Mavzu: Xiva xonligi ijtimoiy -siyosiy viqealari Rus va yevropa tarixchilarining talqinlarida Mundarija: Kirish Birinchi bob


Download 42.74 Kb.
bet1/6
Sana09.05.2023
Hajmi42.74 Kb.
#1447673
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Xiva xonligi ijtimoiy siyosiy viqealari Rus va yevropa tarixchilarining


Mavzu: Xiva xonligi ijtimoiy -siyosiy viqealari Rus va yevropa tarixchilarining talqinlarida


Mundarija:
Kirish
Birinchi bob
1.1.Rus va yevropa tarixchilar asarlari xonlikning manbasi sifatida.
1.2.Xiva xonligi ijtimoiy -siyosiy viqealari Rus va yevropa tarixchilari tomonidan yoritilishi.
Ikkinchi bob
2.1.Xiva xonligi tarixiga doir xorij olimlarining asarlari.
2.2.Dmitriy Gladishev va İvan Muravinlarning Xiva xonligi ijtimoiy -siyosiy viqealari haqidagi xotiralari.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati


KIRISH
1Mustaqillik yillarida mavzuning yoritilishi muhim ahamiyatga ega bo‘lib, xonlikning siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy ahvoliga oid asosiy ma'lumotlarni chuqur o‘rganish, yangicha qarash va yondashuvlarni umumlashtirish imkoniyati vujudga keldi. Xiva xonligining XIX asrning ikkinchi yarmi XX asr 20-30 yillari tarixshunosligini o‘rganishning dolzarbligi shu bilan belgilanadiki, bunday tadqiqot vatan olimlari tomonidan muammoni o‘rganishning manbalarini aniqlash, sovet va xorij tarixchilari tomonidan uni o‘rganish bosqichlarini tavsiflash, XXI asrda Xiva xonligini o‘rganish tarixining dolzarb yo‘nalishlarini ta’riflashga imkon beradi. Shunday qilib, XIX – XXI asrning boshlarida ushbu muammoni kompleks tadqiq etish va qayta baholash tahlillarning yangi yo‘nalishlarini belgilab, mustaqil O‘zbekiston davlatchiligining ko‘p jildli tarixini yaratish maqsadlariga xizmat qiladi.
Xiva tarixi manbalarini o‘rganishda xorijlik sharqshunos olimYu.Bregel tadqiqotlari muhim o‘rin egallaydi.Tadqiqotchi Ogahiylarning “Firdavs ul- iqbol” asarining tanqidiy matni nashr qilingan. Asarning so‘z boshisida mavzu tarixshunosligi berilgan bo‘lib,muallif asarning qay darajada o‘rganilganligiga asosiy e'tiborini qaratgan. Ushbu asarning ingliz tiliga tarjima qilinishi Xorazmdagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar va harakatlarga oid O.Qo‘shjonov va N. Polvonov monografiyasining birinchi bobida Xiva xonligi tarixining so‘nggi davri manbashunosligi va tarixshunosligi xususida so‘z yuritilgan.
XIX – XX asr boshlaridagi Xiva xonligining tarixiga oid ma'lumotlar nomzodlik dissertatsiyalarida ham keng o‘rin olgan. Jumladan, O. Masalieva tadqiqotida e'tiborini Xiva xonligi tarixining XX asr xorijiy tarixshunosligida o‘rganilishiga qaratsa, U.A. Abdurasulov tadqiqotida Xiva xonligidagi yer munosabatlari masalalarining o‘rganilish darajasi ilmiy tahlil etilgan.

Download 42.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling