Mavzu: Xaridorlar to’laydigan soliqlarning bozor sharoitiga ta’siri. Soliq yukini taksimlashda tahlil qilish usuli Bajardi: smm-59 k guruh talabasi G’aniyev Javlonbek Qabul qildi: Shermuhammedov Behzod


Download 51.12 Kb.
bet2/7
Sana25.10.2023
Hajmi51.12 Kb.
#1722288
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mavzu Xaridorlar to’laydigan soliqlarning bozor sharoitiga ta’s-fayllar.org

Kursishi ob’ekti va predmeti. Kursishining ob’ekti bo’lib mamlakatimizda soliq yuki va uni aniqlash mezonlari, iqtisodiyot tarmoqlari bo’yicha soliq yuki darajasi va uning taqsimlanish darajasi hisoblanadi.
Hozirgi sharoitda iqtisodiyot va ayrim xo’jalik sub’ektlari zimmmasidagisoliq yukini aniqlash jarayoniga doir moliyaviy munosabatlar Kursishining predmeti hisoblanadi.
Kursishining maqsadi va vazifalari. Kursishining asosiy maqsadi mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlarida soliq yukining amaldagi holatini o’rganish va tarmoqlar bo’yicha soliq yukini bir xillashtirish yuzasidan ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqishdan iborat.Shu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilab olindi:
 soliqlarning ob’ektiv zarurligi va soliq yukining ilmiy-nazariy asoslarinio’rganish;
 soliq yuki darajasi va uni aniqlashning nazariy asoslarini tadqiq etish;
 mamlakatimizda soliq yuki darajasini baholashning amaldagi holatinio’rganib chiqish;
xo’jalik yurituvchi sub’ektlar bo’yicha soliq yukini tahlil qilish;
 soliq sub’ektlari o’rtasida soliq yuki taqsimlanishidagi mavjud muammolarnianiqlash va ularni bartaraf etish yo’llarini o’rganish;
xo’jalik yurituvchi sub’ektlar zimmasidagi soliq yukini maqbullashtirilishi
yuzasidan takliflar ishlab chiqish.
Kursishi tarkibi kirish, ikkita bob, xulosa va foydalanilganadabiyotlar ro’yxatidan iborat.

I BOB. IQTISODIYOTNI MODERNIZATSIYALASH SHAROITIDASOLIQ YUKINI ANIQLASHNING NAZARIY-USLUBIYASOSLARI
1.1.Soliqlarning ob’ektiv zarurligi va soliq yuki borasidagi ilmiy-nazariyqarashlar
Ma’lumki soliqlar insoniyat tarixida qadimdan katta munozaralarga sababchibo’lib kelmoqda. Chunki soliqlar davlat byudjetining muhim daromad manbai hisoblanadi va davlat bilan jamiyat o’rtasidagi munosabatlarni ta’minlaydi.
Soliqlar muammosi mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiyislohotlar amaliyotidagi eng qiyin va murakkab muammolardan biri hisoblanadi.Bir tomondan soliqlar tizimi bugungi kunda ko’p munozaralarga sababbo’layotgan bo’lsa, ikkinchi tomondan soliqlar bevosita bozor munosabatlariningmuhim dastaklaridan biri bo’lib, iqtisodiy islohotlarning ijobiy natijasi ko’pjihatdan ularga bevosita bog’liq.
Soliq tushunchasi iqtisodiy kategoriya sifatida davlatning paydo bo’lishi vauni faoliyatining davomiyligi bilan bevosita bog’liqdir. Davlatning bajaradiganfunktsiyalari va vazifalari ko’p bo’lib, bozor iqtisodiyoti rivojlana borishi bilanba’zi ijtimoiy himoyalangan bozor munosabatlariga mos kelmaydigan vazifalaryo’qola borsa, yangi vazifalar paydo bo’la boshlaydi. Bularga bizningrespublikamizda kam ta’minlanganlarga ijtimoiy yordam ko’rsatish, bozoriqtisodiyoti infratuzilmasini tashkil qilish kabilar kiradi. Davlat kuchli ijtimoiysiyosiy tadbirlarni amalga oshirish uchun pensionerlar, talabalar, ko’p bolali onalar va boshqalarni mablag’ bilan ta’minlash zarurligini anglab, ayrim cheklangan tovarlar bahosidagi farqni byudjet hisobidan qoplaydi va undan tashqari mahallalarda ijtimoiy himoyaga muhtoj kam ta’minlanganlarga moddiy yordamlar ko’rsatadi. Shu bilan birga, davlat jamiyat a’zolari osoyishtaligini saqlash maqsadida o’zining mudofaa qobiliyatini saqlab va mustahkamlab turishga ham mablag’lar sarflaydi, qolaversa, davlat fuqarolar xavfsizligini saqlash, mamlakatda tartib-intizom o’rnatish, uni boshqarish funktsiyalarini bajarish uchun ham ko’plab mablag’ yo’naltirishga majburdir. Bunday xarajatlarni amalga oshirishningmajburiyligi ular uchun manba bo’lgan soliqlarni ob’ektiv zarur qilib qo’yadi.
Soliqlar majburiy to’lovlarni ifoda etuvchi pullik munosabatlarni bildiradi. Bu munosabatlar soliq to’lovchilar bilan ularni o’z mulkiga aylantiruvchi davlato’rtasida bo’ladi. Davlat uchun byudjet daromadlarining asosiy manbaihisoblangan soliqlar katta ahamiyatga ega. Davlat faoliyatining barchayo’nalishlarini mablag’ bilan ta’minlashning asosiy manbalaridan biri va davlatustuvorligini amalga oshirishning iqtisodiy vositasi soliqlardir. Soliq tiziminitartibga solish va mukammallashtirish moliyaviy tizimni rivojlantirishga yordamberadi. Iqtisodiyotni davlat tomonidan soliqlar orqali tartibga solish, davlatbyudjeti daromadlarini shakllantirish soliq solish vositasida jamiyatdagi u yoki bujarayonlarning rivojlanishiga ta’sir etuvchi usuli hisoblanadi. Davlatningmavjudligi soliqlar bilan uzviy bog’liq, chunki soliqdan tushadigan tushumlar davlat iqtisodiy mustaqilligining asosiy manbai hisoblanadi. Bozormunosabatlarining shakllanishi davrida soliqlar korxonalarning iqtisodiyfaoliyatini tartibga solishning ham bilvosita quroli hisoblanadi.
Soliqni to’lash xo’jalik yurituvchi sub’ektlar va fuqarolar bilan davlato’rtasida yangidan yaratilgan qiymatni taqsimlashning asosiy vositasi hisoblanadi.Biror bir jamiyatni soliq tizimisiz tasavvur qilish mumkin emas. Chunki soliqlarbyudjet daromadlari (pul fondi)ni tashkil etishning asosiy vositasi bo’libginaqolmay mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirishga, ishlab chiqarishnirag’batlantirishda investitsiyalarni ko’paytirishga, raqobatbardosh mahsulotniko’paytirishga, kichik biznesni rivojlantirishga, xususiy korxonalar ochish bilanbog’liq bo’lgan bozor infrastrukturasini barpo qilishga, umumdavlat ehtiyojlariniqondirishga va shu kabilarga xizmat qiladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat o’zining ichki va tashqi vazifalarini, harxil ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun zarurbo’lgan mablag’larning asosiy qismini soliqlar orqali to’playdi. Jumladan, soliqlarrespublika va mahalliy byudjetlar daromadlarini shakllantiradi, davlat ijtimoiydasturlari uchun moliyaviy negiz yaratadi, soliq to’lovchi shaxslarning tadbirkorlikfaoliyatini boshqaradi, ularning tabiiy resurslardan unumli foydalanishga bo’lganintilishini rag’batlantiradi, narx belgilashga ta’sir ko’rsatadi, aholining turmushdarajasini tartibga solib turadi, imtiyozlar yordamida esa aholining kamta’minlangan qatlamlarini ijtimoiy himoya qilishni tashkil etishga yordam beradi.
Soliqlarning iqtisodiy mohiyati davlat bilan huquqiyva jismoniy shaxslar o’rtasida vujudga keluvchi ob’ektiv majburiy to’lovlarga asoslangan moliyaviymunosabatlar orqali xarakterlanadi. Bu moliyaviy munosabatlar maxsus ijtimoiyxarakterga ega bo’lib, milliy daromadning bir qismi bo’lgan pul mablag’larinidavlat ixtiyoriga safarbar qilishga xizmat qiladi.
Soliqlar boshqa iqtisodiy kategoriyalar kabi o’ziga xos belgilarga ega.Soliqlarning belgilari soliq to’lovchi va undiruvchi o’rtasidagi majburiy moliyaviymunosabatlardan kelib chiqib, ularni boshqa iqtisodiy kategoriyalardan ajratibturishga xizmat qiladi:



Download 51.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling