Mavzu: XIX asrning 2 yarmi XX asrda jaxon pedagogika faning rivoji


aqliy va jismoniy o’sish jarayoni tabiatdagi o’sish jarayoniga o’xshagan bo’ladi


Download 272.64 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/9
Sana04.02.2023
Hajmi272.64 Kb.
#1159491
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2-Maruza

aqliy va jismoniy o’sish jarayoni tabiatdagi o’sish jarayoniga o’xshagan bo’ladi. 
Masalan, bog’bon daraxtlarni parvarish qiladi, uning o’sish xususiyatlarini hisobga 
oladi. Xuddi shunday o’qituvchi tarbiyalash qonuniyatiga bo’ysinadi. O’qitish 
jarayoni tabiatga o’xshab sekinlik bilan amalga oshadi. Tabiiylik prinsipida kishini 
tabiatning bir bo’lagi deb qarashi (xudo tomonidan bunyod etilmagan) tabiat 
qonunlari uning o’sishiga ta’sir etadi deyishi o’z davrida ilg’or sanaladi. Lekin kishi 
ijtimoiy borliq bo’lib, ijtimoiy qonun ta’sirida o’sadi. 


Komenskiy, tarbiyachi boladagi iste’dodni o’stirishi kerak. Agar bola 
pedagogik ta’sirsiz yashasa, bu iste’dod tasodifan o’sadi. Kishi dunyoga kelganda 
kishiga xos iste’dodga ega bo’ladi. Xuddi olmadagi urug’ga o’xshab ba’zida ko’proq, 
ba’zida kamroq bo’ladi. 
Komenskiy tarbiyaning tabiatga uyg’unlik masalasida hamma narsaning asosi 
4 ta deydi. Masalan: Olam 4 narsadan yuzaga kelgan, ya’ni; yer, suv, havo, yorug’lik. 
Dunyoning rivojlanishi ham 4 qismga bo’linadi, bular: bahor, yoz, kuz, qish. 
Insonning rivojlanishi ham 4 davrga bo’linadi; go’daklik, bolalik, o’smirlik, yetuklik. 
SHuningdek ta’lim jarayoni ham 4 ga bo’linadi; maktabgacha tarbiya, boshlang’ich 
ta’lim, o’rta ta’lim, oliy ta’lim. 
Umumta’lim g’oyasi. Komenskiy yashagan davrda hammani o’qishga tortish 
shart emas, qobiliyatli kishigina o’qishi kerak, degan g’oya mavjud edi. Komenskiy 
esa o’qishga hammaning tortilishini, hamma o’z ona tilida umum boshlang’ich ta’lim 
olishi kerakligini uqtiradi. Umumta’lim to’g’risida gapirganda ayollarni ham hisobga 
oladi. O’sha davrda xotin-qizlar uchun o’qish juda katta muammo edi, shunga 
qaramay, u bu masalani ilgari surdi. 
Komenskiyning pedagogik nazariyasining yana bir qimmatli tomoni 
o’quvchilar bilim olish tushunchasiga ega. Oynani qanchalik chang bosgan bo’lsa 
ham, baribir kishi o’z aksini ko’rishi mumkin, albatta, toza oyna kishi aksini toza 
ko’rsatadi. O’qituvchining vazifasini oynadagi changni artib tashlash, ya’ni bilimni 
bola ongiga yetkazish, ani aqliy tomondan o’stirishdir, degan edi. 
Komenskiy o’z asarlarida tarbiyaning maqsadini ko’rsatadi. Tarbiyaning 
maqsadi kishini mangulik dunyosiga tayyorlashdan iboratdir. Buni uch xil tarbiya 
orqali amalga oshirish mumkin: 
1. Aqliy tarbiya. 
2. Axloqiy tarbiya. 
3. Diniy tarbiya. 
Bu maqsad bolaning tug’ilganidan to 24 yoshigacha amalga oshadi, bu davr 
ichida bola to’rt maktabni o’qib tugatishi, har birida 6 yil o’qishi kerak, deb 
hisoblaydi. 

Download 272.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling