shu bilan birgalikda mahsulot ishlab chiqarish jarayonida sarflangan xomashyo, material laming bahosi yaratilgan mahsulotning tannarxiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Mahsulot tannarxi ko‘rsatkichi ishlab chiqarishni rejalashtirish, uning samaradorligini tahlil qilish va xarajatlar ustidan nazoratni amalga oshirishda muhim rol o‘ynaydi. Mahsulot tannarxi individual va tarmoq tannarxiga bo‘linadi. Mahsulotning individual tannarxi deb korxonada xomashyo va materiallardan foydalanib, mahsulot ishlab chiqarish va uni realizatsiya qilishga ketgan xarajatlarga aytiladi. Tarmoq tannarxi esa muayyan mahsulotni ishlab chiqarish uchun tegishli tarmoqda sarflangan xarajatlaming o‘rtacha hajmi bilan o‘lchanuvchi ko‘rsatkichdir. Mahsulot tannarxi darajasiga juda ko‘p omillar ta’sir ko‘rsatadi.


Biroq mahsulot tannarxini pasaytirishga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy omillar quyidagilardan iborat:
- mehnat unumdorligini oshirish;
- fan-texnika chiqarish fondlaridan samarali foydalanish;
-xomashyo materiallar yutuqlaridan foydalanish;
- yoqilg‘i va elektr energiyasidan tejamkorlik bilan foydalanish;
- ishlab chiqarishni boshqarish tizimini takomillashtirish va boshqaruv xarajatlarini kamaytirish.

Har qanday tijorat korxonasi imkoni boricha ko‘p foyda olishni la’minlaydigan qarorlar qabul qilishga harakat qiladi. Mahsulotga qilingan xarajatlar foyda miqdoriga ta’sir qiladigan xarajatlarning muhim qismidir. Odatda xarajatlar deganda iste’mol qilingan resurslar yoki tovarlar va xizmatlar uchun to‘lash lozim bo‘lgan pul tushuniladi. Boshqarish uchun menejerlarga shunchaki xarajatlar emas, balki biror narsaga (mahsulotga, uning turkumiga, xizmatga) chiqimlar to‘g‘risidagi, ya’ni “xarajatlar hisobi obyektiga” chiqimlar to‘g‘risidagi axborot zarur.



Xarajatlaming maqsadi - xarajatlari alohida o‘lchanadigan har qanday faoliyatdir. Mahsulot, sex, savdo hududi yoki aniqlash mumkin bo‘lgan har qanday faoliyat bunga misol bo‘la oladi87. Amalda korxonalarda xarajatlarni boshqarishga yondashuvlarda uslublaming ikki guruhi: buxgalteriya-soliq va boshqaruv-tahliliy uslublari nuqtayi nazaridan ko‘rib chiqish mumkin. Uslublaming birinchi guruhi buxgalteriya hisobi va soliqqa tortish sohasida amal qiladigan qonunchilik doirasida foyda solig‘i bo‘yicha soliqqa tortiladigan bazani o‘zgartirish maqsadida sarflar bilan ishlash imkoniyatini ko‘zda tutadi. Ikkinchi guruh uslublarini qoilash jarayonida korxonaning ichki xizmatlari boshqaruv hisobining progressiv uslublaridan foydalangan holda korxona ishini rejalashtirish hisobini yuritish, nazorat qilish, tannarxini kamaytirish va samaradorligini oshirish sohasida muayyan vazifalami ishlab chiqadi. Mahsulotni ishlab chiqarish va sotish uchun sarflarni rejalashtirish, ularning hisobini yuritishga yagona yondashuvni ta’minlash uchun ushbu sarflaming tegishli tasnifi kerak.

Xarajatlarni aks ettiruvchi schyotlar bo‘yicha turkumlanishi
Amaliyotda mahsulotni ishlab chiqarish va sotish uchun sarflarni rejalashtirish, ularning hisobini yuritish va kalkulyatsiya qilish iiniq.mlida boshqarish uchun: mazmuni va maqsadi; ishlab chiqarish hajmiga bog’liqligi darajasi sarflarni ma’lum turdagi mahsulot birligining tannarxiga kiritilish usuli; ishlab chiqarishda sarflaming shakllantirilishi ketma-ketligi kabi belgilar bo‘yicha tasnif ishlatiladi. Sarllami shakllantirishni boshqarish tizimida amaliy foydalanish sarflar mazmuni va maqsadiga ko‘ra, ikki usulda guruhga hoMinadi: iqtisodiy tarkibi hamda sarflaming moddalariga ko‘ra 2 guruhga bo’lishning ikkala usulida ayni bir xil sarflar hisobga olinadi, Iekin ularni hisobga olishning o‘ziga xos xususiyatlari tufayli ayni bir moddalar va tarkibiy qismlari kattaligiga ko‘ra farqlanadi. Xarajatlarni iqtisodiy tarkibiga ko‘ra guruhlashda u yoki bu zaxiralar qayerda va qaysi maqsadda ishlatilishi muhim emas, faqat sarflar iqtisodiy mazmuniga ko‘ra bir xil bo‘lishi muhim hisoblanadi.
Mahsulotga tegishli xarajatlar tayyor mahsulot ishlab chiqarish hiliin hog‘liq. Bu xarajatlar zaxiralar qiymatiga kiritiladi. Mahsulotga tegishli xarajatlarga asosiy materiallarni, asosiy mehnatni va ishlab chiqurishga ustama sarflarni kiritishadi.
Asosiy materiallar - xom-ashyo va materiallar, ular tayyor mahsulotning qismiga aylanadi. Ularning qiymati bevosita va alohida xarajatlarsiz ma’lum buyumga qo‘shiladi.
Bevosita moddiy xarajatlar miqdorini aniq bir buyumga qo‘shish mumkin bo‘lgan materiallar iniqdorini materiallar birligiga ko‘paytirib hisoblab chiqarilishi mumkin. Asosiy mehnat barcha ishchi kuchi xarajatlarini o‘z ichiga oladi, ularni bevosita tayyor mahsulotlarning ma’lum turiga tejab qo‘shish mumkin. IJmumiy ishlab chiqarish xarajatlari - (ishlab chiqarish ustama xnrajatlari) - bular mahsulot ishlab chiqarishga sarflangan asosiy materiallar va asosiy mehnatdan tashqari barcha xarajatlardir, ya’ni ishlab chiqarish bilan bogMiq bo‘lgan, lekin tayyor mahsulotning aniq Ini turiga tegishli deb bo’lmaydigan turli sarf-xarajatlaming yig'indisidir. (Masalan, qo‘shimcha materiallar, qo‘shimcha ishchilar mehnati, ishlab chiqarish binolari va uskunalaming amortizatsiyasi, kommunal xizmatlar, ishlab chiqarish binolarini ijaraga olishga doir xarajatlar у ig‘indisi).
Davr xarajatlariga ular paydo bo’lgan davrda qilingan, lekin zaxiralar qiymatiga qo‘shilmaydigan sarflar kiradi. Davr xarajatlariga sotish xarajatlari va ma’muriy xarajatlar kiradi. Mahsulotni sotish bilan bogMiq xarajatlar - korxonaning mahsulotni sotish, uni bozorga olib borish xarajatlaridir. Ma’muriy xarajatlar - korxonaning umumiy faoliyati bilan bog‘liq (masalan, ma’muriy xodimlarning ish haqi, ma’muriy bino va ofis anjomlari amortizatsiyasi va shu kabi xarajatlardir).
Xarajatlar mahsulotning ishlab chiqarish tannarxiga kiritilish usuli bo‘yicha bevosita va bilvosita xarajatlarga ajratiladi. Bevosita xarajatlar mahsulotning aniq turi talabidan hosil bo4adi. Ulami dastlabki hujjatlar ma’lumotlariga asoslanib sarflangan paytida mahsulotning ma’lum turiga qo‘shish mumkin. Bunga xomashyo materiallar, sarfi, ishlab chiqarish bilan band ishchilarning ish haqi, ya’ni dastlabki xarajatlar kiradi.
Bilvosita xarajatlar mahsulotning bir necha turi bo‘yicha hosil bo‘ladi. Odatda bilvosita xarajatga ishlab chiqarilgan mahsulotning ma’lum turiga bevosita qo‘shib boMmaydigan ishlab chiqarishning ustama sarf-xarajatlari kiradi, shuning uchun xaraj at laming umumiy summasini maxsus stavkalar asosida mahsulotga taqsimlaydilar. Ishlab chiqarish xarajatlari (asosiy mehnat, asosiy materiallar sarfi va ishlab chiqarish ustama xarajatlari) yig‘iladi hamda ishlab chiqarilgan mahsulot to‘g‘risida hisobot va sotilgan mahsulot tannarxi to‘g‘risida hisobot tarzida ko‘rsatiladi. Bu hisobotlar alohida tuzilishi yoki ishlab chiqarilgan va sotilgan mahsulot tannarxi to‘g‘risidagi hisobotga birlashtirilishi mumkin. Ishlab chiqarilgan mahsulot tannarxi - bu ma’lum davrda ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotga tegishli ishlab chiqarish xarajatlaridir.
Umumiy xarajatlar - bu mahsulot yoki korxona bo‘yicha xarajatlar lo‘g‘risidagi axborot. O’rtacha xarajatlar - bu mahsulot birligiga ketgan xarajatlar. Xarajatlaming o’zgarishi deganda faoliyat darajasi o’zgarganda xarajatlaming qanday o‘zgarishi tushuniladi. O’zgaruvchan xarajatlar ishlab chiqarish hajmiga bog‘liq. O‘zgaruvchan xarajatlar miqdori ishlab chiqarish hajmining (ish- bilarmonlik faollik darajasining) o‘zgarishiga mutanosib o‘zgaradi va mahsulot birligiga hisoblaganda doimiy miqdor bo’ladi. Xomashyo, usosiy ishchilarning mehnati, komission xarajatlar bunga misol bo’la oladi. Doimiy xarajatlar miqdori faollik darajasi o’zgargan paytda ham o'zgarmay qolaveradi, ular nisbatan doimiy dir, lekin ishlab chiqarish darajasi o’zgarganda mahsulot birligiga hisoblangan doimiy xarajat ham o‘zgaradi: amortizatsiya, ijara xarajatlari va aktivlar sug’urtasi, ma’muriy xarajatlar bunga misol bo‘la oladi.
Barcha bevosita xarajatlar o’zgaruvchan xarajatlardir, umumiy ishlab chiqarish, tijorat va ma’muriy xarajatlar tarkibida esa o’zgaruvchan xarajatlar ham, doimiy xarajatlar ham bor. Ba’zi xarajatlami o’zgaruvchan yoki doimiy sarflar sifatida turkumlab boMmaydi. Yarim o‘zgaruvchan xarajatlar - bir vaqtning o‘zida ularda o'zgaruvchan va doimiy komponentlar boMadi. Bu xarajatlaming bir qismi ishlab chiqarish hajmi o‘zgargan taqdirda o‘zgaradi, bir qismi esa davr davomida o’zgarmay qoladi, faoliyat hajmiga bog’liq bo’lmaydi.
Masalan, telefon uchun oylik abonent haqi todovining summasi doimiyga kiradi va olzgaruvchan qismi shaharlararo va xalqaro telefon orqali gaplashish soniga va vaqtiga bogdiq. Yarim o‘zgaruvchan xarajatlarni aralash xarajatlar ham deb yuritishadi.
Yarimdoimiy xarajatlar - ishlab chiqarish hajmiga bog‘liq bo‘ladi, lekin unga mutanosib ravishda o‘zgarmaydi, ular bosqichma-bosqlch ko‘payadi, ya’ni ishlab chiqarish hajmining ma’lum darajasigacha doimiy bodadi, shundan so‘ng hajmi o‘zgarganda ko‘payadi va yana ishlab chiqarishning ma’lum darajasigacha o‘zgarmay turadi. Muqobil xarajatlar - bu foydalanilmagan imkoniyatlarga qilingan sarf xarajatlardir. Ular bir harakatni tanlash boshqa harakatning vujudga kelishini istisno qiladigan paytdagi boy berilgan foydani bildiradi.
Masalan, sport sumkalari ishlab chiqaradigan korxona chemodan tayyorlashga buyurtma oldi. Agar korxona bu buyurtmani qabul qilsa, sport tovarlarini sotadigan do‘konlaming butun bir tarmog‘i uchun odatdagi miqdorda sport sumkalari ishlab chiqarish uchun ishlab chiqarish imkoniyatlari (mashina va ish vaqti) yetishmaydi. Bu buyurtmani qabul qilishning muqobil xarajatlari sport sumkalarini ishlab chiqarish imkoniyati qolmagani sababli boy berilgan foydadir. Bu boy berilgan foydani sport sumkalarini sotishdan olinadigan potensial daromaddan ularni ishlab chiqarishga ketadigan xarajatlarni chiqarib tashlash yoii bilan hisoblanishi mumkin. Muqobil xarajatlar har bir kishi qabul qilgan qarorida ham mavjud bodadi. Muqobil xarajatlarga talabani universitetda o‘qitish uchun sarflangan xarajatlar ham ish haqiga qo‘shiladi. Lekin talaba bu vaqtda ishlamagan va ish haqi hisoblanmagandir.
Muqobil xarajatlar harakatning tanlash chogdda harakatlarning boshqa variantlaridan voz kechish natijasida yo‘qotilgan yoki qurbon qilingan potensial naf sifatida aniqlanadi.
Misol: Kompaniya pulni qimmatli qog‘ozlarga investitsiyalash yoki asbob-uskunalar sotib olishdan birini tanlashi kerak. Agar korxona asbob-uskunalar sotib olishni investitsiyalamasdan, qimmatliqog'ozlarni sotib olgan taqdirda investitsiyadan olgan daromad muqobil xarajat bo’ladi.
Qaytmaydigan xarajatlar - bu muqaddam qilingan xarajatlardir.
Demak ular kelgusidagi xarajatlarga ta’sir qilmaydi va hozirgi yoki keyingi hech qanday harakat uni o‘zgartirmaydi. Bunga misol qilib uskunalar (dastlab sotib o!ingan)ning boshlang‘ich qiymati va moddiy /nxiralami hosil qilishga sarflangan xarajatlar kiradi. Sotib olingan zaxiralar va uskunalardan hozir foydalanilmayotgan bo‘lsa ham ulami xarid qilishga xarajatlarni kelgusidagi hech qanday harakat o‘zgartira olmaydi. Shu sababli bu xarajatlar kelgusida qaror qabul qilish chog‘ida hisobga olinmaydi. Relevant xarajatlar va daromadlar kelgusida kutilayotgan va hozirgi va kelgusidagi har qanday harakat o‘zgartira olmaydigan xarajatlar va tushumlar (yoki kelgusi davrdagi xarajatlar va tushumlar, yoki ahamiyatli xarajatlar va tushumlar) bu qaror qabul qilinishi natijasida o‘zgaradigan xarajatlar va tushumlardir.
Qabul qilinayotgan qaror ta’sir qilmaydigan xarajatlar va tushumlar norelevant ya’ni unga tegishli bo‘lmagan (ahamiyatsiz) xarajatlar va tushumlardir. Ko‘payadigan xarajatlar (ular qo‘shimcha yoki tabaqalashtirilgan xarajatlar ham deyiladi) - bu ikki muqobil qarorni ko‘rib chiqish ehogMda xarajatlar farq qiladigan miqdordir. Ko‘payib boradigan xarajatlar va tushumlar — bu tahlil qilinadigan har bir variantda mahsulotning ko‘rib chiqilayotgan turlari uchun qilingan sarflar va tushumlar o‘rtasidagi farqlar hamda harakatning bir variantida mavjud bo’lgan, lekin boshqa harakat variantida to‘la yoki qisman mavjud boMmagan har qanday xarajatlardir. Ko‘payadigan xarajatlar ham doimiy, ham o‘zgaruvchan bo‘lishi mumkin. Marjinal xarajatlar (tushumlar) bir qo‘shimcha ishlab chiqarilayotgan mahsulot birligiga qilingan qo‘shimcha xarajatlar (tushumlar)dan iboratdir. Me’yoriy xarajatlar - bu mahsulot birligiga rejalashtiriladigan xarajatlardir. Ulardan smeta tuzish va rejalashtirilgan natijalar bajarilishini baholash uchun foydalaniladi.
Mahsulot tannarxi tarkibiga quyidagi xarajatlar kiritiladi. Bu xarajatlar korxona mahsulot ishlab chiqarishida bevosita qatnashib mahsulot tannarxini shakllantiradi:
- ishlab chiqarish bilan bog‘liq boMgan moddiy xarajatalar; - ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan mehnatga haq to‘lash xarajatlari;
- ishlab chiqarishga tegishli bo‘lgan ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar;
- asosiy vositalar va ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo‘lgan nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi;
- ishlab chiqarish tusidagi boshqa xarajatlar.
Ishlab chiqarish jarayonida mahsulot tannarxini optimallashtirish va samarali moliyaviy yakunuy natijaga erishishda, tayyor mahsulotga qilingan haqiqiy xarajatlar muhim ahamiyat kasb etadi. Sarflanayotgan har bir turdagi xarajatlarni mahsulot tannarxiga optimal darajada muvofiqlashtirish esa buxgalteming kasb mahoratidir. Bu borada ishlab chiqarish jarayonini boshqarayotgan buxgalterlar, tahlilchi-iqtisodchilar yoki menejerlar xarajatlarning qay yo‘sinda turkumlanishini mukammal darajada bilishi zarur. Boshqaruv hisobida xarajatlarni turkumlashdan maqsad korxona rahbarining to‘g‘ri va asosli qarorlar qabul qilishida menejerlarga amaliy yordam ko‘rsatishidir. Sarflangan xarajatlar bir vaqtning o‘zida ham boshqaruv hisobiga ham moliyaviy hisobga tegishli. Ammo, ularning ha’zi birlari faqat boshqaruv hisobigagina tegishli bo‘lib, korxona boshqaruv qarorlarini qabul qilishda foydalanadi va moliyaviy natijalami tuzishda esa ular ahamiyatsizdir. Shuning uchun ham, xarajatlami turkumlash jarayoni - menejerlami boshqaruv qarorlarini qabul qilishda va unga ta’sir ko‘rsatishda ajralmas qism ekanligini helgilab beradi.
Xarajatlar hisobi va mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilish asosan sotilgan mahsulot tannarxi va tovar-moddiy zaxiralari o‘rtasidagi xarajatlami taqsimlash va ularni moliyaviy natijalarda ko‘rsatish uchun xizmat qiladi. Tezkor qarorlar qabul qilishda yoki bir necha variantlar ichidan optimal qaromi tanlash vaqtida korxona ishlab chiqarish jarayonini o‘zgartirishi mumkin. Ushbu vaziyat yuzasidan korxona o‘z menejeridan turli bo‘g‘indagi asosli qarorlar qabul qilishi uchun turli yo‘nalishdagi ma’lumotlar talab qilishi mumkin. Masalan, qaysi mahsulotni ishlab chiqarish va qaysi birini to‘xtatish, qanday narx o‘rnatish, yangi asbob-uskunalarni o‘rnatish yoki yaroqlisini yangilash, o‘z ishchi-xodimlarini malakasini oshirish yoki yangi mutaxassislarni jalb etish, reklama xarajatlarini oshirish va boshqalar. Xarajatlar hisobi va mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilish - boshqaruv hisobining asosiy funksiyasidir. Boshqarish uchun menejerlarga shunchaki xarajatlar emas, balki aniq bir obyektga tegishli (korxona faoliyat turiga taalluqli bo‘lgan tovar, mahsulot, xizmatga nisbatan qilingan) chiqimlar tolg‘risidagi, ya’ni “xarajatlami qayd qilish obyektiga” nisbatan qilingan xarajatlar to‘g‘risidagi axborot zarur bo‘ladi.
Xarajatlami quyidagi belgilariga qarab turkumlash mumkin: a) Mahsulotga tegishli xarajatlar va davr xarajatlari Mahsulotga tegishli xarajatlar tayyor mahsulot ishlab chiqarish bilan bog‘liq. Bu xarajatlar zaxiralar qiymatiga kiritiladi. Mahsulotga tegishli xarajatlarga asosiy materiallarni, asosiy mehnatni va ishlab chiqarishga ustama sarflarni kiritishadi.
Kalkulyatsiya - xarajatlarni guruhlash va bir birlik tayyor mahsulotni tannarxini aniqlash, bajarilgan ishlar, ko‘rsatilgan xizmatlar humda tayyorlangan mahsulotlaming qiymati. Ishlab chiqarish xarajatlari (aynan mahsulotga qilingan xarajat) zaxiralami, sotilgan mahsulot tannarxi va davr xarajatlarini baholash uchun ishlab chiqarish va noishlab chiqarish xarajatlariga bo‘lish kerak bo‘ladi. Ko‘pgina mamlakatlarda tashqi foydalanuvchilarga moliyaviy hisobotlarni taqdim etishda, tovar-moddiy zaxiralarini baholash va tannarxni kalkulyatsiya qilish faqat ishlab chiqarish xarajatlariga olib boriladi. Davlat tomonidan o‘rnatilgan umumiy tartib bo‘yicha, ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulotlarni sotish xarajatlari mahsulot lannarxiga olib boriladi. Daromad va xarajatlarni guruhlasjitirish esa korxona faoliyati turiga ko‘ra mustaqil buxgalteriya hisobiga olib boriladi.
Ishlab chiqarish jarayoni bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq bo‘lgan ishlab chiqarilgan mahsulot tannarxiga bevosita taalluqli bo‘lgan xarajatlar:
-bevosita moddiy xarajatlar;
-bevosita mehnatga haq to‘lash xarajatlari;
- ishlab chiqarish ustama xarajatlari. Noishlab chiqarish xarajatlari (davr xarajatlari)
- ishlab chiqarish jarayoni bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq bo‘lmagan xarajatlar, ya’ni:
- sotish xarajatlari;
- boshqaruv xarajatlari;
- boshqa operatsion xarajatlar.
Mahsulotga yo‘naltirilgan xarajatlarga qilingan chiqimlami ikki turga ajratish mumkin: to‘g‘ri hamda egri xarajatlar. Mahsulotga qilingan to‘g‘ri xarajatlar (direct costs) iqtisodiy mazmun jihatdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri mahsulot birligiga borib qo‘shiladi.
Korxona o‘z faoliyati davomida shunday xarajatlar qiladiki, kelgusida biron bir natijaga erishish uchun hozirgi davrda ushbu qiymatdagi xaarajatni bajarilishini talab qiladi. Bunday sarflar qaytmaydigan xarajatlar bo‘lib, ular sarflangan resurslar uchun o‘z qiymatini yo‘qotadi va hech qanday qaror bilan uni o‘mini to‘ldirib bo‘lmaydi. Misol. Korxona o‘z aktivlari hisobida eskirgan tugatish qiymati 80000 sh.b. bo‘lgan uskuna mavjud. Hisobdan chiqarish yoki likvidatsiya qilish xarajatlari 80000 sh.b.ni tashkil qiladi. Qaytmaydigan xarajatni nol holatida hisobga olish uchun qaror qabul qilish kerak. Korxona kelgusi faoliyatida ushbu uskunadan foydalanmaydi va uni xaridor sotib olish uchun 50000 sh.b.ni taklif qilmoqda. Korxona ushbu kelishuvni qabul qilishi kerakmi? Bu holatda korxona 30000 sh.b. zarar ko‘rishi mumkin, lekin agar menejer 80000 sh.b.ni qaytmaydigan xarajat sifatida hisobga olsa, uskuna sotishda 50000 sh.b. foyda olishi mumkin. Demak, uskunaning tugatish qiymatini xarajatlarga olib borish korxona uchun ma’qul hisoblanadi.
Muqobil xarajatlar - bu faoydalanilmagan imkoniyatlarga qilingan sarf xarajatlardir. Ular bir harakatni tanlash boshqa harakatning vujudga kelishini istisno qiladigan paytdagi qo‘ldan chiqqan foydani bildiradi.
Ular bir harakatni tanlash boshqa harakatning vujudga kelishini istisno qiladigan paytdagi qo‘ldan chiqqan foydani bildiradi. Masalan, sport sumkasi ishlab chiqaradigan firma jomadon tayyorlashga buyurtma oldi. Agar korxona bu buyurtmani qabul qilsa, sport sumkalarini sotadigan do‘konlarning butun bir tarmog‘i uchun odatdagi miqdorda sport sumkalari ishlab chiqarish imkoniyatlari (mashina va ish vaqti) yetishmaydi. Bu buyurtmani qabul qilishning muqobil xarajatlari sport sumkalarini ishlab chiqarish imkoniyati qolmagani sababli qoidan chiqarilgan foydadir. Bu qo‘ldan chiqqan foydani sport sumkalarini sotishdan olinadigan potensial daromaddan ulami ishlab chiqarishga ketadigan xarajatlarini chiqarib yasash yo‘li bilan hisoblanishi mumkin. Muqobil xarajatlar har bir odam qabul qiladigan qarorida ham mavjud bo‘ladi. Muqobil xarajatlarga talabani universitetda o‘qitish uchun sarflangan xarajatlar ish haqiga qo‘shiladi. Lekin talaba bu vaqtda ishlamagan va ish haqi hisoblanmagan.
Muqobil xarajatlar harakatni tanlash chog‘ida (qaror qabul qilishda) harakatlaming boshqa variantlaridan voz kechish natijasida yo’qotilgan yoki qurbon qilingan potensial foyda sifatida aniqlanadi.
Download 42.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling