Mavzu: Xavf manbalarini o’rganish Reja: Xavflar va ularning turlari


Download 88.5 Kb.
bet2/4
Sana28.12.2022
Hajmi88.5 Kb.
#1013152
1   2   3   4
Bog'liq
Mavzu 1

Xavflarni o`rganish usullari
Xavflarni o`rganish tartibi uch bosqichda amalga oshiriladi:
Birinchi bosqich-xavflarni oldindan tahlil etish. Bu bosqich uch qadam bilan bajariladi: 1-qadam-xavf manbalarini aniqlash; 2-qadam-xavflarni vujudga keltiradigan qismlarni aniqlash; 3-qadam-tahlilni chegaralash, ya`ni, tekshirilmaydigan xavflarni chiqarib tashlash.
Ikkinchi bosqich-xavfli holatlarni ketma-ketligini aniqlash, hodisa va xavflar
daraxtini tuzish. Xavflar daraxti yuqoridan pastga qarab quriladi hamda sabablari hisobga olingan holda tamom bo`ladi.
Uchinchi bosqich-oqibatlarni tahlil qilish. Xavfsizlik tizimi, bu-xavfsizlikning murakkab masalalarini hal qilish yo`llarini tayyorlash va asoslashda foydalaniladigan metodologik choralar yig’indisidir. O`zaro ta`siri bilan aniq bir maqsadga etishtiradigan aloqador qismlar yig’indisi tizim deb ataladi.
Tizim deganda birgina moddiy ob`ektdan tashqari aloqalar va bog’lanishlar ham tushuniladi. Har qanday sozlangan mashina texnik tizimga misol bo`lishi mumkin.
Tarkibiga odam ham kiradigan element tizimi ergonomik tizim deb ataladi.
Masalan, «Odam-mashina», «odam-mashina-atrof-muhit». Tizimlash tamoyili hodisalarni o`zaro bog’liq ravishda bir to`plam tariqasida o`rganadi. Tizim beradigan maqsad yoki natija tizim yaratuvchi element deb aytiladi. Masalan, yong’in-yonuvchi modda, oksidlovchi kislorod, yondiruvchi. Bu yerda
yong’in-tizim, yonuvchi modda-oksidlovchi, yondiruvchi-uning elementlari. Agar birorta elementni sho’lardan chiqarib tashlasak, tizim buziladi. Tizimda bor sifat uning elementlarida bo`lmaydi. Bu tizimning muhim xususiyati bo`lib, xavfsizlik masalalari tahlili asosida joylashgan. Ko`ngilsiz voqealarning paydo bo`lish sabablarini aniqlash, ularni kamaytirishga qaratilgan tadbirlar xavfsizlik tizimi
tahlilining asosiy maqsadidir. Har qanday sabablar natijasida vujudga kelgan xavflar zarar keltiradi. Sababsiz haqiqiy xavf ham, zarar ham yo`q. Demak, xavfdan saqlanish uning kelib chiqish sabablarini bilishga asoslangan. Sodir bo`lgan xavflar bilan sabablar o`rtasida sabab-oqibat aloqasi bor. O`z navbatida bir sabab ikkinchi sababiy oqibatni keltirib chiqaradi va h.k. SHunday qilib, sabablar va xavflar zanjirsimon tizimni yaratadi. Bunday grafikning tasviri shoxli daraxtga o`xshaydi. Quriladigan daraxtlarda sabab va xavf shoxlari bor. Ularni o`zaro ajratib tashlash mumkin emas. SHuning uchun xavfsizlikni tahlil etishda
tuzilgan tasvirni sabablar va xavflar daraxti deb atash lozim. Tahlil usuli. Xavfsizlikni ko`ngilsiz voqea ro`y berishdan oldin (aprior) yoki keyin (aposterior) tahlil etish mumkin. Har ikki holda qo`llaniladigan usul bevosita yoki aksincha bo`ladi. Aprior tahlilda shu tizimga xos bo`lishi mumkin bo`lgan (yashirin) kungilsiz
voqealar tanlab olinadi va ularni yaratuvchi bir qancha holatlar to`plami tuziladi.
Aposterior tahlil esa ko`ngilsiz voqea yuz bergandan so`ng kelajakda tadbirlar ishlab chiqishdir. Bu ikki ucho’l bir-birini to`ldiradi.

Download 88.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling