- Ma’lum bir insonga ijod qilish imkoniyatini yaratuvchi , boshqalardan esa bu imkoniyatni darig‘ tutuvchi nima ekanligi haqidagi masala mashhur olimlarni o‘tmishdan qiynab keladi. Xuddi shunday, fransiyalik psixolog T. Ribo tomonidan asoslab berilgan ijodiy jarayonda algoritmlashtirish va uni o‘qitishning imkoniyati mavjud emasligi haqidagi nuqtai nazariuzoq vaqt hukmron fikr hisoblangan. Uning yozishicha: «Kashf etish metodlari»ga keladigan bo‘lsak, haqiqatda ular mavjud emas, buning aksi bo‘lganida edi, u holda kashfiyotchini hozirda mexanik va soatsozlarni ishlab chiqargandek, ishlab chiqarish mumkin bo‘lar edi»Lekin astasekin bu nuqtai nazar shubha ostiga olina boshladi. Birinchi o‘ringa ijodkorlikka bo‘lgan qobiliyatni rivojlantirish mumkinligi gipotezasi ko‘tarildi.
Ingliz olimi G. Uolles ijodiy jarayonni tadqiq etishga harakat qilib ko‘rdi. Natijada u ijodkorlikda to‘rt bosqichni ajratishga muvaffaq bo‘ldi, bular: - Ingliz olimi G. Uolles ijodiy jarayonni tadqiq etishga harakat qilib ko‘rdi. Natijada u ijodkorlikda to‘rt bosqichni ajratishga muvaffaq bo‘ldi, bular:
- I –tayyogarlik (g‘oyaning yaratilishi);
- II – etilish (ushbu muammoga bevosita va bilvosita tegishli bo‘lgan bilimlarni konsentratsiyalash, «to‘plash»);
- III – birdan eslash (izlanayotgan narsani ichki sezgi orqali ilg‘ab olish);
- IV – tekshirish.
- Odamlar o‘rtasidagi farqlar ustun bo‘lgan xayol xususiyatlariga nisbatan aniqlanadi. Xayol tomonidan hosil qilingan obrazlar asosidagi sezgilar turiga bog‘liq ravishda odatda, obrazlarning ko‘rish, eshitish, motorli va ko‘rish -eshitishharakat tiplari ajratiladi. Xayolning sof tiplari juda kam uchraydi, odamlar ko‘proq xayolning aralash tipiga ega bo‘ladilar, chunki hayotda bir vaqtning o‘zida ko‘rish, eshitish va motorli sezgilarga tayanamiz. Bunda xayol tiplaridan birining ustunligi kuzatiladi.
Xayolning birinchi ifodalanishi idrok jarayoni bilan uzviy bog‘langan. Idrok qilish va xayol o‘rtasidagi uzviy aloqa bola o‘z o‘yinlarida olgan taassurotlarini avval idrok qilingan jismlarni xayolda o‘zgartirigan holda qayta ishlay boshlaganida namoyon bo‘ladi. Stul samolyotga, quticha – avtoulovga aylanadi. Xayol rivojlanishining muhim bosqichi bolaning nutqni egallaydigan yoshi bilan bog‘liq. Nutq bolaga xayolga faqat aniq obrazlarni emas, balki mavhum tasavvur va tushunchalarni ham kiritish imkonini beradi. nutqni egallash bosqichi bolaga jismning alohida qismlarini oson ajratish va xayolda ulardan foydalanish imkonini beruvchi amaliy tajribaning oshishi va diqqatning rivojlanishi bilan birgalikda kechadi. Ushbu bosqichning asosiy xususiyati xayol obrazlari paydo bo‘lishining ixtiyorsizligidir. - Xayolning birinchi ifodalanishi idrok jarayoni bilan uzviy bog‘langan. Idrok qilish va xayol o‘rtasidagi uzviy aloqa bola o‘z o‘yinlarida olgan taassurotlarini avval idrok qilingan jismlarni xayolda o‘zgartirigan holda qayta ishlay boshlaganida namoyon bo‘ladi. Stul samolyotga, quticha – avtoulovga aylanadi. Xayol rivojlanishining muhim bosqichi bolaning nutqni egallaydigan yoshi bilan bog‘liq. Nutq bolaga xayolga faqat aniq obrazlarni emas, balki mavhum tasavvur va tushunchalarni ham kiritish imkonini beradi. nutqni egallash bosqichi bolaga jismning alohida qismlarini oson ajratish va xayolda ulardan foydalanish imkonini beruvchi amaliy tajribaning oshishi va diqqatning rivojlanishi bilan birgalikda kechadi. Ushbu bosqichning asosiy xususiyati xayol obrazlari paydo bo‘lishining ixtiyorsizligidir.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT! E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Do'stlaringiz bilan baham: |