Mavzu: Xaridorlar to’laydigan soliqlarning bozor sharoitiga ta’siri. Soliq yukini taksimlashda tahlil qilish usuli Bajardi: smm-59 k guruh talabasi G’aniyev Javlonbek Qabul qildi: Shermuhammedov Behzod
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar zimmasidagi soliq yukini maqbullashtirish yo’nalishlari
Download 118.44 Kb.
|
Kurs ishi mikroiqtisodiyot G\'aniyev Javlonbek
2.2. Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar zimmasidagi soliq yukini maqbullashtirish yo’nalishlari.
Soliq amaliyotida xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning soliq yukinimaqbullashtirish masalasi quyidagilarda namoyon bo’lishi bilan e’tiborlidir.Birinchidan, korxonalar zimmasidagi soliq yukini maqbullashtirish ularningo’z vaqtida va so’zsiz to’lanishi, qonunchilikka aniq rioya qilinishi bilanbelgilanadi. Bunda buxgalteriya va boshqa hisobotlar shakli aniq hamda to’g’riyuritiladi, qonunchilikka qattik rioya qilinadi. Ikkinchidan, soliq yukini optimallashtirishning yana bir shakli bu soliqto’lovchi kamroq soliq to’lash maqsadida amaldagi qonunchilik imtiyozlardan vaboshqa preferentsiyalardan foydalangan holda soliq majburiyatlarinimaqbullashtirishga erishishi mumkin. Soliq yukining pasaytirilishi, boshqa sharoitlar teng bo’lgan taqdirda, xo’jalikyurituvchi sub’ektlar ixtiyoridan soliqlar shaklida byudjet ixtiyoriga olinayotgan mablag’lar bir qismining shu sub’ektlar ixtiyoriga qoldirilishini anglatadi. Bunday vaziyatda soliq yukining pasaytirilishi natijasida byudjetga borib tushmaydigan mablag’larni byudjet manfaatlari nuqtai-nazaridan qoplash masalasi alohida ahamiyat kasb etadi. Hozirgi paytda iqtisodchi-olimlar tomonidan soliq yukining pasaytirilishidankutiladigan yo’qotishlarni qoplashning bir necha yo’llari taklif qilinmoqda.Ularning eng asosiylari quyidagilardan iborat:1. Soliq yukining pasaytirilishi avtomatik ravishda ishlab chiqarishningjonlanishiga, rivojlanishiga yoki kengayishiga olib keladiki, bu narsa, oxiroqibatda soliqqa tortish ob’ekti (bazasi)ning ko’payishi (ortishi)ni ta’minlaydi. Buesa, o’z navbatida, soliq yukining pasayishi natijasida “yo’qotilgan”mablag’larning byudjet uchun “kompensatsiya” qilinishini ta’minlashi mumkin.Bu variantning oqilona yo’l ekanligi quyidagi savollarning javobini aniqtopishimizga bog’liq. Soliq yukining pasaytirilishi haqiqatdan ham ishlabchiqarishning gurkirab rivojlanib ketishiga olib keladimi yoki yo’qmi? Agar shunarsa sodir bo’ladigan bo’lsa, u qancha vaqt ichida sodir bo’lishi mumkin? Uningsodir bo’lishi “cho’zilib” ketadigan bo’lsa, unda nima qilishimiz kerak? “Bugunsoliq yukini pasaytirsak, ertaga ishlab chiqarish rivojlanib ketadi” degan kafolatnibizga kim beradi va kim buning uddasidan chiqadi? Uddasidan chiqa olmasak,unda ahvolimiz ne kechadi? 2. Byudjet soliq yukining pasaytirilishi natijasida “yo’qotgan” mablag’lariniqarzga olish yo’li bilan kompensatsiya qilsa bo’ladi.Haqiqatdan ham shunday. Lekin bu variant tanlanayotgan paytda bizningstolimiz ustida quyidagi savollarning aniq javobi turishi kerak: Qarzga olinishikerak bo’lgan mablag’larning miqdori qancha? Bizga shuncha mablag’ni kim yokikimlar berishi mumkin? Lekin buning natijasida ham qator muammolar kelibchiqadi. 3. Soliq yukining pasaytirilishi natijasida byudjet yo’qotmalarinikompensatsiya qilishning o’zi xos varianti, ma’lum ma’noda, byudjet xarajatlariniqisqartirishdir. Lekin bu variantning tanlanishi “Byudjet xarajatlariniqisqartirishning imkoni bormi o’zi? Bor bo’lsa, uning qanchagacha qisqartirilishimaqsadga muvofiq? Byudjet xarajatlari qisqartiriladigan bo’lsa, bu, eng avvalo,kimlarning manfaatlariga ta’sir etishi mumkin? Byudjet xarajatlari qisqartirilsa,buning oqibati nima bo’ladi? Ularning qisqartirilishi, yana o’zimizga qimmatgatushmasmikan?” degan savollarning paydo bo’lishiga olib keladi. Va bu ham o’znavbatida qator ijtimoiy muammolarga sabab bo’ladi. Har bir variantda keltirilgan savollar juda oddiygina bo’lsa-da, unga arzirli,asosli, to’g’ri va oqilona javobni berish hammaga ham nasib qilmagan va qilmaydiham. Ularga malakali javob berish, eng avvalo, soliqlar va soliqqa tortishningo’ziga xos bo’lgan hayotiy tamoyillarini so’zsiz idrok etilishini taqozo etadi.Bunday hayotiy tamoyillarni inobatga olmasdan berilgan javob bir tiyingaqimmatligicha qolaveradi. Shuning uchun ham og’zimizga to’g’ri kelgan har qanday «javob», o’zimizo’ylaganimizdek, bu savollarning javobi emas. Yuqoridagi mulohazalardanko’rinib turibdiki, soliq yukining og’irligini kamaytirish masalasi hozirgi kundaiqtisodiy hayotimizning eng dolzarb masalalaridan biridir. Hozirgi kunda O’zbekistonda davlatning iqtisodiyotga aralashuvinikamaytirishga doir izchil siyosat olib borish natijasida har yili soliq yukinikamaytirish choralari amalga oshirilmoqda. Eng avvalo, ular ishlab chiqarishni,tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga, aholining real daromadlarini va iste’moltalablarini oshirishga qaratilgan. Shu bilan birga, soliqlar va to’lovlarnibirxillashtirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Bu esa soliqqa tortish mexanizmlarinioshkoraligiga, soliqlarni hisoblash va to’lashga doir korxonalar faoliyatinisoddalashtirishga, shuningdek, soliq majburiyatlarining bajarilishini samaralinazorat qilishga yordam beradi. Ayni paytda bu hol Respublikamizdaqo’llaniladigan soliq tizimini halqaro me’yorlar va andozalariga muvofiqlashtirishzarurati bilan izohlanadi. Agar dunyo mamlakatlarida qo’llaniladigan soliq yuklarini izohlovchistatistik ma’lumotlariga murojat etsak, shuni ko’rish mumkinki, YaIMga nisbatansoliq to’lovlari darajasi turli davlatlarda turlichadir. Bu esa iqtisodiy tartibga solishdarajasitdagi farqlar, yuritiladigan ijtimoiyg’iqtisodiy siyosat yo’nalishi, muayyanmamlakatlarning geopolitik joylashuvi va boshqa omillar bilan izoxlanadi. Umuman olganda soliq yuki darajasi bo’yicha dunyo mamlakatlarini 3 guruhga ajratish mumkin: soliqqa tortishning yuqori darajasi - soliqlar salmog’i Yalpi ichki mahsulot(YaIM)ning 40 foizidan ortiq (Lyuksemburg, Frantsiya); soliqqa tortishning o’rtacha darajasi - soliqlar salmog’i YaIMning 30foizidan 40 foizigacha (Daniyaya, Shvetsiya, Avstriya, Germaniya, BuyukBritaniya); soliqqa tortishning o’rtachadan pastroq darajasi - soliqlar salmog’I YaIMning 30 foizigacha (Xitoy, Xindiston, Misr, Malayziya, Janubiy Koreya).Iqtisodiyotda soliq yukini kamaytirilishi soliqlarning rag’batlantiruvchi rolinikuchaytirish bilan birga davom ettirilmoqda. Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalar moliyaviy xo’jalik faoliyatida soliqyuki darajasi ko’pgina hollarda ular kelajak istiqbolini belgilab berishga xizmatqiladi. Zero, korxonalarning asosiy maqsadi bo’lgan – foyda maksimallashtirishdaular gardaniga tushayotgan soliq yuki tasiri ijobiy yoki salbiy bo’lishi ulariqtisodiy faoliyatida katta ahamiyat kasb etadi. Bunda albatta soliq yukini imkondarajasida minimallashtirishdan bir tomondan korxonalar, ikkichi tomondan davlatmanfaatdor bo’ladi. Masalaga nazariy jihatdan yondoshadigan bo’lsak, Laffer egrichizig’idagi nuqtada korxona va davlat manfaatlari to’qnash kelib, optimal soliqyuki topiladi (35 foiz). Bu esa korxonalarda soliq yukini kamaytirishdan bo’shaganpul mablag’larini investitsiyaga jalb etib, ishlab chiqarish jarayonini jadallashtirishga xizmat qilgan holda, korxona oladigan foydanimaksimallashtiradi. Davlat esa xo’jalik yurituvchi subektlarning soliq yukinikamaytirishdan ko’rgan zararini, korxonalarning ishlab chiqarishinikengaytirishdan oladigan foydani soliqqa tortish hamda mavjud soliq bazasinikengayishi hisobidan qoplashi mumkin. Bugungi kunda soliq qonunchiligida soliqlarning tartibga soluvchanlik roligaurg’u beruvchi huquqiy asoslar yaratilganiga qaramasdan, korxonalar faoliyatidasoliq imtiyozlariga ega bo’lish, pasaytiruvchi stavkalarda soliqqa tortiluvchifaoliyat bilan shug’ullanishga o’tish va umuman soliqlarni rejalashtirish holatlarikam uchramoqda. Buninng asosiy sababi esa bizningcha O’zbekiston soliqqatortish amaliyotida soliq menejmenti, soliqlarni rejalashtirish tadbirlari joriyetilganligidadir. Jahon amaliyotiga nazar soladigan bo’lsak, bu jarayonlar korxonamoliyaviy xo’jalik faoliyatida katta examiyat kasb etib, ularni o’tkazishdan nafaqatkorxona balkim davlat ham bevosita manfaatdor bo’ladi. Ushbu tayanch so’zlargabatafsil to’xtaladigan bo’lsak, soliq menejmenti - soliq to’lovchilarning soliqmajburiyatlarini qonun doirasida qiqqartirishga qaratilgan hatti-harakatlariyig’indisidir. Bu jarayonda soliqlarni qonunchilikka xilof bo’lmagan tarzda chetlabo’tish, shuningdek soliq qonunchiligida belgilangan imtiyozlarni qo’lga kiritish,yoki soliq majburiyatlarini kamaytirishga qaratilgan maxsus usullar qo’llaniladi. Bunday holatlarda bu usullar qonuniy hisoblanib, soliq to’lovchilaga jarimasolishga sabab bo’la olmaydi.Soliq menejmentining ustunligi shu bilanasoslanadiki, buning natijasi o’laroq, soliq majburiyatlarining qisqartirilishigaqonunlarni buzmagan xolda erishiladi. Soliq menejmenti korxonalarmuvaffaqiyatini taminlash uchun tayanch vazifasini o’taydi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida, xususan iqtisodiy rivojlanish fazalaridanbo’lgan bugungi moliyaviy-iqtisodiy inqiroz sharoitida korxonalar moliyaviyxo’jalik faoliyatida soliq yuki darajasi ko’pgina hollarda ular kelajak istiqbolinibelgilab berishga xizmat qiladi. Zero, korxonalarning asosiy maqsadi bo’lgan –foyda maksimallashtirishda ular zimmasiga tushayotgan soliq yuki tasiri ijobiyyoki salbiy bo’lishi ular iqtisodiy faoliyatida katta ahamiyat kasb etadi. Bundaalbatta soliq yukini imkon darajasida minimallashtirishdan bir tomondan,korxonalar, ikkichi tomondan, davlat manfaatdor bo’ladi. Masalaga nazariyjihatdan yondoshadigan bo’lsak, Laffer egri chizig’idagi nuqtada korxona va davlatmanfaatlari to’qnash kelib, optimal soliq yuki topiladi. Bu esa korxonalarda soliqyukini kamaytirishdan bo’shagan pul mablag’larini investitsiyaga jalb etib, ishlabchiqarish jarayonini jadallashtirishga xizmat qilgan holda, korxona oladiganfoydani maksimallashtiradi. Davlat esa xo’jalik yurituvchi subektlarning soliqyukini kamaytirishdan ko’rgan zararini, korxonalarning ishlab chiqarishinikengaytirishdan oladigan foydani soliqqa tortish hamda mavjud soliq bazasinikengayishi hisobidan qoplashi mumkin. Shu boisdan ham bugungi kundamamlakatimiz miqyosida korxonalar zimmasiga tushayotgan soliq yuki og’iriliginikamaytirish maqsadida soliqlar bo’yicha qator engilliklar berilmoqda. XULOSA Mazkur kurs ishi mavzusini o’rganish natijasida quyidagi asosiyxulosalar shakllantirildi: 1. Mamlakatimiz hukumati tomonidan olib birilayotgan soliq siyosatiningustuvor yo’nalishlari ichida birlamchi va eng asosiysi hisoblangan makro vamikroiqtisodiy darajada soliq yukini pasaytirib borish masalasi har bir davlatmiqiyosida uning maqbul darajasini aniqlash va amaliyotda qo’llash masalasibugungi kunda to’liq echimini topmagan nazariy tadqiqotlar qatoriga kiradi; 2. Soliq to’lovchilar uchun maqbul soliq yukini aniqlashning uslubiyotiniishlab chiqishda aholi jon boshi hisobida ishlab chiqilgan yalpi ichki mahsulot,aholining tabiiy o’sishi, aholining umumiy tarkibida yoshlarning tutgan salmog’i hamda faol qatlami va ishchi kuchlarining salmog’i, aholi tarkibidapensionerlarning salmog’i, aholi bandligining eng yuqori ko’rsatkichi, tabiiyzaruriy ishsizlik darajasi va shu kabi mezonlar asos sifatida foydalanilishi lozim; 3. Har bir mamlakat, shu jumladan O’zbekiston uchun optimal soliq yukiniishlab chiqilishi va unga amal qilinishi iqtisodiyotni barqaror rivojlanishi vaaholining yashash darajasini yaxshilanib borishi uchun asos yaratadi. 4. Iqtisodiy munosabatlarni jadallashuvi va tadbirkorlik faoliyatinitakomillashuvida soliq imtiyozlarining roli va ahamiyati beqiyos ekanligi amaliytajribaning natijasidir. Lekin haddan ziyod soliq imtiyozlarini ko’p bo’lishi yuqoriaytilganidek, soliq mexanizmining samaradorligiga aksincha tasir ko’rsatadi.Qolaversa, bir soliq subektiga imtiyoz berilishi, ikkinchi bir subekt uchun soliqyuki og’irligining oshishiga olib keladi. Bu holat o’z navbatida xo’jalik subektlario’rtasida soliqlarning bir xil taqsimlanmasligini keltirib chiqaradi. 5. Soliq imtyozlari sonini imkon qadar qisqartirib borish tadbirkorlikfaoliyatlariga teng sharoitlar yaratish demakdir. Bu borada qilinishi zarur bo’lganyo’nalishlardan biri bo’lib, soliq kategoriyasini rag’batlantiruvchi xususiyatinitakomilliashtirish dolzarb masaladir. 6. Moliyaviy natijalar va mol-mulklarning yuqori rentabelligiga erishuvchi,ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshiruvchi soliq subektlarining rentabellikdarajasidan kelib chiqqan holda foyda va mol-mulk soliqlari stavkalarinikamaytirib borish zarurdir. Bu holat, ushbu subektlarni xo’jalik faoliyatlarigabo’lgan qiziqishlarni yanada jadallashtirish bilan birgalikda, yuqori daromadlikkaerishishga, hamda o’z tasarrufidagi mol-mulklardan samarali foydalanishga olibkeladi. 7. O’tish davri iqtisodiyotida soliq siyosatini tez-tez o’zgarib turishi obektivjarayondir. Shuning uchun qabul qilingan soliq o’zgarishlari soliq subektlariganoqulay sharoit tug’dirishidan kelib chiqqan holda, ikki yil davomida mazkuro’zgarishni amalda qo’llashning iloji yo’qligi, soliq islohotini olib borishgaziddiyatlar tug’diradi yoki yo’qqa chiqaradi. Download 118.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling