Mavzu: Xiva xonligi ijtimoiy -siyosiy viqealari Rus va yevropa tarixchilarining talqinlarida Mundarija: Kirish Birinchi bob


Dmitriy Gladishev va İvan Muravinlarning Xiva xonligi ijtimoiy -siyosiy viqealari haqidagi xotiralari


Download 42.74 Kb.
bet5/6
Sana09.05.2023
Hajmi42.74 Kb.
#1447673
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Xiva xonligi ijtimoiy siyosiy viqealari Rus va yevropa tarixchilarining

2.2.Dmitriy Gladishev va İvan Muravinlarning Xiva xonligi ijtimoiy -siyosiy viqealari haqidagi xotiralari.
Sirdarёning quyi oqimidagi shah’ar va qishloqlar, Orol dengizini wrganish
uchun 1740 yili davlat arbobi va tarixchi olim V.N.Tatishchevning tashabbusi
bilan Xivaga poruchik D.Gladishev va kontr-admiral, er wlchovchi İ.Muravinlar
yuborilgan.

Orskda olgan kwrsatmaga binoan, ular 1717 yili Pёtr I zamonida Rossiya


tobeligiga wtgan Kichik Juz xoni Abulxayrxon (1695-1748 yy.) bilan
uchrashishi zarur edi. Lekin, bu paytda Abulxayr Orolda edi. Mamlakatni esa
Eron podshoh’i Nodirshoh’ bosib olgan edi. Shuning uchun Gladishev bilan
Muravin Abulxayrxonning inisi Nurali va tog’asi Niёz bilan birga Orolga jwnab
ketdilar va xon h’uzuriga etib bordilar. Ertasi kuni Xivaga bordilar. Wsha vaqtda Abulxayr xon deb elon qilingan edi. Gladishev bilan Muravin Shovotda 9 noyabr kuni Nodirshoh’ h’uzurida bwlganlar va unga Abulxayrxon bilan Xiva
Rossiyaning tabaqalari ekanligini aytib, Xivaga meh’ru shavqat qilinishini
swraganlar. Zobitlarning swzlariga qaraganda, ularning iltimosi ijobat topgan.
Lekin ular Abulxayrxon bilan uchrasha olmaganlar. Shunday bwlsa-da,
Abulxayr shlh’dan chwchib 12 noyabrda rus zobitlari bilan birga Orolga qochib
ketdi. Bu erda kwp tortishuvdardan keyin Nurali xon deb elon qilindi. Abulxayr
Gladishev bilan Muravinni olib Odam ato arig’i bwyida joylashgan eski
wrdasiga qaytdi. Gladishev va Muravin 1741 yilning aprel oyida u krdan Orskka qaytib keldilar. Ularning mazkur saёh’ati paytida twplagan malumotlari
«Gladishev – Muravin. Poezdki iz Orskka v Xivu i obratno 1740-1741 godax
poruchikom Gladishevım i geodezistom Muravinım, İRGO, vıp.1U, -SPb.,1850,
s.519-599» deb atalgan.

Gladishev va Muravin twplagan malumotlarning ah’amiyati shundaki,


ularda Orol dengizining soh’illari, Xorazmning Xiva, Shoh’temir, Xojayli,
Xonqa va Shovot shah’arlari h’aqida, shuningdek, wzbek, qozoq, qoraqolpoq va
turkman ah’olisi h’aqida ayrim malumotlar keltirilgan.

Bulardan bazilari keltirildi:


Gladishev h’amroh’lari bilan Xivaga kelishi bilan uni xon qarorgoh’iga
olib bordilar. Unda xon bilan birga Orol biylari va xonning amirlari wltirishgan
ekanlar. Xon Gladishevdan swradi: «Sen qaerdan bwlasan?» Nladishev javob
qildi: «Meni imperator h’azrati oliylari jwnatdilar, marh’amatli maktub bilan»,-
dedi va maktubni xonga uzatdi. Xon maktubni olib, muh’rini peshonasiga surdi
va uni ёzib (kotibiga) uzatib, «h’ammaning h’uzurida wqi!» deb buyurdi.
Maktub wqib bwlingach, h’uzurida wltirganlarga qarab dedi: «Kwrdilaringmi,
umid bog’lab turgan oldimdagi chirog’ni kwryapsizlarmi? Shu nur ёrdamida
sizlarni (Nodirshoh’dan) h’imoya qilmoqchiman». Shundan keyin menga qarab
dedi: «Sening h’aqingda eshitganman. Ywlda senga ozor etkazibdilar.
Huzurimga eson-omon etib kelishing uchun odam bilan maktub yubordim.
Chunki, malumki, Eron podshosi Nodirshoh’ Xiva shah’rini egallash uchun
kelaёtir. Men esam wzim h’am, bu shah’ar h’am men kabi imperator
h’azratlarining qwl ostida bwlishni istaymiz. Men uning h’uzuriga
bormoqchiman. Sening h’am uning h’uzuriga borishingga twg’ri keladi.
İmperator h’azratlarining sen olib kelgan maktubini Xivadan unga yuboramiz, toki shaxsan men bilan janjallashib yurmasin». Gladishev xonga javob qildi:
«İen sizning h’uzuringizga yuborilganman. Shunday bwlgach, sizning amr-
farmoningizda bwlaman».

Shundan keyin (Abulxayrxon) Gladishev odamlaridan ikki kishini,


xususan er wlchovchi Muravin bilan tarjimon Usmon Arslonovni ajratib olib va
imperator oliy h’azratlari jwnatgan maktubni qwllariga berib, ularga maktub
bilan twrt odamni – orollik bir qoraqalpoq va bir qozoqni qwshib, Eron
podshoh’i h’uzuriga jwnatdi. Shoh’ wsha vaqtda Xivadan 35 verst narida
joylashgan Xonqada turgan edi. Ular shoh’ga «Abulxayr)xon imperator
h’azratlarining tabaqasidir, ushbu shah’arni h’am u wz tobeligiga qabul qildi»,
dedilar. Xon eshitdiki, Eron shoh’i Rossiya imperiyasi bilan ittifoq tuzmoqchi
emish. Shu sababdan u Xivani va unga qarashli erlarni talon-taroj qilmaydi»,
degan xabarni etkazishlari lozim edi».

D.Gladishevning Xivada istiqomat qilib turgan rus asirlari h’aqida


keltirgan malumotlari h’am wta muh’imdir. U ёzadi: «Wsha erda asirda bwlgan
Ёyiq kazagi Andrey Borodindan eshitdimki, Xivada Bekovich-Cherkasskiy
ekspeditsiyasidan asirga tushib qolgan ruslar, qalmoqlar va boshqa erliklarning
soni 3 000 kishiga etadi. U (Andrey Borodin) ularni yaxshi biladi. Bah’orda
ularni Xiva tevaragidagi ariqlarni tozalashga h’aydab boradilar. Orolda shunday
asirlar soni 500 kishi. Taxminan shugcha asir Qozoq va Qoraqalpoq wrdalarida
yashab turibdilar...»
4Sheldeltog’da h’am rus asirlari turadilar. Wsha tog’da kumush va oltin
konlari bor. Qazilgan rudalarni tekshirib qaraganlarida uning uchdan bir qismi
sof oltin bwlib chiqdi. Buni aniqlangan odam Sherg’ozixonga borib aytdi. Xon
uni tiriklayin kwmib tashlashni buyurdi, «toki u bu gapni boshqa birovga borib
aytmasin, deb».
Xivaliklarning kasb-kori h’aqida h’am Gladishev ayrim malumotlar
keltirgan: «Ular,-deb ёzgan edi u,-bwg’doy, arpa, jwxori, tariq, kunjut, paxta va
tamaki ekadilar. Eri, bazi erlari qumloq, bazilari loyqadan iborat, sug’orib
ekadilar. Uni h’wkiz bilan h’aydaydilar...
Chorvalari: tuya, ot, mol, arg’umoqlar va oddiy otlar, eshak, qwy, echki.
Qushlari: wrdak, tovuq.
Mevadan: olma, anor, uzum, tut, shaftoli, jiyda, olmurut.
Poliz ekinlaridan: qovun, tarvuz, turp, sholg’om, karam, piёz etishtiriladi.
Daraxtlar: sada qayrag’och, terak, tol ...wsadi. Shuningdek, tut meva
beradi, bargi bilan pilla qurti boqiladi.
Xivada mis pul zarb qilinadi, miltiq dori tayёrlanadi...
Qamish va beda etishtiriladi.
Darёlarida: Sirdarё, Quvondarёda, Ulug’ darёda kechuvlar bor. İkki
sajenlik, ikki yarim sajenlik qayiqlar mavjud. Ularda 5 boshgacha ot yuklab
wtish mumkin...Sirdarё bilan Ulug’ darёda baliq kwp.
Qamishzorlarda bars, bwri, shag’ol,tulki kabi yirtqich h’ayvonlar
yashaydi».
Rossiya uchun Orol dengizining iqtisodiy va h’arbiy-strategik ah’amiyati katta edi. Shuning uchun h’am Orol flotiliyasining boshlig’i kontr-admiral A.İ.Butakov (1816-1869 yy.) ga 1848 yili Orol dengizini wrganish va uni
tavsiflash vazifasi yuklatildi.

A.İ.Butakovning kuzatishlari uning «Kundaliklar»ida (twla nomi


«Dnevnıe zapiski plavaniya po Aralskomu moryu v 1848-1849 g.», podgotovka
k pechati E.K.Betgera.-Tashkent: 1953) baёn etilgan. Uning ёzishicha, «Orol
dengizi tinch dengizlardan bwlmay, ayniqsa shamol turgan paytida panoh’ topish qiyin». «Uning G’arbiy soh’ilini suratga tushirishni Qumsuat qwltig’idan
boshladik. Qumsuatdan boshlab menga dengiz chuqurlasha boshlaganday
tuyuldi...» Butakov wshanda Orol dengizini va uni bandargoh’ qurish mumkin
bwlgan erlarini qarichma-qarich wlchab chiqdi. Umuman, kontr-admiral
Butkvoning kuzatishlari, Rossiya h’ukumatiga kelajakda dengizda h’arbiy va
savdo floti qurish mumkinligini kwrsatdi. Bu reja podsho Rossiyasiga Sirdarё va
amudarёda h’am kemalar qatnovini ywlga qwyishga va bu bilan Koshg’ar va
Hindistonga suv ywlini ochib berish imkonini berar edi.

Хiva хоnligi tariхini o`rganishda bеvоsita хоrijiy tadqiqоtlarga, хоrazmlik mahalliy muarriхlarning tariхiy qo`lyozma asarlariga murоjaat qilamiz. To`rt yuz yillik tariхga ega Хiva хоnligining ijtimоiy-iqtisоdiy, siyosiy va madaniy hayotini o`rganish хоnlik tariхshunоsligi bilan bоg’liq. XIX asrning ikkinchi yarmi XX asrning bоshi ya’ni Muhammad Rahimхоn sоniy Fеruz hukmrоnligi davri turli tadqiqоtlar оrqali talqin etilgan. Хоnlik tariхi ma’lum sabablarga ko`ra Хivada bo`lgan rus va ingliz sharqshunоslari, хоrij оlimlari asarlarida ham ma’lumоtlar kеltirilgan.


XIX asr – XX asrning bоshlarida O`rta Оsiyoga, jumladan Хiva хоnligiga turli yillarda kеlgan sayyohlar, оlimlar, harbiylar va bоshqa davlat vakillarining yozgan asarlari, mamlakatning o`sha davr tariхi, хo`jaligi, ijtimоiy-siyosiy va madaniy hayotini o`rganishda asоsiy manba bo`lib хizmat qiladi.
1950 yillarning охirida O`zR FA sharqshunоslik institutining ilmiy хоdimlari Yu.A.Zavadоvskiy, D.G.Vоrоnоvskiy, V.L.Vоrоnina, A.M.Bеlеnitskiy,
A.N.Nikitinlar хоnlik tariхining ajralmas qismi bo`lgan Хiva epigrafikasini o`rganib, ba’zi yodgоrliklardagi yozuvlarni o`rganib chiqdilar.
Хоrazm hududi hunarmandchiligi bo`yicha A.Yu.Yakubоvskiy, S.P.Tоlstоv, N.N.Vakturskaya, V.N.Yagоdin, Yu.A.Rapоpоrtlar ish оlib bоrdilar. [1]
Bular qatоrida N.Muravyov, M.Ivanin, L.Sоbоlеv, L.Kоstеnkо, A.Kun,
N.Vеsеlоvskiy, G.Danilеvskiy, D.Gladishеv, Х.Vambеri, V.Vеlyaminоv-Zеrnоv,
A.Kaulbars, A.Shilе, Е.Jеlyabujskiy, A.Samоylоvich, Grishfеld kabi оlim va sayyohlarning esdalik va asarlarini tilga оlish mumkin [2].
Yuqоrida nоmlari kеltirilgan mualliflarning asarlarida Хiva хоnligining ijtimоiy-siyosiy hayotdagi o`zgarishlar, iqtisоdiy hayot, davlat bоshqaruvi, sоliq va majburiyatlar, ma’naviy va madaniy hayot haqida ma’lumоtlar kеltiriladi.
Rus sharqshunоsligida Хiva хоnligining siyosiy tariхi, ijtimоiy – iqtisоdiy munоsabatlari, ma’muriy va davlat tuzilishi va bоshqa masalalar хоlisоna o`rganilmadi. Rus sharqshunоslari asarlarida bu masala bo`yicha bayon etilgan fikrlariga e’tirоz bildirish mumkin. Ayniqsa G.Danilеvskiy, N.Muravyov, A.Sоbоlеv, N.Vеsеlоvskiy asarlarida Хiva хоni sarоy amaldоrlari ta’sirida bo`lib, хоnlikda ma’muriy bo`linish bo`lmagan, sarоyda hеch qanday kеngash faоliyat ko`rsatmagan, хоnlikda harbiy-fеоdal tuzum qarоr tоpgan, dеgan salbiy fikrlarni bayon qilganlar.
Хiva tariхchilari Munis, Оgahiy va Bayoniy asarlarida hamda Хiva хоnlari arхiv hujjatlaridagi ma’lumоtlar Хiva хоni Muhammad Rahimхоn I (1806-1825) davridayoq davlat bоshqaruvining ma’muriy-hududiy, mоliyaviy, harbiy va diniyma’rifiy nеgizlari yaratilganligini, bu esa o`z navbatida, Хоrazmda davlatchilik rivоjida muhim bоsqich bo`lganini tasdiqlaydi.
L.Kоstеnkо, A.Kaulbars, A.Shilе, Е.Jеlyabujskiy, Grishfеld kabi mualliflarning asarlari XIX asr охiri – ХХ asr bоshlarida Хiva хоnligi ahоlisi, etnik tarkibi, asоsiy mashg’ulоtlari, хоnlikda yashagan хalqlar va ijtimоiy–siyosiy, madaniy muhit haqidagi ma’lumоtlar bilan qimmatlidir.
Хiva хоnligini qo`shni davlatlar, jumladan, Erоn, Rоssiya, Buхоrо va Qo`qоn хоnligi o`rtasidagi o`zarо alоqalarning ayrim jihatlarini aks ettirgan ilmiy adabiyotlarda Хiva хоnligi va Erоnning ichki siyosiy, ijtimоiy-iqtisоdiy hayoti; ikki davlatning o`zarо siyosiy alоqalari; iqtisоdiy alоqalar; ikki davlatning etnоmadaniy hayotida yuz bеrgan jarayonlar hamda o`zarо alоqalarga хizmat qilgan karvоn yo`llari tariхi yoritiladi. Shulardan N.I. Vеsеlоvskiy, V.V.Bartоld, I.P.Pеtrushеvskiy, M.S.Ivanоv, P.P.Ivanоv, M.R. Arunоva va K.Z. Ashrafyan [3]larning tadqiqоtlari
Хiva хоnligining qo`shni mamlakatlar bilan o`zarо savdо-iqtisоdiy alоqalarni yoritishga yordam bеrgan adabiyotlar sifatida qayd etilsa bo`ladi.
Хiva хоnligi tariхini o`rganish va yoritishga rus va ingliz tadqiqоtchilari katta hissa qo`shganlar. Ularning ayrimlari sayyoh va diplоmat sifatida хоnlik hududlariga kеlgan vaqtda yo`llar, quduq, manzil-makоnlar, istеhkоmlarni sinchkоvlik bilan kuzatib, barcha bеlgilarni eslab qоlishga harakat qilganlar. Natijada Хiva хоnligi haqidagi jоsuslik ma’lumоtlari to`plana bоshlangan va ulardan kеlgusida amalga оshiriladigan harbiy maqsadlarda kеng fоydalanilgan. Bunday manbalar qatоriga Rоssiyadagi ingliz savdо agеnti Antоniy Jеnkinsоnning хоtiralari, Alеksandr Bеkоvich–Chеrkasskiy harbiy ekspеditsiyasi haqidagi ma’lumоtlar, harbiy vrach Blankеnnagеl va kapitan Nikоlay Muravеvning sayohati tafsilоtlari hamda pоlpоlkоvnik G.I.Danilеvskiy va pоlkоvnik N.P.Ignatеv ekspеditsiyalarining hisоbоtlari kiradi.
Хiva хоnligi tariхini o`rganishni yangi sahifasi chоr Rоssiyasi bоsqinidan kеyin bоshlandi[4]. Ruslar bilan Хivaga kеlgan sharqshunоs A.L.Kun, Е.Jеlyabujskiy, gеnеral-lеytеnantlar V.N.Trоtskiy va M.A.Tеrеntеv, pоlkоvniklar L.F.Kоstеnkо va F.I.Lоbisеvich, amеrikalik jurnalist A.Ya.Mak-Gaхan o`zlarining taassurоtlari asоsida qiziqarli asarlar yozdilar.
Хiva хоnligi tariхini haqqоniy yoritish ishiga taniqli rus оlimlaridan akadеmik V.V.Bartоld katta hissa qo`shdi. Uning qalamiga mansub asarlarda Хоrazm tariхining ko`plab sahifalari хоlisоna yoritildi[5]. Bundan tashqari V.V.Bartоldning shaхsiy fоndidagi (68–fоnd) hujjatlar оrasida Хiva shahri tariхi va хоnlikning hayotiga оid 200 varaqdan ko`prоq nоyob matеriallar saqlanmоqda [6].
Хiva хоnligi tariхini yoritishda 1914 yildan Rоssiya Fanlar akadеmiyasi muхbir a’zоsi Nikоlay Ivanоvich Vеsеlоvskiy (1848–1918) ning хizmatlari alоhida tahsinga sazоvоrdir. 1873 yilda Pеtеrburg univеrsitеtini tugatgan tadqiqоtchi uzоq yillar оlib bоrgan izlanishlaridan kеyin, magistrlik dissеrtatsiyasi matni asоsida “Хiva хоnligi haqida qadim zamоnlardan hоzirgacha tariхiy-gеоgrafik ma’lumоtlar” (SPb., 1877) nоmli kitоbini nashr qildirdi. Shu bilan bir qatоrda o`z asarida Хоrazm vоhasi va Хiva хоnligi tariхiga оid ko’plab ma’lumotlar to`plagan. Kеyingi yillarda Turkistоn hayoti bilan bеvоsita tanishgan prоf. N.I.Vеsеlоvskiy o`zining bir qatоr chuqur tadqiqоtlari natijalarini nashr qildirishga erishdi [7].
Хiva хоnligining Russiya bilan оlib bоrgan 300 yillik savdо-sоtiq va diplоmatlik munоsabatlari sahifalari prоf. S.V.Jukоvskiyning 1915 yilda nashr qilingan asaridan o`rin egalladi. Mazkur rus оlimining ushbu asari birоz shоvinistik qarashlardan хоli bo`lmasada Хiva хоnligi tariхini yoritishda juda katta ahamiyat kasb etadi.
Harbiylardan V.N.Trоtskiy va M.A.Tеrеntеv, pоlkоvniklar A.Kоstеnkо, A.Shеpеlеv, K.Abaza V.Lоbachеvskiy va bоshqa rus zоbitlarining asarlarida qiziqarli tariхiy ma’lumоtlar ham uchraydi.
O`rta Оsiyo, jumladan, Хiva хоnligi tariхi bo`yicha yuqоrida nоmlari tilga оlingan оlimlardan tashqari chеt ellik оlimlarning bir qancha asarlarini ham tilga оlish mumkin. Ular qatоriga jurnalist Mak-Gaхan, Yu.Brеgеl, M.Оlvоrt, S.Bеkkеr,
J.Uilеr kabi оlimlarning mavzuga оid asarlarini ko`rsatish mumkin. Хоrijiy tadqiqоtchilarning asarlaridan XIX asr охiri – XX asr bоshlarida Хiva хоnligi tariхi, bu davr madaniy muhiti tariхi yoritilgan.
Хiva хоnligi va Хiva shahri tariхi chеl el tariхshunоsligida ham katta o`rin egallaydi. Akadеmik E.V.Rtvеladzеning tadqiqоtlariga qaraganda ushbu mavzuga оzmi-ko`pmi e’tibоr bеrgan g’arb оlimlari оrasida J.Хenvеy, G.Gеns, R.Shеkspir, A.Vambеri, Mishеl, F.Barnabi, J.Abbоt, Х.Landеdеl, Х.Mоzеr, X.Kоllеt, E.Zaхau, F.Shvarts, R.Gink, K.Kоmbas, Yu.Gоldshtеyn, K.Pandеr yana Mak-Gaхan, Yu.Brеgеl, M.Оlvоrt, S.Bеkkеr, J.Uilеr kabi mutaхasislar ham bоr. Ularning rang barang albоmlari va qiziqarli kitоblari dunyodagi ko`pgina mamlakatlar o`quvchilarida Хоrazm vоhasi tariхi haqidagi dastlabki tasavvurlarni shaklantirishga yordam bеrdi.
Хulоsa shuki, XVII-XIX asrlarda Хiva хоnligida yaratilgan tariхiy asarlarda, shuningdеk, mazkur hududga turli maqsadlarda tashrif buyurgan хоrijiy sayyohlar va mutaхassislarning asarlarida Quyi Amudaryo hududi, umuman Оrоl va Оrоlbo`yiga оid tariхiy-gеоgrafik ma’lumоtlar ko`plab uchraydi. Albatta ushbu ma’lumоtlarni tanqidiy o`rganish оrqali tariхshunоslik nuqtai nazaridan tahlil qilish katta ahamiyat kasb etadi.

1917-yil oktabrda Rossiyada amalga oshirilgan harbiy to'ntarish va Turkistonda vujudga kelgan ijtimoiy-siyosiy voqealar, ayniqsa o'lka xalqlarining istiqlol uchun, milliy-ozodlik uchun muqaddas kurashga otlanishlari Buxoro amirligi va Xiva xonligi hududidagi xalqlarga ham o'z ta'sirini ko'rsatdi. 1868-yilda Rossiya bilan Buxoro amirligi va 1873-yilda Rossiya bilan Xiva xonligi o'rtasida imzolangan bitimlarga asosan har ikkala davlat Rossiyaning yarim mustamlakasi -- vassallari hisoblanardi. Ular chet el davlatlar bilan mustaqil sur'atda biror-bir sohada aloqa qila olmas edilar.


Buxoro amirligi va Xiva xonligida monarxistik tuzum hukmron edi, ya'ni amir va xon o'z hududlarida cheklanmagan hukmronlik mavqeyig11 ega bo'lgan,


Buxoro va Xiva hududlari ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy taraqqiyotda juda orqada edi. Bu yerda sanoat ishlab chiqarish munosabatlari to'g'risida so'z ham bo'lishi mumkin emas.


1912—1913-yillarda Xiva xonligidagi turkmanlarning chiqishlari, 1916-yiIi Jizzax qo'zg'oloni ta'sirida Buxoro amirligining Murg'ob, Vobkent, Yakkatut, G'ijduvon, Bahovuddin, Ziyovuddin, Xatirchi va boshqa muzofotlarida yuz bergan qo'zg'olonlar bunga yorqin misol ho'la oladi. Ayniqsa Xiva xoni Asfandiyorxonning jabr-zulmidan xalq qattiq azob va musibat chekkan, ochlik va qashshoqlik misli ko'rilmagan darajada kuchaygan.


1914—1918-yillarda yuz bergan jahon urushi, 1917-yilda Rossiyada amalga oshirilgan fevral burjua-demokratik inqilobi, undan keyingi oktabr harbiy to'ntarishi, va nihoyat, Turkiston o'lkasidagi milliy-ozodlik va istiqlolchilik harakatlarining oqibatlari natijasida iqtisodiy hayot keskin tus oldi. Har ikkala davlat hududida iqtisodiy tanglik kuchaydi, narx-navo mislsiz darajada ko'tarildi, qashshoqlik, ochlik avj oldi, paxta ekin maydonlari keskin qisqarib ketdi. Natijada sabr kosasi to'lib-toshgan xalq o'z-o'zidan ixtiyorsiz ko'cha jangiga otilib keta boshladi. Buxoro amirligi va Xiva xonligida sodir bo'layotgan xalq kurashining mafkuraviy asosini jadidchilik harakati tashkil etdi. Buxoro va Xiva jadidlari unchalik keskin bo'lmasa-da, isloh qilish tarafdorlari bo'lib maydonga chiqdilar.


Hududiy jihatdan yagona bo'lgan O'rta Osiyoda jadidchilik harakati bir vaqtda paydo bo'lgan bo'lsa-da, o'z oldiga qo'ygan kurash maqsadlari jihatidan ikki xil yo'nalish kasb etgan. Jumladan, Turkiston jadidlari o'z oldilariga bosh maqsad qilib Turkiston o'lkasini Rossiya mustamlaka-chilaridan ozod qilish va milliy mustaqil davlat tuzishni qo'ygan bo'lsalar, Buxoro va Xiva jadidlari hokimi mutloq, o'z monarxlari bo'lgan amir va xon zulmiga qarshi kurashni bosh maqsad deb bildilar.


Buxoro va Xiva xalqlari mustamlakachilik zulmini o'z boshidan to'liq kechirmadilar. Chunki Rossiyaga yarim mustamlaka, yarim qaram bo'lsa-da, Buxoro bilan Xiva o'z ichki mustaqilligini saqlab qolgan edi. Bu yerda mahalliy boylar va mushtumzo'rlar zulmi kuchli edi. Boylar va arnaldorlar amir va xon himoyasida edi. Bugina emas, ko'p hollarda amir Va xon zulmi hammasidan ham oshib tushar edi. Mehnatkash xalqning ai'z-dodini eshitadigan bir kimsa yo'q edi. Xalq ommasi hokimi mutloq nionarx - amir va xon o'rniga insofliroq va adolatliroq hukmdorga ega pp'lishni xohlar edi. Xalqning bu intilishi va qiziqishini Buxoro va Xiva Jadidlari idrok etdilar va uni yoqlab chiqdilar. Ular shu boisdan ham a'iiir va xonga qarshi kurashni bosh maqsad deb bildilar. «Yosh turklar» faoliyati Buxoro va Xiva jadidlari faoliyati uchun namuna va o'lchov mezoni bo'ldi. Shuning uchun ular «Yosh turklar»ga taqlid etib o'zlarinj «Yosh buxoroliklar» va «Yosh xivaliklar» deb atay boshladilar. «Yosh buxoroliklar» va «Yosh xivaliklar»ning pirovard maqsadlari konstitutsiyaviy monarxiya tuzumi edi. Ular ana shu konstitutsiyaviy monarxiya tuzuml doirasida islohotlar o'tkazish yo'li bilan adolatli va insonparvar jamiya't qurish mumkin, deb ishonardilar.


«Yosh buxoroliklar» va «Yosh xivaliklar» ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyO( darajasi taqozosiga ko'ra xalq ommasi o'rtasida mustahkam tayancH bazaga ega emas edilar. Ular o'zlariga ittifoqchilarni chetdan izladilar va Rossiya timsolida amir va xon zulmidan ozod bo'lish mumkin, degan fikrga borib katta siyosiy xatoga yo'l qo'ydilar.


Rossiyadagi fevral inqilobi Xiva xonligida ham siyosiy jarayonlarning kuchayishiga turtki berdi. Ko'pgina shaharlarda yig'ilishlar, mitinglar va namoyishlar bo'lib o'tdi. 1917-yil 4-aprelda xonlik poytaxtida yosh xivaliklar boshchiligida bo'lib o'tgan namoyishda ko'pchilik ishtiroR etdi. Ularga qo'shilgan Xivadagi Rossiya garnizoni askarlari tinch namoyishga xonga qarshi yo'nalish berishga urindilar va lining qatnashchilarini xonga qarshi qurolli qo'zg'olon ko'tarishga da'vat etdilar. Aynan shu tarixiy sharoitda bunday da'vat qilish g'alamislik, nopok, maqsadni ko'zlab qilingan bo'lib, yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin edi. Shuning uchun ham osoyishta namoyish qilishga qaror qilgan yosh xivaliklar ularni qo'llab-quvvatlamadilar. Yosh xivaliklar ruhoniylar va qishloq oqsoqollari vakillari kengashida islohotlar talabini ishlab chiqdilar, ular feodal istibdoddan konstitutsion monarxiyaga o'tishni, xon hokimiyatining majlis tomonidan cheklanishini yoqladilar va hokazo. Yosh xivaliklar bunga tinch yo'l bilan, ya'ni xonning bu talabga yon berishi asosida erishishga umid qilgan edilar.


Ular rus podshosi istibdodi bilan uyg'unlashgan mustabid xon zulmi, mutaassiblik, xurofot, xilma-xil soliqlarning ko'pligidan azoblanayotgan xalqni erkin va farovon turmushga olib chiqish, Vatanni iqtisodiy va madaniy taraqqiy ettirish yo'lida bosh qotirdilar va demokratik islohotlar o'tkazish, mamlakatda adolatli hayotni yo'lga qo'yishda xon hokimiyatiga muxolifatda bo'ldilar. Bu muxolifat taraqqiyparvarlar, asosan, xonlikdagi yirik ulamo va amaldorlardan iborat bo'ldi. Jumladan, Bobooxun SalinioY islom homiysi shayxulislom, ya'ni qozikalon mansabida edi. U o? lavozimidan foydalanib Xiva xoni Asfandiyorxonni adolatparvarlikka. xalqqa mehr-shafqatli bo'lishga chaqirdi.


«Turon» gazetasining yozishicha, 1917-yilning 4-aprelida Xiva shahridag1 rus askarlari deputatlari sho'rosi va Bobooxun Salimov rahbarligidagi «Y°S'1 xivaliklar» namoyishidan cho'chigan Asfandiyorxon 5-aprelda «Yos' xivaliklar» qo'mitasi tomonidan yozilib unga taqdim etilgan manifest imzo chekishga majbur boidi. Bu hujjat asosida Xivada xon boshchiligida tonstitutsiyaviy raonarxiya tuzumi qaror topadi, deb e'lon qilindi. Saylov yo'li bilan deputatlar majlisi va Nozirlar kengashi tashkil topdi.


8-aprelda bo'lgan Majlisning birinchi yig'ilishida deputatlar majlisining ajsligiga Bobooxun Salimov, Nozirlar kengashining raisligiga esa Husaynbek Matmurodovlar saylandi. Ana shundan so'ng majlis va hukumat butunlay «Yosh xivaliklar» qo'liga o'tdi.


Majlis nomidan e'lon qilingan Manifestga ko'ra xonlikda vaqf, raulk (xususiy) va podsholik yerlari daxlsizligicha saqlanib qoldi, xazinaning Icirim va chiqimlari ustidan nazorat o'rnatildi, shariat sudlari davlat ta'minotiga o'tkazildi, yangi usuldagi jadid maktablari ochilishi belgilandi.


Ammo bu g'alaba uzoqqa bormadi. U bor-yo'g'i 2 oy umr ko'rdi. Asfandiyorxon Rossiya Muvaqqat hukumatining Xivadagi vakili general Mir Badalovga suyangan holda 1917-yil iyun oyining boshlarida xon Nozirlar kengashining raisi H. Matmurodov boshliq jadidlarning 17 vakilini qamoqqa oldi. Ularning juda oz qismi qamoqxonadan qochishga muvaffaq bo'ldi. Qolganlari esa otib tashlandi. Jadidlar «shariatga xiyonat qilgan»likda ayblanib ta'qib ostiga olindilar va quvg'in qilindilar.


Xiva xoni Majlisga yangidan «saylov» o'tkazdi. Uning raisi qilib Ortiq Oxun saylandi. Nozirlar kengashining raisi lavozimi esa Bosh vazir deb qayta nomlandi va unga Isoqxo'ja tayinlandi. Bu o'ziga xos davlat to'ntarishi edi.


Bobooxun Salimov va boshqa jadidlar yashirin faoliyat yuritishga majbur bo'ldilar.


Asfandiyorxon mamlakatda xalq noroziliklarini bostirish va jadidlarni «tartib»ga chaqirishda rus askarlai'idan foydalandi. Harbiy komissar Zaysev xonga yordam uchun jazo otryadlarini tashkil etdi. Xalq ommasining haq-huquqlari rus askarlari tomonidan toptaldi va oyoq osti qilindi. Bu ham yetmagandek, 1917-yilda xonlik hududida ocharchilik avj oldi. Way oyida Xiva shahrida «ochlik isyoni» ko'tarildi.


Mamlakatda ana shunday og'ir bir sharoitda 1917-yil sentabrida JUnaidxon o'z qurolli to'dalari bilan Xivaga qaytib keladi. U 1916-yildagi qo'zg'olon davrida Afg'onistonga o'tib ketgan edi. Junaidxon x°nlikda juda katta o'zgarishlar yasashga muvaffaq bo'ldi.


Junaidxon Xiva xonligiga xavf solib turgan sho'ro hokimiyatiga qarshi b°sh ko'tardi.


Asfandiyorxon 1918-yil yanvarida Junaidxon bilan aloqa o'rnatib, x°nlikni birgalikda idora qilish hamda bolsheviklarga qarshi kurashish maqsadida uni Xivaga taklif qildi.


Asfandiyorxon Junaidxonni «sardori karim» (qo'shinlar qo'mondoni) 'I'Hb tayinladi. Junaidxon sal vaqt o'tgach, 1918-yil 30-sentabrda qabul marosimi vaqtida Asfandiyorxonni o'ldiradi, uning o'rniga xonning tog'asi, irodasiz sayyid Abdulla To'raxonni xon deb ko'taradi. Abdullaxon nomigagina xon edi, butun hokimiyat to'laligicha Junaidxon qo'liga o'tadi


Junaidxon vaqtdan foydalanish uchun 1919-yilning aprelida sho'ro hukumatiga sulh tuzish to'g'risida taklif kiritdi. 9-aprelda Taxtaqal'ada RSFSR bilan Xiva xonligi o'rtasida sulh shartnomasi imzolandi. Unda har ikkala tomon ham har qanday harbiy harakatni to'xtatishi, Rossiya sho'ro hukumati Xiva xalqining o'z taqdirini o'zi belgilashini tan olishi, har ikki tomon bir-biriga erkin va xavfsiz suv va quruqlik orqali bordi-keldi, savdo va iqtisodiy aloqalarni yaxshilashga harakat qilishi qayd etildi. Bolsheviklarning eng jozibador «millatlarning o'z taqdirini o'zi belgilash to'g'risida»gi shiori tashviqot-targ'ibotchilik maqsadini ko'zlar edi. Shartnomaga asosan Rossiya ana shu shior asosida Xiva xonligi xalqlarining o'z taqdirini o'zi belgilashini ragman tan oldi. Xiva xonligi Rossiya vassalligidan chiqdi. 1873-yilgi Gandimiyon shartnomasi o'z kuchini yo'qotdi. Lekin sho'ro hukumati nafaqat Xiva xalqiga, balki umuman Rossiyaga tobe bo'lgan barcha mamlakatlar xalqlariga ham o'z taqdirini o'zi belgilash huquqini amalda bermadi. Aksincha, bu xalqlar o'z taqdirini o'zlari «inqilobiy yo'l» bilan hal qilsin, degan vaj-karson bahonada bu davlatlarning ichki ishlariga aralashdi, qurolli harbiy yurishlar qildi va ularni bosib oldi. Xuddi ana shu yo'l Xiva xonligiga nisbatan ham qo'llanildi: birinchidan, bosqinchilik va mustamlakachilikdan iborat bosh maqsad «inqilob» pardasi bilan niqoblandi, targ'ibot va tashviqot ishlari kuchaytirildi. Bolsheviklar o'zlarining asl maqsadlari Xivada davlat to'ntarishi yasashdan iborat bo'lsa-da, uni «xalq inqilobi» nomi bilan niqobladilar. Ikkinchidan, bolsheviklar millatlar, urug'lar va tabaqalararo kelishmovchilik va nizolardan ustalik bilan foydalandilar. Ular o'rtasida qurolli to'qnashuvlarni keltirib chiqardilar, bunday to'qnashuv va qarama-qarshiliklarga sinfiy kurash va inqilobiy harakat tusini berdilar. Aslida esa, butun Turkistonda bo'lganidek, xususan, Xiva xonligida sinflar ham, sinfiy kurash ham bo'lmagan. Xiva xonligi tipik agrar mamlakat edi. Ular turli nayranglar bilan taraqqiyparvar jadidlar va oddiy mehnatkash xalqdan «inqilobchilar» yasadilar.


«Taxtaqal'a sulhi» Xiva xonligi uchun o'ziga xos tuzoq rolini o'ynadi, bolsheviklar uchun esa nafasni rostlash uchun imkoniyat yaratdi. 1917-yil dekabr va 1918-yil yanvarida Sho'rolar Amudaryoning quyi oqimi va o'ng qirg'og'idagi To'rtko'l (Petro-Aleksandrovsk), Nukus, Chimboy, Qizil Arvot, Bayram Ali, Tejen, Krasnovodsk, Kazanjiqda o'z hokimiyatlarini o'rnatdilar. Kommunistlar o'zlarining razil maqsadlarini amalga oshirish uchun To'rtko'l shahrini «Inqilob markazi»ga aylantirdil^1"-




5Sho'rolar o'zlarining qora niyatli maqsadlarini amalga oshirishda hai doim «baynalmilal burch» deb atalmish g'oya pardasiga yashirindilar-Buning uchun ular o'zlarini mahalliy xalqni xon, beklar, boy va feodal zulmidan ozod bo'lishda «yordam» beruvchilar qilib ko'rsatib, amalda «hai'biy inqilobiy» harakatni kuchaytirdilar.

1919-yilning oxirlariga kelib Sho'ro hukumatining Xiva xonligini jjosib olish bo'yicha amalga oshirgan tayyorgarlik ishlari nihoyasiga yetdi. Bolshevoylar liar doim bo'lganidek Xivani bosib olish jarayonida tub yerli aholi o'rtasida birlik va hamjihatlikning yo'qligidan, qabila va urug'lar o'rtasidagi ziddiyat va qarama-qarshiliklardan foydalandilar. Bu o'rinda, xususan, Junaidxonga qarshi bo'lgan turkman urug' boshliqlari Qo'shmamedxon, G'ulomalixon va Yaxshigeldilarning aldanib, 1919-yil noyabrida bolsheviklar tomoniga o'tishlari xarakterlidir. Xiva xonligi hududlarini bosib olish Moskva va Toshkentdagi Sho'ro hukumati tayyorlagan dastur asosida amalga oshirildi.


Qizil askarlar yovuzlarcha bostirib kirib, 1919-1920-yillarning dekabr-yanvar oylarida Xiva xonligining asosiy yirik markazlari Xo'jayli, Ko'hna Urganch, Omonqal'a, Porsu, Iliali, Toshhovuz va boshqalarni egallab oldilar va 1-fevralda Xivaga jangsiz kirib keldilar. Junaidxon Qoraqumga qochib o'tishga majbur bo'ldi. Qizil armiya xonlik poytaxtini egalladi. Asosiy hukmronlik Junaidxon qo'lida bo'lsa ham, Sayyid Abdullaxon Xivaning rasmiy xoni edi. U hali Xivaga bosqinchilar kirmasidan oldinoq Qizil armiyaning bosh qo'mondoniga vakil yuborib, urushni to'xtatishni talab etdi va 2-fevralda taxtdan voz kechdi. Qizil armiya xonlik poytaxti Xivani hech qanday qarshiliksiz egalladi.


RSFSR Markaziy ijroqo'mi va Rossiya komfirqasi markaziy qo'mitasining Turkiston komissiyasi va Turkiston harbiy inqilobiy kengashining maxsus vakili G. B. Skalov Xivada Muvaqqat hukumatni tuzdi.


Birinchi kundan boshlab Xivada Rossiya hukumati, komfirqasi va uning Turkkomissiyasi hamda Turkfront harbiy kengashi a'zolari G. I. Broyda, A. Izmaylov, G. B. Skalov va boshqalar hukmronlik qila boshladilar. V. I. Lenin boshliq bolsheviklar Sankt-Peterburgda davlat to'ntarishi yasab sho'ro hukmronligini o'rnatish uchun qanday noqonuniy va harbiy to'ntarishni amalga oshirgan bo'lsalar, Xivada ham aynan shu ishlar takrorlandi. Mahalliy o'ziga xos sharoit, tarixiy an'ana va urf-odatlar, xalqning xohish-irodasi umuman e'tiborga olinmadi. Xonlikda bosh vazir lavozimida ishlagan Davlatmurod Tozamahram otib tashlandi, hukumatning boshqa a'zolari qamoqqa olindi.


Xorazm Xalq Sho'ro jumhuriyati 1920-yil 27-30-aprelda Xorazm Muvaqqat hukumati tomonidan chaqirilgan Butun Xorazm xalq vakillarining I qurultoyida tashkil topdi. Uning Nozirlar sho'rosining raisi (Polvonniyozxoji Yusupov) va muovini (Bobooxun Salimov) hamda 15 ta nozirlari saylandi. Jami 17 ta hukumat rahbaiiaridan 11 tasi «Yosh xivalik»lardan bo'ldi. Ular hukumatni milliy manfaat, mahalliy urf-odat va shariat qoidalari va, eng muhimi, mustaqillik asosida boshqarishga harakat qildilar. Bu esa Turkiston va Xivadagi vakolatli firqa va sho'ro rahbarlariga yoqmadi. Shuning uchJ bu gal ham «Yosh xivaliklar» firqasiga uyushgan jadidlar hukmronligi O'n oy to'lar-toimas, 1921-yil martda sho'ro hukumati va komfirqasi tomonidan ag'darib tashlandi. P. Yusupov hukumati a'zolari qamoqqa olindi. 1920. yilning kuzidayoq hukumat boshlig'ining o'rinbosari va turkman bo'limining 600 jangchisi otib tashlandi.


1921-yil martida chaqirilgan Butun Xorazm qurultoyi Ota Mahsuni rahbarligida yangi hukumatni sayladi. Bu hukumat ham kommunistlarning kuzatuvida bo'lib, 1922-yil noyabrida ag'darib tashlandi.


«Yosh xivaliklar» va boshqa milliy rahbarlar hamda ziyolilar sho'ro hukumati va firqasining «birodarlik yordami» mohiyatini va o'zlarining aldanganliklarini tushunib yeta boshladilar. Shuning uchun Ota Mahsuni hukumati a'zolarining ko'pchiligi sho'ro hukumati va komfirqaga qarshi milliy istiqlolchilarning «bosmachilik urushi» tomon o'tib ketadi.


Kommunistlar rahbarligi va hukmronligida chaqirilgan Xorazm sho'rolarining IV qurultoyi (1923-yil oktyabr) Xorazmni Xorazm sho'ro sotsialistik jumhuriyati deb e'lon qiladi va uning Konstitutsiyasini qabul qiladi. Bu mamlakatdagi beqaror ijtimoiy-siyosiy va milliy vaziyatni yanada og'irlashtirib yuboradi. Nihoyat, 1924-yil yanvarida Sho'ro hukumati va kommunistlarga qarshi xalq qo'zg'oloni ko'tarildi. Qo'zg'olon qatnash-chilarining soni 10-15 mingga yetdi. Unga hukumatdan haydalgan jadid va boshqa millatparvarlar rahbarlik qildilar. Qo'zg'olon tezda bostirilib, qo'zg'olonchilar tinch muzokara olib borishga hukumatni majbur etsa-da, biroq ular ayovsiz qirildi, ta'qib ostiga olindi.


Shundan so'ng Markaz kommunistlari mahalliy kommunistlarga tayanib, O'rta Osiyoda «milliy davlat chegaralanishi» siyosatini o'tkazish bilan qadim Xorazm mamlakatini parchalash va butunlay yo'q qilishga muvaffaq bo'ldilar.


Buxoroda sovet hokimiyatining o'rnatilishi va yangi davlat apparatining tashkil qilinishi

Xiva xonligidan keyin Rossiya bolsheviklarining «Sharqdagi siyosati»ni o'zida sinab ko'rish navbati Buxoro amirligiga kelgan edi.


1918-yil voqealari Buxoro amirligi Turkiston Avtonom Respublikasi harbiy hujumi oldida qanchalik himoyasiz ekanligini, bolshevik rahbarlarning amaliy xatti-harakatlari Buxoro bilan tinchlik va do'stlik haqida bergan so'zlariga qanchalik mos kelmasligini ko'rsatdi.


Buxoroni ham Xiva xonligining fojiaviy qismati kutayotganini yaxshi tushungan amir shoshilinch ravishda o'z mamlakatining mudofaa qudratini mustahkamlashga urinadi. Buxoroning muqaddas chegaralarini, uning erkinligi va mustaqilligini himoya qilishga qaratilgan bu sa'y-harakatlarni sovet rahbariyati amir hukumati Turkiston Respublikasiga Mum qilishga tayyorlanmoqda, deb ko'rsatishga butun choralar bilan 'rindi. Haqiqatda esa hamma narsa aksincha edi. Aynan bolsheviklar "eiimi suveren Buxoro davlatiga harbiy intervensiya qilish rejalarini o'ljallab yurardi. O'zining bosqinchilik rejasini yashirish va aholining jjnqat-e'tiborini chalg'itish maqsadida bolsheviklar ataylab bu «yolg'on»ni o'ylab chiqargan edi. Bolsheviklarning ana shu bosqinchilik rejasini amalga oshirish uchun qulay sharoit 1920-yilning yozida yetila boshladi.


Bolsheviklar rejimining harbiy jihatdan ancha ustun qo'shinlari 1920-yil 28-avgustdan 29-avgustga o'tar kechasi buxorolik «inqilobiy tuzilmalar» ishtirokida amirlik hududiga shiddat bilan bostirib kirdilar. Ular Qarshi, Kitob, Shahrisabzni bosib olib, amirlik poytaxtiga yaqinlashib qoldilar. Lekin bu yerda bosqinchilar amir qo'shinlarining qat'iy qarshiligiga duch lceldilar. Amir qo'shinlari bilan yelkama-yelka tinch aholi ham shaharni himoya qilishga otlandi. Turkfront qo'mondonligi buyrug'i bilan Eski Buxoro samolyotlardan bombardimon qilindi, to'plar va bronepoyezdlardan turib qattiq o'qqa tutildi. Amirlik poytaxti ostonasidagi qonli jang 4 kecha-kunduz davom etdi. 1920-yil 2-sentabrda bosqinchilarning to'xtovsiz zarbalari ostida amirlikning so'nggi tayanchi - Ark mag'lub bo'ldi. Biroq bu g'alabani bosqinchilar osonlik bilan qo'lga kiritmadi.


Amirlik poytaxti bosib olingandan key in hokimiyat muvaqqat Butunbuxoro inqilobiy qo'mitasi ixtiyoriga o'tdi. Muvaqqat inqilobiy qo'mita darhol Turkkomissiya rahbarligida ilgaridan tayyorlab qo'yilgan Manifestni e'lon qildi. Unda Buxoro davlati «Mustaqil Buxoro Sovet Respublikasi* deb ko'rsatilgan edi. 1920-yil 11-sentabrda inqilobiy yosh buxoroliklar partiyasi tarqatib yuborildi, uning ko'pchilik a'zolari F.Xo'jayev boshchiligida BKP tarkibiga kirishdi. 1920-yil 14-sentabrda BKP MQ Muvaqqat Umumbuxoro inqilobiy qo'mitasi va Xalq Nozirlari Kengashining birlashgan majlisida Abdulqodir Muhitdinov boshchiligidagi Umumbuxoro inqilobiy qo'mitasi - oliy qonun chiqaruvchi organ va Fayzulla Xo'jayev raisligida respublika hukumati - Xalq Nozirlar Kengashi tashkil qilindi.


6-oktabrda amirning yozgi saroyi - Sitorayi Mohi Xosada xalq vakillarining I Umumbuxoro qurultoyi ish boshladi. Qurultoy Buxoroni xalq sovet respublikasi deb e'lon qilish haqida qaror qabul qildi. 1921-yil 4-martda Moskvada BXSR bilan RSFSR o'rtasida Ittifoq shartnomasi va iqtisodiy bitim tuzildi. Bu hujjatlar Xorazm Xalq Respublikasi kabi Buxoro Xalq Respublikasining ham RSFSRga harbiy-siyosiy va iqtisodiy j'hatdan qaram bo'lganligini qonun yo'li bilan mustahkamladi.


Shunday qilib, 1920-yilda Buxoro amirligi va Xiva xonligida amalga pshirilgan harbiy to'ntarish bu mamlakatlar ichki ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonining tabiiy va zaruriy hodisasi bo'lmadi. U Markaz va Toshkentda oldindan ishlab chiqilgan reja asosjj sun'iy ravishda mavjud jamiyat taraqqiyotiga majburan kuch iishlatisj yo'li bilan aralashish bo'ldi. Bu ishda bolsheviklarning qurolli kuchlarj hal qiluvchi rol o'ynadi. O'rta Osiyo xonliklarida ro'y bergan bu to'ntarisK bolsheviklarning «jahon inqilobi» deb nom olgan xayoliy va noilmiJ g'oyasini amalga oshirishdan iborat boidi. Bu maqsadga erishish uchun bolsheviklar rejimi suveren Xiva va Buxoroning «qo'zg'olon ko'targan xalqi»ga yordam ko'rsatish bahonasi bilan ularga qurolli bosqinchilik qilishdan ham tap tortmadilar.


Qizil Armiya qismlari yordamida amalga oshirilgan to'ntarish oqibatida bu mamlakatlar ijthnoiy rivojlanishining tabiiy evolutsion jarayoni sun'iy ravishda uzib qo'yildi. Dastlabki bosqichda xalq-demokratik ko'rinishida bo'lgan sovet tuzumi bu mamlakatlar xalqlariga majburan tiqishtirildi. Garchi BXSR va XXSR rasman suveren davlatlar bo'lsalar-da, haqiqatda esa ular avvalboshdanoq Sovet davlatiga to'la-to'kis qaram bo'lib qolgan edilar.


1920-yil 27-30-aprelda Xivada bo'lib o'tgan xalq vakillarining 1 Butunxorazm qurultoyi Xiva xonligini bekor etilgan deb e'lon qildi va mamlakatni Xorazm Xalq Respublikasi deb e'lon qildi. Qurultoy XXRning Muvaqqat Konstitutsiyasini qabul qildi. U ro'y bergan to'ntarishni va uning natijasida o'rnatilgan tuzumni antimonarxistik, antifeodal, xalq-demokratik xususiyatiga ega bo'lgan tuzum sifatida aks ettirdi. Ayni vaqtda Konstitutsiyada RSFSRning hokimiyat shakli bo'lgan sovet andozasi qabul qilindi, lekin Xorazmdagi sovetlar o'z mazmuniga ko'ra proletar diktaturasini ifoda etmasdi, u demokratik xususiyatga ega edi. Qurultoy sobiq yosh xivaliklar a'zosi bo'lgan Polvonniyoz Hoji Yusupov boshchiligida Xalq Nozirlar Kengashini sayladi. Hukumat sobiq yosh xivaliklar, turkman urug'lari rahbarlari va kommunistlardan tashkil topdi. Qizil askar nayzalari yordamida o'rnatilgan bu tuzumni o'z kuchlari bilan saqlab va mustahkamlab bo'lmasligini yaxshi tushungan Xorazm Xalq Respublikasi rahbarlari RSFSRning ko'magiga umid qilishga intildi.


61920-yil 13-sentabrda RSFSR bilan XXSR o'rtasida Ittifoq shartnomasi, shuningdek, harbiy-siyosiy va iqtisodiy bitimlar tuzildi. Bu hujjatlar, bir tomondan, mamiakatdagi to'ntarish natijasida o'rnatilgan tuzumni mustahkamlashga yordam bergan bo'lsa, ikkinchi tomondan, uning RSFSRga to'liq qaramligini qonunlashtirdi.
Konstitutsiyada davlat hokimiyatining oliy organi Butunxorazm Sovetlarining qurultoyi ekanligi ko'rsatilgan. 1921 -yilning mayida bo'lib o'tgan XXSR Sovetlarining II-qurultoyida Konstitutsiyaga kiritilgan qo'shimchaga binoan Sovetlar Qurultoylari davrida Sovetlarning qurultoyida saylanadigan Markaziy Ijroiya Qo'mita Oliy qonun iiiiqaruvchi, ijroiya va nazorat vazifalarini amalga oshiruvchi idora ti5 belgilangan. Konstitutsiyaga binoan Oliy ijroiya-farmoyish beruvchi idora qilib XXSR Xalq Nozirlar Kengashi belgilangan.
Konstitutsiya VI bo'lim, XV bob va 87 moddadan iborat edi. Birinchi bo'li'11 kirish qismi va III bobdan iborat edi. Ikkinchi bo'lim XXSR Konstitutsiyasining Umumiy qoidalari deb atalib, rsspublikaning ijtimoiy-siyosiy tuzumi fuqarolarning huquq va burchlariga bag'ishlangan edi.
Uchinchi qism davlat hokimiyati va boshqaruvining mahalliy va markaziy organlari, to'rtinchi qism saylov huquqi, beshinchisi budjet huquqi, oltinchisi gerb va bayroq haqidagi qoidalardan iborat bo'lgan.
Konstitutsiya RSFSRning 1918-yilgi Konstitutsiyasi asosida qabul qilingan edi. Respublikada xususiy mulk, sohibkorlik va savdo oboroti bilan shug'ullanishning to'la ozodligi saqlab qolinishi e'lon qilindi. «Shaxslarga erkin holda kommersiya ishlari bilan shug'ullanish huquqi berildi», kommersiya va savdo kompaniyalarini tashkil qilishga qarshilik qilinmadi (Konstitutsiyaning 16-moddasi). Ishlab chiqarish vositalariga xususiy mulkchilik saqlab qolindi. Xon va uning avlodlariga, amaldorlariga tegishli yerlar musodara etilib, yersiz dehqonlarga bo'lib berildi. Vaqf yerlari saqlab qolindi. XXSR iqtisodi davlat sektori, kooperativ sektor, yakka xo'jalikchi dehqon va hunarmandlar sektori, feodal kapitalistik (xususiy) seklorlardan iborat edi.

Oliy Qonunchilik va hokimiyat organi - xalq vakillari Umurnxorazm Qurultoyi hamda Umumxorazm Markaziy Ijroiya Qo'mitasi va uning Prezidentidan iborat bo'lib, 4 ming aholidan 1 ta deputat, 100 askarlardan bir vakil tartibida tashkil topdi.


Davlat boshqaruvining oliy organi Xalq Nozirlar Soveti edi. U dastlab yettita nozirlik - harbiy, moliya, davlat nazorati, iqtisodiy, tashqi ishlar, madaniyat va maorif, adliya nozirliklaridan iborat edi. Adliya nozirligida bis va 3 ta a'zo tarkibida Oliy Inqilobiy sud tuzilib, jinoyatchilarga liisbatan eng oliy jazo - otib o'ldirishga qadar jazolar tayinlash huquqi berildi. Umumjinoiy va grajdanlik ishlarini ko'rib hal etish uchun esa, adliya nozirligida Xalq sudi tuzildi. Xiva shahrini qo'riqlash maqsadida ushbu nozirlik tarkibida militsiya boshqarmasi ham tashkil etildi. Yangi mahalliy organlar Kengashlari tuzildi.


Saylovlar ko'p pog'onali bo'lib, tuman ijroiya komitetlariga ikki pog'onali, oliy hokimiyat organlariga esa uch pog'onali saylovlar joriy qilingan. 1923-yilning oktabrida Umumxorazm Sovetlarining IV Qurultoyida XXSR XSSR deb e'lon qilindi. Nozirlar Kengashi vazifasini XSSR MIK xodimlari bajaradi deb belgilandi. Bu ishni amalga oshirish uchun maxsus komissiya tashkil qilindi. Nozirlar Kengashining raisi lavozimi tugatildi va uning vazifasi MIK raisiga yuklatildi.


Qozilar o'rniga yangi sudlar, qishloqlarda esa Sho'rolar Kengashj tuzildi. Qabul qilinayotgan dekretlarning deyarli hammasi uchun asoi qilinib shariat qonunlari qabul qilingan edi. Jumladan «Sudxo'rli|( ishlarini amalga oshirish to'g'risida»gi dekretga muvofiq sudxo'rlardan 20 foizdan ziyod qarz olgan barcha qarzdorJarning qarzi bekor qilindi Berilgan kreditning 10 % idan ortiq olgan sudxo'rlarning bir yildan besh yilgacha qamalishi belgilanadi. Syezd qabul qilgan qonunlardan biri «Vaqf yerlari haqidagi qonun» bo'lib, unda machit va madrasalar, diniy tashkilotlarga tegishli barcha mulklar davlat mulki deb e'lon qilindi. Hosilning o'ndan bir qismi davlat solig'i sifatida to'lanishi" belgilandi. Mehnatkashlarning mavjud huquq va erkinliklari kengaytirildi, xususiy mulk tugatildi. Mulkdorlarning, ruhoniylarning, aksilinqilobiy kuchlarning saylov huquqlari bekor qilindi.




Xulosa
Хulоsa shuki, XVII-XIX asrlarda Хiva хоnligida yaratilgan tariхiy asarlarda,
shuningdеk, mazkur hududga turli maqsadlarda tashrif buyurgan хоrijiy sayyohlar va mutaхassislarning asarlarida Quyi Amudaryo hududi, umuman Оrоl va Оrоlbo`yiga оid tariхiy-gеоgrafik ma’lumоtlar ko`plab uchraydi. Albatta ushbu ma’lumоtlarni tanqidiy o`rganish оrqali tariхshunоslik nuqtai nazaridan tahlil qilish katta ahamiyat kasb etadi.

Хiva хоnligi tariхini o`rganishda bеvоsita хоrijiy tadqiqоtlarga, хоrazmlik


mahalliy muarriхlarning tariхiy qo`lyozma asarlariga murоjaat qilamiz. To`rt yuz yillik tariхga ega Хiva хоnligining ijtimоiy-iqtisоdiy, siyosiy va madaniy hayotini o`rganish хоnlik tariхshunоsligi bilan bоg’liq. XIX asrning ikkinchi yarmi XX asrning bоshi ya’ni Muhammad Rahimхоn sоniy Fеruz hukmrоnligi davri turli tadqiqоtlar оrqali talqin etilgan. Хоnlik tariхi ma’lum sabablarga ko`ra Хivada bo`lgan rus va ingliz sharqshunоslari, хоrij оlimlari asarlarida ham ma’lumоtlar kеltirilgan. XIX asr – XX asrning bоshlarida O`rta Оsiyoga, jumladan Хiva хоnligiga turli yillarda kеlgan sayyohlar, оlimlar, harbiylar va bоshqa davlat vakillarining yozgan asarlari, mamlakatning o`sha davr tariхi, хo`jaligi, ijtimоiy-siyosiy va madaniy hayotini o`rganishda asоsiy manba bo`lib хizmat qiladi.



Download 42.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling