Mavzu: Xaridorlar to’laydigan soliqlarning bozor sharoitiga ta’siri. Soliq yukini taksimlashda tahlil qilish usuli Bajardi: smm-59 k guruh talabasi G’aniyev Javlonbek Qabul qildi: Shermuhammedov Behzod
-chizma. Soliqlarning obyektiga ko’ra guruhlanishi
Download 118.44 Kb.
|
Kurs ishi mikroiqtisodiyot G\'aniyev Javlonbek
1-chizma. Soliqlarning obyektiga ko’ra guruhlanishi
Insoniyat tarixida yirik davlat arboblaridan biri, o‘rta asrlarda buyuk saltanatbarpo qilgan Amir Temur ham soliqlarga katta e’tibor qaratgan. U davlatni idoraqilish tizimini yuzaga keltirishda asosan soliqlarga tayangan. O‘sha davrning davlat moliyasi bu tizimning eng muhim unsurlaridan biri ekanligi, u davlatniboshqarishdagi barcha jihatlariga uzviy bog‘langanligi bilan tubdan farq qilibturgani va ayni shu xususiyatga ko‘ra boshqaruvning barcha tarkibiy qismlariorasida markaziy o‘rinni egallaganligi bugungi kunga kelib hammaga ayonbo‘lmoqda. Ammo soliq munosabatlari haqida qancha rivoyatlar aytib o‘tilmaganbo‘lsin, uning mohiyati aholi soliq to‘loviga nisbatan faqat o‘z mohiyatinixazinada topgan. Xazina har qanday tizimda ham davlatni boshqarish vositasibo‘lib xizmat qilgan. Bunday vosita nafaqat davlatni boshqarishda, balki shuningbilan birgalikda aholi manfaatlarini qondirishda namoyon bo‘lgan. Natijada, xazinataqsimoti taraqqiyot tayanchi bo‘lib xizmat qilgan. Soliqlar qadimgi davrlardan e’tiboran olingan, ammo u vaqtlarda soliqlarozod va erkin bo‘lmagan kishining belgisi bo‘lib xizmat qilgan. Adam Smit(shotland faylasufi va iqtisodchisi, 1723-1790) o‘zining «Xalqlar boyliginingsabablari va tabiatlari» nomli kitobida (1776) ilk bor soliq tamoyillarini asoslabberdi, soliqlarning ahamiyatini yoritib, ularni davlatga to‘lash qullik emas, balkierkinlik alomati ekanligini asoslab berdi. N.Turgenev o‘zining «Soliq nazariyasi tajribasi» nomli kitobida (1818yil)shuni ta’kidlaydiki, «Bilimli bo‘lishning muvaffaqiyatlari ularning xalqlar urfodatlariga foydali ta’siri darajasiga qarab soliqlar tizimining takomillashuviga hamta’sir etgan», «…soliqlar bilimga ega bo‘lish bilan birga paydo bo‘lib, uning belgisi bo‘lib qoldi. Soliqlarning tayinlanishi, taqsimlanishi va yig‘ilish usuligaqarab xalq orasida tarqalgan ma’lumotlar to‘g‘risida; yig‘iladigan soliqlarmiqdoriga qarab uning boyligi haqida fikr yuritish mumkin, bu bilimlilik vama’rifatni anglatadigan ikkita eng asosiy xususiyatdir» bu so‘zlardan yana bir boramin bo‘lish mumkinki, soliqlar qadimiy moliyaviy institutlar hisoblanib,davlatning paydo bo‘lishi bilan yuzaga kelgan. Soliqlar davlat organlarinita’minlash va ular oldida tutgan vazifalarni bajarilishini moddiy ta’minlashningmanbasi sifatida xizmat qilgan. Davlatning rivojlanishi bilan uning vazifa vafunktsiyalari yangicha xususiyatlarga ega bo‘ldi. Lekin soliqlarning davlatni vauning organlarini moliyalashtirishda manba sifatidagi roli o‘zgarmay qoldi.Shu o‘rinda soliqlarga turli iqtisodchilar tomonidan berilgan ta’riflarni keltiribo‘tish o‘rinlidir. «Soliqlar, - deb yozadi D. Rikardo, - hokimiyat ixtiyoriga kelibtushadigan er mahsuloti va mamlakat mehnatining bir qismini tashkil etadi va oxiroqibatda ular kapital hisobidan yoki mamlakat daromadi hisobidan to‘lanadi». Shuni alohida ta’kidlab o‘tish lozimki, D.Rikardo soliqlar mohiyatini yoritib, o‘znavbatida A.Smit tomonidan yaratilgan soliqlar nazariyasini ma’lum darajadarivojlantirgan. Yana bir maqbul ta’rif S.Pepelyaev tomonidan berilgan: «Soliq – ommaviyhokimiyat sub’ektlarining to‘lov qobiliyatini ta’minlash maqsadida jismoniy vayuridik shaxslar mulklarini begonalashtirishning majburiylik, yakka tarzdaholisona, qaytarmaslik, davlatning majburlashi bilan ta’minlanganlik asoslarida vajazo yoki kontributsiya xarakteriga ega bo‘lmagan qonunda belgilangan yagonashaklidir». Masalan, professor D.Chernikning fikricha «Soliqlar — davlat tomonidanxo‘jalik sub’ektlari va fuqarolardan qonuniy tartibda o‘rnatilgan stavkalardaundirib olinadigan majburiy yig‘imlarni o‘zida aks ettiradi». Soliqlar iqtisodiy mohiyatiga, to’lovchi bilan davlatning o’zaromunosabatlariga bevosita yoki bilvosita bog’liqligiga ko’ra to’g’ri va egrisoliqlarga bo’linishiga doir zamonaviy yondashuvga muvofiq, to’g’ri soliqlarto’g’ridan-to’g’ri daromadga va mol-mulkka qaratiladi (soliqqa tortishningbevosita shakli). Tovarning bahosida to’lanadigan yoki tarifga kiritiladigan tovarlarva xizmatlardan olinadigan soliqlar egri soliqlarga kiradi: Download 118.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling