Mavzu: xitridiomisetsimonlar – chytridiomycetes sinfi zamburug’larining sistematikasi kurs ishi rahbari


Download 0.85 Mb.
bet3/10
Sana30.04.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1407432
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
203 XITRIDIOMIKOTA - CHYTRIDIOMYCOТА FILUMI

Kurs ishining metodlari. Zamburug’larni o’rganishda, avvalo, ularni qanday sharoitda va muhitda o’sishini aniqlash lozimdir. Zamburug’lar dunyosi vakillarining ichki va tashqi tuzilishi hamda ko’payishini o’rganish ko’lami foydali zamburug’larni foydali jihatlarini tushuntirib berishda amaliy ahamiyatga ega hisoblanadi.
Kurs ishining xajmi. Kurs ishi __ bet, 2 bob, kirish, xulosa, adabiyotlardan iborat bo’lib, unda zamburug’lardan amaliyotda foydalanish, ularning tarkibi, ko’payishi to’la yoritilib berilgan. Zamburug’larning ahamiyati bayon etib berilgan.

I BOB XITRIDIOMIKOTA - CHYTRIDIOMYCOТА FILUMI
1.1 Xitridiomikota (Chytridiomycota) filumiga tarkibida 500­-600 ta tur bo‘lgan bitta - Xitridiomitsetes (Chytridiomycetes) sinfi kiradi. Xitridiomitsetlarining nojinsiy ko'payishi harakatchan zoosporalar yordamida amalga oshadi. Zoosporalarining orqa tomonida joylashgan bitta silliq qamchi shaklli xivchinchasi bor (rasm). Hujayra devorchasi tarkibida xitin va ẞ-glukanlar mavjud. Bu filum turlari orasida tallom evolutsiyasi amyoboid (yalang‘och protoplazma) shaklidan bir hujayrali, rizomitseliysi bolgan shakllar orqali yaxshi rivojlangan septalanmagan mitseliysi bo'lgan shakllargacha ekanligini ko'rish mumkin. Jinsiy ko‘payishi gametogamiya (xologamiya, izogamiya, geterogamiya) va oogamiya tipida, bunda bir xivchinchali zoosporalar (planogametalar) qo'shiladi va tinim davriga kiruvchi zigota (sista) hosil bo‘ladi.
1-jadval.
Haqiqiy zamburug‘lar — Fungi (=Mycota) dunvosining filumlari va belgilari

Filumlar

Belgilar

Anamorfa
(nojinsiy
ko'payish)
bosqichi
mahsullari

Teleomorfa
(jinsiy
ko'payish)
bosqichi
mahsullari

Septa mavjudligi va tuzilishi

Turlar
soni

Chytridiomycota

Zoosporangiy va zoosporalar

Zigotalar

Mavjud ernas

- 500

Zygomycota

Sporangiy va
sporangio-
sporalar

Zigosporalar

Mavjud cmas (kam sonli istisnolar mavjud)

-600

Ascomycota

Konidiyalar

Askosporalar

Scptalari oddiy,
perforatsiya
qilingan

- 30 000

Deuteromycetes
(=Anamorphic
Fungi)

Konidiyaiar

Mavjud
emas

Septalari oddiy,
perforatsiya
qilingan

- 30 000

Basidiomycota

Kam uchraydi. gifa
fragmcntlari,
konidiyalar

Bazidio-
sporalar

Septalari oddiy yoki
ixtisoslashgan,
perforatsiya
qilingan

- 25 000

Xitridiomitsetlarning yashash tarzi asosan suv muhiti bilan hog'liq. Ularning aksariyati suvo'tlari, suv zamburug'Iari va umurtqasiz hayvonlarning parazitlaridir. Tuproqda yashaydigan turlari ham mavjud, yuqori namlik sharoitida ular yuksak o'simliklarda parazillik qiladi. Bu zamburug‘lar orasida suvli muhitda o'simliklar va hayvonlarning qoldiqlarida yashaydigan kam sonli saprotroflar ham bor.
Asosan tallomlarining tuzilishi zoosporalarining ultratuzilishi (mitoxondriylarining shakllari. ribosomalar va mikroquvurchalari joylashishi. lipid globulalari mavjudligi va joylashishi, xivchinchalarining xususiyatlari) hamda jinsiy jarayonlarining tipiga qarab. ushbu sinf 6 ta tartibga bo’linadi. Uardan asosiylari Chytridiales, Blastocladiales Monoblepharidales tartiblaridir. Fitopatogen turlari asosan Xilridiales (Chytridiales) tartibiga mansub.

Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling