Mavzu: Xavflar kvantifikatsiyasi


Tavakkalning yo’l qo’ysa bo’ladigan qiymati


Download 69.24 Kb.
bet4/7
Sana08.01.2022
Hajmi69.24 Kb.
#243490
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
5 MAVZU (1)

Tavakkalning yo’l qo’ysa bo’ladigan qiymati.

Bu korxona, tarmoq yoki davlatning iqtisodiy ko’rsatkichlariga ta’sir qilmaydigan, jarohatlanish, nogironlik yoki o’lim hodisalarining eng kichik qiymatidir.

Yo’l qo’ysa bo’ladigan qiymatning kiritilish zarurati absolyut (butkul) xavfsiz faoliyat sharoitini (texnologik jarayonlarini) yaratish imkonining yo’qligidir.

Tavakkalning yo’l qo’ysa bo’ladigan qiymati o’z ichiga texnik, iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy aspektlarni qamrab oladi va xavfsizlik sathi bilan unga erishish imkoniyatlari orasida ma’lum murosa muhiti yaratadi.

Ma’lumki, texnik sistemalarning xavfsizligini oshirishning iqtisodiy imkoniyatlari cheksiz emas. Masalan, uskunalarning xavfsizligini oshirish maqsadida katta mablag’larni sarflab, ishlab chiqarishni ijtimoiy (korjomalar, shaxsiy himoya vositalari sotib olish, o’qitish, sog’lomlashtirish) yo’nalishiga zarar etkazib qo’yish mumkin.

Tavakkalning yo’l qo’ysa bo’ladigan qiymatini aniqlashga misol 1–rasmda keltirilgan.

Bundan ko’rinib turibdiki, texnik uskunalarni takomillashtirishga harajatlarni oshirish texnik tavakkalni kamaytiradi, lekin ijtimoiy tavakkal ko’tariladi. Umumiy tavakkal texnik va ijtimoiy tavakkallarga ajratiladigan mablag’ning ma’lum bir mutanosibligida minimal qiymatga ega bo’ladi. Ushbu vaziyatni tavakkalning yo’l qo’ysa bo’ladigan qiymatini tanlashda hisobga olish kerak bo’ladi.

Hozirgi paytda ko’pgina davlatlarda texnik tavakkalning qiymati Tm=10–7÷10–6 (bir yildagi o’limlar soni) oralig’ida bo’lishiga va shaxsiy tavakkalning maksimal qiymati 10–6 bo’lishiga xalqaro kelishuvga erishilgan. Milliy qoidalarda bu qiymat yong’in va radiatsiya xavfsizligini baholashda ishlatiladi.



Ayrim hollarda (avariya, yong’in, odamlarning hayotini saqlab qolish va h.k) kishi o’zining hayotini taxlikaga solib tavakkal qiladi. Bu tavakkal asosli tavakkal deyiladi. Chunki bunda jabrlanuvchiga yordam berish, qimmatbaho uskuna yoki xalq mulkini saqlab qolish xohishi bilan tavakkal qilinadi.


1 – rasm. Tavakkalning yo’l qo’ysa bo’ladigan qiymatini aniqlash.

Ishlovchining ish jarayonida zarur shaxsiy himoya vositalarini qo’llamasligi, texnologik jarayonning xavfsizlik talablariga itoat qilmaslik asossiz tavakkal deyiladi. Ko’pincha bu jarohatlanishga yoki avariya holatini vujudga kelishiga olib keladi.



Download 69.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling