mavzu: XIX asrning 30-70 yillarida Lotin Amerikasi davlatlarining ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli rеja: soat
Download 33.82 Kb.
|
7 MAVZU XIX asrning 30 70 yillarida Lotin Amerikasi davlatlarining
IJTIMOIY-IQTISODIY TUZUM.
Amerika turli Yevropa davlatlari tomonidan va turli vaqtlarda mustamlakaga aylantirilgan bo’lsa ham u yerlardagi ijtimoiy-iqtisodiy tuzumlar mustamlakachilar o’rtasidagi farq bilan emas, balki bu hududlarning tabiiy iqlimi va geografik xususiyatlariga qarab farq qilgan. Tropik va subtropik zonada joylashgan Karib havzasida, Venesuela, Yangi Granada ( h.Kolumbiya) qirg’oqlarida, Braziliya va Gvianada yashovchi hindu qabilalari Yevropaliklar kelguncha ovchilik, termachilik va eng oddiy dehqonchilik bilan shug’ullanganlar va asoratga solish uchun yaroqsiz bo’lganlar. Bu hududlar qaysi davlatlar tomonidan egallab olinishidan qat’iy nazar, u yerlardagi tub aholi yo’q qilindi, barcha joyda Yevropaga shakarqamish, paxta, kakao, kofe va boshqa xil tropik mevalar etkazib beruvchi plantatsiya xo’jaliklari tashkil etilib, Afrikadan qullar keltirildi. Mo’’tadil va unga o’xshash zonalarda joylashgan La -Plata, CHili, Braziliyaning janubi-g’arbiy hududlarida va Meksikaning shimolida yashovchi hindularning ko’chmanchi qabilalari shafqatsizlarcha qirib tashlandi. Bu yerlarda yirik Podshovachilik va donchilik markazlari tashkil topdi. Ispanlar tomonidan bosib olingan Meksikaning janubiy va markaziy hududlari, Yangi Granada, Gvatemala, Salvador, Peruda ahvol boshqacha edi. Bu yerlarda mayya, atstek, chibcha, inklarning yuqori darajada rivojlangan sivilizatsiyasi mavjud edi. Bu erdagi xalqlar qadimgi SHarqda mavjud bo’lgan Osiyocha ishlab chiqarish usuli va despotik davlat shaklidagi ijtimoiy taraqqiyot bosqichida turardilar. Ular dehqonchilik, hunarmandchilik, tog’-kon ishlarida ming yillik mehnat ko’nikmalariga ega bo’lib, o’z davlat byurokratiyasi tomonidan asoratga solingan edilar va ispanlar uchun ishchi kuchi sifatida muhim ahamiyatga ega edilar. SHuning uchun ham ispanlar ularning jamoa tashkilotlarini o’z manfaatlari yo’lida ishlatishga harakat qildilar. Hindular jamoasini asoratga solishning dastlabki shakli enkomenda bo’lib, unda bir necha jamoa ma’lum bir konkistadorga birkitib qo’yilgan. Hindular o’z qabila boshliqlari - qosiqlar qo’l ostida jamoa yerlarida mehnat qilishni davom ettirganlar, lekin hosilning bir qismini «homiylik» qilgani uchun o’sha konkistadorga berganlar va unga qarashli mulklarda ( dala, kon, manufaktura, uyida va shunga o’xshash) ishlab berganlar. Tadbirkorlar soni o’sib va hindular soni kamayib borgach, XV1 asrning 40- yillarida Yangi qonunlar qabul qilinib, enkomendalar soni kamayib, ular egasining huquqlari qisqardi. Jamoa a’zolarining katta ko’pchiligi davlat homiyligi ostiga o’tdi va pul shaklida jon solig’i to’lay boshladi. Negr-qullar va hindu jamoalarining dehqonlari eng ezilgan qatlamni tashkil etardi. SHu bilan birgalikda Yevropadan kelgan ko’pgina aholi va ularning avlodlari bo’lgan kreollar ham qashshoqlikda yashardilar. Jamiyatning yuqori qatlamini cherkov va mustamlaka ma’muriyatining yuqori lavozimli amaldorlari, oltin konlarining egalari, savdogarlar, kema egalari va katta yer egalari tashkil etardi. Yer-mulklar qirol taxtiga tegishli deb hisoblanganligi uchun ko’chmas mulk, eng avvalo er eng ishonchli mulk hisoblanardi va faqat ijaraga berilardi. XV11 asr boshlaridan er xususiy mulk sifatida sotila boshlandi. Xususiy shaxslarga tegishli xo’jaliklar eng avvalo ichki va tashqi bozorga mahsulot etkazib berish uchun tashkil qilinar edi. Mustamlakalarning bir qator hududlarida qishloq xo’jaligida yollanma mehnatdan ham foydalanganlar. Lekin mustamlakalarning ko’pgina hududlarida aholini asoratga solishning turlicha shakllari - qarz uchun xo’jayinga ishlab berish, jamoa a’zolarining majburiy ishlab berishlari yoki bo’lmasa Yevropadan yuborilgan katorgachilar mehnati, negr-qullarning mehnati kabi shakllari mavjud edi. Mustamlakalarda ijtimoiy farqlar irqiy farqlar bilan birgalikda yanada murakkablashib ketardi. Nazariy jihatdan olganda odam terisining rangi shaxsning jamiyatdagi o’rnini o’z-o’zicha belgilay olmas edi, shuning uchun ham jamiyatning quyi qatlamlarida oq tanli kambag’allar, yuqori boy qatlamlarida yirik latifundiyalarga ega bo’lgan hindular uchrardi. Lekin terining oq rangda bo’lishi mustamlaka apparatida mansab egallashda, mahalliy o’z-o’zini boshqarish organlarida ishtirok etishda, qurol taqib yurishda va Yevropacha kiyinish, bilim olishda hal qiluvchi ahamiyatga ega edi. Mustamlakalarni boshqarish uchun Ispaniyadan yuborilgan amaldorlar bilan mustamlakalarda yashovchi oq tanli aholi va ularning avlodlari bo’lgan kreollar o’rtasida ham ahillik yo’q edi. Vitse-qirolik, general kapitanlik va gubernatorlik kabi yuqori boshqaruv organlarida Ispaniyadan yuborilgan amaldorlar ishlardi, mahalliy oq tanli aholi esa o’z-o’zini boshqarish organlarida va xalq lashkari tarkibida ish olib borardi. Download 33.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling