Mavzu: xitridiomisetsimonlar – chytridiomycetes sinfi zamburug’larining sistematikasi kurs ishi rahbari


II BOB PARAZIT XITRIDIOMITSETSIMONLAR


Download 0.85 Mb.
bet6/10
Sana30.04.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1407432
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
203 XITRIDIOMIKOTA - CHYTRIDIOMYCOТА FILUMI

II BOB PARAZIT XITRIDIOMITSETSIMONLAR
2.1 Xitridililar tartibi —Chytridiales
Xitridiomitsetlar suv sharoitida o‘sishga moslashgan bo‘lib, suvo‘tlarida, umurtqasiz hayvonlarda parazitlik qiladi. Ayrim vakillari nam tuproqlarda o‘suvchi gulli o‘simlik barglarida xam parazitlik qiladi. Saprotrof vakillari suvga tushgan o‘simlik novdasi, bargi va mevalari bilan oziqlanadi.
Parazit xitridiomitsetlarning vegetativ tanasi o‘simlik va hayvon hujayrasi ichiga o‘rnashib, ovqatni butun tanasi bilan shimib oladi. Bunga osmotrof oziqlanish deyiladi. Ular boshlangich mitseliy yoki rizomitseliy hosil qiladi, mitseliyda esa yadro bo‘lmaydi, Rizomitseliy yerga birikish va ovqatni shimib olish uchun xizmat qiladi. Xitridiomitset­larning hujayra devorida 60% xitin bo‘ladi. Jinssiz ko‘-payish zoosporalar yordamida sodir bo‘ladi. Zoospora zoosporangiyda yetiladi.
Ba’zi xitridiomitsetsimonlarning vegetativ tanasi sporangiyga aylanadi. Bunga xolokarpik shakl deyila­di. Ba’zi vakillarida vegetativ tananing bir qismi zoosporangiyga aylanadi, bunga eukarpik shakl deyiladi. Jinsiy ko‘payishi xologamiya, izogamiya, geterogamiya va oogamiya yo‘li bilan boradi. Gametalar maxsus gametangiyalardan hosil bo’ladi. Zigotaning usti xitin moddasi bilan o‘raladi va sistaga aylanadi. Zigota diploidli fazada bo‘lib, gametalar gaploidlidir. Xitridiomitsetlar orasida zoosporalarning saqlanib qolishi, ularning evolyutsiya davrida xivchinlilar Flagellatae guruhidan kelib chiqqanligidan dalolat beradi.
Bu sinf vakillari uchta tartibga bo‘linadi: xitridililar, Chytridiales, blastoklidililar Blastocladiales va monoblefaridlilar Monoblephariales.
Bu tartib o‘z ichiga 80 turkum, 400 turni oladi. Ko‘pchilik vakillari suvda va nam tuproqda o‘suvchi o‘simliklarda parazitlik hiladi.
Vegetativ tana yalang‘och plazmadan iborat, ko‘pincha yumaloq silindr shaklida, rizomitseliy hosil qiladi. Jinssiz ko‘payishi zoosporalar yordamida sodir bo‘ladi, ba’zi vakillarida zoosporaning qopqoqchasi bo‘ladi. Zoospora no-qulay sharoitda sistaga aylanadi. Bu tartibning rivojlanish sikli Olpidium viciae da yaxshi o‘rganilgan. Uning zoosporasi silliq, bir xivchinli bulib, xivchin orqa tomonida joylashgan. Zoospora zoosporangiydan ajralib chikib, o‘simlik ustiga o‘rnashadi va po’st bilan o‘ralib, o‘z suyuqligini o‘simlikning epidermis suyuqligiga quyadi, so‘ng o‘sib, ko‘p yadroli zoosporangiyga aylanadi, xolokarpik shakl deb shunga aytiladi. Zoospora o‘simlik epidermisidan o‘sib chiqadi. Bunday rivojlanish 5—10 kun davom etadi. yoz faslida mazkur jarayon bir necha marta takrorlanishi mumkin.
Zoospora o‘sishdan to‘xtasa, gametalarga o‘xshab bir-biri bilan juft-juft bo‘lib qo‘shilishadi. Hosil bo‘lgan ikki xivchinli zigota qalin po’st bilan, o‘ralib, sistaga aylanadi. Sistaga aylanishidan oldin, zoosporangiyda yadrolar o‘zaro qo‘shilib, keyin reduksion yo‘l bilan parchalanadi.
Olpidium turkumining muhim vakillaridan biri O. brassicaedir. Bu karam ko‘chatining ildiz bo‘g‘zi yaqinidagi ildiz po‘stlog‘i — epidermis hujayrasi ichida parazitlik qilib, «qora oyoq» kasalligini vujudga keltiradi. Olpidiy bilan kasallangan karam ko‘chati to‘qimasi qorayadi, so‘ng chiriydi va nobud bo‘ladi. O’simlik to‘qimasi ichida parazitning yalang‘och protoplasti bo‘linib, sharsimon yoki naysimon o‘simtali zoosporangiyni hosil qiladi.



2.1-rasm. A — olpidium — Olpidium brassicae karam ildiz bo‘yinchasi to‘qimasida: 1 — zoosporangiylar, 2 — zoosporalar, 3 — parazitning yalang‘och protoplasti, 4— parazitning tinim davridagi sporalari; B — rak bilan kasallangan kartoshka tugunaklarining tashqi ko‘rinishi.
Zoosporangiy ichidagi bir xivchinli zoosporalar o‘simtalari orqali tashqariga chiqadi va nam tuproqda harakat qilib, sog’lom karam ko‘chatining il­diz epidermisiga joylashadi va o‘simlik xujayrasini ichiga o‘z protoplastini qo‘yadi. Zoospora hujayra ichida o‘sib ko‘payadi va 2—3 kundan keyin vegetativ tana yana bir xivchinli zoosporalar hosil qiladi, uning taraqqiyot sikli yana qaytadan boshlanadi.
Olpidiy parniklardagi karam ko‘chatlari va sernam tuproqlardagi no‘xat hamda qizil sho‘ra ildizida parazitlik qiladi, hosildorlikning kamayishiga sababchi bo‘ladi. Olpidiyning tinim davridagi sporasi (sistasi) yulduzsimon shaklda bo‘lib, qalin po’st bilan qoplangan. Parniklarni tez-tez shamollatib turish, ko‘chatlarni me’yorida sug‘orish unga qarshi kurashning eng muhim chorasidir.

Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling