Pragmatik (foydalanuvchanlik) adekvatlik – axborot bilan foydalanuvchining munosabatlarini aks ettiradi, axborotni uning asosida amalga oshiriladigan boshqarish sistemasi maqsadiga muvofiqligini ifodalaydi. Axborotning pragmatik xususiyatlari faqat axborot (ob`ekt), foylanuvchi va boshqarish maqsadlarining umumiyligida namoyon bo’ladi. Adekvatlikning ushbu shakli axborotdan amaliy foylanish bilan bevosita bog’langan. Axborotni kodlash va fizik ifodalash usullari Axborotni qayta ishlashida qulaylik va samaradorlikni ta’minlash maqsadida ob’ekt nomini shartli belgi bilan almashtirish uchun kodlash sistemasi qo‘llaniladi. Kodlash sistemasi - ob’ektlarni kodli belgilash qoidalari majmuidir. Kod harf, raqam va boshqa simvollardan tashkil topgan alfavit asosida quriladi. Kodni xarakterlovchi tushunchalar - uning uzunligi va strukturasidir. Kod uzunligi koddagi o‘rinlar (pozitsiyalar) sonini, kod strukturasi - kodda simvollarning joylashish tartibini belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |