Mavzu: Xavfsizlikni ta'minlashning tashkiliy choralari Axborot xavfsizligi forumi Forum bo’limlari quyidagi masalalarga bag’ishlangan


Download 19.23 Kb.
Sana05.12.2020
Hajmi19.23 Kb.
#160723
Bog'liq
2-laboratoriya


laboratoriya ishi 2

Mavzu: Xavfsizlikni ta'minlashning tashkiliy choralari

Axborot xavfsizligi forumi

Forum bo’limlari quyidagi masalalarga bag’ishlangan:

1. Yangi ozgarishlarni bankimizga olib kirish va dasturiy taminotini oshirish

2. Yangi tahdidlarni aniqlash maqsadida tashkilotimizni axborot resurslari tarkibidagi muhim o'zgarishlarni kuzatish va tahlil qilish;

3. Bankimizni xavfsizlik intsidentlarini o'rganish va tahlil qilish;

4. Bankimizninf xavfsizlik choralarini kuchaytirish bo'yicha muhim tashabbuslarni amalga oshirish

Axborot xavfsizligi vositalarini joriy etish bilan bog'liq masalalarni muvofiqlashtirish bo'yicha forum


  1. Birinchi navbatda bankdagi ichki axborot ximoyasini tekshirish;

  2. Yangi xabarlar bilan xodimlarni taminlab turish va ularga muhit yaratib berish;

  3. Axborot xavsizligini har tomonlama taminlab unga qoshimcha yordamlar ajratish

  4. Fikr-mulohazalarni taqdim etish (mavjud tizimlarda qabul qilingan xavfsizlik choralarining adekvatligini baholash) va yangi tizimlarda yoki xizmatlarda axborot xavfsizligi vositalarining joriy etilishini muvofiqlashtirish

  5. Axborot xavfsizligi sohasidagi intsidentlarni tahlil qilish, tavsiyalar ishlab chiqish;

Xavfsizlik uchun javobgarlikni taqsimlash

  1. Har bir bo’lim ozini ishini yaxshi qilishi

  2. Axborot xavfsizligi bilan shugullanadigan xodimlar doimo tizim xafsizligi bo’yicha xabardor bolishi

  3. Qilingan har bir jarayonlar hujjatlada aks etishi lozim

Yangi axborot tizimini joriy etish jarayoni

a) Axborot xavfsizligi bo’limi barcha bo’limlar bilan aloqada ishlashi lozim

b) Bankdagi barcha kompyuterlar yagona tizimga ulanishi lozim

Javobar

1. Axborot texnologiyasi asosiy texnik vositalari sifatida hisoblash- tashkiliy texnikadan tashqari aloqa vositalari – telefon, teletayp, telefaks va boshqalar qo’llaniladi.

Axborot texnologiyasi insoniyat taraqqiyotining turli bosqichlarida ham mavjud bo’lgan bo'lsa-da, xozirgi zamon axborotlashgan jamiyatining o'ziga xos xususiyati shundaki, sivilizatsiya tarixida birinchi marta bilimlarga erishish va ishlab chiqarishga sarflanadigan kuch energiya, xomashyo, materiallar va moddiy iste’mol buyumlariga sarflanadigan xarajatlardan ustunlik qilmoqda, ya’ni axborot texnologiyalari mavjud yangi texnologiyalar orasida yetakchi o'rinni egallamoqda.

Axborot texnologiyalari industriyasi majmuini kompyuter, aloqa tizimi, ma’lumotlar ombori, bilimlar ombori va u bilan boglik faoliyat soxalari tashkil kiladi.

Bugungi kunda axborot texnologiyasini shartli ravishda "saqlovchi, ratsionallashtiruvchi, yaratuvchi" turlarga ajratish mumkin. Birinchi turdagi texnologiyalar mehnatni, moddiy resurslarni, vaqtni tejaydi. Ratsionallashtiruvchi axborot texnologiyalariga chiptalar buyurtma qilish, mexmonxona xisob-kitoblari tizimlari misol bo’ladi.

Yaratuvchi (ijodiy) axborot taxnologiyalari axborotni ishlab chiqaradigan, undan foydalanadigan va insonni tarkibiy qism sifatida o'z ichiga oladigan tizimlardan iborat.

Axborot texnologiyalarining xozirgi zamon taraqqiyoti hamda yutuqlari fan va inson faoliyatining barcha soxalarini axborotlashtirish zarurligini ko’rsatmoqda. 

Jamiyatni axborotlashtirish deganda, axborotdan iqtisodni rivojlantirish, mamlakat fan-taxnika taraqqiyotini, jamiyatni demokratlashtirish va intellektuallashtirish jarayonlarini jadallashtirishni ta’minlaydigan jamiyat boyligi sifatidafoydalanish tushuniladi.



2. Axborot xavfsizligining siyosatini ishlab chiqishda, avvalo himoya qilinuvchi ob`ekt va uning vazifalari aniqlanadi. So‘ngra dushmanning bu ob`ektga qiziqish darajasi, hujumning ehtimolli turlari va ko‘riladigan zarar baholanadi. Nihoyat, mavjud qarshi ta’sir vositalari yetarli himoyani ta‘minlamaydigan ob`ektning zaif joylari aniqlanadi. Odatda ko‘p sonli foydalanuvchilarga ega bo‘lgan korporativ kompyuter tarmoqlari uchun maxsus “Xavfsizlik siyosati” deb ataluvchi, tarmoqda ishlashni ma’lum tartib va qoidalarga bo‘ysindiruvchi (reglamentlovchi) hujjat tuziladi. Siyosat odatda ikki qismdan iborat bo‘ladi: umumiy prinsiplar va ishlashning muayyan qoidalari. Umumiy prinsiplar Internetda xavfsizlikka yondashishni aniqlasa, qoidalar nima ruxsat etilishini va nima ruxsat etilmasligini belgilaydi. Qoidalar muayyan muolajalar va turli qo‘llanmalar bilan to‘ldirilishi mumkin. Hozirgi kunda axborotni himoyalashning tashkiliy choralari, shuningdek dasturiy va texnik vositalar yetarli samara bermay qoldi. Shu bois, huquqiy, jumladan, jinoiy-huquqiy himoya vositalari xavfsizlikning qo‘shimcha choralari sifatida yuzaga keldi.
Download 19.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling