Mavzu: xitridiomisetsimonlar – chytridiomycetes sinfi zamburug’larining sistematikasi kurs ishi rahbari


Blastokladlilar tartibi — Blastocladiales


Download 0.85 Mb.
bet8/10
Sana30.04.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1407432
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
203 XITRIDIOMIKOTA - CHYTRIDIOMYCOТА FILUMI

2.4 Blastokladlilar tartibi — Blastocladiales
Bu tartibning vakillari chuchuk suvlarda nobud bo‘lgan hasharotlar va o‘simlik qoldiqlarida saprotrof holda yashaydi. Ba’zi vakillari umurtqasiz hayvonlar (mayda chivin, pashsha, iskabtopar) da parazitlik bilan hayot kechiradi.
Ularning tallomi plazmodiy va mitseliy shaklida bo‘lib, hujayraning asosiy qismini xitin tashkil etadi.
Jinssiz ko‘payish zoosporalar yordamida boradi. Zoosporaning orqa tomonida faqat bitta silliq xivchini bo‘ladi. Shu xivchin yordamida amyoboid harakat qiladi. Bundan tashqari zoosporaning yadrosi qalpoqchali bo‘ladi (208-rasm).
Jinsiy ko‘payishi izogamiya yoki geterogamiya, ko‘pchilik vakillarida jinslarning gallanishi kuzatiladi. Diploidli sporofitdan zoospora yoki sista hosil bo‘ladi, sista o‘sishdan oldin uning diploidli yadrosi reduksion bo‘linib, undan gaploidli zoosporalar chiqadi. Bu zoosporalarning o‘sishidan ga-metofit nasil beruvchi organ taraqiy etadi, Ularning game­ talari zoosporadan ancha kichik, ammo ba’zi turlarida erkak va urg‘ochi gametalarning kattaligi bir xil bo‘ladi.



2.3-rasm. Selomitsess (Coelomomyces) tinimidagi sporangiyasidan zoo­sporalar chiqishi.

Mazkur tartibning vakillaridan biri allomitsess (Allomyces) dir. U asosan suvda o‘simlik va hasharotlarning qoldiqlarida saprotrof holda yashaydi. Uning mitseliysi 1 sm uzunlikda bo‘lib, po‘panak hosil qiladi. Mitseliy shoxlangan giflardan iborat. Gifning ichki qismida soxta bo‘g‘inlar bo‘lib, orasida sporalar joylashadi. Mitseliyning soxta bo‘g‘inli qismida zoosporangiy yoki sarg‘ish rangdagi sista xosil bo‘ladi. Bu zamburug‘ning sporofit naslidir.


Zoosporalarning o‘sishidan gametofit nasil beruvchi zamburug' rivojlanadi. Erkak va urg‘ochi gametangiylar ustma-ust joylashgan bo‘lib, urg‘ochi gameta erkak gametadan kattaligi va harakatining sustligi bilan ajralib turadi. Urg‘ochi gameta sirenin nomli jinsiy gormon ajratib, erkak gametani o‘ziga jalb etadi, Zigotaning o‘sishidan sporofit nasil taraqqiy etadi.
Evolyutsiya jarayonid'a blastokladiyalilarning tallomi bor-gan sari yiriklashib boradi, izogamiya geterogamiya bilan almashinib, nasllarning gallanishi ro‘y beradi.


Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling