Mavzu: Xat turlari. Nasta'liq


Download 140 Kb.
bet6/7
Sana19.06.2023
Hajmi140 Kb.
#1614286
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mavzu Xat turlari. Nasta\'liq-fayllar.org-1

Mavzu: Fazliy tazkirasi

Fazliy Namangoniy (taxallusi; asl ismi Abdulkarim, 18-asr 2-yarmi — 19-asr 1-yarmi, Namangan) — shoir, adabiyotshunos. 19-asr boshlarida To’raqo’rg’on va Namanganda turli mansablarda ishlagan. Umarxon hukmronligi yillari (1810—22) Qo’qonga kelgan. She’riy iste’dodi tufayli xonning marhamatiga sazovor bo’lib, tez orada saroy shoirlarining boshlig’i — «malik ush-shuaro» nomini olgan. Umarxonning hayoti, faoliyati, harbiy yurishlari, hukmronligi davridagi voqealarni «Umarnoma» dostonida tasvirlagan. Xon topshirig’iga ko’ra, Fazliy «Majmuai shoiron» («Shoirlar majmuasi», 1821) tazkirasini tuzgan. O’zbek adabiyotshunosligi tarixida ilk marta she’riy yo’l bilan yaratilgan mazkur tazkirada 19-asr boshlari Qo’qon adabiy muhitining 100 dan ortiq vakillari haqidagi qimmatli ma’lumotlar va asarlaridan namunalar mavjud. Shu jumladan, unda Fazliyning qasida va g’azallari, shoira Mahzuna bilan mushoirasi ham bor. Fazliyning «Devon» tuzgani ma’lum, ammo u topilmagan. Uning o’zbek va tojik tillarida yozilgan g’azal, masnaviy, muxammas, ruboiy va tuyuqlari turli majmua va bayozlarda uchraydi.


Fazliyning «Majmuai shoiron» tazkirasi 19-asr va 20-asr boshlarida qo’lyozma va toshbosma nusxalarda keng tarqalgan, asar adabiyot ahli orasida katta shuhrat topgan. Uning mukammal qo’lyozma nusxalari Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida saqlanadi (inv. № 7510, 9914 va b.). Fazliy Umarxon vafotidan so’ng (1822), Namanganga ketgan va o’sha yerda vafot etgan.

Rustamjon Tojiboev


* * *

Bosh egdim muhabbatga, men g’arib bechoraman,
Topgaydir meni albat yo’lida ovoraman.

Bilmagan der ul Majnun, ishqida devonaman,


Izlab husniga doston mag’ribga ravonaman.

Hanuz yordin yo’q xabar, o’zimdan begonaman,


Ilk muhabbat qasrida, tun shamga hamxonaman.

Bergali tuhfa yorga xun dilim oh, yonaman,


Ul go’zal bo’lsa yiroq, sevgiga afsonaman.

Ey sanam, xor aylama, voz kechsang gar tonaman,


Ko’zlaringdan oqsa yosh marjon kabi tomaman.

Qoshlaring misli kamon paykonni qaydan topay,


Topilmas bo’lsa paykon kiprigimdan olaman.

* * *

Pinhona yor ishqida tinmas bo’ldi hijronim,
Otashi so’nmas balo azobdan kuydi jonim.

Fosh aylab sirni hijron zulm qildi jonimga,


Majnun kabi darbadar sahro bo’ldi makonim.

Haddidan oshib ko’ngil devona sifat qildi,


Xonavayron bo’lib dil asqotmas xonumonim.

Ey nozanin parivash, ishqing o’tida yondim,


G’am-g’ussa bo’ldi dardim, ko’zimdan oqdi qonim.

Tingla, arzim aytayin, men oshiq bechoraman,


Ey nigor, lutf aylagin kuymay bog’u bo’stonim.

Dod solib nola qilsam ming pora qilgay hijron,


Muhabbat sharobidan mast ayladi jononim.

Afsona bo’ldi Fazliy, ul go’zal vaslini deb,


Xayollar og’ushida o’tdi eng shirin onim.

* * *

Bunchalar nozik ekan tanda hayot, ey ko’ngul,
Gohida o’tgay xato ming jarohat, ey ko’ngul.

Bir qo’nimda turmagay gohi shod, goho ma’yus,


Chaqsa til qayg’urmagin, ayla toqat, ey ko’ngul.

Ranjimay yo’qdir iloj, besabab bo’lsa bo’hton,


Dil yorishmas yoqsa sham behalovat, ey ko’ngul.

Kezsa gulzor yor ila dunyoni tark aylagay,


Shirin suhbat davradan topgay rohat, ey ko’ngul.

Doimo birdek emas hasratida bor alam,


Dardini etgay bayon, gar xiyonat, ey ko’ngul.

Toblanar turli-tuman, shodligu g’am yonma-yon,


Sofligin qilgay ayon, bor diyonat, ey ko’ngul.

Ishq-muhabbat kuyida o’rtagay shomu sahar,


Dilda hijron uyg’otib oh, malohat, ey ko’ngul.

Va’dasi oshkoradir yorning ko’nglin ovlasa,


Bol tomar tildan shu on, chin sadoqat, ey ko’ngul.

Nodonlarning dastidan, Fazliy, zinhor ranjima,


Xokisor bo’l el aro, hur latofat, ey ko’ngul.

* * *

Gul yuzungda zulfungni bog’ aro namoyon qil,
Lola birla sunbulni dog’ etib parishon qil.

Lolagun qabo jaybing tugmasin ochib gohe,


Gul yaqosini chok et, g’uncha bag’rini qon qil.

Davlati visolingga shukr etmaganlarni,


G’am o’tig’a dog’ aylab, mubtaloyi hijron qil.

Soqiyo, yuzung aksi qildi bodani gulgun,


Lola rang sog’ar tut bazmni guliston qil.

Ey ko’ngul xarobingga kelsa yoshurun dardi,


Voqif o’lmasun mardum ko’z uyida mehmon qil.

Oshiqi talabgoring mardlarni shohidur,


Bo’sai dahoningdin nazri shohi mardon qil

Fazliyo, Umar sulton dargahiga yo’l topsang,


Ko’zlaringga tufrog’in surmai Sulaymon qil.

Download 140 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling