Mavzu: Xaridorlar to’laydigan soliqlarning bozor sharoitiga ta’siri. Soliq yukini taksimlashda tahlil qilish usuli Bajardi: smm-59 k guruh talabasi G’aniyev Javlonbek Qabul qildi: Shermuhammedov Behzod


-chizma. Soliqlarni iqtisodiy mohiyatiga ko’ra guruhlanishi


Download 118.44 Kb.
bet4/7
Sana19.06.2023
Hajmi118.44 Kb.
#1626030
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Kurs ishi mikroiqtisodiyot G\'aniyev Javlonbek

2-chizma. Soliqlarni iqtisodiy mohiyatiga ko’ra guruhlanishi
Soliqlarning iqtisodiy ahamiyati deganda quyidagi jihatlarga e’tibornichuqurroq qaratish talab etiladi: soliqlardan faqat byudjetni to’ldiruvchi asosiymanba sifatidagina foydalanib, uning fiskal xususiyatlarini xaddan ziyod oshirishijobiy natijalarga olib kelmasligi mumkin. Shuning uchun soliqlarningrag’batlantiruvchilik funktsiyasidan ham kengroq foydalanish, korxonalarzimmasidagi soliq yukini maqbul darajada kamaytirish barqaror soliq-byudjetmunosabatlarini qaror topishiga asos bo’ladi.
1.2. Soliq yuki darajasi va uni aniqlashning nazariy asoslari
Iqtisodiyotni erkinlashtirish, modernizatsiya qilish va isloh qilishga qaratilgan maqsad va vazifalarning ijrosini ta’minlash ma’muriy usullar bilan emas, balki haqiqiy bozor mexanizmlarini amaliyotga joriy etish orqali amalga oshirilishi lozimligi zaruriyati hamda ushbu jarayonda foydalaniladigan iqtisodiy dastaklar ichida soliqlar va bojlar alohida o’ringa ega ekanligi optimal (maqbul) soliq yuki va soliqlar bo’yicha imtiyozlar berishning chegarasi masalalarini nazariy jihatdan tadqiq qilish hamda ular bo’yicha amaliy tavsiyalar berishni bugungi kuntartibining eng dolzarb va kechiktirib bo’lmaydigan muammosiga aylantiradi.
Har qanday davlatda soliq yukining optimal miqdorlarini belgilanishi asosiymakroiqtisodiy masalalar toifasiga kiritiladi. “Soliq yuki” atamasi nisbiyko’rsatkich hisoblanadi, chunki u soliq summalarini ma’lum moliyaviyko’rsatkichlar orqali ifodalaydi.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash, shuningdek texnik va texnologik jihatdanqayta qurollantirish korxonalarni mahsulot ishlab chiqarish va realizatsiya qilishxarajatlarini doimiy ravishda kamaytirib borishni taqozo etadi.
Ilmiy adabiyotlarda soliq yuki darajasi qanchalik miqdorda kam bo’lsa,iqtisodiyot shunchalik barqaror rivojlanishi to’g’risida ko’plab ta’riflar keltirilgan.Demak, soliqlar miqdori qanchalik kam bo’lsa, mamlakat iqtisodiyotinirivojlanishi ko’rsatkichlari shunchalik yuqori bo’ladi.
Olimlarning tadqiqotlarida xo’jalik yurituvchi sub’ektlar zimmasidagi soliqyukini hisoblashning turli uslubiyatlarini keltirib o’tilgan. Soliq xarajatlari moddiyxarajatlar bilan deyarli bir ko’rinish hosil qiladi. Shuning uchun ham soliqyukining o’lchamlari va tarkibi masalasi soliq to’lovchilarning diqqat markazidagimasalalardan hisoblanadi.
Quyida soliq yukini ilmiy tomondan hisoblashning quyidagi turlari bilantanishib o’tamiz.

Keltirib o’tilgan usullardan foydalangan holda soliq yukining umumiyta’sirini baholash imkoniyatiga ega bo’lish mumkin.
Bugungi kunda dunyoning industrial rivojlangan mamlakatlari va er ostima’danlariga boy bo’lgan Yaqin Sharq mamlakatlarida soliq yuki 20-25 foizgateng bo’lgan bir paytda, rivojlanayotgan dunyo mamlakatlarida 35-40 foiz atrofidaekanligi va O’zbekistonda erishilgan 20 foizlik daraja o’rtasidagi farqlanish, ulardaamalda bo’lgan soliq yuki mazkur davlatlar iqtisodiyoti uchun engilmi yokiog’irmi yoxud ular iqtisodiyotining hozirgi holati uchun optimal (maqbul) soliqyuki necha foizni tashkil etishi lozim degan haqli savollarni keltirib chiqaradi.
Masalan, hozirgi vaqtda bizning mamlakatimizdagi soliq munosabatlarini tadqiqqilayotgan chet el ekspertlari tomonidan soliq yukining og’irligi to’g’risidagifikrlariga aniqlik kiritish maqsadida, xo’p soliq yuki og’ir ham deylik, sizlarninghisob kitoblaringiz bo’yicha bizda soliq yuki ko’rsatkichi qanday darajada bo’lishilozim degan savolga tayinli javob ola olmaysiz. Sababi, bugungi kunga qadardunyo bo’yicha har bir mamlakat uchun optimal (maqbul) soliq yukinianiqlashning umum e’tirof etilgan uslubiyoti yo’qligidir.
Optimal (maqbul) soliq yukini nazariy tadqiq qilish ikki jihatdan kelibchiqqan holda amalga oshirilishi lozim deb hisoblaymiz.
Birinchidan, soliq yukini aniqlashda foydalaniladigan iqtisodiykategoriyalarning bir xil bo’lishiga erishish;
Ikkinchidan, optimal (maqbul) soliq yukini aniqlashning yagona ilmiyasoslangan uslubiyotini ishlab chiqish.
Qo’yilgan masalaning birinchi jihati, avvalo, g’arb mamlakatlarida soliq yuki yalpi milliy daromadga nisbatan, bizda esa yalpi ichki mahsulotga nisbatananiqlanishi hamda o’z navbatida, g’arb mamlakatlarida soliq yuki faqat soliqlarasosida, bizda esa soliqlar va soliqlarga tenglashtirilgan majburiy to’lovlar asosidaaniqlanishi bilan izohlanadi. Demak, soliq yukini aniqlashda foydalaniladigankategoriyalarning har xilligi, shaklan bir xil mazmunga ega bo’lgan soliq yukiko’rsatkichlarini o’zaro solishtirib bo’lmaydigan kategoriyaga aylantiradi.
Soliqyukini aniqlashdagi yagona yondashishning mavjudligi har bir mamlakatiqtisodiyotiga qiyosiy baho berishda holislik bo’lishini ta’minlaydi.
Yuqoridagi tahlillarga tayangan holda aytish lozimki, optimal (maqbul) soliqyukini aniqlashning uslubiyotini ishlab chiqishda aholi jon boshi hisobida ishlabchiqilgan yalpi ichki mahsulot, aholining tabiiy o’sishi, aholining umumiytarkibida yoshlarning tutgan salmog’i hamda faol qatlami va ishchi kuchlarining salmog’i, aholi tarkibida pensionerlarning salmog’i, aholi bandligining eng yuqoriko’rsatkichi, tabiiy zaruriy ishsizlik darajasi va shu kabi mezonlar asos sifatidafoydalanilishi lozim.
Har bir mamlakat, shu jumladan O’zbekiston uchun optimal (maqbul) soliqyukini ishlab chiqilishi va unga amal qilinishi iqtisodiyotni barqaror rivojlanishi vaaholining yashash darajasini yaxshilanib borishi uchun asos yaratadi.
Soliqqa tortishni maqbullashtirish maqsadini mustaqil amalga oshirish(korporativ soliq menejmenti tizimida) korxonada soliq tahlilini o’tkazishni taqozoetadi. Bu jarayon iqtisodiy sub’ektda soliq yukini baholash bilan boshlanishi kerak.
Ilmiy adabiyotlarda korxonalar miqyosida soliq yukini aniqlashning bir necha metodlari uchraydi. Ularning bir-biridan farqi soliq yukini hisoblashdakiritiladigan soliqlarning soni yoki ulardan foydalanilishida, shuningdek soliqsummalari bilan o’zaro munosabatda (bog’liqlikda) integral ko’rsatkichlarninganiqlanishida namoyon bo’ladi.
M.N.Kreynin tomonidan ishlab chiqilgan soliq yukini aniqlash metodikasi,soliqlarni to’lash manbalariga taqqoslashni taklif qiladi. Bunda soliqlarning har birguruhi to’lanadigan manbasi bilan bog’liqlikda o’zining soliq yuki og’irliginibaholash mezoniga ega bo’ladi.
Bundan tashqari mazkur metodika tannarxning tarkibida foydani kamaytirishhisobiga iqtisodiy sub’ekt uchun foydali bo’lgan katta miqdorda soliq mavjuddegan keng tarqalgan fikrni inkor etadi.
Metodika muallifi foydani kamaytirish bir tomondan iqtisodiy sub’ekt erkinvositalarini chegaralasa, ikkinchi tomondan foyda solig’i summasi kamayishihisobiga byudjet tomonidan sub’ekt “jazolanadi”, deb sanaydi.
Bundan tashqari, huquqiy nuqtai nazardan ustavida qo’yilgan kapital hisobiga foyda olishi belgilangan tijorat tashkilotlari uchun masalaning echimimurakkablashadi. Bunda to’langan barcha soliqlarning iqtisodiy sub’ekt foydasigabo’lgan nisbati soliq yuki sifatida baholanadi. M.N.Kreynin tomonidan ishlab chiqilgan soliq yukini aniqlash metodikasi,soliqlarni to’lash manbalariga taqqoslashni taklif qiladi. Bunda soliqlarning har bir guruhi to’lanadigan manbasi bilan bog’liqlikda o’zining soliq yuki og’irligini baholash mezoniga ega bo’ladi.
Bundan tashqari mazkur metodika tannarxning tarkibida foydani kamaytirishhisobiga iqtisodiy sub’ekt uchun foydali bo’lgan katta miqdorda soliq mavjuddegan keng tarqalgan fikrni inkor etadi.
Metodika muallifi foydani kamaytirish bir tomondan iqtisodiy sub’ekt erkinvositalarini chegaralasa, ikkinchi tomondan foyda solig’i summasi kamayishihisobiga byudjet tomonidan sub’ekt “jazolanadi”, deb sanaydi. Bundan tashqari, huquqiy nuqtai nazardan ustavida qo’yilgan kapital hisobiga foyda olishi belgilangan tijorat tashkilotlari uchun masalaning echimimurakkablashadi. Bunda to’langan barcha soliqlarning iqtisodiy sub’ekt foydasiga bo’lgan nisbati soliq yuki sifatida baholanadi.
Mazkur formula korxona to’laydigan soliqlarning foydadagi nisbatiniko’rsatib beradi. Soliq yukini baholashning mazkur yondoshuvidagi asosiy farqegri soliqlar iqtisodiy sub’ekt foydasiga ta’sir qiluvchi soliqlar sifatidaqaralmasligidir.
Bu metod faqatgina to’g’ri soliqlarning korxona moliyaviy holatiga ta’siriniko’rsatib beradi, ayni vaqtda egri soliqlarning ta’sirini baholab bermaydi. Egrisoliqlarning ham iqtisodiy sub’ekt foydasiga ta’sir qilishini inobatga holda bumetodni soliq yukini aniqlash jarayonida qo’llash maqsadga muvofiq emas. Ya’nibunda egri soliqlar tovarlar narxining oshishiga olib kelishi natijasida talabkamayadi va bunda o’z-o’zidan korxona foydasi pasayishi ham kuzatiladi. Bundantashqari korxonalar dastlabki iste’molchi sifatida egri soliqlarning haqiqiyto’lovchisi ham bo’la oladi. Bundan egri soliqlarning bevosita korxona foydasigata’siri ham kuzatiladi.



Download 118.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling