Mavzu: Xiva xonligi ijtimoiy -siyosiy viqealari Rus va yevropa tarixchilarining talqinlarida Mundarija: Kirish Birinchi bob


Xiva xonligi tarixiga doir xorij olimlarining asarlari


Download 42.74 Kb.
bet4/6
Sana09.05.2023
Hajmi42.74 Kb.
#1447673
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Xiva xonligi ijtimoiy siyosiy viqealari Rus va yevropa tarixchilarining

2.1.Xiva xonligi tarixiga doir xorij olimlarining asarlari.
XlXasrning 50-yillaridan boshlab, ingliz-rus raqobatining oshgani sayin Yevropa va Amerika diplomatlari va sayyohlarining e’tibori Xiva va Buxoroga qaratilgan, natijada xorijlik mualliflar tomonidan ilmiy izlanishlar va tadqiqotlar olib borilgan. Ushbu tadqiqotlar qamrovi keng bo‘lib, asosan mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy ahvoli yoritilgan. XIX asrning ikkinchi yarmida xorijliklar Xiva xonligidagi qulchilik munosabati, qul savdosi ishini ko‘p o‘rganganlar. Jumladan, A. Vamberi xonlikda 80 mingdan ortiqroq qul bo‘lganligi haqida ma'lumot bersa, ingliz tadqiqotchilari Charls Mervin va Djeyms Abbotlar qullar soni – 42 ming kishi ekanligini, shundan 30 ming nafari eroniylar, 12 ming nafari – hirotliklar va qolganlari ruslar ekanligini qayd qilganlar. Bu masala yuzasidan XX asrda M. Xoldsvort ham ma'lumot bergan. Muallif 1851-yilda Xivaga sayyohat qilgan Eron elchisi Rizoqulining qullar bayrami haqidagi xotirasini keltiradi: “Ro‘za hayiti ayyomida Xorazmning yon-atrofi va uzoq-yaqin qishloqlarida qullikda yashab, navkarlik, aravakashlik va dehqonchilik qilayotgan eronliklar va boshqa o‘lkalik asirlar uch kun davomida bandilik ishlaridan qutulib, mamlakatning har burchagidan Xivaga keladilar va shaharni tomosha qilib, hordiq chiqaradilar...”57asr 50 yillari ikkinchi yarmidan boshlab, ingliz tarixshunosligida Xiva xonligiga oid ma’lumotlar hajmi kengayib, asarlar soni ko‘paydi. Bu davrda faoliyat ko‘rsatgan M. Xoldsvort, Yu. Bregell, Rambaud, Qrauset va boshqalar Xiva xonligi tarixi masalalariga ham o‘zlarining munosabatlarini bildirishgan.
XX asr 50 yillari ikkinchi yarmida yaratilgan asarlar tahlil etilsa, ular orasida Xiva xonligi tarixi masalalari M.Xoldsvortning ”Turkiston XIX asrda”69 asarida nisbatan kengroq yoritilganligining guvohi bo‘lamiz.

Xiva xonligi siyosiy tarixi, ma’muriy tuzilishi, yer egaligi, iqtisodiy rivojlanishi, Rossiyaning xonlikni zabt etishi va Rossiya zabt etgandan keyingi xonlik holati kabi masalalarni yoritib berar ekan, xorijlik olim R. Pirs asarlaridan foydalanganligini, shuningdek Markaziy Davlat Tarix arxivi, Markaziy Davlat Harbiy Tarix arxivi, Rossiya tashqi ishlar ministrligi arxivi, O‘zbekiston Markaziy Davlat arxivi, Tojikiston Markaziy Davlat arxivi materiallaridan foydalanganligini e’tirof etadi. U 1937 yilda tashkil etilgan Xiva xonlari arxividan ham foydalanganligini yozib, o‘z asariga Osiyo bo‘limi ba’zi boshliqlari biografiyasini, Tashqi Ishlar bo‘limi boshliqlarini, Turkiston general- gubernatorligi Orenburg bo‘limi boshliqlari haqidagi ma’lumotlarni ilova qiladi.


M. Xoldsvort manba sifatida rus tarixchilari asarlaridan, oynoma va ro‘znomalardan ham foydalandi. Uning yuqorida nomi qayd etilgan asarida Xiva xonligining XIX asrdagi tarixiga asosiy e’tibor qaratiladi. Asarda Xiva xonligi tashkil etilganidan to XIX asrgacha bo‘lgan davri tarixi haqida deyarli hech narsa yozilmagan.

M.Xolsdvort Xiva xonligi aholisi haqida to‘xtalib, uning umumiy aholisi 700 ming atrofida bo‘lganligini, ulardan ma’muriyatni boshqarishni ta’minlagan va hukmdor sinflarni tashkil etgan o‘zbeklar 400 ming nafarni tashkil etganligini taxmin qiladi. Shuningdek, “shaharlarda, o‘zbeklardan tashqari ayniqsa, bosqinchilik yurishlarida asirga olingan eronlar bilan aralashib ketgan asl voha aholisi ham mavjud edi”,-deb ta’kidlaydi.M. Xoldsvort “XVI asrning oxirida eski Amudaryo o‘z oqimini o‘zgartirganligi sababli eski Urganch suv ta’minotini yo‘qotadi va Xiva poytaxtga aylanadi” ,- deb yozadi.


M.Xoldsvort o‘z asarida yana 1851 yilda Xivaga sayohat qilgan Eron elchisi Rizoqulining yo‘llar bayramini qanday tasvirlaganiga to‘xtalib o‘tadi:”Ramazon oyining navbatdagi bayramlari munosabati bilan eronliklar va uy xizmatkorlari, yuk tashuvchilar va ishchilar bo‘lib xizmat qilgan qullar, qishloqlarga hamda Xorazmning turli manzilgohlariga tarqaldilar va 3 kunni ozodlikda o‘tkazardilar. Ular barcha yerlardan Xivaga kelardilar vao‘zlarining vaqtlarini atrofda sayr qilish bilan o‘tkazardilar.Ular o‘zlarining yurtdoshlari o‘zlari kabi baxtsizlikdagi do‘stlari bilan uchrashardilar, o‘zlarining ahvoli haqida suhbatlashardilar…bir-birlariga ayanchli badarg‘alikdagi hayotidan nolirdilar” Haqiqatan ham, xonlikda qullar mavjud bo‘lgan bo‘lib, bu haqda mahalliy adabiyotlarda ma’lumotlar uchraydi. Masalan, ”1851 yilda Xiva xonligiga tashrif buyurgan Eron elchisi Rizoqulixon Hidoyat Lolaboshi(ba'zi adabiyotlarda qizilboshi deb yuritiladi) elchiligi fuqarolarni ozod qilish va Eronga olib ketish, shuningdek, musulmonlarni olib-sotish ya’ni qulchilikni bekor qilishga majbur etish” edi. M.Xoldsvort yana “XIX asrda ichki birlashtirish uchun kurash boshlandi. XVIII asrdan beri hali hamma yerda sulola tashkil etilmagan edi. Inoq Eltuzar o‘zining hokimiyati va taxt merosi tartibini o‘rnatib, oliy hokimiyatni o‘z zimmasiga oldi”,2- deb yozadi. Haqiqatan ham 1804 yildan boshlab, Xivada hukmronlik o‘rnatiladi.


M. Xoldsvort o’z asarida yana Xiva xonlari ro‘yxatini ham qayd etadi:


Inoq Eltuzar 1804 - 1806
Muhammad Rahim 1806- 1826
Olloquli 1826 -1842
Rahimquli 1842 -1845
Madamin (Muhammad Amin) 1846 -1855
Sayid Muhammadxon 1856 -1864
Muhammad Rahihmxon l 1864 -1910
Asfandiyorxon 1910 - 1918
Sayid Abdulloxon 1918 -1920
Yuriy Bregel maqolalarida Buxoro va Qo‘qon xonliklari bilan bir qatorda Xiva xonligiga ham batafsil to‘xtalib o‘tadi. U Xiva xonligi bo‘yicha rus, ingliz olimlari asarlari bilan bir qatorda xonliklar davrida yashab o‘tgan saroy tarixchilari Munis va Ogahiy asarlaridan ham foydalangan.Yuriy Bregelning Eron ensiklopediyasi “O‘rta Osiyo” bo‘limida chop etilgan ” 12-13 / 18-19 asrlarda O‘rta Osiyo” nomli maqolasida Buxoro, Qo‘qon xonliklari bilan bir qatorda Xiva xonligi siyosiy tarixiga ham to‘xtalib o‘tadi.Yu.Bregel Xorazmda etnik bo‘linmalar o‘ziga xosligini ta’kidlab, “ qadimiy o‘troq eroniy aholini nihoyat mo‘g‘ullar davrida turkiylashdi, sartlar asosan mamlakatning janubiy qismida shahar va qishloq joylarida ikkala bo‘linma ham jamlandi. O‘zbeklar ular bilan aralashib ketdi, lekin o‘zlarining qabilaviy mansubligini...saqlab qoldi. Ularning ko‘pchiligi xonlikning shimoliy qismida yashardilar” -deb yozadi.

XX asr 60-yillarda S.Bekker Xiva xonligi ”geografik birlashmasiga qaramay, Buxoroga nisbatan etnik jihatdan bir xil bo‘lgan. Xivada o‘zbeklar 65 foizni... shimolda aholining 4 foizini yarim ko‘chmanchi qoraqalpoqlar va ozroq sondagi ko‘chmanchi qozoqlar tashkil etardi" deb yozadi.


Indiana universiteti xodimi Yu. Bregel o‘z asarida “Xorazm kichikroq va markazlashgan sug‘orish tizimiga ega bo‘lgan”ligini, davlat rahbarlik organlari provinsial hokimlarga topshirilganligi va soliqlar yilda bir - ikki marta markaziy davlat tomonidan maxsus tayinlangan lavozimli shaxslar tomonidan to‘planganligini ham qayd etadi. Yu. Bregel o‘z maqolasida yana Xiva xonligi va Eron shohlari o‘rtasidagi munosabatni ifodalab, Xiva xonlarining shajarasini Xorazmshohlardan to qo’ng‘irotlar sulolasi vakillarigacha bo‘lgan shohlarning ota bobolari haqida qimmatli ma’lumotlar keltirib o‘tgan.Yu. Bregel tomonidan tuzilgan xonlar shajarasi ikki xil bo‘lib, ular jadval tarzida berilgan. Shajaraning biri Chingizxondan Xivaning Shayboniy sulolasiga mansub Arang Muhammadgacha va yana biri shushajaraning davomi sifatida Qo‘ng‘irot sulolasiga mansub xonlar shajarasi hisoblanadi. Har ikkala shajara ham mukammal tuzilgan bo‘lib, unda nafaqat hukmdorlarning nomi, balki ularning xonadoniga mansub boshqa shaxslarning ham ismlari berilgan. Ushbu shajarani mahalliy tarixchilar shajaralari bilan taqqoslaganda anchayin mukammal ekanligi ko‘rinadi.


Xonlikning ma’muriy tuzilishi, iqtisodiy rivojlanishi shu kabi masalalarini yoritishda xorijliklar ko‘proq rus sharqshunoslari, vatan tarixchilari va mahalliy arxiv hujjatlariga asoslanadi. Xorijda faoliyat ko‘rsatayotgan Yuriy Bregel boshqa xorijliklardan farqli ravishda Xiva xonligi masalalarini yoritishda rus, ingliz olimlari asarlari bilan bir qatorda saroy tarixchilari Munis va Ogahiy hamda Muhammad Yusuf Bayoniy asarlaridan foydalanadi.


Xulosa qilib aytganda, XIX asrning ikkinchi yarmi - XX asr 20-yillari xorij tarixshunosligida Xiva xonligi masalalariga oid adabiyotlar hajmini nisbatan ozchilikni tashkil etsada, vaqt o‘tgan sari, ma’lumotlar yig‘ilib bordi va asarlar soni ortishi bilan matbuot sahifalarida chop etilgan lavhalar mazmuni ham boyib bordi. – XIX asrda yevropalik tadqiqotchilar tomonidan yozilgan asarlarning mazmuni asosan mustamlakachilik kayfiyatida yozilgan bo‘lsada, ularda xonlikning siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli, davlat boshqaruvi va madaniyati kabi masalalar yoritilgan edi. XX – XXI asr boshiga kelib, Yevropa va AQShda O‘rta Osiyo bilan maxsus shug‘ullanuvchi ilmiy tadqiqot institutlari va jamiyatlari ochildi. Natijada xonlik tarixi, madaniyati, me'moriy yodgorliklari, bu yerda yashagan xalqlar, xonlikda yuritilgan davlat hujjatlari, jumladan,xon yorliqlari, qozilik hujjatlari kabi masalalarni yorituvchi yangi nashrlar vujudga keldi. Ammo ularda asosan O‘rta Osiyoning umumiy tarixi berilib, xonliklarga alohida yondashuv kam uchraydi.



Download 42.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling