Mavzu: Xaridorlar to’laydigan soliqlarning bozor sharoitiga ta’siri. Soliq yukini taksimlashda tahlil qilish usuli Bajardi: smm-59 k guruh talabasi G’aniyev Javlonbek Qabul qildi: Shermuhammedov Behzod
II BOB. XO’JALIK YURITUVCHI SUB’EKTLARNING SOLIQ YUKINI
Download 118.44 Kb.
|
Kurs ishi mikroiqtisodiyot G\'aniyev Javlonbek
II BOB. XO’JALIK YURITUVCHI SUB’EKTLARNING SOLIQ YUKINI
ANIQLASHNING AMALDAGI HOLATITAHLILI 2.1. Soliq sub’ektlari o’rtasida soliq yukini mutanosib ravishda taqsimlashning asosiy yo’nalishlari Mamlakatimizda mustaqillikning dastlabki yillarida soliqlardan iqtisodiyrivojlanishga erishishda samarali foydalanish maqsadida yuqori soliqqa tortishorqali yuridik va jismoniy shaxslar daromadlarini qayta taqsimlab markazlashtirishva davlat investitsiya dasturlarini moliyalashtirish yo’li bilan iqtisodiyinfratuzilmani shakllantirish bilan bog’liq ayrim muammolarni hal qilishgaerishildi. Ammo, hozirgi paytda iqtisodiy taraqqiyotga erishish, eng avvalo,soliqlardan tadbirkorlikni faollashtirish va ishlab chiqarishni rivojlantirishnirag’batlantirish maqsadida samarali foydalanishni, ya’ni zamonaqiy soliqnazariyalari qoidalarini respublikamiz sharoitiga mos holda qo’llanilishini taqozoetmoqda. Soliq to’lovchilarga nisbatan soliq yukini pasaytirish ularning iste’molihamda talabi oshib, ayni vaqtda tovarlar realizatsiyasini kengaytirish omili bo’ladi.Barqaror va yuqori iste’mol mavjud bo’lganda esa pulni jamg’arish ko’payadi,xolos. Bunday sharoitda iste’molchilarga nisbatan soliqni pasaytirish kutilgansamara bermasligi mumkin. Lekin jamg’arish koeffitsientining oshishi moliyaviyresurslar bozorini kengaytirish orqali iqtisodiyotning rivojlanishiga ta’sirko’rsatadi. Demak, mamlakatimizda iste’mol darajasining nisbatan pastligiiste’molchilarga nisbatan soliq bosimini kamaytirish zarurligini bildiradi, deyishmumkin, ammo bunday soliq siyosatini joriy etishdan oldin iste’mol darajasipastligining sabablarini aniqlash talab etiladi. Iqtisodiyotda soliq yukini optimallashtirishga va bir vaqtning o’zida davlatdaromadlari bazasini mustahkamlashga butun dunyoda keng ko’lamli yoki qismansoliq islohotlarini amalga oshirish orqali erishiladi. Bunda eski soliqlarni bekorqilish yoki ularning shaklini o’zgartirish, yangilarini joriy qilish, soliq solish bazalarini o’zgartirish, soliqqa tortish turlarining (bilvosita va bevosita soliqqatortish) nisbatini boshqarish va boshqa shu kabi mexanizmlardan foydalaniladi. Oldingi paragraflarda soliqqa tortishni birxillashtirish, soliqlarni unifikatsiyalashva korxonalar zimmasidagi soliq yukini pasaytirish lozimligini ko’rib chiqdik vashu maqsadda hozirda amal qilayotgan va faqat fiskallik xarakteriga ega bo’lganayrim soliqlar va majburiy ajratmalardan voz kechishni, ayrimlarining esastavkalarini pasaytirishni taklif qildik. Soliq yukining biz taklif qilgan variantdapasaytirilishi, bir tomondan korxonalarning etarli darajada o’z aylanma mablag’laribilan ta’minlanishiga va shu asnoda ular iqtisodiy faolligining kuchayishiga zaminyaratsa, ikkinchi tomondan, soliqqa tortishdagi adolat tamoyilining qaror topishigako’maklashadi. Biroq, masalaning yana bir tomoni ham borki, u ham bo’lsa, soliq yukiningkeskin kamaytirilishi natijasida amaldagi byudjet daromadlarining zarur darajadata’minlanmasdan qolishidir. Shu sababli, soliq islohotlarida soliq yukini shoshmashosharlik, bir yoqlamalik bilan, muqobil variantlarni ishlab chiqmasdanpasaytirish salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkinligini nazarda tutmoqlozim. Buning uchun soliq islohotlari kompleks tarzda amalga oshirilishi kerak,ya’ni bir tomondan soliq yuki, ayniqsa ishlab chiqaruvchi korxonalar soliq yukisezilarli darajada pasaytirilishi, ikkinchi tomondan, barcha daromad va mulklarni,shuningdek, iste’molni qamrab oluvchi qayishqoq soliqlar tizimi shakllantirilishilozim. Bu esa o’z navbatida ayrim yangi soliqlarni joriy qilish, mavjudlarini esaqayta ko’rib chiqqan holda bozor munosabatlariga moslashtirishni taqozo etadi. Shu munosabat bilan soliq sub’ektlari o’rtasida soliq yukini mutanosibravishda taqsimlanishi masalalari quyidagi yo’nalishlar amalda oshiriladi: - korxonalarning real soliq yukini hisoblash borasida buxgalteriya hisobi bilanbirgalikda alohida soliq hisobini yuritishni tashkil qilinishi; - har qanday korxonada shakllanadigan xarajatlar tarkibini, foydaningshakllanishini tahlil qilib borish. Bu esa qonuniy asosda foyda solig’i va QQSnikamaytirish uchun xizmat qilishi mumkin; - mamlakatimiz soliq qonunchiligiga ko’ra, ayrim xarajatlar soliq va majburiyto’lovlarning ob’ektiga kirishini e’tiborga olish talab etiladi. Korxonalartomonidan amalga oshiriladigan tegishli hisob-kitoblar xarajatlarni ko’paytirilishiorqali ko’proq soliq to’lanishiga olib kelib, maqbul variantni tanlashda qiyinchiliktug’dirmaydi. Chunonchi iqtisodiyotimizning turli tarmoq va sohalaridagikorxonalarning xarajatlar tarkibi va strukturasi, daromadlarning shakllanishi va shukabilar turlichaligi bilan farqlanadi; - qonunchilikda belgilangan ayrim soliq imtiyozlaridan foydalanishi xo’jalikyurituvchi sub’ektlar uchun etarlicha samara bermayotganligini soliq yukiko’rsatkichlarini hisoblashda albatta e’tiborga olish talab etiladi. Chunki bir soliqturining imtiyozlar hisobiga pasaytirilishi boshqa soliq turining oshirilishigaxizmat qilishi mumkin yoki boshqa xo’jalik yurituvchi sub’ektning soliqmajburiyatlarini oshishiga xizmat qilishi mumkin; Amaldagi soliq qonunchiligimizga ko’ra gastrol-kontsert faoliyati bilanshug’ullanish huquqini beruvchi litsenziyasi bo’lgan shaxslar - ushbu faoliyatdanolingan daromadlari bo’yicha daromad solig’i to’lashdan, shuningdek ayrimsoliqlardan tashqari qolgan barcha soliqlarni to’lashdan ozod qilingan. Endi biro’ylab ko’raylikchi, byudjetga tushadigan mablag’larni ko’paytirish maqsadida,davlat hatto jismoniy shaxslar daromadini soliqqa tortishda soliqqa tortilmaydiganminimumni bekor qilgan bir sharoitda, sanoat korxonalari zimmasiga QQS va o’tayuqori stavkali aktsizlar yukini yuklab qo’ygan bir sharoitda juda katta daromadlarkeltiradigan gastrol-kontsert faoliyati bilan shug’ullanuvchi yuridik va jismoniyshaxslarni soliq to’lashdan ozod qilib qo’yish soliq solish tamoyillarining qaysibiriga mos kelar ekan. Xuddi shuningdek, respublikamiz qonunchiligiga ko’raadvokatlar hay’atlari, advokatlik firmalari va advokatlik byurolari nodavlatnotijorat tashkilotlari sifatida faoliyatning advokatlar tomonidan yuridik yordam(xizmat) ko’rsatish bilan bog’liq qismi bo’yicha soliqlar va boshqa majburiyto’lovlar to’lashdan ozod etiladilar. Fikrmizcha, advokatlik sub’ektlariningnotijorat tashkiloti deb topilishi noto’g’ri, chunki ushbu faoliyat bilan ma’lumyuridik xizmatlarni ko’rsatish, aniqrog’i sotish evaziga daromad topish uchun shug’ullaniladi. Demak, bu ham iqtisodiy asoslanmagan imtiyozdir. Shu sababligastrol-kontsert faoliyati bilan shug’ullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslarnihamda advokatlik byurolari va firmalarini umumbelgilangan tartibda soliqqatortishga o’tish lozim. Hozirgi kunda tadbirkorlik sub’ektlariga berilayotgan soliq imtiyozlariningko’pchiligi ijtimoiy xarakterga ega. Ayniqsa, korxonalar uchun belgilangansoliqlarning qariyb barchasida nogironlarni mehnatga jalb qilish va shungao’xshash boshqa ijtimoiy tadbirlar uchun imtiyoz berish ko’zda tutiladi. Ayrimtadqiqotchilar buni qo’llab quvvatlashadi ham. Balki bu soliqning ijtimoiyfunktsiyasi nuqtai nazaridan to’g’ridir, ammo nogironlarni ishga qabul qilganlikuchun aynan foyda solig’idan engillik berilishi ishlab chiqarilgan mahsulotlarningarzonligi va raqobatbardoshliligini ta’minlashda va korxonaning foyda olishimkoniyatlarini ta’minlashda sezilarli ta’sir ko’rsatmaydi. Aksincha, shu va shukabi boshqa ijtimoiy imtiyozlarning mavjudligi tadbirkorlik sub’ektlariningkamroq soliq to’lash (yoki umuman to’lamaslik) ilinjida, yuqoridata’kidlaganimizdek, ma’lum bir sun’iy shakllarga (“qolip”larga) kirishga undaydi.Sir emaski, hozirgi sharoitda imtiyoz olish uchun ishchilar safiga nogironlarni“jalb qilish”dan oson narsa yo’q. Bu ham bo’lsa qaysidir ma’noda yashiriniqtisodiyotning rivojlanishiga o’z hissasini qo’shadi. Bizning fikrimizcha, soliqdan ijtimoiy imtiyozlar qat’iy ravishda shundayimtiyozlarga muhtoj bo’lgan fuqarolar, ya’ni jismoniy shaxslarning o’ziga adreslitarzda berilishi kerak. Tadbirkorlik sub’ektlari (korxonalar)ga beriladigan soliqimtiyozlari esa iqtisodiy xarakter bilan cheklanishi lozim. Bunday iqtisodiy rag’batvositasi bo’lgan soliq imtiyozlari ham istisno tariqasida faqat hukumat tomonidanro’yxati tasdiqlanadigan va monitoringi olib boriladigan, davlat va jamiyat uchunustuvor bo’lgan mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi, ishlarni bajaruvchi vaxizmatlarni ko’rsatuvchi tadbirkorlik sub’ektlariga berilishi maqsadga muvofiq. Soliq yukini kamaytirishdan kutiladigan byudjet yo’qotishlarini oldini olishva tushumlarni ko’paytirib borishning uchinchi muhim yo’nalishi, bu hozirda soliqqa tortilmayotgan, aniqrog’i soliqqa tortishning iloji bo’lmayotgan norasmiydaromadlar va faoliyatlarni soliqqa jalb qilishdir. Bizning fikrimizcha, mamlakatning amaldagi soliq tizimi va soliqqa tortishmexanizmi iqtisodiyotni erkinlashtirishning hozirgi sharoiti talablariga javobbermaydi, chunki u barcha daromadlarni soliqqa tortish qobiliyatiga ega emas.Bunga esa amaldagi soliq tizimining mo’rtligi va biryoqlamaligi sabab bo’lmoqda.Hozirgi soliq tizimi faqat rasmiy hisobi yuritilayotgan yoki yuritish mumkinbo’lgan faoliyatlar va daromadlarni soliqqa tortishga qodir, xolos. Haqiqatda esasoliqqa jalb qilinmayotgan yoki buning iloji bo’lmayotgan bir talay xufiyonadaromad va faoliyatlarni oddiy ko’z bilan ko’rish mumkin, biroq amaldagiqonunchilikka ko’ra isbot qilish qiyin. Ma’lumki, har qanday jamiyatda norasmiy yoki xufiyona iqtisodiyot rasmiyiqtisodiyot bilan parallel faoliyatda bo’ladi. Faqat uning ko’lami mamlakatiqtisodiy, xususan soliq qonunchiligining takomillashganlik darajasiga, soliqqatortishning qay darajada adolatli tashkil qilinganligiga, ushbu mamlakatdayashovchi xalqning mentalitetiga va boshqa bir qator omillarga bog’liq holda turlixilda bo’ladi. Masalan, umumjahon miqyosida bu holatning nisbiy og’irligiYaIMning 5-10 foizini, rivojlanayotgan va MDH mamlakatlarida esa buko’rsatkich 25-60 foizini tashkil qiladi. Agarda mamlakat norasmiy iqtisodiyotinibaholashga bag’ishlangan tadqiqotlarga tayanadigan bo’lsak, u holda bizningrespublikamizda xufiyona iqtisodiyotning nisbiy og’irligi YaIMning 30-40 foizinitashkil etadi. Bu degani hozirgi to’planayotgan soliqlarning xuddi shu foizlardarajasida, balki undan ham ko’proq miqdorda zahirasi mavjud deganidir, ya’nixufiyona iqtisodiyot qancha ko’lamda rasmiy iqtisodiyotga ko’chirib borilsa, mosravishda shuncha miqdorda soliq tushumlari ham ko’payib boradi. Bizning fikrimizcha, norasmiy iqtisodiyot ko’lami va darajasi mamlakatsoliqqa tortish tizimining qay darajada mukammalligi va qayishqoqligi,shuningdek, soliq xizmatining professionallik darajasi va unga berilgan vakolatlarko’lamiga ham bog’liqdir. Chunki, aynan o’tish davri iqtisodiyotidagi, ya’ni soliqtizimi va soliq ma’murchiligi lozim darajada takomillashmagan mamlakatlarda xufiyona iqtisodiyot nisbatan rivojlangan bo’ladi. Biroq, xufiyona iqtisodiyotnihech qachon va hech qanday jamiyatda butunlay yo’qotib bo’lmagan. Faqatginauning ko’lamini va ko’rinishini davlatning oqilona iqtisodiy siyosati, xususan,mukammal va qayishqoq soliq tizimi orqali qisqartirish va tartibga keltirishmumkin. Yuqoridagilardan kelib chiqadigan bo’lsak, bugungi kunda “soliqlar kengqamrovli, ayni paytda har bir soha, tarmoq va korxonaga alohida qayishqoq vasharoitga moslashuvchan” bo’lmog’i lozim. “Shunga erishmog’imiz kerakki, harbir soliq to’lovchi, u hoh jismoniy, hoh yuridik shaxs bo’lsin, soliq to’lashdanbo’yin tovlamasdan, daromadlarini yashirishga urinmasdan, aksincha, o’z ishlabchiqarishini rivojlantirish va daromadini oshirishga intilsin”. Buning uchun esasoliq tizimini takomillashtirish va soliq yukini pasaytirish bilan bir qatorda,davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, “soliq organlarini tashkil etishning butuntizimida ham tub o’zgarishlarni amalga oshirish zarur” Download 118.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling