Mavzu: Xarid logistikasi Reja


Download 279.4 Kb.
bet2/5
Sana08.03.2023
Hajmi279.4 Kb.
#1249716
1   2   3   4   5
Bog'liq
xarid logistikasi

Yuqorida funksiyalar moddiy-texnik ta’minot xizmati,ya’ni xarid bo’limi va marketing bo‘limi, ishlab chiqarish,ishlab chiqarishni tayyorlash xizmati, buxgalteriya, moliyaviy va yuridik bo‘limlar bilan o‘zaro bog'liq holda amalga oshiriladi.

Yuqorida funksiyalar moddiy-texnik ta’minot xizmati,ya’ni xarid bo’limi va marketing bo‘limi, ishlab chiqarish,ishlab chiqarishni tayyorlash xizmati, buxgalteriya, moliyaviy va yuridik bo‘limlar bilan o‘zaro bog'liq holda amalga oshiriladi.

Materiallarni xarid qilish jarayoni va uning asosiy bosqichlari:

Materiallarni xarid qilish jarayoni o‘zining tarkibiga bir qator logistik o‘zaro bog'langan ishlar turlarini jamlaydi. Materiallar xarid qilish jarayoni quyidagi bosqichlarga ajratiladi: arizalarni tuzish, arizalar tahlili, yetkazib beruvchilarni tanlash, buyurtmalarni joylashtirish, buyurtmalar bajarilishini nazorat qilish, xarid qilish jarayonining tugatilishi.

Arizalarni tuzish.

Materiallarni xarid qilishga arizalar korxonaning maxsus funksional bo‘linmalarining ishchilari tomonidan tayyorlanadi. Ular korxonaga material- larning qaysi turlari va qancha miqdorda talab etilayotganligi, ular qachon qabul qilib olinishi kerakligi va arizaning kim tomonidan tuzilganligi haqida ma’lumotlarga ega bo’ladi. Arizalar shunday tuziladiki, kutilayotgan materiallarning kelib tushish miqdori, ularga bo‘ladigan amaliy talablardan o‘zib ketadi.Arizalarni joylashtirish va materiallarni qabul qilish o‘rtasidagi vaqt o‘zib turish vaqti deb ataladi. 0‘zib turish vaqtini to‘g‘ri aniqlash xaridlarni va moddiy zaxiralarni boshqarish jarayonida muhim o‘rin tutdi. Arizalarning oldindan berilishi kelib tushishlarning kutilmagan

to‘xtashining salbiy ta’sirini kamaytiradi. Shu bilan birga o‘zib turish vaqtining haddan tashqari ko‘paytirilishi moddiy zaxiralaming o‘sishiga olib keladi. Arizalarni tuzishga javobgar bo’lgan ishchilar materiallar kelib tushi-shining eng kam o‘zib turish vaqtini o ‘rnatishi zarur, bunda yetkazib beruvchining imkoniyatlari va materiallar iste’molchisining talablari hisobga olinadi.


Download 279.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling