Mavzu: Xiva xonligining Rossiya Imperiyasi tomonidan bosib olinishi Reja Xivaning bosib olinishiga tayyorgarlik


Download 0.96 Mb.
Sana05.05.2020
Hajmi0.96 Mb.
#103536
Bog'liq
Samarqand Davla-WPS Office

Samarqand Davlat Chet tillar instituti "Roman-german tillar"fakulteti 1-bosqich talabasi Bozorova Shohsanamning o'zbekiston tarixi fanidan tayyorlagan PREZENTATSIYASI

Mavzu:Xiva xonligining Rossiya Imperiyasi tomonidan bosib olinishi

Reja

1.Xivaning bosib olinishiga tayyorgarlik

2.Xivaning bosib olinishi

3.Gandimiyon shartnomasi

Rossiya Imperiyasi tomonidan Xiva xonligining bosib olinishi

O’rta Osiyoning Rossiya Imperiyasi tomonidan bosib olinishining 3-bosqichi (1873-1879)O’rta Osiyodagi barcha harbiy harakatlar orasidagi eng ko’lamlisi edi.Undan ko’zlangan maqsad Xiva xonligining bosib olinishi edi.Hujum 4 harbiy okrugdan g’arbda- Mang’ishloq , shimolda –Orenburg , sharqda Turkiston va Krasnovodosk okruglardan olib borildi.Ularda 12 ming dan ortiq askar bor edi.Transport 4600 otdan va 20 ming tuyadan iborat.Kaufman ushbu barcha kuchlarning o’mondoni etib tayinlandi.

Turkiston ,Orenburg qo’shinlari 1873-yil may oyida Xiva xonligi chegaralariga yaqinlashib keldi. Yo’lda podsho qo’shinlariga xivaliklarning mayda guruhlari hujum qilib , jiddiy talafot yetkazishdi. Xiva vohasi va Amudaryo sohillariga yainlashgan sayin xivaliklarning qarshiligi kuchayib borardi.1873-yil may oyida Hazorasp dahasi va ayniqsa Qo’ng’irot yaqinida shiddatli janglar bo’lib o’tdi.May oyi davomida Xo’jayli va Mang’it shaharlari va Xivadan 20 km masofada ham shunday shiddatli janglar bo’ldi.

Gandimoyon shartnomasi va uning oqibatlari

Xiva xoni Muhammad Rahimxon II Kaufman tomonidan taklif etilgan sulh shartnomasini imzolashga majbur bo’ldi. 1873-yil 12-avgustda imzolanib , diplomatiya tarixiga Gandimiyon nomi bilan kirgan shartnomasiga : Xiva xoni hazratlari Rossiya bilan sulh va qo’shin shartnomasini tuzadi va imperator hazratlarining yuksak himoyatidan foydalanadi” , -deb ta’kidlangan

Shu paytgacha Xiva xonligining mulki hisoblangan Amudaryo o’ng sohilining va unga yondosh yerlarning hammasi o’sha yerda istiqomat qiluvchi va ko’chmanchi xalqlar xonning qo’lidan chiqib ketdi.Rossiya kemalariga Amudaryo bo’ylab harakatlanishda mutlaq huquqi bor edi. Xiva xoni va mahalliy hokimiyat rossiyalik savdogarlar hamda ularning moliyaviy jihatdan javobgar edi.

Bajardi:Bozorova Shohsanam

Tekshirdi:To'ychiyev X

Foydalanilgan adabiyotlar

1.Majid Hasaniy "Yurt bo'ynidagi qilichi yoki istilo".T.:"Adolat" 1997

2.Bobobekov H.N "Po'latxon qo'zg'aloni",T.:1996

3.Muhammad Aziz Marg'iloniy "Tarixi Aziziy",T.:"Ma'naviyat" 1999


Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling