Mavzu: Xayir ehson Reja


Ehsonsiz jannnatga erishib bo’lmaydi


Download 29.44 Kb.
bet2/4
Sana26.03.2023
Hajmi29.44 Kb.
#1297046
1   2   3   4
Bog'liq
ehson

Ehsonsiz jannnatga erishib bo’lmaydi.
Rabbimizdan berilgan barcha narsalar bizlarga omonat bo‘lganidek, molu davlatimiz ham omonatdir. Alloh bergan bu molu davlatni O‘zi buyurgan va rozi bo‘ladigan joylarga sarflashimiz darkor. Xayru ehson va sadaqa qilishda peshqadam, shuningdek barcha ezgu ishlarda imkon qadar ko‘makchi va homiy bo‘lishga harakat qilishimiz kerak.
Alloh taolo Qur'oni karimning juda ko‘p oyatlarida xayr-ehsonning savobi ko‘pligi va fazilati ulkanligi haqida marhamat qiladi.
“Suygan narsalaringizdan ehson qilmaguningizgacha sira yaxshilikka (jannatga) erisha olmaysizlar. Nimaniki ehson qilsangiz, albatta, Alloh uni biluvchidir (Oli Imron surasi, 92-oyat).
Demak, kishi xayr-ehsonni ixlos bilan, savob umidida qilar ekan, oyati karimada va'da qilinganidek ulkan mukofotlarga erishadi. Yana bir oyati karimada Alloh taolo bu haqda shunday degan:
“Sadaqalaringizni agar oshkora bersangiz, juda yaxshi. Bordi-yu, kambag‘allarga pinhona bersangiz – o‘zingiz uchun yanada yaxshiroqdir va (U) gunohlaringizdan o‘tar. Alloh qilayotgan (barcha) ishlaringizdan xabardordir” (Baqara surasi, 271-oyat).
Bitta berilgan xayr-ehsonni evaziga Alloh taolo bir necha barobar ko‘paytirib berishi haqida shunday deydi:
“Alloh yo‘lida mollarini ehson qiluvchilar (savobining) misoli go‘yo bir donga o‘xshaydiki, u har bir boshog‘ida yuztadan doni bo‘lgan yettita boshoqni undirib chiqaradi. Alloh xohlagan kishilarga (savobini) yanada ko‘paytirib beradi. Alloh (karami) keng va bilimdon zotdir” (Baqara surasi, 261-oyat).
Infoq-ehson qilishning savobi borasida hadisi shariflarda ham juda ko‘p ma'lumotlar bordir. Xayri-ehsonning foydasi nafaqat bu dunyoda balki, qabr va qiyomatda ham borligi haqida Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam shunday deganlar:
“Albatta sadaqa o‘z egasini qabr issiqligidan saqlaydi. Sadaqa qiluvchi mo‘min Qiyomat kuni o‘z sadaqasi soyasida turadi” (Imom Tabaroniy rivoyati).
Sadaqa va ehsonning barcha ko‘rinishlari, xoh u nafl bo‘lsin xoh farz bo‘lsin, barchasi gunohlarning o‘chirilishiga sabab bo‘ladi. Bu haqda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday deganlar:
“...Suv olovni o‘chirganidek, sadaqa gunohlarni o‘chiradi” (Imom Termiziy rivoyati).
Ulamolar sadaqani insonning iymoni borligini tasdiqlovchi amal deyishgan. Chunki xayr-ehson qiluvchi kishi o‘ziga begona bo‘lgan va hech ham undan manfa'at umid qilmaydigan odamga imkoniyatidan kelib chiqib bir narsani beradi.
Bu haqda Rasululloh sallallohu alayhi vasallam shunday deganlar: “Sadaqa hujjat va dalildir (ya'ni, iymoni borligiga)” (Imom Termiziy rivoyati).
Demak, xayri ehson qilish orqali kishi yana bir bor iymonini mustahkamligini tasdiqlovchi hujjatni qo‘lga kiritgan bo‘ladi. :
“Uch narsaga qasam ichaman: “Bandaning moli sadaqa ila nuqsonga uchramas. Banda bir zulmga uchrasa-yu, unga sabr qilsa, albatta, Alloh uning izzatini ziyoda qilur. Banda tilanchilik eshigini ochsa, albatta, Alloh unga faqirlik eshigini ochar”, – dedilar (Imom Ahmad va Imom Ibn Moja rivoyati).
Rivoyat qilinishicha, ishi yurishmayotgan bir kambag‘al yigit donishmand shayxning oldiga borib, hayotidan arz qilib nasihat so‘rabdi. Shayx hazrat yigitga: “Boringdan ehson qilib turgin”, – debdi. Yigit uyiga kelib shayx bilan bo‘lgan suhbatini onasiga aytibdi. Shunda yigitning onasi: “O‘g‘lim biz bir kambag‘al odamlar, o‘zimiz ehsonga muhtoj bo‘lsak, nimani ehson qilishimiz mumkin”, – debdi. O‘g‘il: donishmand shayx bekorga bir narsani gapirmaydi, – deb faqirona bo‘lsada ehson qila boshlabdi. Oradan bir muddat vaqt o‘tib shayxni bir chiroyli bino sohibi ziyofatga chaqiribdi. Ziyofatga borgan shayxni bir vaqtlar undan nasihat so‘ragan kambag‘al, yigit kutib olib: “Sizning nasihatingiz tufayli Alloh rizqimizni mo‘l-ko‘l qilib berdi, yana menga nasihat qiling”, –debdi. Shunda donishmand shayx: “Molingga harom aralashmasin, molingni haromga sarflamagin, molingni doimo tozalab turgin va jamiyat oldidagi mas'uliyatingni yoddan chiqarmagin”, –deb nasihat qilibdi va saxiy yigitni haqqiga duo qilibdi.
Alloh taolo barchamizni ehson qilguvchi, saxiy va ko‘pchilikka yordami tegadigan kimsalar qatoridan qilib, ularga va'da qilingan savob va fazilatlaridan barchamizni bahramand aylasin! Omin!


Download 29.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling